Просмотр содержимого документа
«Elektronikaning iqtisodiyot tarmoqlaridagi o'rni»
URGANCH SHAHAR XTBGA QARASHLI
31-SONLI MAKTABINING
TEXNOLOGIYA FANI O`QITUVCHISI
XALILOVA FOTIMANING 8- “ A” SINFDA
“ELEKTRONIKANING IQTISODIYOT
TARMOQLARIDAGI O`RNI ”
MAVZUSIDA BIR SOATLIK
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Mavzu: ELEKTRONIKANING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI O`RNI
Dars maqsadi: Ta`limiy: Elektronikaning iqtisodiyot tarmoqlaridagi o`rni haqidagi bilim , ko`nikma , malakalarini hosil qilish. Tarbiyaviy:O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Mavzu bo`yicha bilim , ko`nikma , malakala, kompetensiyalarni rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya: Muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, jamoada ishlashda bir-birini hurmat qilish, tinglay olishni shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: Milliy bayramlarni, ramzlarni, qadriyatlarni hurmat qilish , tarihiy obidalarni asrash avaylashni shakllantiradi.
Dars turi:Bilimlarni mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi. Dars metodi:Guruhlarda ishlash, blits-so`rov metodi, interfaol metod,so`z o`yini Dars jihozi:Rangli rasmlar, elektronik jihozlar,mavzuga iod shiorlar, tarqatmalar,AKT. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: 3 daqiqa Salomlashish, sinf ozodaligi, davomatni so`rash. II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash , uyga vazifani tekshirish 6 daqiqa Elektrodrel nima? Elektr randa nima? Perforator nima? Silliqlash mashinasi nima?
III.Yangi mavzu bayoni: 20 daqiqa
Reja:
Elektronika tushunchasi.
Rezistor so`zini ma`nosi.
Kondensator haqida ma`lumot.
Elektr va elektr hodisalari.
Elektronika elektronlarning elektr maydoni bilan ta`sirini , axborot uzatish , qayta ishlash va saqlashda qo`llaniladigan elektron asbob hamda qurilmalarni yaratish usullarini o`rganish bilan shug`ullanadigan soha hisoblanadi.
Elektronika elektr asboblarini o`rganish va ularni amalda qo`llash bilan shug`ullanadi.Ular vakuumda , gazda va qattiq kristall jismlarda zaryadlangan zarrachalar konsentratsiyasini o`zgarishiga asoslangan.
Elektrotexnika- fan va texnikaning energiyaning o`zgartirish, materiallar ishlab chiqarish va ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqa masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shug`ullanuvchi sohasi.
Elektrotexnika nazariy usullari moddalar xossasini tekshirish, yadro va lazer texnikasi vositalari, tirik organizmlarni mikrodunyosi, hayot faoliyatini o`rganish, kosmik fazoni o`rganish hamda sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot va turmushda qo`llanilmoqda.
Matematika, fizika, nazariy elektronika kabi fanlar elektronikaning nazariy asosini tashkil qiladi.
Elektronikada axborotni diskret va uzluksiz elektromagnit signallar ko`rinishida olish va ularni o`zgartirish , almashtirish masalasi ham o`rganiladi.
Elektron asbob qurulmalar fan va texnikaning hamma sohalarida qo`llaniladi.Bu asbob va qurilmalar boshqalariga nisbatan yuqori sezuvchanligi, tezkorligi va universalligi bilan ajralib turadi. Azaldan elektron qurilmalar kichik gabaritli bo`lib , elektr energiyasini kam iste`mol qilar edi. Integral mikrosxemalarni yaratilishi bilan ularning gabaritlari va elektr energiyani iste`mol qilishi bir necha ming marta kamaytirildi.
Barcha elektron hisoblash texnikasi integral mikrosxemalar asosida ishlab chiqariladi.Bu esa boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishga , idrokli avtomatlarni yaratishga imkon bermoqda. Hozirgi kunda 1 monokristallda 1 milliardgacha radioelementlar joylashtiriladi.
Integral mikrosxemalar har xil turlarda ishlab chiqariladi, ularning har biri o`zining funksional tizimiga ega.
Rezistor lotincha resisto so`zidan olingan bo`lib , qarshilik ko`rsataman ma`nosini anglatadi.Bu element radioelektron zanjirga ulanganda elektr energiyasini issiqlik, mexanik yoki yorug`lik energiyasiga ulanganda aylantiradi. Ko`pgina adabiyotlarda aktiv qarshiliklar rezistor deb ataladi. Rezistorlar yasalgan materialiga qarab simli va simsiz bo`ladi.Qarshiligi tashqi sabablarga qarab keskin o`zgaradigan rezistorlar alohida guruhlarda ajraladi.
Bulardan harorat o`zgarishlariga sezgir bo`lganlari – termistorlar , yorug`likka sezgirlari-fotorezistorlar, potensiallar farqiga sezgirlari varistorlar deb ataladi. Radoelektron qurilmarida sochish quvvati 0,125 Vattdan bir necha o`n vattgacha bo`lgan rezistorlar qo`llaniladi.
Kondensator deb , bir-biridan elektr jihatdan izolyatsiya qilingan ikkita o`tkazgich (qoplama) dan iborat tizimiga aytiladi. Kondensatorning sig`imi qoplamalar yuzasiga to`g`ri ,oralig`idagi masofaga teskari proporsional bo`ladi.
Tuzilishiga ko`ra kondensatorlar ikki turga ajratiladi:
O`zgarmas va
O`zgaruvchan sig`imli.
Sig`imi kichik oraliqda o`zgaruvchi kondensator sozlovchi kondensator deb ataladi.Qo`llanildigan dielektrik materialiga qarab kondensatorlar slyudali, qog`ozli, elektrolitli , havoli, keramikali, plyonkali, shisha emalli , metall qog`ozli bo`ladi.
Elektron so`zi elektr so`zidan lingan.Elektr so`zi lotincha so`zdan olingan bo`lib eng kichik manfiy zarra degan ma`noni anglatadi.
Uylarda chiroqni yoqqanda tok o`tadi.Bunda elektronlar oqimi ish bajaradi.Xonadonlarda muzlatgich, televizor, dazmol, sochquritkich kabi buyumlar elektr toki orqali ishlaydi.
chirsillagan tovush eshitiladi, qorong‘ida esa mayda uchqunlar ko‘rinadi.
Bundan tashqari, bu tayoqcha qog‘oz qiyqimlari, parlar, ingichka suv
tizimini o‘ziga tortadigan bo‘lib qoladi.
Bu hodisalar juda qadim zamonlardayoq payqalgan edi. Qadimgi yunon olimlari bunday tajribalarda ko‘pincha kahrabodan foydalanganlar. Kahrabo-junga ishqalanganda turli jismlarni o‘ziga tortishini xuddi o‘sha qadimgi yunon olimlari payqaganlar. Yunon tilida «kahrabo»ni «elektron» deb ataladi.
Shu sababli jismlarni bir-biriga ishqalaganda bo‘ladigan hodisalar elektr hodisalari deb atalgan.
rasmlarda tokni uzuvchi (выключатель) elektr lampa patronining va elektr propkalarda qisqichlarning bo`shab qolgani tufayli va elektr lampasining qizish natijasida patron oralig`ida kontaktlar buzilib qisqa tutashuv xodisasi kuzatiladi.
d - devor ichkarisidan o`tkazilgan simlarni ta’mirlash jarayonida ehtiyotsizlikdan quruvchi qisqa tutashuv xodisasiga duch keladi;
e - elektr o`tkazuvchi simlarga ho`l narsalarni osish havfli;
Elektr jarohatini oldini olish
a - elektr vilkasining nosozligidan qisqa tutashuv kuzatiladi;
Ishqalangandan keyin boshqa jismlarni o‘ziga tortadigan jism elektrlangan jism deyiladi.
Jismga elektr zaryadi berish jarayoni jismni elektrlash deb ataladi.
Turli moddalardan tayyorlangan jismlar elektrlana oladi. Masalan,
rezina, oltingugurt, ebonit, plastmassa yoki kaprondan qilingan
tayoqchalarni junga ishqalab elektrlash juda oson.
Abu Rayhon Beruniy elektron tayoqchani “qahrabo” deb atagan.
“Qahrabo” so`zi forschada “somon tortuvchi” degan ma`noni anglatadi.
2019 yil 22-may kuni prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini rivojlantirish , ishlab chiqarish va eksport xajmini oshirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi.Yig`ilishda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, yangi maxsulotlarni o`zlashtirish, “O`zeltexsanoat” uyushmasiga 2022-yilgacha ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish vazifasi qo`yildi.Hukumat qarori bilan 2019-2022 yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
IV.Mavzuni mustahkamlash: 7 daqiqa
Elektr so`zining ma`nosi?
Rezistor so`zining ma`nosi?
Kondensator nima?
Elektrlangan jism qanday bo`ladi?
Test savollari
1. Elektrik iste`molchilarga nimalar kiradi?
A) elektrik lampochka, televizor, muzlatkich B) dastgohlar, tegirmonlar va hakozo D) A va B javoblar to`g`ri
2. Elektr tokini bir joydan ikkinchi joyga uzatish uchun qanday elektr jihozlardan foydalanamiz?
A) kalit B) o`tkazgich (sim) D) A va B javoblar to`g`ri
3. Kalitning vazifasi qanday?
A) tokni uzatish B) tokni hosil qilish D) tokni ulash va ajratish
4. Tok manbaining vazifasi nima?
A) tok hosil qilish B) tok bilan ta`minlash D) A va B javoblar to`g`ri
5. Patronning nechta turi mavjud?
A) 2 ta B) 6 ta D) 3 ta
6. Qanday elektron asbobning elektr sxemasi tasvirlangan?
A) elektr dvigatel B) tok manbayi D) elektr lompochka
7. Elektr sxemasida nima tasvirlangan?
A) tok manbayi B) kalit D) A va B javoblar to`g`ri
8. Elektr sxemada nima tasvirlangan?
A) tok manbayi B) A va D javoblar to`g`ri D) kalit
9. Elektr dvigatelining vazifasi nima?
A) tok hosil qilish B) elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi D) A va B javoblar to`g`ri
10. Parma turlari nechta?
A) 1 ta B) 4 ta D) 3 ta
11. Parmaning vazifasi nima?
A) o`yish, teshish B) yo`nish D) tekislash
S
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
J
D
B
D
B
D
D
B
A
B
D
A
V.Darsni yakunlash: 5 daqiqa
Faol o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: 4 daqiqa
Mavzuni o`qib kelish.
Krossvord tuzib kelish.
Bilganlarimizning cheki bor , bilolmagan narsalarimizning esa had –chegarasi yo`q.