kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Zardo'zlik. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Бу дарс ишланма дарс кизикарли булишига ердам беради.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Zardo'zlik. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish»

Mavzu: Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: naqsh, zar, zardo’zlik

Soatlar soni: 1 soat (45 daqiqa)

Mavzuning qisqacha ta`rifi: Zardo’zlikda kartonga naqsh tushirish usullarini tushuntirish va mustaqil bajarishga o`rgatish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: “Tushintirish” metodi va amaliy

Metod: Tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash, o`z – o`zini va do`stini baholash, muammoli izlanish, munozara, tezkor savol – javob

Shakl: Jamoa, yakka, juft va guruh bo`lib ishlash.

Jihoz: Texnika vositalari, plakatlar, mavzuga oid rasmlar, marker, rag`bat kartochkalari, multimedia ilovalari.

Nazorat: O`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanadi. O`quvchilarga o`z – o`zini va bir – birini baholashni o`rgatish.

Darsning maqsad va vazifalari:

Ta`limiy: o`quvchilarga Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish haqida tushuncha berish va mustaqil ishlashga o`rgatish.

T.K1. Fikrlarni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarning qalbiga milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni singdirish. O’quvchilar o’rtasida do’stona munosabat va o’zaro tenglikka erishish. TK 4: Atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob axloq qoidalariga rioya qiliahga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash va amaliy bajarish malakalarini rivojlantirish.

FK2. O’rganilgan tushunchalarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish, yangi bilimlar hosil qilish.

Kutilayotgan natijalar: Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish malakasini, amaliy bajarish texnikasini egallash, hisob – kitob asosida shaxsiy reja tuzish, hisob – kitob bilan ish yuritish, texnika vositalardan foydalanish kompetensiyalariga ega bo`lish.





Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy qism.

O`quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.

Sinfni 2guruhga bo’lish. Siyosiy daqiqa o’tkazish.

Tarmoqlash metodi. Videorolik


1 daqiqa

2-bosqich.

Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash

Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi.




“Tushunchalar tahlili” metodi



2 daqiqa

3-bosqich.

O`tgan mavzuni so`rash va baholash

Uy ishini bajarilishini monitorda nazorat qilish. O’quvchilar bir birlarining uy vazifalarini tekshirishadi.

“Aqliy hujum” metodi

“Krossvord”



10 daqiqa

4-bosqich.

Yangi mavzu bayoni.

Ko’rgazma asosida Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish haqida tushuncha beriladi.

Videorolik yordamida yangi mavzu tushuntiriladi.

Multimedia ilova


20 daqiqa.

5-bosqich.

Mustahkamlash.

Mavzu bo`yicha amaliy ish bajarish.

O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlash.

“ Amaliy ish ” metodi

“Grafik” test


7 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa berish, baholash, darsni yakunlash.

O`quvchilarning darsda ishtirokini hisobga olib, reytingini e`lon qilinadi. Vazifa tushuntiriladi. Dars yakunlanadi.

Rag’batlantirish


5 daqiqa







Mavzu: Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish

Darsning maqsadi:

a) Ta`limiy: o`quvchilarga Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish haqida tushuncha berish; misol va masalalarni mustaqil ishlashga o`rgatish.

T.K1. Fikrlarni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarning qalbiga milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni singdirish. O’quvchilar o’rtasida do’stona munosabat va o’zaro tenglikka erishish.

TK 4: Atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob axloq qoidalariga rioya qilishga o’rgatish.

c) Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash va amaliy bajarish malakalarini rivojlantirish.

FK2. O’rganilgan tushunchalarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish, yangi bilimlar hosil qilish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi va bilimlarni mustahkamlovchi dars

Dars metodi: “Tushunchalar tahlili”, “Tarmoqlash” , “Tasdiqlash” va “PMQ” metodlari

Dars jihozi: Darslik, multimedia ilovalari, AKT, slayd va mavzuga oid ko`rgazmali qurollar, tarqatmalar.













Darsning borishi:

Tashkiliy qism: salomlashish;

O`qituvchi:- Assalomu aleykum

Parvozga shay lochinlarim

Mustaqil yurt egalari

Alpomishu Barchinlarim.

O`quvchilar: - Vaaleykum assalom.

- Hozir darsimiz nima?

- Tehnologiya

- Shiorimiz?









O`qituvchi: Bugun kim navbatchi,

Ham ustozga ko`makchi.

Navbatchi: Sinfda men navbatchi,

Darsga tayyor barcha o`quvchi.

O`qituvchi: G`olib bo`lar bugun kim,

Javob bering turmang jim.

O`quvchilar baravariga – biiiiiiiz!!!

O’qituvchi: Barakalla!!! Demak a`lo kayfiyatni hamroh qilgan holda darsimizni boshlaymiz.

Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash. Videorolik namoyish etiladi.

O ’qituvchi: Bugun darsimizni mazmunli tashkil qilish uchun 2guruhga bo’linib olamiz.















O`tgan mavzuni mustahkamlash: Uy ishini tekshirish va baholash.

O’qituvchi: -O`tgan darsda qanday mavzu o`rganganimizni quyidagi “Krossvord” orqali mustahkamlab olamiz.

Eniga:

1. “Tilla” so’zining forscha nomi?

2. Ipak gazlamalarning ipi nimadan olinadi?

4. Bosh kiyim turlaridan biri?

5. Arqoq va tanda iplarining chatishuvi ………deyiladi.

6. Buyumlarni tikishda ishlatiladigan asbob nima?

8. Gul va trasvirning arabcha nomi?



Bo’yiga:



3. Petla so’zining sinonimi?

7. Tikuv mashinasining qismlaridan biri?







Z

A

R



A

P

L

I

L



RR

Z



D

O”

P

P

I

M



O"”

A



Z

L

A

M

A

A

G



L



I

G

N

A



K

A





Y



CH



A

Q

N

SH





I

Zardo’zlik texnologiyasiga ko’ra, islimi naqshlar guldo’zi usulida, geometric naqshlar esa zamindo’zi usulida hosil qilinadi. Murakkab naqsh turlarida esa ikkala tikish usulidan ham foydalaniladi. Guldo’zi tikish usullarida zar ip kartondan qirqilgan gul naqshlari ustidan tikiladi.

Qog’ozga chizilgan naqshlar kartonga axta usulida ko’chirilgan. Axta yordamida naqshlarni ko’chirishda yupqa shaffof xitoy qog’ozi (“kalka”) naqshlaridan yuzaga qo’yilib, o’lchab olinadi va shu yuzaga mos axta tayyorlanadi, ya’ni naqshning yarim yoki chorak qismi (agar naqsh simmetrik bo’lsa, u holda naqsh butun holatda) qog’ozga yumshoq qora qalam bilan bilan chiziladi…

V. Yangi mavzu bayoni:

















Naqshlarni qirqishda oddiy qaychilardan foydalanish qiyin bo’ladi. Shuning uchun o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan tuyabo’yin qaychidan foydalaniladi. Bu qaychi haqiqatdan ham tuyaning bo’yniga o’xshab ketadi. Bunday qaychi bilan naqsh qirqayotganda qaychi kartonning tagida turadi.

Naqshlarni qirqish, avvalo, ularning ichini “kovlab olishdan’ boshlanadi. Chunki gullarning ichi eng kichik qirqiladigan yuzalar hisoblanadi.









































V . Yangi mavzuni mustahkamlash

O’qituvchi: yangi mavzuni nazariy jihatdann qay darajada tushinganingizni “Aqliy hujum” metodi yordamida tekshirib olamiz.

1-guruh uchun savollar :

1. Qanday hunarmandlarni “zardo’z” deb ataladi?

- Qadimda ham, hozir ham zardo’zlik bilan shug’ullanayotgan hunarmandlarni zardo’z deb ataladi.

2. Qanday naqshlar geometrik naqshlar deb ataladi va ular qanday tashkil topgan bo’ladi?

- Geometrik naqshlar girih naqshlar deb atalib, ular to’g’ri chiziqli elementlardan tashkil topgan bo’ladi.

3. Zardo’zlik san’ati yurtimizda qay darajada rivojlangan?

- zardo’zlik san’ati yurtimizning Samarqand va buxoro viloyatlarida keng rivojlangan.

4. Zardo’zlik so’zining ma’nosi nima?

- Zardo’zlik so’zi forscha , “zar”- “tilla”, “do’ziy”- “tikmoq” so’zlaridan olingan bo’lib zar tikmoq, tilla tikmoq ma’nosini anglatadi

2-guruh uchun savollar:

1. Zardo’zlik san’atining vatani qayer?

- Sharq mamlakatlari zardo’zlikning vatani hisoblanadi.

2. Mohir zardo’z bo’lishni istagan inson nimalarni bilishi zarur?

- Rasm va naqsh chizish, ularni qirqishni va zar bilan tikishni bilishi zarur.

3. Zardo’zlik uchun zarur bo’ladigan asboblar qaysilar?

- Zardo’zlik uchun patila, angishvona, ignalar, qaychilar kerak bo’ladi.

4. Zardo’zlik qaychilarining qanday turlari bor?

- Qaychilarning o’rdakburun qaychilar, tuyabo’yin qaychilar, pardozlovchi va andaza bichuvchi qaychilar.

O’qituvchi: Barakalla, zukko qizlar! Endi sizlar bilan “Grafik test ” bajaramiz. Unga ko’ra har ikkala guruh qizlariga test tarqatiladi va ular bu testlarni jadvalga belgilashlari lozim.































Dars yakuni: O`quvchilarni darsdagi ishtirokiga ko`ra rag`batlantirish va baholash.



Uyga vazifa: Kartonga naqsh tushirib qirqib kelish.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Технология (девочки)

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Zardo'zlik. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish

Автор: Долимова Фотима

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 547066


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства