kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Texnologiya taraqqiyot rivojlanishidir

Нажмите, чтобы узнать подробности

TEXNOLOGIYA TARAQQIYOT RIVOJLANISHIDIR

Muhitdinova Muattar  Husanhanovna,

Namangan viloyati, Namangan tumani,

                                                        11-maktab  Texnologiya fani oqituvchisi

                                      [email protected]/ tel: +998 94 1714550

Annotatsiya

Ushbu maqolada texnologiya darslarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan texnologiya ko‘nikmalari va malakalarining shakllantirish mazmuni belgilab berilgan.

Kalit so’zlar: texnologiya, rivojlanish, taraqqiyot, qobiliyat, ijodkor, faoliyat

          Bugungi kunda ta‘limda bo’layotgan islohot va o’zgarishlar o’quvchilarda nafaqat ta‘limiy, balki hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat ta‘lim standartlari olimlar, metodistlar va tajribali o’qituvchilardan iborat ijodiy guruhlar tomonidan ishlab chiqildi, takomillashtirilib, bugungi kunda amaliyotga joriy etilmoqda. Texnologiya fani darsligi insonlar hayotida muhim o’rin tutuvchi amaliy texnologiya  faoliyatiga tayyorgarlik ko’rishga yordam beruvchi muhim ma‘lumotlarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar voyaga yetib qaysi kasbni egallashmasin, kim bo’lmasin, texnologiya fanidan olgan bilim va ko’nikmalarini uyda, oilada, ish faoliyatida albatta foydalanadi. O’quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga ishlov berish usullarini o’rgatish orqali kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro’zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo’llay olish layoqatini shakllantirish ko’zda tutilgan. O’quvchilarda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta‘lim standartlarida belgilangan malaka talablari–tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish, ta‘lim sifatiga erishish va uni rivojlantirish, xorij tajribasini o’rganish, hamda o’zaro tajriba almashish, maktab o’quvchilarining kasbiy mahoratini doimiy va uzluksiz ravishda oshirib borishni talab etadi. Texnologiya faniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish orqali ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron axborot-ta‘lim resurslari katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Texnologiya fani darsliklarida umumiy tushunchalar, asbob-uskuna va ulardan foydalanish, mashina mexanizm va ulardan foydalanish, mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi, yog‘och materiallarga ishlov berish texnologiyasi, polimer materiallar va ularga ishlov berish texnologiyasi, metallarga ishlov berish texnologiyasi, elektrotexnika va elektronika ishlari, ro’zg‘orshunoslik, pazandachilik asoslari, tikuvchilik texnologiyasi, gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, kasb tanlashga yo’llash, xalq hunarmandchiligi kabi bo’limlari alohida ajratilib to’liq yoritib berilgan. Ta’limni texnologiyalashtirish bu о‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yо‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yо‘nalishdir. Texnologiya  darslarini texnologiyalashtirishda:  “qanday о‘qitish kerak?” degan savolga javob bermay, balki ahamiyatli qо’shimcha bо‘lgan “natijaviy qanday о‘qitish va о‘quv jarayonini qanday qilib eng maqbul tashkil etish kerak?” degan savolga javob beradi;  aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma’lum natijaga yо‘nalgan, aniq pedagogik g‘oyaga loyihalanadi;  о‘z natijalarini qayta ishlab chiqarishi bilan farqlanadi;  ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchiga yо‘naltirilgan darsning uslubiy ishlanmalaridan farqli о‘laroq ta’lim olishda ularning о‘z faoliyatlari hisobiga yutuq ta’minlanishiga yо‘naltiriladi.

          Umumta’lim maktablarida о‘qitiladigan texnologiya  darslari 1-9 sinflarda о‘qitilishini e’tiborga oladigan bо‘lsak, har bir davrda о‘qitishning о‘ziga xos xususitlaridan kelib chiqqan xolda о‘qitiladi. 1–4 sinflarda texnologiya  ta’limi mazmuni qog‘oz va karton bilan ishlash, tabiiy materiallardan turli buyumlar yasash, eng sodda texnologiya  amallari va ish qurollaridan foydalanishni о‘rgatishdan iborat. Bu sinflarda о‘quvchilarning yosh xususiyatlari va ta’lim mazmunini etiborga olgan xolda ta’lim texnologiyalarini tanlash zarur. Rolli о‘yinlar, qiziqarli topshiriqlar, faollikka chaqiruvchi metodlarni qо‘llash. 5–7 sinflarda texnologiya  ta’limi darslari yо‘nalishlar asosida о‘qitilishi va darslarning 70– 80 foizi amaliy mashg‘ulotdan iborat ekanligini nazarda tutgan xolda ta’lim texnologiyalarini qо‘llashda xususiy yondashuvni talab etadi. Pedogogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu о‘qituvchi va о‘quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan metodlarga bog‘lik. O’quvchilardagi kompetentlikni rivojlantirish esa biz o’qituvchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Texnologiya darslariga oid kechalarni tashkil etish tadbirlarni har o’quv choragi va yil oxirida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Kechada « Texnologiya  darslarida nimalarni o’rganib oldingiz?» mavzusida o’tkazish mumkin. Kechaning maqsadi texnologiya darslarida egallangan ko’nikma va malakalarni mustahkamlash, texnologiya faniga muhabbatni singdirishdir. Texnologiya darslarida noan’anaviy usulda kechalarni tashkil etish o’quvchilarning  mehnatsevarlik  fazilatlarini shakllantirishga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bunda tadbirlarni sinflar kesimida biror bir bo’limni tugallangandan so’ng tashkil etish tavsiya etiladi. Zero kelajagimiz shu yoshlar qo’lida.    

         Xulosa qilib aytganda, texnologiya taraqqiyot rivojlanishidir, ya’ni texnologiya darslari o’quvchilarda ijodkorlik, tashabbuskorlik kabi fazilatlarni shakllanishi, o’quvchilarda ishga ijodiy yondashish, о‘z-о‘zini boshqarish, ishdagi kamchiliklarni о‘z vaqtida topish, о‘z- о‘ziga talabchan bо‘lish, maqsadga intilish kabi xislatlarni namoyon bо‘lishiga hamda ijodiy qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Bekmurodova S.Texnologiya fanini o’qitishda yangicha yondashuv.T.: 2017

2.Sharipov Sh.S., Qo’ysinov O.A va boshq.Texnologiya fanini o’qitish va psixologik xizmatni tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.O’qituvchilar uchun meodik qo’llanma.-T.: „Muhammad poligraf“MCHJ, 2017

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Texnologiya taraqqiyot rivojlanishidir»

TEXNOLOGIYA TARAQQIYOT RIVOJLANISHIDIR

Muhitdinova Muattar Husanhanovna,

Namangan viloyati, Namangan tumani,

11-maktab Texnologiya fani oqituvchisi

[email protected]/ tel: +998 94 1714550

Annotatsiya

Ushbu maqolada texnologiya darslarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan texnologiya ko‘nikmalari va malakalarining shakllantirish mazmuni belgilab berilgan.

Kalit so’zlar: texnologiya, rivojlanish, taraqqiyot, qobiliyat, ijodkor, faoliyat

Bugungi kunda ta‘limda bo’layotgan islohot va o’zgarishlar o’quvchilarda nafaqat ta‘limiy, balki hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat ta‘lim standartlari olimlar, metodistlar va tajribali o’qituvchilardan iborat ijodiy guruhlar tomonidan ishlab chiqildi, takomillashtirilib, bugungi kunda amaliyotga joriy etilmoqda. Texnologiya fani darsligi insonlar hayotida muhim o’rin tutuvchi amaliy texnologiya faoliyatiga tayyorgarlik ko’rishga yordam beruvchi muhim ma‘lumotlarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar voyaga yetib qaysi kasbni egallashmasin, kim bo’lmasin, texnologiya fanidan olgan bilim va ko’nikmalarini uyda, oilada, ish faoliyatida albatta foydalanadi. O’quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga ishlov berish usullarini o’rgatish orqali kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro’zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo’llay olish layoqatini shakllantirish ko’zda tutilgan. O’quvchilarda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta‘lim standartlarida belgilangan malaka talablari–tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish, ta‘lim sifatiga erishish va uni rivojlantirish, xorij tajribasini o’rganish, hamda o’zaro tajriba almashish, maktab o’quvchilarining kasbiy mahoratini doimiy va uzluksiz ravishda oshirib borishni talab etadi. Texnologiya faniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish orqali ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron axborot-ta‘lim resurslari katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Texnologiya fani darsliklarida umumiy tushunchalar, asbob-uskuna va ulardan foydalanish, mashina mexanizm va ulardan foydalanish, mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi, yog‘och materiallarga ishlov berish texnologiyasi, polimer materiallar va ularga ishlov berish texnologiyasi, metallarga ishlov berish texnologiyasi, elektrotexnika va elektronika ishlari, ro’zg‘orshunoslik, pazandachilik asoslari, tikuvchilik texnologiyasi, gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, kasb tanlashga yo’llash, xalq hunarmandchiligi kabi bo’limlari alohida ajratilib to’liq yoritib berilgan. Ta’limni texnologiyalashtirish bu о‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yо‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yо‘nalishdir. Texnologiya darslarini texnologiyalashtirishda: “qanday о‘qitish kerak?” degan savolga javob bermay, balki ahamiyatli qо’shimcha bо‘lgan “natijaviy qanday о‘qitish va о‘quv jarayonini qanday qilib eng maqbul tashkil etish kerak?” degan savolga javob beradi; aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma’lum natijaga yо‘nalgan, aniq pedagogik g‘oyaga loyihalanadi; о‘z natijalarini qayta ishlab chiqarishi bilan farqlanadi; ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchiga yо‘naltirilgan darsning uslubiy ishlanmalaridan farqli о‘laroq ta’lim olishda ularning о‘z faoliyatlari hisobiga yutuq ta’minlanishiga yо‘naltiriladi.

Umumta’lim maktablarida о‘qitiladigan texnologiya darslari 1-9 sinflarda о‘qitilishini e’tiborga oladigan bо‘lsak, har bir davrda о‘qitishning о‘ziga xos xususitlaridan kelib chiqqan xolda о‘qitiladi. 1–4 sinflarda texnologiya ta’limi mazmuni qog‘oz va karton bilan ishlash, tabiiy materiallardan turli buyumlar yasash, eng sodda texnologiya amallari va ish qurollaridan foydalanishni о‘rgatishdan iborat. Bu sinflarda о‘quvchilarning yosh xususiyatlari va ta’lim mazmunini etiborga olgan xolda ta’lim texnologiyalarini tanlash zarur. Rolli о‘yinlar, qiziqarli topshiriqlar, faollikka chaqiruvchi metodlarni qо‘llash. 5–7 sinflarda texnologiya ta’limi darslari yо‘nalishlar asosida о‘qitilishi va darslarning 70– 80 foizi amaliy mashg‘ulotdan iborat ekanligini nazarda tutgan xolda ta’lim texnologiyalarini qо‘llashda xususiy yondashuvni talab etadi. Pedogogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu о‘qituvchi va о‘quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan metodlarga bog‘lik. O’quvchilardagi kompetentlikni rivojlantirish esa biz o’qituvchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Texnologiya darslariga oid kechalarni tashkil etish tadbirlarni har o’quv choragi va yil oxirida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Kechada « Texnologiya darslarida nimalarni o’rganib oldingiz?» mavzusida o’tkazish mumkin. Kechaning maqsadi texnologiya darslarida egallangan ko’nikma va malakalarni mustahkamlash, texnologiya faniga muhabbatni singdirishdir. Texnologiya darslarida noan’anaviy usulda kechalarni tashkil etish o’quvchilarning mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirishga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bunda tadbirlarni sinflar kesimida biror bir bo’limni tugallangandan so’ng tashkil etish tavsiya etiladi. Zero kelajagimiz shu yoshlar qo’lida.

Xulosa qilib aytganda, texnologiya taraqqiyot rivojlanishidir, ya’ni texnologiya darslari o’quvchilarda ijodkorlik, tashabbuskorlik kabi fazilatlarni shakllanishi, o’quvchilarda ishga ijodiy yondashish, о‘z-о‘zini boshqarish, ishdagi kamchiliklarni о‘z vaqtida topish, о‘z- о‘ziga talabchan bо‘lish, maqsadga intilish kabi xislatlarni namoyon bо‘lishiga hamda ijodiy qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Bekmurodova S.Texnologiya fanini o’qitishda yangicha yondashuv.T.: 2017

2.Sharipov Sh.S., Qo’ysinov O.A va boshq..Texnologiya fanini o’qitish va psixologik xizmatni tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.O’qituvchilar uchun meodik qo’llanma.-T.: „Muhammad poligraf“MCHJ, 2017


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Технология (девочки)

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Texnologiya taraqqiyot rivojlanishidir

Автор: Muhitdinova Muattar Husanhanovna

Дата: 28.04.2020

Номер свидетельства: 548309


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства