Просмотр содержимого документа
«"Texnologiya" fanidan "Pazandachilik sirlari" mavzusida»
Sana______________________
Mavzu: Joylarga atab qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi(103-104-mashqlar).
Maqsad: DTS talablariga asosan so’zlarning bosh harf bilan yozilishi haqida bilim berish. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga joy nomlari bosh xarf bilan yozilishi xaqida bilim berish. Tarbiyaviy: O’quvchilarga tilimizga, milliy urf – odatlarimizga, buyuk bobolarimizga muhabbat ruhini singdirish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni nutqini o’stirish, tafakkurini rivojlantirish. O`quv jarayoniga oid kompetensiyalar: TK2 darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish, TK3 mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish va namuna asosida so‘zlar tuzish; TK4 o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; FK 1: kishilarning his-hayajonini bildirgan gaplarni, gaplarni mazmuniga ko‘ra farqlaydi, oxiridagi nuqta, so‘roq va undov belgilariga qarab o‘qiy oladi, ajrata oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi; FK 2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Guruhlarda ishlash, mustaqil ish, savol – javob.
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomat aniqlash, tozalikni tekshirish.
c) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Vatan ravnaqi” mavzusida suhbat
d) ingliz tili daqiqasi compatriot – vatandosh..
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Tarqatmalar yordamida o’quvchilarni darsga jalb etish.Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash.
III Yangi mavzu bayoni103 – mashq. Rasmda qaysi shahar tasvirlangan? Matnni o’qing.
Toshkent – O`zbekistonning poytaxti. Toshkentning yer osti shaharchasi metro deyiladi. Metroning Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod yo‘nalishlari da po yezd lar qatnaydi. Toshkentda Fransiya, Germaniya, Rossiya, Koreya, Yaponiya kabi ko‘plab xorijiy davlatlar ning elchi - xonalari joylashgan.
O’ylang! Joy nomlari qanday xarf bilan yozilgan? Nima uchun?
IV Yangi mavzuni mustahkamlash: 104 – mashq. Matndan nimalarni bilib oldingiz? Joy nomlari va shaxs ismlarini aniqlang. Ularga so’roq bering
Ko‘hna Urganch Xorazm davlatining poytaxti edi. Uni Chingizxon qo‘shinlari vayron etdi. Jaloliddin Manguberdi Vatan ozodligi uchun kurashdi.
Topshiriq: Ko‘chiring. Joy nomlari va kishi ism lari ning tagiga chizing. Matndan nimalarni bilib oldingiz?
Urganch , Xorazm , Chingizxon , Jaloliddin Manguberdi ,
V Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. 105-mashq. O‘qing. Matnda kim ning yoshligi bayon qilingan?
Mening bolalik yillarim Farg'ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg'unzor, Oqqo'rg'on degan qishloqlarida o't- gan. O'tmish hayot lavhalaridan esimda qolganlarini «0'tmishdan ertaklar» asarimda qalamga oldim.
Abdulla Qahhordan
Joy nomlarini bosh harf bilan ko'chiring. Ularga so'roq bering.
Tuzuvchi: ___ _____________
Tekshirdi: ___ ______________
Sana______________________
Mavzu: Joylarga atab qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi(106-108-mashqlar).
Maqsad: DTS talablariga asosan so’zlarning bosh harf bilan yozilishi haqida bilim berish. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga joy nomlari bosh xarf bilan yozilishi xaqida bilim berish. Tarbiyaviy: O’quvchilarga tilimizga, milliy urf – odatlarimizga, buyuk bobolarimizga muhabbat ruhini singdirish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni nutqini o’stirish, tafakkurini rivojlantirish. O`quv jarayoniga oid kompetensiyalar: TK2 darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish, TK3 mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish va namuna asosida so‘zlar tuzish; TK4 o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; FK 1: kishilarning his-hayajonini bildirgan gaplarni, gaplarni mazmuniga ko‘ra farqlaydi, oxiridagi nuqta, so‘roq va undov belgilariga qarab o‘qiy oladi, ajrata oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi; FK 2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Guruhlarda ishlash, mustaqil ish, savol – javob.
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomat aniqlash, tozalikni tekshirish.
c) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Vatan ravnaqi” mavzusida suhbat
d) ingliz tili daqiqasi compatriot – vatandosh..
O`qituvchi o`quvchilarni darsga jalb qiladi va bolajonlarni darsga tayyorlaydi.Bunda o`qituvchi kichik she`rlardan ham foydalanishi mumkin.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Tarqatmalar yordamida o’quvchilarni darsga jalb etish.Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash. Uyga vazifani tekshirish. Xato va kamchiliklar bilan ishlash
O`qituvchi bolajonlarni o`tgan dars vazifani qay darajada o`zlashtirganini bilib olish, yangi darsga poydevor yaratish maqsadida “Aqliy hujum”, “BBB” metodlaridan foylanib o`quvchilar bilimini tekshiradi. O`tgan darsni mustahkamlab, faollarni rag`batlantiradi.
III Yangi mavzu bayoni Yangi mavzu o`qituvchi o`quvchilarga tushuntiradi. Ko`rgazmali qurollar, slayddan foydalanib.
O’quvchilar bilan salomlashildi. Davomat aniqlandi. Sinf ahboroti eshitildi. 1991 – yil 31 – avgust O’zbekistonimiz uchun asrga atigulik kun bo’ldi. Shu kundan boshlab O'zbekiston zaminida mardona ,,Mustaqillik” so’zi tilimizga ko’chdi, ongimiz, tilimizdagi qulf sharaqlab ochilib ketdi.
III Yangi mavzu bayoni: 106 – mashq. Joy nomlarini ko’chiring.
Qarshi
Qarshi — qadimiy va navqiron shahar. Qarshi shahridan temiryo‘l o‘tadi. Temiryo‘l Qarshini Toshkent, Farg‘ona, Samar qand, Buxoro, Termiz shaharlari bilan bog‘laydi.
Qarshi, Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Termiz.
Topshiriq: Joy nomlarining imlosini tushuntiring. Ularga so‘roq bering. Ketmaket kelgan undoshlarning tagiga chizing.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash 107 – mashq O’zingiz bilgan shahar, qishloq, mahalla, ko’cha nomlarini yozing
Shaharlar: Toshkent, , , , ...
Qishloqlar: Yakkatol, , , , ...
Mahallalar: Mevazor, , , , ...
Ko'chalar: Qatortol, , , ,
O`tilgan mavzuni o`qituvchi “BBB” metodi o`rqali, savol –javob qilib , yangi mavzu mustahkamlanadi.
V. Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa: Faollar baholanadi. Uyga vazifa beriladi. 108-mashq. Ko'chiring. Joy — nomlarining tagiga chizing.
Buxoro
Buxoro — qadimiy va navqiron shahar. Shaharda Labihovuz, Ko'kal- dosh kabi yodgorliklar bor. Sayohat- chilar Shohrud arig'i bo'yida sayr qiladilar.
B. Saidomonovdan
Navqiron so'zining ma'nosini bilasizmi?
Tuzuvchi: ___ _____________
Tekshirdi: ___ ______________
Sana__________________________
Mavzu: Hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi (109-110-mashqlar)
Maqsad: DTS talablariga asosan bosh harf bilan yozilishi xaqida bilishi. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga hayvonlarga qo’yilgan nomlarni bosh harf bilan yozishni orgatish. Tarbiyaviy: O’quvchilarni tilimizga, milliy urf – odatlarimizga muhabbat ruhini singdirish. O`quv jarayoniga oid kompetensiyalar: TK2 darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish, TK3 mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish va namuna asosida so‘zlar tuzish; TK4 o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; FK 1: harflarni yozuvda imlo va husnixat qoidalariga amal qilgan holda harflarni bir-biriga ulab, ko‘chirib, namunaga qarab yoza oladi. Bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, FK 2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni nutqini o’stirish, tafakkurini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Noan’anviy, mustaqil ish, aqliy hujum
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish ,
davomat aniqlash,
tozalikni tekshirish
c) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Tarqatmalar yordamida o’quvchilarni darsga jalb etish.Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash.Uyga vazifa tekshiriladi. 108-mashq. Ko'chiring. Joy — nomlarining tagiga chizing.
Buxoro
Buxoro—qadimiy va navqiron shahar.Shaharda Labihovuz,Ko'kaldosh kabi yodgorliklar bor.Sayohatchilar Shohrud arig'i bo'yida sayr qiladilar.B.Saidomonovdan
Navqiron so'zining ma'nosini bilasizmi?
Uyga vazifani tekshirish. Xato va kamchiliklar bilan ishlash
O`qituvchi bolajonlarni o`tgan dars vazifani qay darajada o`zlashtirganini bilib olish, yangi darsga poydevor yaratish maqsadida “Aqliy hujum”, “BBB” metodlaridan foylanib o`quvchilar bilimini tekshiradi. O`tgan darsni mustahkamlab, faollarni rag`batlantiradi.
III Yangi mavzu bayoni 109 – mashq. Har bir hayvon nomini unga atab qo’yilgan nom bilan yozing. Ularga so’roq bering
Hayvon nomlarining bosh harf bilan yozilishini tushuntirish. Bolajonlar siz qanda Bolajonlar siz qanda hayvonlar nomlarini bilasiz? Moshvoy, Olapar. yashng, hayvolar nomlari bosh harf bilan yoziladi.
O’ylang! Hayvonlarga qo’yilgan nomlar qanday harfb bilan yoziladi?
IV Yangi mavzuni mustahkamlash 110- mashq. Birinchi ustunga hayvon nomlarini, ikkinchi ustunga ularga atab qo’yilgan nomlarni yozing.
mushuk Baroq
it To’rtko’z
ot Qorabayir
sigir Targ’il
O’quvchilar bilan savol – javob o’tkazish. Javoblarini tinglash o’rtoqlari tomonidan javoblar to’ldiriladi. O’qituvchi o’quvchilar fikrlarini umumlashtirib mustahkamlaydi.
Darsga yakun yasash va baholash.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzu yuzasidan uyga vazifa beriladi. Uyga vazifani o`qituvchi tushuntirib beradi.
111-mashq. Berilgan so'zlardan bir-biriga mosini tanlab gaplar tuzing va yozing. Gaplarni bosh harf bilan boshlang.
Hayvonlarga qo'yilgan nomlarning tagiga chizing.
Tuzuvchi: ___ _____________
Tekshirdi: ___ ______________
Eslatma ! Ushbu ona tili fanidan tayyorlangan 1-sinf o`quvchilari uchun
4- chorak konspekti 2019-2020 o`quv yiliga mo`ljallangan yangi darslik asosidagi mavzularni o`z ichiga oladi barchasi to`liq va sifatli qilib ishlangan. Ushbu konspektni to`liq hajmda yuklab olish uchun telegram orqali