Просмотр содержимого документа
«Дуппи миллий бош кийими хисобланади»
Kattaqo`rg`on shahar
11-ixtisoslashgan maktab
texnologiya fani o`qituvchisi
Ishbekova Nigoraning
6-“g”sinf ida “Do`ppi turlari.Do`ppini
andazasini tayyorlash va bichish mavzusida
yozgan
Sinf:6-“G”
Sana:16.04.2019.
Mavzu: Bosh kiyim turlari.Do`ppi tikish ushun o`lchov olish,andaza tayyorlash.
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga xalq hunarmadchiligining do`ppi turlari va ularni bichish, andaza tayyorlash haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchalarni bosh kiyimi bo`lmish do`ppi tikishga va kiyishga oid estetik didini o`stirish, tejamkorlikka o`rgatish. Milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning bosh kiyimlari va ularni bichish ishlari haqidagi ko`nikmalarni kengaytirish.
Rivojlantiruvchi kompitensiya:O`quvchilar do`ppi turlari haqida tushunchaga ega.
Dars turi: nazariy,amaliy
Dars metodi: “Venn diogrammasi”,”O`rniga qo`y”,”Moychechak”,”Klaster”
Dars ko`rgazmasi: rangli rasmlar,tarqatma materiallar,vidio slaeytlar
Dars bosqichlari:
I.Tashkiliy qism
salomlashish
davomatni aniqlash
o`quv qurollar va ish qurollarini tekshirish
Sinfni ikki guruhga bo`lamiz.
1-guruh “Kashtachilik”
2-guruh “Zardo`zlik”
Guruhlar o`z nomlari haqida ma`lumotlar aytishadi.
Ma`naviy daqiqa.”Gilamchilik” mavzusida vidio lahva.
II. O`tilgan mavzuni so`rash.
Uyga berilgan topshiriq tekshiriladi.Baholanadi.
Tarqatma materiallar tarqatiladi.
2 guruh “Moychechak”metodi tarqatiladi va mavzu so`raladi.
2guruh”Venn diogrammasi”metodi tarqatiladi va o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.
Yangi mavzu bayoni:Dunyoda xalqlar ko`p, elatlar ko`p. Barchasining o`tmishdan meros milliy urf-odatlari, an`analari bor. Xalqlar, elatlar shu jihatlari bilan bir-biridan farqlanishadi. Masalan, o`zbek deyilsa, o`z-o`zidan do`ppi tushuniladi. Boshda do`ppisi bormi, demak u o`zbek deyiladi..
Do`ppi - bu bizning qadimiy va umrboqiy milliy bosh kiyimimiz. Agar do`ppi bozoriga kirib borsangiz, o`z-o`zingizdan yayrab ketasiz. Do`ppi ushlab turgan chevar ayollarni ko`rib beixtiyor faxrlanasiz.
“Do`ppi tikdim, ipaklari tillodan...” degan yoqimli ashula yodingizga tushadi. Bozorda esa qiz uzatmoqchi bo`lgan ota-onalarga ko`zingiz tushadi. Ularning birinchi xaridlari kuyov bolaga do`ppi tanlashdan boshlanadi.
Ana shunaqa, o`zbekning do`ppisi juda azizdir. Shu bois, do`ppini aziz bilib, ehtiyot qilishadi, avaylab saqlashadi. Bu e`zozlarga yarasha o`zbek do`ppilarining shakllari, bezaklari ham o`zgarib bormoqda. “Iroqi chokli Toshkent do`ppisi”, mashhur “Chust”, “Andijon”, “Marqilon”, “Injiq nusxa” va “Setora” kabi turlarini hozirda ko`pchilik yaxshibilishadi. G`urur va faxr bilan kiyishadi.
O’zbekiston xalq amaliy san’atining eng ommaviy va hamma yerda tarqalgan turlaridan biri har doim do’ppi - adrasli qattiq yoki yumshoq qalpoqcha bo’lgan edi. Do’ppi o’zbek milliy kiyimining ajralmas qismi bo’lib, o’zbek xalqining hayoti va an’analariga chuqur kirib borgan. Do’ppi (turkcha tepa so’zidan) nafaqat o’zbeklar, balki boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham milliy bosh kiyimidir. Do’ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qarilar uchun turlari. Bolalarning do’ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do’ppi, kallapo’sh) matolarining turli-tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va tumorlarining ko’pligi bilan farqlanadi. O’zbek do’ppilarining eng ko’p tarqalgan shakllari ozgina konussimon kabi to’rt qirrali do’ppilardir. Do’ppilar bir yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki oddiy iplar bilan qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do’ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta tikilar edi. Do’ppilar bir yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki oddiy iplar bilan qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do’ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta tikilar edi.
Slayt orqali do`ppi turlari ko`rsatiladi.
. Do’ppi tikish san’atini avvaldan ayollar o’rganar edi. Do’ppilardagi eng ko’p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va unumdorlik ramzi bo’lgan bodom naqshi kiradi. Do’ppilarning naqshida saqlovchi vosita deb hisoblangan ilon izi naqshi ham tez-tez tikilar edi. Geometrik shakllardagi naqshlar ham juda ommaviy edi. Turli tumanlarda yaratilgan do’ppilar o’zining shakli, naqshlari va tanlangan ranglari farqlanadi.
Do`ppi so`zi turkiy so`zlar oilasiga mansub bo`lib, "tepa" ma`nosini bildiradi.
Do`ppining tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Do`ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning mavjud bo`lganligi bevosita tasdiqlovchi dalillarni, biz juda qadimiy haykaltaroshlik yodgorliklarida, qadimiy tangalarda, devoriy rangtasvirlarda, sopol qaykalchalarda, o`rta asr kitob minatyuralarda ko`rishimiz mumkin. Do`ppi tikish san`ati bilan azaldan asosan xotin-qizlar shug`ullanib kelishgan. Har bir chevar nafaqat ma`lum bir andozani takrorlagan, balki uning rang tusini almashtirib borgan va bu esa do`ppiga alohida husn bag`ishlagan. Shunday qilib, an`analashgan sari bu san`at avloddan avlodga o`tib, do`ppilarning kashtalariga rang-barang va betakror naqshlar paydo bo`lib borgan.
K l a s t e r
Gulsafsar
Atirgul
Chinnigul
Do`ppi
naqshlari
Tustovuq
Gultojixo`roz
Bulbul
Bodom
Qalampir
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 1997 yil 30 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san`atini yanada rivojlantirishni Davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora tadbirlari to’g’risida» gi farmoni muhim ahamiyatga molik voqyea hisoblanadi. Jumladan, ushbu farmonda shunday deyiladi, «Yoshlarni xalq san`ati ustalarining ko’nikmalariga o’qitib, o’rgatish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirishda amaliy yordam ko’rsatish Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining, respublika vazirliklari va idoralarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin».
Do`ppi bichish va uchun ish o`rni tashkil qilish. Do`ppi tikuvchining ish orni qulay, yorug`lik soya hosil qilmagan holda, chap tomondan tushgani maqul. Ish stuli chevarning bo`yiga mos bo`lishi lozim. Ish jarayonida avvalo xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va gavda holatiga ahamiyat berilishi zarur. Gavda ish stoliga biroz egilgan, lekin stolga ko`krak bilan suyanmagn holda bo`lishi kerak. Stulni suyanishga qulay qilib, stolga yaqin qo`yib olinadi. Qo`l stol ustida bemalol harakat qiladigan bo`lishi lozim. Ko`z bilan ish o`rtasidagi oraliq 25-30 sm dan oshmasligi lozim. Kergi bilan ishlangan vaqtda chap qo`l kergining tagiga, o`ng qo`l esa kergining ustki tomonida harakat qiladi. Ish stolining ustida ish qutisi, santemetr, lenta, chizg`ich, sirkul, qalam, karton,atlas,adras va sidirg`a velur gazlama bo`laklari qaych,tikuv mashinasi,angishvona.
O`lcham olish. O`lcham olish uchun santimetr lentasidan foydalanamiz. O`lcham peshnaning eng baland nuqtasi bo`ylab gorizontal yo`nalish orqali aylantirib o`lchanadi. O`lchamda ko`rsatilgan sonni yozib olamiz. Shu son bosh kiyimning o`lchami bo`ladi.
Do`ppining andazasini tayyorlash. Do`ppilar shakli, ko`rinishi jihatidan dumaloq, uchburchaksimon taxlanadigan, konussimon, yarim konussimon shakllarda bo`ladi.
Dumaloq shakldagi do`ppilarning andazasini tayyorlash. Dumaloq shakldagi do`ppilarning andazasini tayyorlash uchun avval kerakli o`lchamni aniqlab, yozib olamiz (misol uchun 54).
Tepa qismning andazasini tayyorlash. Olingan o`lcham asosida do`ppining tepa qismi radiusini aniqlaymiz. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz: R=L:6,28=8,6 sm.
B
R=8,6 sm
u yerda L-o`lcham uzunligi, 54 sm, 6,28-o`zgarmas son.
O `lcham uzunligi Lni tepa qismning radiusini topish formulasiga qo`yamiz. Mana, formula yordamida 54-o`lcham uchun tepa qismining aylana radiusi 8,6 sm bo`lishini aniqlab oldik. Endi pargor yordamida radiusi R=8,6 sm bo`lgan aylana chizamiz. Chizilgan aylananiaychi yordamida qirqib olamiz. Qirqib olingan doirani karton qog`ozga ko`chirib, do`ppining tepa qismi andazasini tayyorlab olamiz.
Kizak qismining andazasini tayyorlash.Endi kizak qismining andaza chizmasini chizamiz. Buning uchun eni 4 sm, uzunligi L ga, ya`ni o`lcham uzunligiga( u kizak uzunligiga teng, bizning misolimizda L=54 sm) teng bo`lgan to`gri to`rtburchak chizib olamiz.
Mana, kizak qismining ham andazasi tayyor bo`ldi. Kizakning eni ihtiyoriy ravishda 4 sm dan oshirib olish ham mumkin. Bu do`ppining chuqurroq bo`lishini ta`minlaydi.
Uchburchaksimon taxlanadigan do`ppilarining andazasini tayyorlash. Avval do`ppi uchun kerakli o`lchamni aniqlab, yozib olamiz(misol uchun 54 sm). Uchburchaksimon taxlanadigan do`ppilarning tepa qismining andaza chizmasi quyidagicha tayyorlanadi. Kizak qismining uzunligini to`rga bo`lamiz: 54:4=13,5 sm.
Tomonlari 13,5 sm ga teng bo`lgan to`g`ri to`rtburchak chizamiz. To`g`ri to`rtburchakning burchaklarini chizg`ich yordamida markaziy O nuqtada kesishuvchi A-E va B-D to`g`ri chiziqlar orqali tutashtiramiz.
A
B
13,5 sm
13,5 sm
D
E
0
9,5 sm
A
B
0
9,5 sm
A
B
D
E
D
Hosil qilingan chizmada to`g`ri to`rtburchakning markaziy nuqtasi O dan istalgan burchak nuqtasigacha bo`gan masofani(O-A, O-B, O-E yoki O-Dni) chizgich yordamida o`lchab aniqlaymiz. (Bizning mislimizda 9,5 sm ga teng). Endi pargor yordamida to`g`ri to`rtburchakning markazi O nuqtada, radiusi 9,5 sm ga teng aylana chizib olamiz. Aylananing to`rtburchak tashqarisiga chiqib turgan qismini ikki yoki uch bo`lakka bo`lib chizib olamiz. Chizib lingan bo`lakning birinchisi yoki ikkinchisini qoldirib, qirqib olamiz. Buni ham karton qog`ozga ko`chirib, qirqib, andaza tayyorlab olamiz. Mana, uchburchaksimon taxlanadiga do`ppining tepa qismi andazasi tayyor bo`ldi. Kizak qismining andazasi uzunligi 54 sm bo`lgan, ani esa do`ppilarning tagiga qarab, 4 sn dan 6 sm gacha bo`lgan to`g`ri to`rtburchak holda tayyorlanadi. Mana, siz bilan dumaloq va uchburchaksimon taxlanadigan do`ppilarning andazalarini tayyorlashni o`rganib oldik.
Do`ppilarning detallarini bichish uchun ishlatiladigan gazlamani keyiladigan ko`ylak gazlamaga moslab olish kerak.Shuning uchun ko`p hollarda do`ppi detallarining avrasi atlas va adras hamda sidirg`a velyur gazlamalardan bichiladi.Avval tepa qismining avrasi bichiladi.Bichishda andaza chetidan 1,0 sm chok haqi qoldiriladi.Bichib olingan tepa qismining avrasi bo`yicha astar bichiladi.Shuningdek,do`ppining kezagi matoning diogonali bo`yicha bichiladi.Kezak astarning bichib olingan avrasidan 2 sm kengroq qilib hamda diagonal bo`ylab bichiladi.
Darsni mustahkamlash.Guruhlarga “O`rniga qo`y “metodi tarqatiladi, yangi mavzu mustahkamlanadi.
Guruhlar baholari e`lon qilinadi.O`quvchilar baholanadi.
Dars yakuni:Uyga vazifa: Do`ppi andazasini yasab,do`ppini bichish.