Ilohiy kitoblarda aytilishicha, soz dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilarki, Tangri ozining qudrati va jamoliga kozgu boladigan yaratiq barpo etishni istaydiyu, kunlarning birida: «Yaral!» (arabchasi «Kun!») - degan sozni aytadi. Yaratgan amrining ifodasi bolmish ana shu birgina SoZning kuchi bilan on sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga keldi. Demak, soz olam va undagi narsalardan oldin paydo bolgan ekan. Sozning cheksiz qudratini shundan ham bilsa boladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega soz bilan ish koradigan sanat turidir. Shuning uchun ham badiiy adabiyot - soz sanati deb yuritiladi.
Badiiy adabiyot sanatning murakkab va serqirra turi, insonda yuksak manaviyat shakllantirishning eng tasirchan vositasidir. Insondagi ismsiz tuygular, nozik kechinmalar, koz bilan korib, quloq bilan eshitib, qol bilan ushlab, til bilan totinib, burun bilan hidlab bolmaydigan ruhiy holat jilvalarini faqat soz yordamida ifoda etish mumkin. Badiiy adabiyot sanatning boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, materiali ham SoZ ekanligi bilan ajralib turadi.
Sanatning adabiyotdan boshqa har qanday turi inson hayoti yoki hissiyotining faqat birgina holatini ifoda eta oladi. Badiiy adabiyot esa tasvirlanayotgan narsa yoki kimsaning hozirgi holatini qanchalik ishonarli aks ettirsa, uning otmishini ham, kelajagini ham shunchalik tasirchan va jonli tasvirlay oladi. Demak, odamda yuksak manaviy fazilatlar shakllantirishda korkam (badiiy) adabiyotning imkoniyati benihoya katta. Siz teatr, kino, televideniyeda ham shunday imkoniyatlar borku deyishingiz mumkin. Unutmangki, har qanday spektakl, kino yoki telefilmlarning negizida ham badiiy soz turadi.
Korkam adabiyotda aks ettirilgan hayot serqirra ekanidan tashqari, kishiga qattiq tasir ham qiladi. Ozingizga juda yoqqan badiiy asarni oqigan holatingizni bir eslab koring. Asarda tasvirlangan obrazlarning ham, bu qahramonlar kechirgan tuygularning ham sizga togridan togri daxli yoqligini yaxshi bilasiz. Asardagi voqealar hozir roy bermayotganligini korib turibsiz. Lekin siz asardan bosh kotara olmaysiz. Asar qahramonlari sizga hech kim bolmasalarda, ular bilan goyo qarindoshu taqdirdoshday bolib qolasiz. Ularning tuygu va kechinmalari siznikiga aylanib ketadi. Kitob qahramonlariga qoshilib quvonasiz yoki kuyunasiz. Bazan hatto yiglaysiz. Nega shunday? Sanatning boshqa turlari ham odamga shu xilda tasir qilganligini korish mumkin. Sanat asarlari tasirchanligiga sabab nima ekan?
Mana, siz yettinchi yildirki bir qancha oquv predmetlari bilan tanishib kelmoqdasiz. Ularning hammasi ham sizga cheksiz olamning biror tarmogidagi hodisalar haqida ilmiy malumotlar berishga intiladi. Bu oquv fanlari sizning aqlingizni ostirishga, tafakkuringizni yangi-yangi axborotlar bilan boyitishga, shu tariqa sizni zamonning talablariga javob bera oladigan, hayotning sinovlariga chidaydigan qilib tayyorlashga xizmat etadi. Siz organgan oquv predmetlari yordamida dunyoning sirlari haqida bilimga ega bolasiz.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
Uyga vazifa. 3-11-sahifalarni oqib kelish.
Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Oquv-tarbiyaviy ishlar boyicha direktor orinbosari: SH.ASHIROVA