kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ayiruv bog'lovchilari yordamida bog'langan qo'shma gaplar

Нажмите, чтобы узнать подробности

ayiruv bog'lovchilari bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'laydi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ayiruv bog'lovchilari yordamida bog'langan qo'shma gaplar»

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI POP TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI

11- IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-IINTERNATINING ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI SULTANOVA NASIBANING

9- SINFLAR UCHUN BIR SOATLIK OCHIQ













Darsning mavzusi: Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar.

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad: o’quvchilarga ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar haqida nazariy bilim berish; ularda tinglab tushunish, gapirish, yozish kabi FK-1 elementlarini shakllantirish;

  2. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda milliy va umumma’daniy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish; ona – Vatanga sadoqatli bo’lish singari TK-5 layoqatlarini shakllantirish;

  3. rivojlantiruchi maqsad: o’quvchilar nutqini o’stirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: yangi bilimlarni shakllantiruvchi;

Dars uslubi: noan;anaviy;

Dars jihozi: darslik, “ Bilimingni sinab ko’r”, “ Omad qushi” elektron qurilmalari , proyektor, tarqatmalar;

Dars shiori: Har bir so’zni bilib ayt,

Ko’pga ma’qul qilib ayt.

Darsning rejasi:

1.Tashkiliy qism: 5 daqiqa..

2.O’tilgan mavzuni so’rash: 8 daqiqa

3.Yangi mavzu bayoni: 17 daqiqa

4.Mustahkamlash: 10 daqiqa

5.Baholash: 3 daqiqa

6.Uyga vazifa: 2 daqiqa

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:dars salomlashish bilan boshlanadi “Ona tili madhi” mavzusida suhbatlashiladi.

O’qituvchi: Qani, bolajonlar, o’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan ?

O’quvchi: O’zbek tiliga davlat tili maqomi 1989- yil 21 oktabrda berilgan.

O’qituvchi : “ Davlat tili to’g’risida” gi qonun nechta moddadan iborat?

O’quvchi : “ Davlat tili to’g’risida” gi qonun 24 moddadan iborat

O’qituvchi : Ona tilini madh etuvchi she’rlardan yod ayting

Shundan so’ng o’quvchilar ifodali she’r aytadilar.

O’qituvchi : Bolajonlar, o’zbek tilining asoschisi kim?

O’quvchi : O’zbek tilining asoschisi Alisher Navoiydir

O’qituvchi : O’quvchilar, hozir mashg’ulotimizda Navoiy siymosini gavdalantirsak.

Navoiyning o’gitlariga quloq tutaylik- chi?

A. Navoiy: Ey, jondan aziz bolajonlarim ! Men butun umrimni va ijodimni insoniyatning baxt- saodati uchun bag’ishladim . Bor kuchimni mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o’rnatishga qaratdim. Barchaga yaxshilik, ezgulik ulashdim. Ona tilimiz rivojiga o’z hissamni qo’shdim, uni himoya qildim va madh etdim. Asarlarimda mazkur tilning jozibasi qanchalar qudratga ega ekanligini, boshqa tillar qatorida tura olishini, alohida mavqega ega ekanligini isbotlab berdim. Tilga ixtiyorsiz- elga e’tiborsiz. Chin so’z – mo’tabar, yaxshi so’z – muxtasar. Tilni ko’ngil xazinasining qulfi, so’zni uning kaliti deb bil. Qadrli farzandlarim, ushbu hikmatlarimni yodingizda tuting, ona tilingizni seving, asrang, ardoqlang va uning rivojiga o’z hissangizni qo’shing

O’qituvchi: O’quvchilar, avvalgi darsda qanday mavzu o’rganilgan?

O’quvchi : Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar .

  1. O’tilgan mavzuni so’rash.O’quvchilarning mazkur mavzu yuzasidan olgan bilimlari “Omad qushi” qurilmasidagi savollar orqali nazorat etiladi.

Savollar quyidagicha bo’ladi :

1 Zidlov bog’lovchilarini sanab bering .

2 Zidlov bog’lovchilari qanday qo’shma gap qismlarini bog’laydi?

3 Zidlov bog’lovchilari o’rnida qaysi yuklamalar qo’llaniladi ?

4 Zidlov bog’lovchilaridan oldin qanday tinish belgisi qo’yiladi?

5 Qanday holatda zidlash mazmuni kuchayadi?


Shundan so’ng “ Grafik test” usuli orqali o’quvchilarning o’tilgan mavzu yuzasidan olgan bilimlari mustahkamlanadi. Sinf o’quvchilari 2 guruhga bo’linib musobaqalashadilar.

























O’qituvchi to’g’ri javob bergan o’quvchilarni “oltin yaproqcha” lar bilan rag’batlantirib boradi.

Yangi mavzu bayoni .

Slaydga e’tibor qaratiladi:

  1. Yo siz keling, yo men boray

2. Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi

3. Kurashda goh unisi , goh bunisi yutadi

4. Dilbar bir akasiga, bir opasiga qaradi.

O’quvchilar ushbu gaplardagi bog’lovchi vositalarni hamda gaplarning tuzilishiga ko’ra turini aniqlaydilar. So’ngra yangi mavzuni bayon etadilar.

Ayiruv bog’lovchilari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro’y berishini yoki ulardan faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi.

Yo (yoki) bog’lovchisi yolg’iz holda ham , takror holda ham qo’llanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog’lovchilari takror holda qo’llaniladi va yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi.

  1. Mustahkamlash.Yangi mavzu “ Mo’jizakor halqalar” usuli orqali mustahkamlanadi. Bunda sinf o’quvchilari 4 guruhga bo’linadilar va ularga ko’k, qizil, siyohrang, sandal rangdagi mo’jizakor halqalar beriladi. Har birida ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap mavjud. Gapdagi so’zlar aralash holatda halqalarga yozilgan. So’zlarni o’z o’rniga qo’yib, gap tuzish topshiriq sifatida beriladi. O’quvchilar quyidagi gaplarni hosil qiladilar:

  1. Ba’zan suv qattiq holatda bo’ladi, ba’zan gaz holida uchraydi.

  2. Dam futbol o’ynaydi, dam shaxmat musobaqasida qatnashadi.

  3. Kuz faslida goh yomg’ir yog’adi, goh shamol esadi.

  4. Yo urug’ aynigan, yoki agrotexnika qoidalari buzilgan.

Mazkur topshiriqni to’g’ri yoki noto’g’ri bajarganliklari ekrandagi slayd orqali nazorat etiladi.





















57- mashq og'zaki ravishda bajariladi. So'ng 59- mashqni ko'chirib, qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalar aniqlanadi va ular o'rtasida qanday mazmuniy munosabat borligi aytiladi. Masalan: Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib, jala quyadi. Ushbu gapda bog’lovchi vosita - dam …, dam… voqea - hodisaning galma-gal, ya’ni navbatma- navbat ekanligi ifodalangan.

Yangi mavzu “ Bilimingni sinab ko’r” qurilmasidagi test savollari orqali mustahkamlanadi:

  1. Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. Berilgan gap qo’shma gapning qaysi turiga mansub?

A) ergash gapli qo’shma gap B) bog’lovchisiz qo’shma gap C) bog’langan qo’shma gap D) murakkab qo’shma gap

2. Gulchehra “ piq “ etib kuldi- da, cho’zilib tugunni oldi. Ushbu qo’shma gapning qismlari o’zaro qaysi vosita yordamida bog’langan?

A) faqat ohang yordamida B) yuklama- bog’lovchi yordamida C) zid bog’lovchi yordamida D) ayiruv bog’lovchisi yordamida

3. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Ko’z yoshi yo ko’ngildagi g’am - g’ussaning damini kesish, yo berahmning rahmini keltirish uchun to’kiladi

B) Na yozdi , na o’qidi C) Dam kun qizib ketadi, dam jala quyadi

D) Hozir uning ko’ksi goh og’rituvchi , goh yupantiruvchi kechinmalar bilan to’la edi

4. Bog’langan qo’shma gapni aniqlang.

A) Rostgo’ylik odamni kamolotga yetaklaydi, yolg’onchilik esa uni halokatga olib boradi

B) Agar shu topshiriqni bajarmasa , obro’yi bir pul bo’ladi

C) Shuni bilinki, vaqtning qadriga yetish lozim

D) Ongli kishi deyilsa, ongga ega, aql – idrokli odam tushuniladi.

Dars yakunida o’quvchilar baholanadi .

V.Uyga vazifa. 61- mashqni bajarish va mavzuni o’qish.

VI. Baholash.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Русский язык

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 9 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ayiruv bog'lovchilari yordamida bog'langan qo'shma gaplar

Автор: Sultanova Nasiba Muxamadjanovna

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546453


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства