kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья : Социальные и психо-физиологические основы профориентации

Нажмите, чтобы узнать подробности

Однако большинство подростков, выбирая профессию, не учитывают возможного неблагоприятного влияния профессионально-производственных факторов на здоровье, не принимают во внимание состояние своего здоровья, не учитывают особенности психофизиологического статуса

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Социальные и психо-физиологические основы профориентации»

KASBGA YO‘NALTIRISHNING IJTIMOIY VA

PSIXOFIZIOLOGIK ASOSLARI.

Социальные и психо-физиологические основы профориентации

Однако большинство подростков, выбирая профессию, не учитывают возможного неблагоприятного влияния профессионально-производственных факторов на здоровье, не принимают во внимание состояние своего здоровья, не учитывают особенности психофизиологического статуса

3- общеобразовательная школа Алатского района Бухарской области, Узбекистан

Бердиева Гулшан Мухтаровна

Berdiyeva Gulshan Muxtorovna

Buxoro viloyati Olot tumani 3-umumiy o’rta maktab psixologi

Ongli ravishda kasb tanlash uchun o‘quvchilarning bir qator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning kishini o‘ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, balki qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, o’zining shaxsiy sifatlariga ko’ra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida o’z malakasini takomillashtirishi talab qilinadi.

Hozirgi kunda bozor munosabatlarini va uzluksiz ta’limga o‘tish munosabati bilan maktab yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga, jamiyat uchun foydali va zarur bo‘lgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda yana ham katta rol o‘ynaydi. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ularning xar biriga aloxida-aloxida yondashishni talab etadi, bunda shaxsning temperamenti, irodasi, diqqati, belgilangan maqsadga erishishda qat’iylik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik, intizomlik, topshirilgan ishni bajarishga ma’suliyat bilan munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarini e’tiborga olish zarur. Bundan tashqari, kasbga yo‘naltirish davomida kasbni tanlash sabablarini; kasbning ijtimoiy ahamiyati, qiziqish va havas, kasbga tayyorgarlik, oila an’analari, ota-onalar, pedagoglar, o‘rtoqlarining maslahatini hisobga olish lozim. O‘quvchilarni uzoq vaqt o‘rganish natijasida sinf rahbarlari ularning har biriga tavsifnoma tuzadilar. Bunday tavsifnoma kasb tanlash va o‘quvchiga u yoki bu kasbni tanlagani taklif qilish uchun asos bo‘ladi. Masalan, xolerik temperamentli bola yaxshi andoza yasovchi usta slesar bo‘la olmaydi, chunki unga mikronning o‘ndan bir ulitigacha aniqlikka erisha borib, uzoq vaqt o‘lchov asboblarini ishlash qiyinlik qiladi, yoki melanxolik tez javob berishni talab qiladigan mashinalarni boshqarishni muvaffaqiyatli egallab ololmaydi. Sezgi a’zolarida biron-bir nuqsoni bo‘lgan bolalarga bu kasblarni tavsiya qilib bo‘lmaydi. Masalan, ba’zi rang-tuslarni farq qila olmaydigan (daltonik) bolani har qanday transport turini boshqarishga qo‘yib bo‘lmaydi. Ko‘rishida shunday kamchiligi bo‘lganlar metallurg bo‘lib ishlashi mumkin emas. Vestibulyar apparati buzilgan o‘quvchilar uchuvchi, dengizchi, yuqori inshootlar montajchisi bo‘la olmaydilar.

Kasb xususiyatlarini va ularning tavsiyanomalarini o‘rganish uchun, xar bir kasb uchun professiogramma tuziladi. Malaka tavsiyanomalari professiogrammaga qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi. Professiogramma mazmuniga taxminan quydagilar kirishi kerak:

1. Mazkur kasbdagi mutaxassis talab etilayotgan xalq xo‘jaligi sohasi tavsifnomasi, sohaning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalash munosabati bilan shu kasbdagi ishlarning rivojlanish istiqbollari.

2. Ixtisoslik tavsiyanomasida tavsiya qilingan kasbning mazmuni, mehnat obyektlari, vositalari.

3. Ishchiga qo‘yiladigan talablar (ma’suliyat darajasi, tashabbus va mehnatning ijodiy elementlari, ishning gigiyenik sharoitlari, tibbiy va psixofiziologik ko‘rsatkichlar yoki to‘g‘ri kelmasligini ko‘rsatuvchi belgilar, ayollar mehnatini qo‘llash mumkinligini va boshqalar).

4. Boshlangich ixtisoslik razryadi doirasida o‘quvchining muvaffaqiyatli ishlashi uchun umumiy ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar (ishlab chiqarish malakasini yanada oshirishni hisobga olgan xolda).

5. Mehnatni tashkil etishning iqtisodiy sharoitlari, mehnatga haq to‘lash sistemasi.

6. Mazkur kasb vakillari (ishlab chiqarish novatorlaori, ilg’orlari, mehnat qahramonlari) ning biografik ma’lumotlari.

O‘ta ma’suliyatli va ish sharoitlari xafli deb ta’riflanadigan ishlar uchun professiogramma qator talablar bilan to’ldiriladi.

Ular uzoq vaqt mobaynida tez ishlash malakasini, qo’l barmoqlarining kuchini, oyoqlar kuchini, barmoqlarning harakatchanligini; ko‘z, qo‘l va oyoqlar muvofiqligini, har ikkala qo‘lning ixtiyoriy harakatlarini talab etadi.

Professiogrammalar korxonalar yoki maxsus muassasalar (kabinetlar, laboratoriyalar) tomonidan tuziladi. Ularni ishlab chiqishda muxandislar, psixologlar, vrachlar, o‘qituvchilar ishtirok etishi kerak.

Suhbatlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘quvchilar professiogramma bilan batafsil tanishtiriladi. O‘quvchining aloxida talablar qo‘yiladigan kasblarni egallab olishga uzil-kesil imkoniyat yaraladi. Kasb tanlashda maktabning ota-onalar bilan mustahkam aloqasi katta ahamiyatga ega. O‘quvchilarda kasbga oid qiziqishlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi muvaffaqiyat ko’p jihamtdan maktab va ota-onalarning birgalikdagi samarali ishlariga bog‘liqdir. Ishchilar sulolasi an’analrini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ommalashtirish va targ’ib qilish kerak.

Tegishli adabiyotlarni o‘qish ham ko‘pgina kasblar bilan tanishishda jiddiy yordam beradi. Bunday adabiyotlar maktab kutubxonasida bo‘lishi kerak, albatta.

O‘quvchining o‘zligini tushunishi, o‘z kuchi va imkoniyatlarini, shu jumladan o‘z qobiliyatlarini to‘g‘ri baholay bilishi, keyin esa shaxsiy qiziqishlari va imkoniyatlari kasb talablari bilan solishtirib ko‘rishi kasbni muvaffaqiyatli tanlash shartlaridan biridir.

Vatanimizdagi va chet eldagi psixologik adabiyotda o‘quvchi shaxsining turli tomonlarini mustaqil baxolash, shu jumladan kasb tanlashda o‘z yo‘lini belgilash jarayonida qobiliyatlarini va kasbga layoqatliligini mustaqil baholashni tahlil qilishga urinish hollari uchrab turadi. O‘quvchilarning qobiliyatlari va kasbga layoqatliligini mustaqil baholashning, shuningdek mikromuhitni baholashning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun quyidagilar zarur:

1. O‘quvchilarning bu fazilatlari o‘qituvchilar, ota-onalar, o‘rtoqlari tomonidan tahlil qilinishi;

2. Mehnat faoliyatining u yoki bu sohaga layoqatlilikni mustaqil baxolash bilan o‘quvchilarning kasbga oid niyatlarini ana shu mustaqil baxolashning shakllanish sharoitlari o‘rtasidagi nisbatini aniqlash;

3. O‘quvchilarning mustaqil baholashi bilan tashqaridan bergan baholarni taqqoslash asosida o‘qituvchilar, ota-onalar, o‘rtoqlari baholarining o‘xshashlik darajasini aniqlash.

Bunday qobiliyatlarni, mustaqil berilgan baho darajalarini (birinchi, ikkinchi, uchinchi) hisobga olgan holda mustaqil baholashning quyidagi parametrlari (yetarli baholamaslik, ortiqcha baho berish, baholarning mosligi) bo‘yicha qarab chiqish kerak.

Reyting va muayyan qoidalarni qo’llagan xolda anketalar orqali so‘rash hamda o‘quvchilar faoliyatida natijalarni o‘rganish metodlari bilan xuddi shunday taxlil o’tkazish zarur.

Qobiliyatlarni, keyinchalik esa kasbga layoqatlilik mustaqil baholashning shakllanish sharoitlarini o‘rganish uchun uch tipdagi maktablarni: tabaqalashtirilgan ta’lim va kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘lmagan maktablarni, tabaqalashtirilgan ta’lim elementlari va kasbga keltirish ishlari bo‘lgan maktablarni, maxsus kasbga yo‘naltirish tadbirlari bo‘lmagan holda fizika-matematika yo‘nalishidagi maktablarni olish darkor.





Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Психологу

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья : Социальные и психо-физиологические основы профориентации

Автор: Бердиева Гулшан Мухтаровна

Дата: 25.11.2019

Номер свидетельства: 528533


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства