kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья:Инновации на уроках психологии

Нажмите, чтобы узнать подробности

Рассматривается использование инновационных образовательных технологий в процессе преподавания психологии.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья:Инновации на уроках психологии»

Инновации на уроках психологии

O‘QITISHNING FAOL USULLARI VA ULARDAN PSIXOLOGIYA DARSLARIDA FOYDALANISH YO‘LLARI

Навоийский академический лицей Министерства внутренних дел Узбекистана

Ахмадова Ойша Хамидовна, психология фани укитувчиси



“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” asosida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va Davlat umummilliy dasturini ro‘yobga chiqarishda sifat va samaradorlikni tatbiq etish biz pedagog-psixologlar zimmasiga katta ma’suliyatni yuklaydi.   Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yetakchi tendentsiyalaridan biri – inson faoliyatining hamma sohalari shuningdek, ta’lim sohasiga innovatsion, interfaol usullarning kirib kelishi va yangi pedagogik texnologiyaning quyidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishga sharoit yaratib beradi:

-                    bilish jarayonini tashkil etishni o‘rgatish;

-                    ta’limni axborot-metodik ta’minlashning samarali tuzilishini yaratish;

-                    qiziqarli faol usullarni qo‘llash va xususiyatlaridan foydalanish hamda uni qo‘llay bilish.

Ta’limning qiziqarli faol usulidagi muammolarni yechishga ilmiy yondashuv o‘quvchilarning kompleks bilim, malaka, ko‘nikmalari shaxsiy sifatlarini shakllantirilishi orqali kasbiy vazifalarni samarali bajarish va interfaol usullarni ta’lim jarayonlarida, jumladan psixologiya fanini o‘qitishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

  Prezidentimiz aytganlariday: “Agar o‘quvchilar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”.

Yuqorida aytilgan masalalarni hal etish asosida psixologiya fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish darkor.

  Yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta’limning qiziqarli faol usullarini yaratish va undan foydalanish kasb-hunar ta’limida davlat standarti ta’limning optimal tashkil etilishini ta’minlaydi va mazmunini belgilaydi.

 Psixologiya fanini o‘qitishda zamonaviy va qiziqarli faol usullar asosida darslarni tashkil etish, bugungi kunda muhim ahamiyatga egadir.

 Buning uchun o‘qitishda ta’limning qiziqarli, faol usullari asosida pedagogik jarayonlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ta’limning qiziqarli interfaol usullari: “Kichik va katta guruhlarda ishlash”, “Guruhlar munozarasi”, “Rolli o‘yinlar”, “Sahna ko‘rinishi”, “Har kim har kimga o‘rgatadi”, “Zakovat” o‘yini, “Krossvordlar yechish”, “Test sinovi o‘tkazish” kabilarni qo‘llash orqali psixologiya darslari mazmunli tashkil etiladi. Yuqoridagi usullar asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil qilish davr talabidir. Psixologiya darslarida ta’lim samaradorligini oshirish uchun yangi usul va yo‘llarni izlash, amaliyotda qo‘llash har bir o‘qituvchida ijodkorlik, yangilanish, yaratish hissiyotini shakllantirish tabiiy hol bo‘lishi kerak. Shularni e’tiborga olgan holda, ta’limning interfaol usullari “Katta guruhlarda ishlash”, “Kichik guruhlarda ishlash” usullaridan foydalangan holda o‘quvchi-yoshlar bilimining samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim jarayonlarida yuqoridagi usullardan foydalanish orqali darsda vujudga keladigan  muammoli vaziyatlarni o‘zlarida mavjud bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar orqali hal qilishga, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. Shunga ko‘ra, yangi darsda vujudga keladigan muammoli vaziyatni hosil qilinadi, guruhlarga bo‘linib, turli topshiriqlar beriladi. Shundagina o‘quvchilar faol ishtrok etuvchi sub’ektga aylanishi, erkin fikrlay olishi va o‘z fikrini aytishi va uni himoya qilishi, tashabbuskor, mustaqil bo‘la olishi mumkin. Bu xususiyatlarning shakllanishi o‘quvchining ruhiy holatiga ham ta’sir etadi va ta’limning interfaol usullari asosida o‘quvchilarda o‘ziga xos fikrni aytish, boshqalar fikrini muhokama qilish, xulosalash, qiyoslash, inkor qilish kabi xususiyatlar tarkib topadi. Umuman olganda, ta’lim jarayonlarida qiziqarli faol usullardan foydalanish orqali darsda o‘quvchilar faol ishtrok etuvchi va bilim oluvchi, o‘z bilimini namoyish etuvchi va hatto bilim beruvchi bo‘lishi mumkin.

   Xulosa qilib shuni aytish joizki, psixolog va o‘quvchilar ta’lim jarayonlarida faol ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchiga aylanishi maqsadga muvofiqdir.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Психологу

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья:Инновации на уроках психологии

Автор: Ахмадова Ойша Хамидовна

Дата: 23.02.2019

Номер свидетельства: 501072


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства