kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Oilada psixologik zo‘rovonlik, sabablari, oqibatlari va bartaraf etish usullari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Oiladagi psixologik zo‘rovonlik - bu insonga bosim o‘tkazish va uning qadr-qimmatini kamsitish, jamiyatning kichik doirasi bo‘lgan oilada soduir bo‘ladigan holatdir. Jabrlanuvchining psixologik xolatidan boshqa izlar yo‘qligi sababli bu kabi zo‘rovonlikning sodir etilganligini bilish qiyin. Bunday zo‘rovonlikning oqibatlari esa asabiy tushkunlikdan tortib, qattiq depressiya va xatto o‘z joniga qasd qilishgacha bo‘lgan daxshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, oqibatlarning oldini olish uchun uning sabablarini, turlarini va alomatlarini o‘z vaqtida aniqlash kerak. Shu bilan birga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jabrlanuvchining o‘zi bilan ishlash talab etiladi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Oilada psixologik zo‘rovonlik, sabablari, oqibatlari va bartaraf etish usullari»

Oilada psixologik zo‘rovonlik, sabablari,

oqibatlari va bartaraf etish usullari



Buxoro shahar 14- umumta’lim maktabi

amaliyotchi psixologi D.M.Maxmudova

Oiladagi psixologik zo‘rovonlik - bu insonga bosim o‘tkazish va uning qadr-qimmatini kamsitish, jamiyatning kichik doirasi bo‘lgan oilada soduir bo‘ladigan holatdir. Jabrlanuvchining psixologik xolatidan boshqa izlar yo‘qligi sababli bu kabi zo‘rovonlikning sodir etilganligini bilish qiyin. Bunday zo‘rovonlikning oqibatlari esa asabiy tushkunlikdan tortib, qattiq depressiya va xatto o‘z joniga qasd qilishgacha bo‘lgan daxshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, oqibatlarning oldini olish uchun uning sabablarini, turlarini va alomatlarini o‘z vaqtida aniqlash kerak. Shu bilan birga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jabrlanuvchining o‘zi bilan ishlash talab etiladi.

Oiladagi ruxiy zo‘rovonlik hissiy, deb xam ataladi. Bu tizimli ravishda oilaning biror bir a’zosiga jismoniy ta’sir ko‘rsatmasdan uning shaxsiga zo‘rovonlik ko‘rsatishdir. Ushbu xarakatlarning maqsadi jabrlanuvchini tajovuzkorning aniq yoki yashirin istaklariga buysunishga majbur qilishdir. Jismoniy va ruhiy zaif oila a’zolari - ayollar va bolalar - bu turdagi psixologik bosimdan aziyat chekadilar. Biroq, erkaklar ham xissiy zo‘rovonlik qurboniga aylanishlari mumkin. Psixologik zo‘rovonlikning yuzaga kelishi o‘ta individualdir va u qator omillarga bog‘liq: oila tuzulishi, tajovuzkorning shaxsi, moliyaviy ahvol va boshqalar. Biroq kuzatishlar, amaliyotdagi xolatlardan olingan xulosalar psixologik zo‘rovonlikni quyidagi turlarini ajratishga imkon beradi: • Kamsitilish - jabrlanuvchini xar qanday so‘z bilan masxara qilish, qoralash, tanqid qilish, xaqoratlash va kamsitish kabi psixologik zo‘rovonlik turi, masalan: ism bilan emas, balki xaqoratli laqab bilan murojaat qilish; M. hikoyasi. Onam doimo otamning zulmiga chidab kelgan. Otam hech qachon onamni ismini aytib, yoki milliy odatlarimizga ko‘ra bosh farzandning ismini aytib va hatto “oyisi”, deb ham chaqirmagan. Otam onamni doimo “bedavo”, deb chaqirar edi. Otamning ovozi va ohangi hali ham qulog‘im ostida jaranglaydi. • xukmronlik. Bunday xolatda, jabrlanuvchiga boladek muomala qilinadi, har bir hatti harakatiga baho yoki izoh beriladi, zo‘rovonning o‘zi tomonidan quyilgan qoidalarga rioya qilishni talab qiladi, xar bir xatoni sezadi va 1 jabrlanuvchining ijtimoiy doirasini va sarf-xarajatlarni nazorat qiladi (shu bilan iqtisodiy zo‘rovonlikka keladi); N. Hikoyasi. Turmush o‘rtog‘im doimo menga tanbeh beradi, oyimnikiga borish uchun bir oy oldindan ruxsat so‘rashni boshlashim kerak, bu ham yetmagandek, ketishimdan oldin sumkalarimni ochib tekshirib ko‘radi, nima olib ketyapsan deb, so‘roqqa tutadi.

• E’tiborsizlik - jazo sifatida jabrlanuvchiga umuman e’tibor bermaslik, gaplarni eshitmaganga solish kabi zo‘rovonlik;

• Ayblovlar - barcha xatolar va muvaffaqiyatsizliklar uchun javobgarlik jabrlanuvchiga beriladi, xattoki uning muammoga umuman aloqasi bo‘lmasada;

• Bog‘lanib qolish - jabrlanuvchi o‘zi uchun o‘z ishini o‘zi xal qilish xuquqidan butunlay maxrum bo‘lib, uni xar narsada tajovuzkorga bog‘liq bo‘lishga majbur qiladi;

• Gazlayting ( “Gaz rangi” ingliz pesasidan olingan termin ) jabrlanuvchini fikri, aql -tafakkurining sog‘lomliga shubha o‘yg‘otishga majbur qilish. Masalan, tajovuzkor jabrlanuvchini jahlini chiqaradi va uni juda jahldor ekanligiga ishontiradi. Agar biror kishi bir narsani ketma-ket takrorlasa, ertami-kechmi odam buni xaqiqat, deb qabul qila boshlaydi va oxir-oqibat o‘zning reaksiyalarini adekvatligiga shubxa qiladi. Gazlaytingning o‘ziga xos alomatlari boshqa hissiy zo‘rovonliklarda xam kuzatiladi va ko‘pincha nikox munosabatlarida, ishda, do‘stona munosabatlarda va boshqaruvda- shaxslaro mosabatlari doirasida kuzatiladi.

Gazlaytingning asosiy belgilari:

• o‘z fikri to‘g‘ri ekanligiga doimo shubha, ishonchsizlik bilan qarash;

• tez tez kechirim so‘rash;

• hatto oddiy tanlovdan qo‘rqish;

• doimo o‘z-o‘ziga savol berish “ his-tuyg‘ularga berilib qolmadimmi?”;

• o‘z fikrini tez-tez ko‘rib chiqish.

Oilada psixologik zo‘ravonlikning qo‘yidagi sabablarini qo‘rsatish mumkin:

1. Zo‘ravonlik o‘zini boshqalar oldida tasdiqlash usuli sifatida. Oilada o‘zini boshqa oila a’zolari hisobiga tasdiqlashga intiladi, boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatib, bunday kishi o‘z maqomini "asosiy", oilada "hamma qo‘rqadigan" maqomini egallashga intiladi.

2. O’zi zo‘rovonlikni boshidan kechirgan yoki kechirayotgan shaxs zo‘rovonlikka nisbatan zo‘ravonlik bilan javob sifatida. Zo‘rovonlik ko‘rsatgan shaxs o‘zi qachondir zo‘rovonlik qo‘rboni bo‘lgan va o‘zining ham zo‘ravonlik ko‘rsatishini tabiiy deb, biladi.

3. Oiladagi tartib uchun zo‘ravonlik. Eng keng tarqalgan va eng qiyin sabab: oiladagi zo‘ravonlik oilada tartibni saqlash usuli sifatida. Bu yerda zo‘ravonlik yoki undan foydalanish tahdidi, bundan tashqari, ongli ravishda yoki ongsiz ravishda, butun oila a’zolarini "jilovlash" va "hayotga tayyorlash" uchun ishlatiladi. Oilada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ko‘rsatishni rivojlanish jarayoni ko‘pincha faqat faol bosqichda aniqlanadi, ammo rivojlanish bosqichlarini boshlang‘ich holatlarini kuzatib borish qiyin emas.

Psixologik zo‘ravonlikning formulasini ortib yoki ko‘payib boruvchi tartibda ko‘rsatish mumkin:

1. Munosabatlarga darz ketish;

2. Zo‘rovonlikni sinab ko‘rish;

3. Faol zulm;

4. Yuqori darajadani zulm;

5. Jabrlanuvchining to‘liq bo‘ysunishi;

6. Katarsis Oilaviy psixologik zo‘ravonlikni rivojlanishi formulasiga ko‘ra, hamma narsa tanaffusdan boshlanadi.

Tajovuzkor bilan sodir bo‘lgan vaziyat bugungi kunga qadar ancha oldin sodir bo‘lishi mumkin: ishdan bo‘shatish, yaqin qarindoshining o‘limi, biznesdagi muvaffaqiyatsizlik - odamga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan har qanday salbiy hodisa uni zaiflarga hukmronlik qilish orqali o‘zini tasdiqlashga olib kelishi mumkin. Tajovuzkor "zo‘rovonlikni sinab ko‘rish"ni boshlaydi. Ushbu bosqichda jabrlanuvchiga tanbeh berish, ovozini balandlatish, baqirish, haqorat, dastlabki xo‘rlik va cheklovlar, manipulyatsiya qilishga urinib ko‘radi va o‘zidagi salbiy holatlardan ozod bo‘lish yo‘li deb, tajovuzkorlikni davom ettiradi. Faol zulm bosqichi ko‘p yillar davom etishi mumkin va uning natijasi jabrlanuvchining harakatlari va tajovuzkorning xabardorligiga bog‘liq. Agar birinchisi qarshilik ko‘rsatsa, ikkinchisi uning xatti-harakatlari sabablarini tushunishga qodir bo‘lsa, ikkalasi ham o‘z munosabatlarini 3 ijobiy barqarorlikka qaytarish imkoniyatiga ega. Agar jabrlanuvchi qarshilik ko‘rsatmasa va tajovuzkor zo‘ravonlikni juda xohlasa, ertamikechmi faol zulm o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi.

Psixologik zo‘ravonlikning eng yuqori cho‘qqisi ko‘pincha qisqa muddatli bo‘ladi - eng qisqa vaqtdan bir necha oygacha. Ushbu davrda jabrlanuvchi ham, tajovuzkor ham bir-birlarini charchatadilar: jabrlanuvchi - qarshilik bilan, tajovuzkor - psixologik zo‘ravonlik bilan. Ushbu shiddatli davrda har qanday ehtiyotsizlik harakati ikkalasi uchun ham qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin - to‘liq bo‘ysunish yoki katarsis. Oxirgi bosqich hal qiluvchi va bu zulm bosqichida uzoq vaqt ushlanib qolish qiyin. Bu yoki jabrlanuvchining kichik yoshi bilan, yoki jabrlanuvchining tajovuzkorga kuchli bog‘liqlanib qolganligi sababli bo‘lishi mumkin. Ushbu bosqichgacha yetishish uchun jabrlanuvchining yuz berayotgan voqealar to‘g‘risida to‘liq xabardor bo‘ladi albatta. Mavjud zo‘ravonlik va tajovuzkorning zulmidan qutulish istagining asl mohiyatini anglagan holda, jabrlanuvchi bo‘ysunishga majbur bo‘ladi yoki nazoratdan chiqib ketadi: u to‘liq bo‘ysunishini tan oladi yoki katarsisga erishadi.

Oiladagi tajovuz va zo‘rovonlikni yengishga yordam beradigan bir qator xarakatlar mavjud:

➢ Avvalo, shaxs muloqot qoidalari va o‘ziga bo‘lgan ishonch ustida ishlashi kerak.

➢ Jabrlanuvchi oiladan tashqarida, masalan, qarindoshlari, do‘stlari va psixolog, ijtimoiy ish xodimlaridan o‘zini himoya qilish usululari ning manbalarni izlashi kerak bo‘ladi, chunki ko‘pincha tajovuzkor bosimning barcha vositalaridan foydalanadi, ba’zan hatto jabrlanuvchining tashqi dunyo bilan aloqasini cheklaydi;

➢ Tajovuzkor psixologik zo‘ravonlik bilan cheklansa va jismoniy tahdid bo‘lmasa, tajovuzkorning zulmli xatti- xarakatiga qanday qilib to‘g‘ri javob berishni o‘rganish muhimdir. Ba’zida tajovuzkor hatto uning so‘zlari qanchalik yoqimsiz va zararli bo‘lishi mumkinligini anglamaydi. Uni qanday tushuntirishni o‘rganish va ruhiy og‘riq paytida aniq qo‘llash olish muhimdir;

➢ O’zaro munosabatni o‘rnatish vaqtida nimanidir so‘rash, ba’zida vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. Agar tajovuzkor jabrlanuvchidan iliq his-tuyg‘ularni talab qilsa, o‘zidan ham o‘zaro iliqlikni so‘rash, uning umuman ajablanarli bo‘lishi mumkin. Bu holat tajovuzkorning ko‘zini ochib, vaziyatni tubdan o‘zgartirgan holatlar mavjud.

➢ Agar shaxsga (ayolga) tahqirlanish yoki tahdid qilinayotgan bo‘lsa, tajovuzkor o‘zining harakatlaridan xabardor ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. U nima qilayotganini tushunadimi, xotirjam ohangda 4 so‘rash kerak bo‘ladi. Ehtimol, u o‘z harakatlarining zararli ekanligini anglab yetmagan bo‘lishi mumkin;

➢ Og‘ir vaziyatlarda manipulyatsiyaga murojaat qilishdan qo‘rqish kerak emas. Agar ziddiyat eng yuqori cho‘qqida bo‘lsa, tajovuzkorga zo‘ravonlik oqibatlarini, masalan, nima bo‘layotganini ko‘rgan yoki ko‘rayotgan bolalarga ishora qilish lozim. Ba’zi hollarda, bu uni tinchitishi va xatti-harakatlari haqida o‘ylab ko‘rishiga olib kelishi mumkin.

➢ Albatta, har bir variantda jabrlanuvchi tajovuzkorning qarshiligiga duch keladi. Biroq, har safar zo‘ravonlik namoyon bo‘lganda qarshilik ko‘rsatib, taslim bo‘lmaslik va oxirigacha kurashish kerak. Tajovuzkor shaxsga nimanidir tushuntirish oson emas, har safar katta psixologik ishni bajarish, tekshirish va tez-tez ishlaydigan javoblar va harakatlar yordamida amalga oshirish kerak. O’zining kuchli tomonlarini topish va uni rivojlantirish lozim.

➢ Oxirgi chora-sifatida, mutaxassisning yordamiga murojaat etish mumkin. Birinchidan - jabrlanuvchining o‘ziga, keyin tajovuzkor rozi bo‘lsa, u bilan birga psixolog maslahatiga borish kerak.

➢ Oiladagi har qanday zo‘ravonlikning oldini olish uchun uning asosiy alomatlari boshlanishidan oldin chora-tadbirlarni ko‘rish lozim.

➢ Oilada zo‘ravonlikning oldini olishda muhim holat - boshqalarning ijtimoiy ma’suliyatidir. Ba’zan vaziyatni qarindoshlar yoki begona odamlar qutqarishi mumkin, ular zo‘ravonlik belgilarini ko‘rgach, aralashish, zo‘rovon shaxs bilan gaplashib kshrish kerak agar bu foyda bermasa tegishli organlarga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Dastlabki bosqichda ushbu muammo psixologlar bilan bir nechta suhbatlar orqali muvaffaqiyatli hal qilinib, katta muammolarning oldini olishga olib kelishi mumkin.

➢ Jabrlanuvchi o‘zining taqdiri uchun qo‘rquv va xavotirda bo‘lsa, u har doim ishonch telefonidan yoki boshqa mutasaddi tashkilotlardan psixolog yordamini so‘rashi mumkin:

• huquqni muhofaza qilish organlari (agar jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik bo‘lsa);

• tibbiyot muassasalari ( mutaxassis bilan suhbatlashish mumkin);

• ijtimoiy yordam markazlari;

• ishonch telefoni.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son farmoni. -  https://lex.uz/docs/3107036

2. O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O’RQ-561-son Qonuni. - https://lex.uz/ docs/4494709 3. O’zbekiston yuridik ensiklopediyasi. – T .: 2009. – B. 199.

4. Yuridik atamalar izohli lug‘ati: 1-jild – T.: 2007. – B. 410.

5. O’zbek tilining izohli lug‘ati. – T.: 2009. – B. 167-168.

6. Nasiliye i ego vliyaniye na zdorove. Doklad o situatsii v mire - M: Izdatelstvo «Ves Mir», 2002, 4-b.

7. Kireyev G.N. Suщnost nasiliya. - M.: 1990. 18-b

8. Djavadov F.M. Kvalifikatsiya nasilstvennыx prestupleniy, sovershennыx s primeneniyem orujiya. Avtoref. diss. kand. yurid. nauk. - M.: 1985. S. 31.

9. Serdyuk L.V. Nasiliye. Kriminologicheskoye i ugolovno-pravovoye issledovaniye. - M.: 2002. S. 179.

10. Dobash R.F.,Dobash R.P. Violence against wives: a case against patriarchy. NY, 1979.

11. Gendernыy podxod k probleme nasiliya: psixologicheskiye strategii i rol obrazovatelnыx programm / Red. kolleg.: G.F.Belyayeva i dr. - M.: 2002. S. 31

12. Antonyan Yu.M. Prestupnost sredi jenщin. - M.: Rossiyskoye pravo, 1992. - 256 s.

13. Partner violence. A comprehensive review of 20 years of research/Ed. By J.L.Jasinski, L.M.Williams. - Sage Publications, 1998. - 314p.

14. Psixologicheskaya pomoщ postradavshim ot semeynogo nasiliya: Nauchnometodicheskoye posobiye / Pod red.L.S.Alekseyevoy. M., 2000. S. 

15. Rimashevskaya N., Vannoy D., Malыsheva M.I dr. Okno v russkuyu chastnuyu jizn. Suprujeskiye parы v 1996 g. - M., 1999. S. 205.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Психологу

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Oilada psixologik zo‘rovonlik, sabablari, oqibatlari va bartaraf etish usullari

Автор: D.M.Maxmudova

Дата: 31.03.2025

Номер свидетельства: 667782


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства