kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья : Психологический подход к инклюзивному образованию детей-инвалидов в системе общего образования на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Статья посвящена проблемам организации образования детей с ограниченными возможностями здоровья на современном этапе развития узбекской системы образования. Введение новых нормативных документов ставит перед педагогическими работниками серьезные задачи по созданию доступной образовательной среды и изменению содержания образования

 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Психологический подход к инклюзивному образованию детей-инвалидов в системе общего образования на узбекском языке»

Umumta’lim maktablari tizimida nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv ta’limini tashkil etishda psixologik yondashuv.

Психологический подход к инклюзивному образованию детей-инвалидов в системе общего образования.

18- общеобразовательная средняя школа Алатского района Бухарской области, Узбекистан

Арашова Зайнаб Бозорбоевна, психолог.

Статья посвящена проблемам организации образования детей с ограниченными возможностями здоровья на современном этапе развития узбекской системы образования. Введение новых нормативных документов ставит перед педагогическими работниками серьезные задачи по созданию доступной образовательной среды и изменению содержания образования


Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi ta’limni boshlash imkoniyatiga ega bo’lgan barcha bolalar, shu jumladan alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalarni umumta’lim jarayoniga qamrab olishdir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarga ta’lim olishni taqdimetishi bilan katta ahamiyatga ega. Bu ana shunday bolalarni uzluksiz umumiy ta’lim tizimiga kiritishni bildiradi. Ushbu jarayon o’zining quyidagi huquqiy, ijtimoiy asoslariga ega bo’lmog’i zarur. Ya’ni:

  • Har bir bola ta’lim olish uchun asosiy huquqga ega va kerakli darajada bilim olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

  • Har bir bola o’z xosliklariga, qiziqishlariga, qobiliyat va o’quv ehtiyojga ega.

  • Ta’lim yuzasidan alohida ehtiyojga ega bo’lgan ommaviy maktablarda o’qish imkoniyatiga ega bo’lishlari, bu yerda ularning ehtiyojlarini qondirish maqsadga yo’naltirilgan pedagogik metodlar asosida sharoit yaratish zarur.

  • Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar bilan bir xil sharoitda o’qishlari va kamol topishlari zarur.

  • Inklyuziv sinflar o’quvchilar va pedagoglarga jamiyatga va maktabga yangicha qarashni rivojlantirish orqali jamiyatning eng yaxshi a’zolari bo’lishlari uchun yordam berishga yo’naltirilishi zarur.

  • Inklyuziv ta’lim umumta’lim maktablari o’quvchilari, direktorlari, ota-onalar va maxsus pedagoglarni bitta guruhda hamkorlik qilishlarini talab qiladi. Ko’p hollarda alohida yordamga muhtoj bolalarning ota-onalari o’z bolalarining ta’limga oid huquqlari va boshqa imkoniyatlari haqida noto’g’ri tushunchaga ega bo’lganlari natijasida bu bolalarga to’g’ri ta’lim berishni talab qilmaydilar.

Ota-onalar o’z bolalaridagi nuqsonlar tufayli uyalish va o’zini yo’qotib qo’yish kabi to’siqlarni engishlari haqida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. Hamma ota-onalarga inklyuziv ta’limning mazmuni nimalardan iboratligi va bu bolalarga qanday imkoniyatlar berishi haqida batafsil ma’lumot berilishi zarur.

Ota-onalarning o’z bolalariga ta’limli yordam ko’rsatishini cheklamaslik bilan bir jihatdan kengaytirish zarur. Shunday yo’l bilan ota-onalar bolalarni o’quv muassasalariga joylashtirish va o’quv dasturlarini aniqlik, shuningdek o’quv jarayonini uyda yoki boshqa joyda davom ettirishga oid muhokamalarga jalb qilishi zarur.

Har qanday bola kamol topib sog’lom o’ssa, uning bilim faoliyati, sezgi qobiliyatlari mukammal rivojlanib borsa, bunday bolalar 6-7 yoshdan boshlab maktabga qabul qilinishga tayyor bo’ladi.

Lekin umumta’lim maktab o’quvchilari orasida o’quv dasturlarini o’zlashtirishda qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bolalar uchrab turadi. Bolaning xox ona qornida, hoh tug’ilgandan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo’lgan ma’lum shartlarning bo’lishi natijasida jismoniy va ruhiy, aqliy nuqsonlar kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Bunday bolalarda eshitishda, ko’rish qobiliyatida, nutqiy va aqliy faoliyatida nuqsonlar paydo bo’ladi.

Hozirgi vaqtda bunday bolalarni o’z sog’lom tengqurlari qatorida umumta’lim maktablarida o’qishni inklyuziv ta’limi yo’lga qo’yilmoqda. Umumta’lim maktablaridagi nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv ta’limini tashkil qilishda o’qituvchilar nimalarga e’tibor berishlari lozim. Quyidagi ayrim nuqsonli o’quvchilarni umumta’lim maktablarida nimalarga e’tibor berishi haqida to’xtalib o’tmoqchimiz.

I. Eshitishi zaif bolalarni etarli savod olishlari uchun o’qituvchilar oldida quyidagi vazifalar turadi:

  • Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalarni nutqida, ruhiyatidagi o’zgarishlarni o’z vaqtida bilish lozim.

  • Bolaning eshitish qobiliyati darajasini bilish maqsadida zarur bo’lsa davolash uchun mutaxassis ottolorengolog oldiga yuborish lozim.

  • Eng muhimi sinfda qulog’i uncha yaxshi eshitmaydigan bola borligini hamisha esda tutish va bunday bolalarni 1-partaga o’tqazib qo’yish kerak.

  • O’qituvchi sinf o’quvchilarigamavzuni tushuntirayotganda, diktant matnini o’qiyotganda o’quvchini mavzuni qanchalik fahmlaganini ko’rishi lozim.

  • Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalarning ishini baholayotganda, xatolar sifatini tahlil qilganda, qulog’i yaxshi eshitmasligi tufayli xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa, bahoni pasaytirmaslik lozim.

  • O’qituvchi bolaning ota-onasiga bolaning o’qishda uchraydigan qiyinchiliklarining xususiyatlarini tushuntirish, o’quvchiga uy topshiriqlarini tayyorlashda qay tariqa to’g’ri yordam ko’rsatishi kerakligini o’qitish.

II. Nutqida kamchiligi bor o’quvchilar bilan ishlashda.

o’qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi zarur:

  • O’qituvchi noto’g’ri talaffuz qiladigan o’quvchilarga alohida e’tibor qilish, hamda logoped mutaxassislaridan maslahat olishlari kerak.

  • Bolaning o’qish va yozishdagi xatolari uchun past baho qo’yib ranjitmaslik, unga dalda berish, uning hulq atvoridagi ijobiy jihatlarga tayanish, unga qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin degan fikrni singdirish mihimdir.

  • Duduqlanuvchi bolalar bilan alohida suhbatlar qilish, ularning xarakter xususiyatlarini o’rganish lozimdir. Sinf o’quvchilariga duduqlanuvchi o’rtog’i ustidan kulmaslik, uning kamchiligini yuziga solmaslik, unga sinf o’quvchilarining hayrihohligini tashkil qila bilish kerak.

  • Duduqlanuvchi o’quvchi savollarga og’zaki javob bergan vaqtida ularga xushmuomalalik bilan yordam ko’rsatish, ulardan darhol katta uzun gaplar tuzishni talab qilmaslik kerak.

  • Duduq o’quvchilarning bilimlariga, ularning yozma javobiga qarab baho qo’yish ma’quldir.

  • Ulardan chet kishilar bo’lganda og’zaki javob berish talab qilinmaydi.

  • Duduq bolalarga baqirib gapirish, masxara qilish, laqab qo’yish mutlaqo noo’rindir.


III. Ko’rish qobiliyati zaif o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchining vazifasi

  • Agar sinfda ko’zi yaxshi ko’rmaydigan o’quvchi bo’lsa birinchi navbatda ota-onasiga murojaat qilib, uni ko’z vrachi mutaxassisga ko’rsatishni tavsiya qilish kerak.

  • Ba’zida bolaning ota-onasi ko’zi ojizligini yashirishga harakat qiladilar. Oddiy maktab sharoitida ko’zga zo’r berish qanday oqibatlarga olib kelishini o’ylamaydilar. O’qituvchi bu tomonlarini ham ota-onalarga tushuntirib o’tishi lozim.

  • Ko’zi yaxshi ko’rmaydigan bolalarni o’z vaqtida aniqlamaslik, ularning ulgurmasligiga, so’ngra esa ta’lim-tarbiyadagi buzilishlarga olib kelibgina qolmay, balki busiz ham ko’zdagi nuqsonni yanada og’irlashtirib yuborishiga sabab bo’lishi mumkin.

  • Shuni unutmaslik kerakki, umumta’lim maktab o’quvchisi uchun oddiy bo’lgan ko’pgina mashg’ulotlar masalan egilish, qattiq sakrash, jismoniy tarbiya darsida og’irliklarni ko’tarish kabilar ham bolaning ko’rish qobiliyatiga zarar etkazishi mumkin.

  • O’qituvchu sinfda ko’zi ojiz borligini nazarda tutgan holda bunday bolalar uchun alohida ko’rgazmalar tayyorlab, dars o’tishi lozim.

  • Bolaning ko’rish qobiliyatini himoya qilish uchun ota-onalar bilan hamkorlikda ko’zoynak taqishni tashkillashtirish lozim.

IV. Aqli zaif bolalar bilan ishlashda o’qituvchining vazifasi

  • Umumta’lim maktablarida o’qiyotgan aqli zaif bolalarni bilish faoliyati bilan sog’lom bolalar bilish faoliyatlarini farqlay bilish lozim.

  • Sog’lom bolaga qo’yilgan o’quv-dastur talabini aqli zaif bolaga qo’llamaslik.

  • Dars jarayonlarida aqli zaif bolalarni o’zlashtirish qobiliyatiga mos keladigan vazifalar berib boorish lozim.

  • Bolani darslarni o’zlashtirmasligi uchun o’quvchilar o’rtasida izza qilmasdan, balki uning ayrim yutuqlarini hisobga olib rag’batlantirish choralarini ko’rish.

  • Umumiy aqli zaif bolalarni umumta’lim maktablarida o’qitish ishi o’qituvchi oldida ancha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o’rinda o’qituvchilarimiz ularning ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib borishi, bolalarini xarakter xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan dars jarayonida ish olib borish muhim ahamiyatlidir.

Umuman xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumta’lim maktablarida o’z sog’lom tengqurlari qatorida o’qiydigan bolalarga o’qitish va ta’limni to’g’ri tashkil qila bilish har bir o’qituvchini mas’uliyatli burchi bo’lib qolishi kerak.

Nuqsonli bolalarni hayotda o’z o’rnini topishi, kelajakda o’z mehnati evaziga hayot kechirish ko’nikmasiga ega bo’lish, o’qituvchilarimizning oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Психологу

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 10 класс

Автор: Арашова Зайнаб Бозорбоевна

Дата: 13.03.2018

Номер свидетельства: 461760


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства