kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Milliy xususiyatlar psixodiagnostikasi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Milliy xususiyatlar psixodiagnostikasi va milliy xususiyatlar

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Milliy xususiyatlar psixodiagnostikasi»

Milliy xususiyatlar psixodiagnostikasi

Istiqlol tufayli o’z mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog’liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o’zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to’la singdirishni taqozo etadi. Insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o’ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir.

Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan kishi amaliy faoliyatiga ta'sir qilish imkoniga ega. Shunday usullardan biri, bu turli toifadagi odamlarga psixologik yordam ko’rsatishdan iboratdir. Ammo psixologik yordam ko’rsatish uchun, avvalo, ulardagi psixik o’zgarishlar sabablarini va unga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash zarurati tug’iladi. Bunda biz psixodiagnostika faniga va uning metodlari hamda metodikalariga murojaat qilamiz

Psixodiagnostik metodlar sinaluvchiga berilayotgan topshiriqlari ushbu jamiyat madaniyati va milliy xususiyatlariga mos bo’lishi zarur.

Milliy xususiyat – bu omma psixologiyasining muhim qismi bo’lib, uning ijtimoiy ongini belgilab beradi. Milliy xususiyatlar muayyan etnik guruhga mansub bo’lgan shaxs yoki guruhning ijtimoiy ongi, e’tiqodi, axloqiy qarashlari bilan bog’liq ravishda uning xulq-atvorida namoyon bo’ladigan real hodisadir. Milliy xususiyatlar shaxsning milliy xarakterini shakllanishiga xizmat qiladi. Milliy xarakter shaxsning etnik mansubligi negizida shakllanuvchi individual psixologik xususiyatdir.

Ma’lumki, har bir millat o‘ziga xosligi, milliy madaniyati, milliy adabiyoti, milliy tili va shu millatning ruhiy (ma’naviy) olami tarzining majmuasida, ya’ni milliy ruhiyatida o‘z ifodasini topadi.

O‘zbek xalqining o‘z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy xarakteri, milliy his-tuyg‘usi, mijozi (temperament), xulq-atvori, xulqi, didi, ta’bi alohida ajralib turadi. O‘zbek millatining bilish jarayonlari (sezgisi, idroki, tasawuri, xotirasi, tafakkuri, xayoloti) qobiiiyatining aniq yo‘nalishga qaratilganligi, ehtiyoji va qiziqishi, milliy ongi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.

O‘zbek xalqining tarixiy an’analari, urf-odatlari, udumi, rasm-rusumlari, axloq me’yori, turmush tarzi, madaniy qadriyatlari, shaxslararo munosabati, muomala va muloqot maromi va xususiyati boshqa xalqlarnikidan ma’lum darajada tafovutlanadi. Milliy xarakter muayyan millat fazilatlarining o‘ziga xos xususiyatlari majmuasidan iborat bo‘ladi. Milliy xarakter o‘z ichiga irodaviy sifatlarni (mustaqillik, chidamlilik, prinsipiallik, o‘z-o‘zini tuta bilish, o‘ziga buyruq berish, o‘zini qo‘lga olish, qat’iyatlik, matonat kabilarni) va axloqiy xislatlarni (poklik, intizomlilik, samimiylik, haqqoniylik, insonparvarlik va boshqalami) qamrab oladi. Shuningdek, milliy xarakter odamlarga bo‘lgan munosabatlarni (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik), mehnatga bo‘Igan munosabatlarni (mehnatsevarlik yoki yalqovlik, mas’uliyatlilik yoki mas’uliyatsizlik), narsalarga bo‘lgan munosabatlarni (ozodalik, ifloslik, tejamkorlik, isrofgarchilik, ayash yoki ayamaslik) va odamlaming o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini (izzatnafslilik,shuhratparastlik, mag‘rurlik, o‘zini katta olish-dimog‘dorlik, kamtarinlik kabi xususiyatlami) ifodalaydi.

Ontogenetik taraqqiyotning dastlabki davrlarida altruistik ruhdagi milliy xarakterni tarbiyalashda foydalaniladigan maqol, matal va ertaklarni tushuntirish orqali bolada mental kognitiv tajriba shakllanishida muhim o’ringa egadir. O’zbek milliy mental xususiyatidagi tarbiyaning bir jihati natijasida shaxsdagi altruistik xulqning shakllanishi o’ziga xos tarzda kechgan, ya’ni al’turizm qiz bolalarda bu ko’proq “g’amxo’rona yordam berish” ko’rinishda kuzatiladi va bu ularning boshqalarni shaxsiy, hissiy ehtiyojlari haqida qayg’urishi hamda ularga o’z maqsadlariga erishishlariga yordam berishi sifatida namoyon bo’ladi. Og’il bolalarda esa bu “qahramonlik yordami” ko’rinishida bo’lib, g’ayrioddiy va tavakkal harakatlarni bajarish, o’zlarini haqiqiy qahramonlardek tutish holatlarini o’zida mujassam etadi.

S.A.Kozlova va T.A.Kulikovalarning ta’kidlashicha, har qanday etnik xususiyatlar quyidagi formula asosida shakllantiriladi:

BILIM VA TASAVVURLAR + MOTIVLAR + HISSIYOTLAR VA MUNOSABATLAR + ODAT VA KO’NIKMALAR + XATTI HARAKATLAR VA XULQ-ATVOR = MILLIY XUSUSIYATLAR

Mualliflar taklif etgan formulaga muvofiq shaxsda etnik xususiyatlarni tarbiyalash uchun dastlab ularda milliy qadriyatlar haqida bilimlarni shakllantirish, mazkur bilimlar asosida milliy motivlar tarkib toptirish va eng asosiysi milliy qadriyat, an’analarga nisbaatan ijobiy munosabatni yuzaga keltirish orqali biz o’zida milliy xususiyatlarni mujassamlashtirgan odat va ko’nikmalarni, xulq-atvorni tarbiyalashimiz mumkin.

O’zbek xalqi shaxsiy xislatlarida ifodalangan milliy xususiyatlari oilada milliy va diniy qadriyatlar asosida shakllangan va avloddan-avlodga o’tib ta’lim-tarbiya,odat, marosimlar, qoidalar shaklida mustahkamlangan, Bunday qadriyatlarga, avvalo, o’z yurtining o’tmishiga hurmat, milliy an’analarga sodiqlik va ularni hayotga tadbiq etish kiradi. Milliy xususiyatlarning shakllanishiga mehnat faoliyatinig xarakteri va yo’naltirilganligi, ijtimoiy jarayonlarda qatnashish va madaniy ta’lim darajalari ta’sir qiladi.

Milliy xislatlar shakllanishining asosi milliy, tarixiy, madaniy, diniy va axloqiy qadriyatlar hisoblanadi. Ularning shakllanishi, saqlanishi va avloddan-avlodlarga uzatiish vositasi milliy odat va an’analar hisoblanadi.

Axloqiy qadriyatlar asosida o’zbek oilasida rostgo’ylik, vazminlik kabi xislatlar shakllanadi.

Psixodiagnostik metodlar sinaluvchiga berilayotgan topshiriqlari ushbu jamiyat madaniyati va milliy qadriytalariga mos bo’lishi zarur. Masalan, Yevropada tuzilgan test boshqa mamlakatda birinchi marta qo’llanilayotgan bo’lsa va bu mamlakatda intelleklt strukturasi so’z-mantiqiy bo’lmasa, balki obrazli yoki amaliy tafakkurli bo’lsa test albatta ijtimoiy madaniy moslashtirilgan bo’lishi shart. Agar test moslashtirilmagan holda, ya’ni qanday bo’lsa shundayligicha qo’llanilsa, u holda biz juda past natijalar olamiz va natijalar ushbu mamlakatda yashovchi kishilarning tafakkuri tarqqiyotini ko’rsatkichiga mos kelmaydi. Yoki buning aksi, ya’ni ushbu mamlakatda so’z-mantiq tafakkuri asosiy rolga ega bo’lsa test topshiriqlari amaliy tafakkurga oid bo’lsa, u holda biz aqliy taraqqiyotning noadekvat ko’rsatkichiga ega bo’lamiz.

Chet ellarda va mamlakatimizda qilingan ilmiy ishlarni analiz qilinsa, etnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo’llanganligining guvohi bo’lamiz. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o’rganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv metodlar, eksperimentallarning turlicha ko’rinishlari so’roq metodlari – anketa, intervyu, sotsiometriya metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunda ham “Madaniy muhit va shaxs” guruhlararo munosabatlar hamda qiyosiy tadqiqotlarda qo’llanilmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologik emas, balki umumiy psixologiya bilan shug’ullanuvchi olimlar ham o’tkazmoqdalar.Lekin shunday bo’lishiga qaramay, milliy xususiyatlar psixodiagnostikasining metodlarining tanqisligi kun sayin sezilmoqda. Chunki etnopsixologiya muammosi bilan shug’ullanishni maqsad qilib qo’ygan har bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini o’zgartirishga yoki bo’lmasa, o’zicha yangi metodlarni kashf qilishga majbur bo’lmoqda. Nihoyat, etnopsixologik metodlarni qo’llashning noqulayligi shundaki, masalan Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar to’plangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning resbuplikamiz sharoitida umuman hech narsani o’lchamasligi mumkin. Masalan, Ravenning matrik testi va muhit ta’sirlari daxlsiz deb hisoblangan. Kettelning intellekt testi ham baribir, qisman bo’lsada, muhit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladi. Qolaversa, ularni sharhlash masalasida alohida ehtiyotkorlik zarur. Shuning uchun ham hozirda butun jahon olimlari har qanday madaniy muhitni ham yuqori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar.

Etnopsixologik tadqiqotlar o’tkazishni maqsad qilib qo’ygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilligi va ularning o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatishini inobatga olishi lozim. Bu narsa etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta hisobga olinishi kerak. Misol uchun, O’zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazmoqchi bo’linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni qaratish lozim:

1.Shu hudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo’lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullari;

2.Faqat o’zbek millatiga xos bo’lgan umumiy psixologik sifatlar va omillarni aniqlash;

3.Aniqlashda omillarni yoki psixologik sifatlarni o’lchaydigan yoki eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarga moslash;

4.Tadqiqotchi guruhini tekshirilayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki tadqiqot ob’yekti hisoblangan guruhda o’sha guruh tipida tadqiqot o’tkazish kerak, toki tekshiriluvchilarga qo’yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushaunarli bo’lsin.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo’q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslash, kerak bo’lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak. Tarjma xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, so’roqlar, shkalalar, savollarni) tarjima qilish, tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarni talab qiladi. Aks holda metodika o’z qimmatini yo’qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki o’lchamasligi mumkin. Hattoki, verbal (og’zaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda qo’llab, olingan ma’lumotlarni sharhlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o’zgarganligi ko’plab tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo’llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab ko’rish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta sinovlar o’tkazish yo’li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir.

Konkret – etnopsixologik tadqiqotlarga qo’yiladigan yana bir talab - tadqiqotni tabiiy sharoitlarda tekshiriluvchilar uchun tanish bo’lgan joylarda qisqa ko’rsatmalar berish yo’li bilan o’tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko’pincha turli yosh, kasb va ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar ishtirok etadi. Shuning uchun ham ularning barchasiga tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologlardan qator professional malakalarni talab qiladi.

Yuqorida aytib o’tilgan metodologik va metodik uslublar milliy psixologiyani o’rganishda faqat asosiylari xolos, chunki millatning ko’p qirralik psixik holatini o’rganishda yana ko’plab usullardan foydalanish mumkin, bu narsa tadqiqotning maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy tayyorgarlik darajasiga bog’liq.

Bizning nazarimizda, hozirgi paytda etnopsixologik muammolar orasida eng muhimi u yoki bu millat vakillaridagi etnik stereotiplarni tadqiq qilishdir. Bunda qanday metodlardan foydalanish mumkin? Rus tadqiqotchisi G.U.Ktsaevaning yozilishicha, bu yerda to’rt guruhli metodlarni ko’rsatish mumkin:

1.Shkalali o’lchov metodlari – ular asosan millat vakillaridagi turlicha etnik ustanovkalarni tekshiradi. Masalan: Bagardusning mashhur shkalasi: qiyosiy fikrlash yo’li bilan berilgan juftliklar ustanovkalarini har bir tekshiriluvchi tomonidan aniq baholanishga asoslangan. Yoki Layketning “baholashlar yig’indisi” metodi ham u yoki bu millat vakiliga xos ustanovka-fikrlarga tekshiriluvchining e’tirozi yoki e’tirofini aniqlaydi.Bu metodlar butun jahon miqiyosida ko’pgina tadqiqotlarda ishlatilgan va joy sharoitida moslashtirish jihatidan rekord qo’ygan desak bo’ladi.

2.Kuzatish va so’roq metodlari – bunda o’sha madaniy muhitga xos bo’lgan uning bevosita boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar va hokazolar tashqari o’rganiladi. So’roq metodlari ichida ko’proq anketa usuli qo’llaniladi, bunda ham millat vakilining turmush tarzi, avtobiografik ma’lumotlari o’rganilib umumiy xulosalar content-analiz qilinadi. Amerikalik olimlar D.Katts va Breylilar so’roq metodining o’ziga xos ko’rinishini etnik stereotiplarni aniqlashda ishlatilgan. Masalan, ularni qiziqtirayotgan masala bo’yicha imkoni boricha ko’p javoblar ro’yxatini tekshiriluvchilarga berib, undan shu javoblar ichidan “o’zinikinini” tanlab belgilashni so’rashgan. Bundan tashqari 84 xil sifatni o’z ichiga olgan ro’yxatni o/z millatiga va boshqa millatga xos bo’lgan besh yetakchi sifatni ajratib berish topshirig’ini berishgan. Shu yo’l bilan etnik stereotiplar aniqlangan.

3.Proektiv metodlar – bu guruhga asosan Rorshaxning “siyoh dog’lari” testi, tematik appersesion test (TAT), boshlangan jumlalarni tugatish testi, fotosuratlarni baholash testi, Lovenfel’dning mozaikalari testi va boshqalar kiradi.Mavhum berilgan topshiriqlarni bajarish sifati va javoblarni yo’nalishi bo’yicha ham turli millatlarga oid stereotiplar o’rganilgan.

4.Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar.Masalan, G.Deyker va N.Friydlarning milliy xarakter va xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan testlar, ular asosan shaxs ta’sirchanligi va hissiy reaksiyalarni o’rganadi. Bundan tashqari shu guruh testlarga alohida intellektni tekshiruvchi, ma’naviy dunyoqarashni o’rganish, adolat hissini aniqlash, badiiy did testlari va boshqa testlar kiradi.

Ayniqsa, milliy stereotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha tilshunoslik uslublari bilan o’rganib chiqish ham juda qimmatli ma’lumotlar to’plash imkonini beradi. Chunki til u yoki bu millat vakillining o’zi millatga xos milliy qadriyatlarni, stereotiplarni o’zlashtirishda asosiy vosita rolini o’ynaydi. Shuning uchun ham etnopsixolog o’z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, etnolog, sotsiolog, tarixchi hamkorligida o’tkazadi.

Yuqorida aytib o’tilgan metodologik va metodik uslublar milliy psixologiyani o’rganishda faqat asosiylari xolos, chunki millatning ko’p qirralik psixik holatini o’rganishda yana ko’plab usullardan foydalanish mumkin.

Milliy xususiyatlar psixodiagnostikasida bizning o’zbek xalqiga – mentalitetimizga va qadriyatlarimizga, xalqimizning milliy xarakteriga, yashash tarziga va boshqa unsurlariga mos keladigan bir qancha metodikalardan foydalanishimiz mumkin. Bu metodikalar –

-I.G.Seninning “Qadriyatlar yo’nalishlari” so’rovnomasi – kishining har xil istak va xohishlarini aks ettiradigan savollar berilgan, bu yerda yaxshi yoki yomon, to’g’ri yoki noto’g’ri javoblar yo’q. Eng to’g’ri javob chin ko’ngildan, xolisona berilgan javobdir.

-Shaxsni qadriyatlar yo’nalishini diagnostika qilish – Rokich metodikasi – so’rovnoma 2 ta javoblar varaqasidan iborat bo’lib, birinchi javob varaqasida- odamlar o’z hayotida ko’zlaydigan asosiy maqsadlar ro’yxati berilgan, ikkinchi javob varaqasida – shaxsga xos asosiy xususiyatlar ro’yxati berilgan.

-Shaxsning empativlik xususiyatlarini aniqlash metodikasi-I.M.Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib,empatiya xususiyatining rivojlanish darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Empatiya insonning boshqalar kechinmalariga hamdard bo’la olish qobiliyatidir.

-O’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini o’rganish so’rovnomasi – 8-11-sinf o’quvchilarning bugungi kundagi turmush tarziga bo’lgan munosabatlari, fikri, vatanga e’tiqodi,bilim olishga bo’lgan ishtiyoqi hamda kelajakda oldiga qo’ygan maqsadlariga intilishlari hamda ularning ijtimoiy fikrlari o’rganiladi.

-Muloqotchilikning umumiy darajasini aniqlash so’rovnomasi- V.F.Ryaxovskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, muloqatchanlikning umumiy darajasini aniqlashda qo’llaniladi.

-Qo’llab-quvvatlanishga nisbatan motivatsiyani o’rganish metodikasi (Oilaviy munosabatlarni o’rganish)-dastlab amerikalik psixologlar D.Kraun va D.Marloular tomonidan1960-1964 yillarda ishlab chiqilgan edi. Ularning q o’llab-quvvatlanishga nisbatan motivatsiyani o’rganishshkalasi bizni mahalliy muhitga moslashtirildi.

-Shaxsiy munosabatlar altruism-egoizm diagnostikasi – bu metodika insonning ijtimoiy-psixologik munosabatini o’rganishga qaratilgan, altruizmni aniqlashga yordam beradi.Altruizm – axloqiy tushuncha, uning negizida boshqa kishilarga xolis xizmat qilish,ularning baxt-saodati uchun o’z shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi.

Milliy xususiyatlar psixodiagnostikasi – xalqning etnografik, tarixiy, madaniy an’analari va xususiyatlariga bog’liq bo’lib, inson, insoniy qadriyatlar haqidagi diniy va axloqiy qarashlarga tayanadi.






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Психологу

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Milliy xususiyatlar psixodiagnostikasi

Автор: Irismetova Dilorom Erkinovna

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546730


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства