kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Internet orqali kirib kelayotgan diniy ekstrimizm va terorizmga qarshi yoshlarda mafkuraviy immunitetni yanada shakllantirish.

Нажмите, чтобы узнать подробности

internet  orqali  kirib kelayotgan diniy ekstrimizm va  terorizmga qarshi  yoshlarda  mafkuraviy  immunitetni yanada shakllantirish.

 

Yer tuzish va yer kadastri ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi K.H.Jurayev

Yer tuzish va yer kadastri kafedrasi assistenti B.O.Ahmadov

Bugun zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Har qadamda rivojlanish har qadamda yuksalish bo’layotgan ayni bir pallada  ba’zi mamlakatlar, davlatlar va xalqlarning kelajagiga bo’lgan ishonchi va umidi yon atrofidagi boshqa davlatlar va mamlakatlarga bog’liq bo’lib qolmoqda. Ayni shunday bir tahlikali  zamonda mamlakatimiz  osoyishta va tinch kunlarni o’tkazmoqda. Ammo guruch kurmaksiz bo’lmagani,Nur bor joyda soyaning bo`lgani kabi bugungi tinch va farovon kunlarning qadriga yetmay farzandlari va oilasi bag’ridan ketib turli xildagi manfur va g’alamis kimsalarning tuzog’iga ilinayotganlar  ham topiladi. Bundaylarni  kim deb atashga hayron qolasan kishi. Ularning onasi va farzandlari qanday alam va nadomat bilan yashayotganliklarini ular his qilarmikanlar. Haqiqatan ham bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan ulkan bir xavfga aylandi. Bu harakat rahnamolari o`zlarining yovuzliklarini berkitish uchun muqaddas dinimiz bo`lgan islomni o`zlarining manfur yuzlariga niqob qilib olmoqda.            Xo‘sh, tobora maxfiy, kengroq maydonda faoliyat olib borishga intilayotgan mutaassiblarning zamonaviy texnologiyalar, xususan, Internetdan foydalanishining boisi nima? Bunga bir   qator omillarni keltirish mumkin. Jumladan:

· Internetga oson kirish;

· Uning yetarli darajada tartibga solinmagani;

· Cheksiz auditoriya;

· Internet maydonidagi faoliyatning maxfiyligi;

· Ma’lumotni yetkazishdagi tezlik;

· Matn, tasvir va ovoz uyg‘unligidagi axborotni joylash kabi qulayliklar terrorchilarni o‘ziga jalb etmay qolmaydi.

Tabiiyki o`z-o`zidan savol tug`iladi. Bu kabi jaholat va razillikni o`zida jamlagan aqidaparastlar guruhi qachon paydo bo`ldi va qanday qilib bu darajada keng tarqaldi. Tarixning guvohlik berishicha dastlab "islomni asl holatiga keltirish" degan da'vat bilan yashil bayroq ostida faoliyat boshlagan aqidaparastlar XX asr oxiriga kelib hokimiyat uchun ochiqdan-ochiq kurashuvchi ashaddiy qo`poruvchilarga aylanishdi. Befarqlik bor joyda terrorizm chuqurroq ildiz ota boshlaydi. U kompyuterni ishdan chiqaruvchi virusga o`xshaydi. Virus kompyuter ichiga o`rnashganda dastlab sekinlik bilan ishlasa, mustahkam joylashgandan so`ng kompyuter faoliyatini izdan chiqara boshlaydi. Diniy ekstremizm va terrorizm ham dastlab mafkuraviy immuniteti shakllanmagan, ongida "g`oyaviy bo`shliq" mavjud bo`lgan miyaga asta-sekin o`rnashib, u yerdagi "bo`shliq"ni turli yot g`oyalar, zararli mafkuraviy tazyiqlar bilan zaharlab, oxir-oqibatda insonning hayotini izdan chiqaradi. Shu o`rinda diniy aqidaparastlarning bunday yovuz ishlarga qo`l urishdan, xotirjam yashayotgan aholining tinchini buzishdan maqsadi nima deyishimiz mumkin. Ularning maqsadi hokimiyatni egallab, islomni ich-ichidan buzish, millatlarni olov ichida qoldirib, dunyoga o`zlarining hukmronliklarini o`rnatishdir. "Bu oqimga kimlar, nima sababdan qo`shilib qolmoqda?",- degan savol paydo bo`ladi. Birinchi o`rinda yuqorida ta'kidlaganimizdek mafkuraviy immuniteti shakllanmagan yoki ma'naviy ongi sust bo`lgan yoshlar, shuningdek, pul topish maqsadida xorijiy mamlakatlarga ketayotgan insonlar turli yolg`on va'dalarga ishonib shu yo`lga kirib qolmoqda. Yurtimizda ham bunday holatlarning ko`plab uchrayotgani tashvishlanarli holatdir.

Mamlakatimizda 2000 yil 15 dekabrda "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" maxsus qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda terrorizm siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb taʼriflanadi. Qonunda davlat organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning oʻtkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksiga koʻra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa xismatlar koʻrsatishga qaratilgan harakat 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi.

Bu boshi berk ko`chaga kirganlar orasida kech bo`lsada, xatosini anglab, pushaymonlik botqog`iga botib qolganlar bilan birga o`z vatanini, ota-onasini sotib, ularga qarshi qurol ko`tarib, vatan xoini bo`lganlar ham topiladi. Bu yo`lga kirayotganlar oqim targ`ibotchilarining "senga islom ilmini o`rgataman ",- degan aldovlariga ishongan kimsalardir. Lekin ularning bizga islom dinini o`rgatishga haqqi bormi?. Bizning yurtimiz ne-ne ilmlarga makon bo`lganini, shunday ulug` mutafakkirlarimiz borligini dunyo ahli tan olib, bizga havas bilan qarayotgan bir paytda bizning atrofimizdagi manfur kimsalarning, - "islom ilmini o`rgataman", - degan yolg`onlariga ishonishimiz o`ta ayanchli holatdir. 

Xulosa qilib aytadigan  internet tizimida yuzlab terroristik saytlarning aniqlangani o`ta xavotirli holatdir. Ular internet tizimi orqali o`zlarining diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik kabi turli buzg`unchi g`oyalarini targ`ib etadi. Ming afsuski, mafkuraviy immuniteti shakllanmagan yoshlar bu yot g`oyalar ta'siriga tushib qolishmoqda. Shu sababli biz yoshlar mustaqil fikrli, yuksak ma'naviyatli sog`lom avlod bo`lib: "G`oyaga qarshi g`oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmog`imiz lozim". Bugungi kunda yosh avlodda diniy ekstrimizim va terorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni yanada oshirish uchun ularda vatanga bo’lga sadoqat ota onaga bo’lgan hurmatni xalqiga bo’lgan mehr muhabbatni yanada shakllantirish lozimdir. Buning uchun esa yoshlarda kitob o’qishga bo’lgan mehrni yanada oshirmog’imiz darkor.

Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz, bugun hech kimdan kam yashamayapsiz bundan keyin ham hech kimdan  kam yashamaymiz. Bizning  bobokalonlarimiz  yulduzlarni sanab jadvallar tuzib yurgan  paytlarda bugun o’zicha bizga to’siq bo’lmoqchi bo’lgan manfur va  yovuz kimsalar hatto kimliklarini ham bilmasdilar. Shunday ekan bizni hech kim, hech qanday g’oya yo’limizdan adashtira olmaydi. Chunki,  biz kimligimizni va qaysi yo’ldan ketayotganligimizni  aniq bilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.:O’zbekiston,1997y

2.O’zbekiston respublikasi qonuni: "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida"  2000 yil 15 dekabr

3. Karimov I.A. Adolatli jamiyat sari.-Toshkent.:”O’zbekiston”.1998 yil.

4.Karimov I.A. Biz kelajagimizni O’z qo’limiz bilan quramiz. T.7.-Toshkent.: “O’zbekiston”,1999 yil 15 dekabr.

5. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq’ kerak.-Toshkent.: O’zbekiston. 2002y

6.www.google.com.   www.ziyonet.uz

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Internet orqali kirib kelayotgan diniy ekstrimizm va terorizmga qarshi yoshlarda mafkuraviy immunitetni yanada shakllantirish.»

internet orqali kirib kelayotgan diniy ekstrimizm va terorizmga qarshi yoshlarda mafkuraviy immunitetni yanada shakllantirish.


Yer tuzish va yer kadastri ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi K.H.Jurayev

Yer tuzish va yer kadastri kafedrasi assistenti B.O.Ahmadov

Bugun zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Har qadamda rivojlanish har qadamda yuksalish bo’layotgan ayni bir pallada ba’zi mamlakatlar, davlatlar va xalqlarning kelajagiga bo’lgan ishonchi va umidi yon atrofidagi boshqa davlatlar va mamlakatlarga bog’liq bo’lib qolmoqda. Ayni shunday bir tahlikali zamonda mamlakatimiz osoyishta va tinch kunlarni o’tkazmoqda. Ammo guruch kurmaksiz bo’lmagani ,Nur bor joyda soyaning bo`lgani kabi bugungi tinch va farovon kunlarning qadriga yetmay farzandlari va oilasi bag’ridan ketib turli xildagi manfur va g’alamis kimsalarning tuzog’iga ilinayotganlar ham topiladi . Bundaylarni kim deb atashga hayron qolasan kishi. Ularning onasi va farzandlari qanday alam va nadomat bilan yashayotganliklarini ular his qilarmikanlar. Haqiqatan ham bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan ulkan bir xavfga aylandi. Bu harakat rahnamolari o`zlarining yovuzliklarini berkitish uchun muqaddas dinimiz bo`lgan islomni o`zlarining manfur yuzlariga niqob qilib olmoqda.  Xo‘sh, tobora maxfiy, kengroq maydonda faoliyat olib borishga intilayotgan mutaassiblarning zamonaviy texnologiyalar, xususan, Internetdan foydalanishining boisi nima? Bunga bir   qator omillarni keltirish mumkin. Jumladan:

· Internetga oson kirish;

· Uning yetarli darajada tartibga solinmagani;

· Cheksiz auditoriya;

· Internet maydonidagi faoliyatning maxfiyligi;

· Ma’lumotni yetkazishdagi tezlik;

· Matn, tasvir va ovoz uyg‘unligidagi axborotni joylash kabi qulayliklar terrorchilarni o‘ziga jalb etmay qolmaydi.

Tabiiyki o`z-o`zidan savol tug`iladi. Bu kabi jaholat va razillikni o`zida jamlagan aqidaparastlar guruhi qachon paydo bo`ldi va qanday qilib bu darajada keng tarqaldi. Tarixning guvohlik berishicha dastlab "islomni asl holatiga keltirish" degan da'vat bilan yashil bayroq ostida faoliyat boshlagan aqidaparastlar XX asr oxiriga kelib hokimiyat uchun ochiqdan-ochiq kurashuvchi ashaddiy qo`poruvchilarga aylanishdi. Befarqlik bor joyda terrorizm chuqurroq ildiz ota boshlaydi. U kompyuterni ishdan chiqaruvchi virusga o`xshaydi. Virus kompyuter ichiga o`rnashganda dastlab sekinlik bilan ishlasa, mustahkam joylashgandan so`ng kompyuter faoliyatini izdan chiqara boshlaydi. Diniy ekstremizm va terrorizm ham dastlab mafkuraviy immuniteti shakllanmagan, ongida "g`oyaviy bo`shliq" mavjud bo`lgan miyaga asta-sekin o`rnashib, u yerdagi "bo`shliq"ni turli yot g`oyalar, zararli mafkuraviy tazyiqlar bilan zaharlab, oxir-oqibatda insonning hayotini izdan chiqaradi. Shu o`rinda diniy aqidaparastlarning bunday yovuz ishlarga qo`l urishdan, xotirjam yashayotgan aholining tinchini buzishdan maqsadi nima deyishimiz mumkin. Ularning maqsadi hokimiyatni egallab, islomni ich-ichidan buzish, millatlarni olov ichida qoldirib, dunyoga o`zlarining hukmronliklarini o`rnatishdir. "Bu oqimga kimlar, nima sababdan qo`shilib qolmoqda?",- degan savol paydo bo`ladi. Birinchi o`rinda yuqorida ta'kidlaganimizdek mafkuraviy immuniteti shakllanmagan yoki ma'naviy ongi sust bo`lgan yoshlar, shuningdek, pul topish maqsadida xorijiy mamlakatlarga ketayotgan insonlar turli yolg`on va'dalarga ishonib shu yo`lga kirib qolmoqda. Yurtimizda ham bunday holatlarning ko`plab uchrayotgani tashvishlanarli holatdir.

Mamlakatimizda 2000 yil 15 dekabrda "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" maxsus qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda terrorizm siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb taʼriflanadi. Qonunda davlat organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning oʻtkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksiga koʻra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa xismatlar koʻrsatishga qaratilgan harakat 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi..

Bu boshi berk ko`chaga kirganlar orasida kech bo`lsada, xatosini anglab, pushaymonlik botqog`iga botib qolganlar bilan birga o`z vatanini, ota-onasini sotib, ularga qarshi qurol ko`tarib, vatan xoini bo`lganlar ham topiladi. Bu yo`lga kirayotganlar oqim targ`ibotchilarining "senga islom ilmini o`rgataman ",- degan aldovlariga ishongan kimsalardir. Lekin ularning bizga islom dinini o`rgatishga haqqi bormi?. Bizning yurtimiz ne-ne ilmlarga makon bo`lganini, shunday ulug` mutafakkirlarimiz borligini dunyo ahli tan olib, bizga havas bilan qarayotgan bir paytda bizning atrofimizdagi manfur kimsalarning, - "islom ilmini o`rgataman", - degan yolg`onlariga ishonishimiz o`ta ayanchli holatdir. 

Xulosa qilib aytadigan internet tizimida yuzlab terroristik saytlarning aniqlangani o`ta xavotirli holatdir. Ular internet tizimi orqali o`zlarining diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik kabi turli buzg`unchi g`oyalarini targ`ib etadi. Ming afsuski, mafkuraviy immuniteti shakllanmagan yoshlar bu yot g`oyalar ta'siriga tushib qolishmoqda. Shu sababli biz yoshlar mustaqil fikrli, yuksak ma'naviyatli sog`lom avlod bo`lib: "G`oyaga qarshi g`oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmog`imiz lozim". Bugungi kunda yosh avlodda diniy ekstrimizim va terorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni yanada oshirish uchun ularda vatanga bo’lga sadoqat ota onaga bo’lgan hurmatni xalqiga bo’lgan mehr muhabbatni yanada shakllantirish lozimdir. Buning uchun esa yoshlarda kitob o’qishga bo’lgan mehrni yanada oshirmog’imiz darkor.

Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz, bugun hech kimdan kam yashamayapsiz bundan keyin ham hech kimdan kam yashamaymiz. Bizning bobokalonlarimiz yulduzlarni sanab jadvallar tuzib yurgan paytlarda bugun o’zicha bizga to’siq bo’lmoqchi bo’lgan manfur va yovuz kimsalar hatto kimliklarini ham bilmasdilar. Shunday ekan bizni hech kim, hech qanday g’oya yo’limizdan adashtira olmaydi. Chunki, biz kimligimizni va qaysi yo’ldan ketayotganligimizni aniq bilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.:O’zbekiston,1997y

2.O’zbekiston respublikasi qonuni: "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" 2000 yil 15 dekabr

3. Karimov I.A. Adolatli jamiyat sari.-Toshkent.:”O’zbekiston”.1998 yil.

4.Karimov I.A. Biz kelajagimizni O’z qo’limiz bilan quramiz. T.7.-Toshkent.: “O’zbekiston”,1999 yil 15 dekabr.

5. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq’ kerak.-Toshkent.: O’zbekiston. 2002y

6.www.google.com. www.ziyonet.uz




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Психологу

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Internet orqali kirib kelayotgan diniy ekstrimizm va terorizmga qarshi yoshlarda mafkuraviy immunitetni yanada shakllantirish.

Автор: K.H.Jurayev,B.O.Ahmadov

Дата: 26.10.2018

Номер свидетельства: 482183


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства