"Kasbni to'g'ri tanla" mavzusidagi trening mashg'ulot
"Kasbni to'g'ri tanla" mavzusidagi trening mashg'ulot
11-sinf o'quvchilariga kasb tanlash bo'yicha tushunchalar berish.O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish yuzasidan ma'lumotlar bilan tanishtirish,kasblar tasnifini tahlil qilish
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«"Kasbni to'g'ri tanla" mavzusidagi trening mashg'ulot»
Asaka tumani 47-umumiy o’rta ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi F.Akbarovaning “Kasbni to’g’ri tanla”mavzusidagi taqdimoti
Bugungi kunda shaxs kamolotida uning qiziqishlari , orzulari o’qituvchi , ustoz tomonidan to’g’ri yo’naltirilsagina , u o’z kasbining ustasi bo’lib yetishadi.
Kasb tanlash hayotdagi muhim omil bo’lib, inson o’zidagi xohish va imkoniyatlarni ko’rib chiqishi lozim. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, kasbni noto’g’ri tanlagan insonlar kasbidan yuqori darajaga erishmaydi, mas’uliyatsiz bo’ladi, kasbiga qiziqmaydi va hayotga bo’lgan munosabati susayadi.
Ba’zan biz kattalar yoshligimizda orzu qilgan kasbimiz qanday bo’lganligini eslay olmaymiz,har kuni qilayotgan ishimizdan,kasbimizdan norozidek ko’rinamiz.Inson o’zi sevgan KASB bilan shug’ullansagina chinakam baxtli insonga aylanadi.
Siz tavsiyalarimga amal qiling va farzandingizga baxtli hayot yaratishiga imkoniyat yarating.
Muammo:
Qanday kasb tanlasam kelajakdaafsuslanmayman?
Kasb tanlashning salbiy va ijobiy jihatlari mavjud bo’lib, “Hamma boryapti, men ham boraman”, “Shunday bo’lib qoldi”, degan qoidalarga amal qilmaslik lozim. Hayot faqat bizning xohishlarimizdan iborat emas.
Tanlovingizning obro’si muhim o’rin egallaydi. Lekin tan olish kerakki, zamonga qarab kasb tanlash kerak emas.
Demak, to’g’ri kasb tanlashning qanday formulasi bor?
Kasb tanlashda uch jihatni e’tiborga olish lozim :
“Xohlayman”,
“Uddalayman ”,
“Zarur”dan
iborat bo’lishi lozim.
Siz qaysi kasb egasi bo’lishni xohlaysiz, va nima uchun ?Biz sizlar bilan kasb tanlashda inson nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida suhbatlashamiz. Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun dunyodagi turli xil olimlar , kasblar tasnifini yaratishmoqda. Bizning mamalakatimizda E.A.Klimovning tasnifidan keng foydalanilmoqda.
Inson-tabiat
bu quyidagi kasblarbilanchambarchas bog’liq. Bular: veterinariya, asalarichilar, gidrologlar
Inson-texnika
bu turdagi insonlar tehnik vositalar bilan shug’ullanadi:uchuvchi,radiotexnik, haydovchi, slesar, chilangarlik, elektrik.
Inson-inson
bu turdagi insonlar insonlar bilan ishlaydi. O’qituvchi, tarbiyachi,shifokor, psixolog,jurnalist .
Inson- belgilar tizimi
bu turdagi insonlar mavhum tushunchalar bilan ishlaydi va keng tasavvurga egadirlar. Iqtisodchi,dasturchi,xisobchi,operatorlar.
Inson- obraz
bu turdagi insonlar ijodkorlardir. Rassom, kompoziter , aktyor,dizayner, shoirlar .
Kelinglar , hozir siz bilan test bajaramiz, test natijalari orqali sizning qaysi kasbga iqtidoringiz bor yoki yo’qligini ko’rib chiqamiz.
Sizni qaysi kasbga iqtidoringiz bor-yo’qligini savollarga bergan javoblaringiz orqali ko’rib chiqamiz, siz uchta javobdan faqat bittasini tanlang. Savollar ustida ko’p to’xtalib o’tirmang. Miyangizga kelgan birinchi javobni belgilang. Quyidagi savollarga javob bering:1.Yangi yil kechasi siz uchun yaxshi vaqt… A.Uxlash uchun. B.Oila bilan televizor ko’rish uchun. C.Do’stlar davrasi. 2. 3 ta sovg’adan siz uchun : A.To’qish anjomlari. B.Chana. C.Qiziq tomosha yoki sayohatga yo’llanma. 3.Sayohatga chiqish yaxshi: A.Bir o’zim. B.Oilam va do’stlarim bilan. C.Notanish guruh bilan, tanish orttirish maqsadida.
4.Bir o’zing orol yoki o’rmonda bo’lsang , unda… A.O’zimni to’liq erkin sezaman. B.Chiqish yo’lini axtaraman yoki biror bir ish bilan shug’ullanaman. C.O’zimni yolg’iz sezaman va qo’rqaman. 5.Bo’sh vaqtimni… A. Kutubxonaga borish, kitob o’qish, shahmat o’ynash, zoopark, o’rmon, baliq ovlash, orzu qilish. B.Rasm chizish, o’qish, musiqa bilan shug’ullanish, tikish va to’qish, sayrga chiqish, telefonda gaplashish. C. Sport bilan shug’ullanish, raqsga tushish, ansamblda o’ynash, kinoga tushish, do’stlar bilan sayohat qilish.
To’plangan ballar quyidagicha baholanadi: A javob: 1 balldan, B: 2 ball, C: 3 ball bilan baholanadi.
Agar siz 5-8 ballgacha to’plasangiz, tanlagan kasbingiz haqida o’ylab ko’rish tavsiya etiladi. Chunki, sizga kop muloqot qiladigan kasblar to’g’ri kelmaydi (Savdogar, o’qituvchi, shifokor) Bunday ball to’plaganlarga ovga chiqish, o’rmonda ishlash, hayvonlar bilan shaxsiy fermada ishlash, dasturchi, iqtisodchi yoki operatorlik kasblari to’g’ri keladi. Chunki siz tinchlikni qadrlab, shovqinni yoqtirmaysiz, kam muloqotga kirishni, begona davralarda bo’lishni xohlamaysiz. Siz biroz uyatchan va kamtarin insonsiz, Siz notanish odamlar bilan chiqisha olmaysiz.
Agar “B” harfini yoniga belgi qo’ysangiz , 8-12 ballgacha to’pladingiz. Sizning omadingiz keldi. Demak, siz yolg’zlikdan qo’rqmaysiz, begona insonlar orasida o’zingizni bemalol his qilasiz. Yangi tanishuvlardan qo’rqmaysiz, biror-bir kasb tanlashingizga chegara qo’yilmaydi.
Agar 12-15 ball to’plasangiz, tanlovingiz haqida yana bir bor o’ylab ko’rishingizga to’g’ri keladi, chunki siz tez muloqotga kirisha olasiz . Qiziqarli kasblar sarasiga kiradigan menedjer, reklama agenti, tijorat direktori, savdogar, diller, o’qituvchi, broker, trenerlik kasbidagi imkoniyatlaridan voz kechishni yana bir bor o’ylab ko’ring. Sizda juda katta kuch-quvvat manbai mavjud. Sizda rahbarlik qobiliyati mavjud.
Kimdir, jurnalist bo’lishni orzu qilgan bo’lishi mumkin, 5 ball to’pladi. Kimdir, yurist bo;lishni orzu qiladi, afsuslanmang, orzuingizdan voz kechmang va o’z ustingizda ishlang. Kamtarin insonlar ko’proq muloqotchanlikni o’rganishi, tez jahli chiqadiganlar sabrsiz insonlar esa sabrli bo’lishni o’rganishlari kerak. Umuman, har bir kasb egasi o’z ustida doimo ishlashi kerak, Shunda o’z maqsadiga erishadi.