kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Yakka va takror bog'lovchilar

Нажмите, чтобы узнать подробности

Yakka va takror bog'lovchilar haqida ma'lumot.Yakka va takror bog'lovchilar doimo ajratib yoziladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Yakka va takror bog'lovchilar»


Namangan shahar xalq ta’limi

bo’limiga qarashli

48- sonli umumiy o’rta maktabi


ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi


Ma’muraliyeva Dildora

Komilovnaning


ONA TILI fanidan


Yakka va takror bog’lovchilar” mavzusida yozgan


(7-sinf)





Namangan shahar xalq ta’limi

bo’limiga qarashli

48- sonli umumiy o’rta maktabi

ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi


Ma’muraliyeva Dildora

Komilovnaning

ADABIYOT

fanidan yozgan


(7-sinf)








7-sinf. Ona tili.

Mavzu: Yakka va takror bog’lovchilar.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad – yakka va takror holda qo’llanuvchi biriktiruv bog’lovchilar haqida o’quvchilarga bilimlar berish;

Nutqiy kompetensiya A2 (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi voqea-hodisalarni tushuna oladi

Tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarning san’atga xos tuyg’ularini uyg’otish;

Rivojlantiruvchi maqsad – og’zaki va yozma nutqda ko’makchilarni qo’llash orqali chiroyli nutqni

2. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi : A2doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimni oshirib borish, kognitivlik (ijodiylik) ko‘nikmasini shakllantirish

Asosiy tushuncha va atamalar: Bog’lovchilarning qo’llanilishiga ko’ra turlari , va , ammo, lekin, biroq, chunki, yo bog’lovchilari yakka , yo…yo , dam-dam, goh-goh takror bog’lovchilari.

Darsni tashkil etish texnologiyasi:

Darsning metodi: idrok xaritasi.

Darsning usuli: yangi tushuncha beruvchi, jadval.

Darsning shakli: yakka tartibda ishlash.

Darsning vositasi: darslik, bedioproektor,mavzuga oid ko’rgazma , tarqatmalar, rasmlar.

Darsning borishi:

Quyoshdek shu’la sochgan,

Bilimga keng yo’l ochgan,

Bizni erkalab quchgan

Hamma: Sizgadir ushbu kalom

Muallimlar assalom!

O’qitu So’zdir inson aqli dalli

Siri ochilur, so’zlagach tili

So’z ichra mudom aql yashaydir

So’z chimildig’u, aql kelindir

--- O’quvchilar ushbu misralar nama haqida ?

--- So’z haqida.

---So’z ilmini bizga qaysi fan o’rgatadi?

--Ona tili

O’quvchilar: Nodir dilning murodi ilm birla,

Jahon bastu kushodi ilm birla.

Ko’rar ko’zlarning nuri ilmdandir,

Ko’ngillarning sururi ilmdandir

I. Tashkiliy qism: salomlashaman,davomatni aniqlayman, darsga tayyorgarlikni nazorat qilaman.Siyosiy daqiqa o’tkaziladi.Unda hozirgi yangiliklar aytiladi.

Ma’naviyatga oid

“Tabiatni asrash har birimizning muqaddas burchimizdir” mavzusida kirish suhbati o’tkazaman.

Guruhlar gaplar tuzadilar va gaplarda bog’lovchi va ko’makchilardan foydalanadilar.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash.

Uyga berilgan vazifa gaplardagi na…na yordamchisi bog’lovchi hamda yuklama bo’lib kelishi yuzasidan fikr so’raladi.O’quvchilardiqqatigaquyidagi chizmani havola etaman va idrok xaritasi metodidan foydalanib bog’lovchilar haqida olingan bilimlar mustahkamlanadi.


Bog’lovchi oldidan ( ,) qo’yiladi

ayiruv

Yo,yoki,yo..yo,goh…goh,dam..dam,ba’zan,

inkor

Na…na

Va,ham,-u,-yu,-da

hamda

biriktiruv

Zidlov bog’lovchi









Vazifadosh bog’lovchi

Sof bog’lovchi


Va,lekin, ammo,biroq








Teng bog’lovchi


Bog’lovchi gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap qismlarini bog’laydi

Ergashtiruvchi bog’lovchi

U,-yu,-da chiziqcha bilan yoziladi












Aziz o’quvchilar, mana kuni kecha” Navoiyxonlik vabBoburxonlik “ haftaligini o’tkazdik .Qolaversa 21 –fevral dunyo bo’yicha barcha xalqlarning ona tli kuni nishonlandi.Biz ham ushbu darsimizda ushbu tarixiy sanalarni esdan chiqarmaslik uchun darsimiz mavzusiga boglangan holda she’rlar orqali ifodalaymiz.


Va bog’lovchi gapning yushuq bo’laklarni bog’lashda

************************************

Xaloyiqdin kishiga mujibi ta’zim va e’zoz va akobirdin asog’irg’a boisi iltifot va

imtiyoz.

Necha ulug’ kishi tamasxur va tiybat qilsa ,aning qoshida beshukuh va viqor

*******************************************************************

Saxovatsiz kishi- yog’insiz abri bahor va royihasiz mushki totor

*******************************************************

Ammo davron bog’ining xas va xashakoyinlari va yeldek besabot va tamkinlari ko’ziga hilm ahli og’irliqqa mansub va garon jonliq bila ma’yubdirlar.(“Mahbub –ul- qulub”)

Va bog’lovchi qo’shma gap qismlarini bog’laydi

************************************

Arslon ishi sayd urub sibo’ni to’yg’ormoq va sichqon varzishi diram o’g’irlab, tugunni axtarmoq.

Desangki, taoming zoye’ bo’lmag’ay –yedur va tilasangki, libosing eskirmagay- kiydur


**********************************************************************

Hunarlarni topmoq –yedurmakdur va ayblarni yopmoq kiydurmakdur. .(“Mahbub –ul- qulub”)

II guruh :

Va bog’lovchi vazifasini –u, -yu yuklamalari bajarganda :

Egri-yu tuz vasfi muhaqqaq durur,

Botil erur egri-yu haq durur.

Vahmni qo’y, hamdam –u hamrozim o’I,

Aysh-u tarab vaqti navosozim o’l

III Yangi mavzu bayoni:

        1. topshiriq. Berilgan gapdagi ajratib ko'rsatilgan uyushiq bo'laklarni va, yo ... yo, dam ... dam bog'lovchilari yordamida bog'lang.

Voleybol, futbol to'garagiga qatnashaman.

        1. topshiriq,. Qaysi bog'lovchilar yakka holda, qaysilari takror holda qo'llanilishini ayting.

Bog'lovchilar qo'llanishiga ko'ra yakka va takror bog'lovchilarga bo'linadi.

Va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo kabi bog'lov­chilar yakka, yo... yo, dam... dam, goh... goh bog’lovchilari esa takror bog'lovchilar sanaladi.




1

Va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo kabi bog'lov­chilar yakka






yo... yo, dam... dam, goh... goh bog’lovchilari esa takror bog'lovchilar sanaladi



2






IV.Mustahkamlash. 208- mashq mustaqil bajariladi.

209-mashq o’quvchilarda bog’lovchilarning ma’nosiga ko’ra turlarini farqlash malakasini o’stirish uchun berilgan.

Qo’shimcha topishmoqli saylanma diktant

O’quvchilar berilgan gaplardan faqat bog’lovchilarni topib yozadilar va ularni ma’no, vazifa va qo’llanishiga ko’ra guruhlarga ajratadilar. 1.Bulardan ikkisi tadbirkor va ehtiyotkor, biri esa xom va tajribasiz edi. 2. Bola kamolga yetibdi, lekin u ulg’aygan sayin ziqna bo’laveribdi. 3. Dunyoda kasblar ko’p, biroq odamiylik kasbi hammasidan ulug’dir.Mavzuga doir nazariy bilimlarni o’quvchilar javobidan umumlashtirib, darsga yakun yasayman.

Savol va topshiriqlar




I GURUH

1. Qaysi ko‘makchilar bosh kelishikdagi ismlarga qo‘shiladi?
A) kabi, uchun, chog‘li, sari B) bilan, singari, yarasha

B) -dek, yanglig‘, tomon, doir D) muvofiq, singari, bilan, bo‘ylab

C) kabi, uchun, chog‘li, sari B) bilan, singari, yarasha

Д) -dek, yanglig‘, tomon, doir D) muvofiq, singari, bilan, bo‘ylab

2. Boshlab, oldin, buyon ko‘makchilari qaysi kelishik shaklidagi ismlarga qo‘shiladi?

A) bosh kelishik B) o‘rin-payt kelishik C) chiqish kelishik D) tushum kelishik

3. Nuqtalar o’rniga mos keladigan ko’makchilar tanlang.

Otaning qalbiga yaqin bo’lganlar … doimiy muloqotda bo’lishi, bu aloqa rishtalarining davomiyligini ta’minlash farzand … sharafli burchidir.

4. Sof ko’makchilarni toping.

A) bilan, singari, kabi, sari B) sayin, tomon, uchun, yarasha

C) qadar, qaraganda, bilan, orqali D) uchun, ko’ra, kabi, sayin

5.Qaysi qo’shimchalar ko’makchi so’zlar bilan ma’nodoshlik hosil qiladi?


II GURUH


1. Bog’lovchi ishtirok etgan gapni toping.

A) Endi orqaga yo’l yo’q B) Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi.

C) Mening so’zlarim hozircha sizlarga bir tush, bir xayol bo’lib ko’rinishi mumkin.

D) Shu yerda gaplashaveramiz, sen juda charchagansan

2. Faqat yakka holda qo’llanuvchi bog’lovchilar qatorini toping.

A) dam, va, ham B) goh, yo, ba’zan C) yohud, biroq, chunki D) va, ammo, lekin

3. Takroriy bog’lovchilar qaysi qatorda berilgan?

A) dam, ammo, va B) ham, chunki, biroq

C) yo, yoki, goh, dam D) goh, agar, ham

4. –da yordamchisi o`rniga qaysi yordamchi so`zni ham qo`llash mumkin?

A) bilan B) va C) ham D) har

5. Takror holda qo`llanuvchi biriktiruv bog`lovchisi ishtirokida gap tuzing.


III GURUH

1. Teng bog’lovchilar uyushiq bo’lak va gaplarni bog’lash bilan birga, ular o’rtasidagi

A) mazmuniy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi.

B) grammatik munosabatni ham ro’yobga chiqaradi.

C) tasdiq munosabatni ham ro’yobga chiqaradi.

D) shakliy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi

2. Ham yuklama, ham bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so‘zlarni toping.

A) na…na…, bilan, balki B) -u, (-yu), -da, na…na…, ham

C) balki, ham, -u , -da D) balki, bilan, na…na… .

3. Inkor bog`lovchisi qatnashgan gapning kesimi qay shaklda bo`ladi?

A) tasdiq B) inkor C) gapda inkor bog`lovchisining mavjudligi kesim shakliga ta'sir qilmaydi D) bo`lishsiz

4. Na…na… bog‘lovchisi qatnashgan gapning kesimi qanday shaklda bo‘ladi?

A) tasdiq shaklida B) bog‘lama shaklida C) inkor shaklida D) tasdiq shaklida va inkor shaklida

5. bilan ko`makchi-bog`lovchisi uyushiq gaplar orasida kelganda qanday mazmun kasb etadi?

Baholash. Darsga ishtirokiga ko’ra baholanadi.

VI.Uyga vazifa. 211-mashq. Uyga vazifa. Bog'lovchilar qatnashgan gaplarni yozing. Bog'lovchilarning ma'nosiga va qo'llanilishiga ko'ra turini ayting.

1. Ishqilib yo ilmli, yo hunarli bo'lish payida bo'linglar. (X. To \xtaboyev) 2. Kim nima desa, deyaversin. Lekin sartaroshlikdan yaxshi kasb yo'q. (X. To "xtaboyev) 3. Jomiy va Navoiy o'rtasidagi yakdillik va do'stlik o'zbek hamda tojik xalqlarining birodarligi va do'stligining yorqin timsolidir. (A. Qayumov) 4. Qo'chqor akam bilan amakim ancha orqada qolib ketibdi. (TV. Fozilov)

Olamda ko’p erur muborak onlar,

Tabarruk zotlar ham garchan ko’p erur,

Sizdan boshlanadi asli tafakkur,

Munis muallimim sizga tashakkur















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 7 класс

Скачать
Yakka va takror bog'lovchilar

Автор: Ma'muraliyeva Dildora Komilovna

Дата: 16.04.2020

Номер свидетельства: 546891


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства