kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Тупроқнинг таркибий қисми мавзусида дарс ишланма

Нажмите, чтобы узнать подробности

Тупроқнинг таркибий тузилиши вақзусида дарс ишланма

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Тупроқнинг таркибий қисми мавзусида дарс ишланма»

Tuproq tarkibi (3- sinf)

 

Darsning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarga tuproq tarkibi haqida tushuncha  berish, yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish;

tarbiyaviy: o‘quvchilarga tuproqning ahamiyati, tabiat tuproqsiz yashay olmasligi, ona zaminni ko‘z qorachig‘idek asrash lozimligini tushuntirish;

rivojlantiruvchi: tuproq tarkibida qanday moddalar borligi, uning unumdorligi haqida ma’lumot berish, mustaqil amaliy ishlar bajarishga o‘rgatish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: suhbat, amaliy ishlar, «Sehrli daraxt», «To‘g‘risini top» metodi, she’riy savol-javob.

Dars jihozi: tuproq, oyna, stakan, suv, metall idish, vedorolik.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism.

O‘qituvchi: — O‘quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.

— Bolajonlar, hozir qanday fasl? (Kuz).

— Kuzda qanday bayramlar bo‘ladi? (Kuzda «Mustaqillik» bayrami, «Ustoz va murabbiylar» kuni, 21- oktyabr — «Til bayrami», «Mehrjon bayrami», «O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun»).

— Vatanimiz bayrog‘i haqida she’r bilasizmi? (O‘quvchilar she’rlarni aytishadi).

II. O‘tilgan mavzuni so‘rash.

O‘qituvchi: — Foydali qazilmalardan nima uchun oqilona foydalanish zarur?

— Ko‘mir tejash uchun nima qilish kerak?

— Tabiiy gaz qay tarzda tejaladi?

— Tabiatni muhofaza qilish haqida Konstitutsiyaning nechanchi moddasida aytilgan? (50- modda. Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar).

(55- modda. Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, boshqa zahira umumlashtirilgan boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish kerak va ular davlat muhofazasidadir).

— O‘quvchilar mening qo‘limda gul urug‘i bor. Uni ekish uchun nima kerak? (O‘quvchilarning javoblari tinglanadi).

O‘qish darsidan «Rostgo‘y bola» ertagi xulosasini so‘rash.

— Bir bola gul urug‘i ekkani bilan hech qachon gul o‘smaydi.

— Podshoh uni o‘z o‘g‘li bo‘lishini istab, rostgo‘yligidan xursand bo‘lgan.

III. Yangi mavzu.

Tuproq tarkibi.

O‘qituvchi bugun o‘quvchilarning tuproq tarkibi bilan tanishishlarini ma’lum qiladi.

Tuproq to‘g‘risida ma’lumotlar — yangi, tarkibida havo, suv, qum, chirindi, gil, mineral tuzlar bor yo‘qligini bilib olamiz.

1- tajriba. Bu tajriba orqali tuproq tarkibida qizdirilgan havo, suv borligini aniqlaymiz.

Har bir tajribadan so‘ng o‘quvchilar tuproq tarkibi to‘g‘risida xulosa chiqaradilar.

O‘qituvchi: — Tuproqda havo bor, tuproqda suv bor. «O‘zbekiston tuproqlari» kollektsiyasidan foydalanamiz. Tekisliklar tarkibida gil ko‘p tarqalgan. Gili ko‘p  tuproqlarning biri bo‘z tuproq deyiladi. Bu tuproq och kulrang tusda bo‘lganligi uchun shunday ataladi. O‘zbekistonning ayrim hududlarida tuzli tuproq ko‘p uchraydi. Shuning uchun ular sho‘r tuproq deyiladi. O‘zbekistonda qum tuproqlar ham uchraydi, ular katta cho‘llarni egallab yotadi.

Tuproqning xossalari: yerga o‘g‘it solish, uni oziqlantirish va sug‘orish o‘simliklar hayoti uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida tushuncha beriladi.

Eslatma: tuproqni darsdan ilgari qizdirib ko‘rish kerak. Chunki tarkibidagi organik moddalar batamom yonib, tugashi lozim.

— O‘simliklar dastlab suvda paydo bo‘lgan. Shamol suv o‘tlarini quruqlikka uchirib kelgan. Gilga aralashgan suv o‘tlari chirib, dastlabki tuproqlarni hosil qilgan. Tuproqlardan o‘tlar o‘sib chiqqan. Shu tariqa quruqlikda o‘simliklar paydo bo‘lgan.

Amaliy ish.

1. Stakandagi suvga bir qoshiq tuproq soling va uni aralashtiring. Suv yuziga havo pufakchalari chiqa boshlashini kuzating.

2. Tuproq solingan metall idishni qizdirishda davom etamiz. Bunda chirindilar kuyishi natijasida tuproqdan tutun chiqadi.

3. Stakanga suv soling va uni aralashtiring. Bunda qum va gil ikki qatlamda ajralib qoladi. Demak, tuproqda gil va qum bor.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Tezkor savollar beriladi.

1- qator.

1. Tuproq tarkibida nimalar bor?

2. Mikroorganizmlar nima?

3. Granit qanday rangda bo‘ladi?

2- qator.

1. Gil qanday hosil bo‘lgan?

2. Tuproqda qanday jonzotlar hayot kechiradi?

3. O‘simlik dastlab qaerda paydo bo‘lgan?

3- qator.

1. Tuproq qanday hosil bo‘lgan?

2. Tuproq tarkibi nimalar bilan oziqlanadi?

3. Foydali qazilmalarni qanday tejash mumkin?

Har bir guruhning savollarga javoblari baholab boriladi.

Meva va sabzavotlar nomini kataklarga joylashtiring.

 

Kivi. O‘rik. Shaftoli. Qulupnay. Tut. Olma. Anor. Uzum. Ismaloq. Oshqovoq. Piyoz. Pomidor. Banan.

V. Darsga yakun yasaladi va o‘quvchilar bilimlari baholanadi.

VI. Uyga vazifa.

  

Roziya SODIQOVA,

Buxoro shahridagi 5- umumta’lim

maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Тупроқнинг таркибий қисми мавзусида дарс ишланма

Автор: Абсаломова Вазира Абдуғаниевна

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546409


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства