Ruhiy salomatlikni himoya qilishda hamshiraning oʻrni
Ruhiy salomatlikni himoya qilishda hamshiraning oʻrni
Ruhiy salomatlikni himoya qilishda hamshiraning o‘rni — sog‘liqni saqlash tizimining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Hamshira nafaqat jismoniy, balki bemorning ruhiy holatini saqlash va mustahkamlashda ham faol ishtirok etadi.
1. Bemor bilan muloqot va psixologik qo‘llab-quvvatlash
Hamshira bemor bilan doimiy aloqada bo‘lib, uning kayfiyati, emotsional holati va xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni kuzatadi. Samimiy va professional muloqot bemorda ishonch hissini shakllantiradi, qo‘rquv va xavotirni kamaytiradi.
2. Ruhiy holatni baholash va erta aniqlash
Hamshira depressiya, stress, tashvish, uyqusizlik kabi holatlarning dastlabki belgilarini aniqlashi mumkin. Vaqtida aniqlangan muammolar shifokorga yetkazilib, asoratlarning oldi olinadi.
3. Profilaktika va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
Hamshira bemorlarga stressni boshqarish, dam olish rejimi, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikning ruhiy salomatlikka ta’siri haqida tushuntirishlar beradi. Bu ruhiy kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
4. Davolash jarayonida ishtirok
Ruhiy kasalliklari bo‘lgan bemorlarga dori vositalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilishni nazorat qilish, nojo‘ya ta’sirlarni kuzatish hamshiraning muhim vazifalaridan biridir. Shuningdek, davolash rejimiga rioya etilishiga yordam beradi.
5. Ijtimoiy moslashuv va oila bilan hamkorlik
Hamshira bemorning oila a’zolari bilan suhbatlar olib borib, ularga bemorni tushunish va qo‘llab-quvvatlash usullarini o‘rgatadi. Bu bemorning jamiyatga moslashuvini yengillashtiradi.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
1.Oʻquvchilarning mashgʻulotga tayyorligini va davomatini tekshiradi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1.Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
2.Sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan holda tibbiy formada kelishadi.
II – bosqich
Asosiy qism
(70 daqiqa)
Tayanch bilimlarni faollashtirish: 2. Oʻquvchilarga boshlangʻich nazorat savollarini beradi , ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi
3. Mashgʻulotning nomi, rejasi va oʻqitish natijalar bilan tanishtiradi. .
4. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar oladilar. bilan tanishtiradi.
5. Oʻquv mashgʻulotida oʻquv ishlarini va koʻrsatkichlar bilan tanishtiradi. (1- ilova)
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish
6. Tezkor soʻrov orqali bilimlarni faollashtiradi
Kirish yo’riqnomasi:
Mavzu bo’yicha bilimlarni rivojlantirish: 20 daqiqa
1.Mavzu bo’yicha bilimlarni rivojlantirish maqsadida o’quvchilarni 2ta kichik guruhlarga bo’ladi va 2.“Aqliy hujum” (2-илова) metodidan foydalanib har bir guruhga mavzu yuzasidan savol tashlaydi. Har bir kichik guruhga format beriladi va ular shu formatga berilgan savol yuzasidan ma’lumotlarni flomaster yordamida formatga yozishadi. Bunda “Klaster” vositasidan foydalanib yozilgan so’zlar strelkalar yordamida birlashtirilib har bir guruh vakili berilgan vazifani ochib beradi.
3.Topshiriq va topshiriqni bajarish uchun yo’riqnoma beradi “Klaster metodi”(3-илова) Qaytar aloqa o’tkazadi.
4.Guruhlada ishni tashkil qiladi va qoidasini eslatadi, guruhlar ishini diqqat bilan kuzatadi
5. Har bir guruhdan birtadan vakil chiqib, o’z ishlarini tahlil qilish aytiladi
6.Har bir guruh ma’lumotlarni tahlil qilish vaqtida xatoliklari va kamchiliklari o’qituvchi tomonidan yoki ikkinchi kichik guruh tomonidan to’g’rilanadi va to’ldiriladi.
Yangi o’quv material bayoni:
1. “To’rt pag’onali” metodidan foydalanib o’quv amaliyoti mavzusi bo’yicha umumiy ma’lumotlar beradi, amaliy ko’nikmalarni bajarish texnikasini tushuntiradi, ko’rsatib beradi, o’quvchilarga muolajalarni bajartiradi, xatolarni tuzatadi va baholaydi.
O’quvchilarni 4ta kichik guruhga bo’ladi, topshiriq uchun yo’riqnoma beradi.
5.O’quvchilarning individual ishlashlarini tashkillashtiradi, faoliyatini kuzatadi, yo’naltiradi va maslahat beradi.
6.O’quvchilarning yo’l qo’yilgan kamchilik va xatolarini aytib tuzatib boriladi.
7.Kuzatadi, yo’naltiradi, nazorat qiladi.
8.Har bir kichik guruh o’z ishlarini bayon etishlarini aytadi.
3.Tinglaydilar.
4. Tinglaydilar.
5. Savollarga javob beradilar.
2ta kichik guruhlarga bo’linadilar.
Topshiriqni bajarish uchun yo’riqnoma bilan tanishadilar va tushunganliklarini tasdiqlashadi.
Kichik guruhlar topshiriq bilan tanishadilar va topshiriqni bajarishga kirishadi. Har bir kichik guruh ishtirokchilari topshiriq yuzasidan tegishli so’zlarni berilgan formatga flomasterlar yordamida yozib chiqishadi. So’ngra shu guruhdan tanlangan ishtirokchi chiqib formatda yozilgan so’zlarni chiziqlar bilan birlashtirib berilgan vazifani ochib beradi.
Tinglaydilar va xatolarini anglab tushunishadi.
Tinglaydilar va muolajani bajarish texnikasini kuzatishadi, o’qituvchi bilan birgalikda bajarishadi
4ta kichik guruhlarga bo’linadilar.
Tinglaydilarva topshiriq bilan tanishadilar.
4ta kichik guruhlarga bo’linadilar
Berilgan topshiriqni qabul qilishadi va guruh bilan bajarishga kirishadi.
Kichik guruh vakillari doskaga chiqib bajarilgan topshiriqni taqdimot qilishadi
III - bosqich Yakuniy qism
(5–daqiqa)
1.Mavzu bo’yicha yakun yasaydi, qilingan ishlarni kelgusida kasbi faoliyatda ahamiyatga ega ekanligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadi.
2. O’quvchilar faoliyatini tahlil qiladi va baholaydi.
3. Uyga vazifa beradi. Yangi mavzuni: “Hayotiy zarur ko’rsatkichlarni baholash” amaliy dars mavzusiga reja asosida tayyorlanib kelishni va kundaliklarini to’ldirib kelishni aytadi.
Tinglaydilar.
Tinglaydilar.
Vazifani yozib oladilar.
1-ilova
Baholash ko’rsatkichlari va mezoni
Ko’rsatkichlar
Baholar
5
4
3
2
Yangi mavzu bo’yicha bilimlarni rivojlantirish:
“Miya hujumi” metodidagi faolliklari
Vazifani bajarish-da faol qatnashadi va mavzuga ta’luqli so’zlarni yozadi
Vazifani bajarishda faol qatnashadi va mavzuga ta’luqli so’zlarni yozishda adashadi
Vazifani bajarish-da passiv qatna-shib mavzuga ta’luqli so’zlarni kam yozadi
Passiv qatnashib, mavzuga ta’luqli so’zlarni 1ta yoki 2ta yozadi
Yangi o’quv materiali bo’yicha amaliy mashq bajarish:
“Mashq” metodidagi faolliklari
O’quvchi amaliy ko’nikmalarni to’g’ri va xatosiz bajara oladi
O’quvchi amaliy ko’nikmalarni bajarishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi
O’quvchi amaliy ko’nikmalarni bajarishda va sharxlashda xatoliklarga yo’l qo’yadi
O’quvchi amaliy ko’nikmalarni bajarishda va sharxlashda ko’p xatoliklarga yo’l qo’yadi
O’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlsh:
“Adashgan mantiqiy zanjirlar” metodidagi faolliklari
Vazifani bajarishda faol qatnashadi va amaliy ko’nikmalar ketma-ketligini to’g’ri qo’ya oladi
Vazifani bajarish- da faol qatnashadi, ammo ko’nikmalar ketma-ketligini to’g’ri qo’yishda
1-2ta xatoga yo’l qo’yadi
Vazifani bajarish-da sekin qatnasha-di va ko’nikmalar ketma-ketligini to’g’ri qo’yishda 3-4ta xatoga yo’l qo’yadi
Vazifani bajarish-da passiv qatna-shadi va ko’nikma-lar ketma-ketligini to’g’ri qo’yishda ko’p xatoliklarga yo’l qo’yadi
Jami
5
4
3
2
Kichik guruhlar faholliklarini baholash me’zonlari
Ko’rsatkichlar
Maksimalball
Guruh ishining natijalarining bahosi
1
2
3
Ma’lumotning to’liqligi
5
Taqdimot
5
Guruhning faollik darajasi (qo’shimchalar kiritish, savol-javoblar berish)
5
Muolaja va ko’nikmalarni bajarishdagi faollik darajasi
5
Ballarning maksimal hajmi
20
1. Psixologiya nimani oʻrganadi?
2. Ruhiyatga tashqi muhitning ta’siri bormi?
3. Kayfiyat deganda nimani tushunasiz?
4. Ibn Sino ruhiyatni oʻrganganmi?
5. Insonni nima boshqaradi?
6.Psixologiya fani necha ming yil oldin
paydo boʻlgan?
7.Kim psixologiyaning “otasi” hisoblanadi?
8.Aristoteldan keyin yana kimlar psixologiyani oʻrgangan?
TEZKOR SAVOL-JAVOB
2-ilova
Bevosita jamoa bo’lib “Miya hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad – mumkin qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talaba (yoki o’quvchi)larni ayni bir xil fikrlashdan xoli qilish, ijodiy vazifalarni yozish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikrlarni yengishdir. Aytilgan g’oya, fikrlar muhokama ham, tanqid ham qilinmaydi. Munozara erkin va o’zaro samimiy munosobat holatida o’tkaziladi. To’plangan g’oya fikrlar asosida mavzu bo’yicha umumiy fikr shakllantiriladi.
“Miya hujumi yoki breynstorming” usuli.
“Miya hujumi” usulini qo’llab berilgan savollar:
I – kichik guruhga:
Avvalgi zamonda ruhiy kasallarga qanday qarashgan?
II – kichik guruhga:
Abu Ali ibn Sino insonning harakatlanishi uchun kerakli narsa nimada deb bilgan?
Topshiriqni bajarish yo’riqnomasi :
1.O’quvchilarni 2ta kichik guruhga bo’lish.
2.Berilgan vazifani “Klaster” vositasini qo’llab bajarishlarini tushuntirish: har bir kichik guruh stoli ustida format beriladi va flomasterlar. Guruh ishtirokchilari berilgan vazifaga ta’luqli so’zlarni yozishadi, bunda fikrlar cheklanmagan, ammo vaqt cheklangan.Vazifani bajarish uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.
3.Shu guruhdan tanlangan ishtirokchi doskaga chiqib formatni magnitlar yordamida doskaga mahkamlab, yozilgan so’zlarni chiziqlar bilan birlashtirib berilgan vazifani tushuntirib beradi.
Eslatma: Topshiriqni bajarish muhokamasi uchun 5 daqiqa
Taqdimot uchun 5 daqiqa
3-ilova
Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog’oz varag’ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi.
Klaster metodi
Klaster – tutam, bog’lam yoki uzum shingili degan ma’noni anglatadi. Klaster – axborot xaritasini tuzish yo’li-barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish. Bu usul bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’z va takllliflar kichik doirachalar ichiga yozib qo’yiladi. Ularni asosiy so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi.Bu “yoldosh-larda” “kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
Klasterni tuzish qoidasi:
1.Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G’oyalar sifatini muhokama qilmang, faqat ularni yozing.
2.Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to’xtatmang. Agarda aqlingizda g’oyalar kelishi birdan to’xtasa yangi g’oyalar kelguncha qog’jzga rasm chizib turing.
Ongning xossalari haqida so'zlab bering
obyektiv borliqni aks ettirishning oliy shakli, unga o ‘zini va atrof-muhitni anglash kiritiladi.
I – kichik guruh
odam miyasining funksiyasi bocIib, uning yordamida obyektiv borliq subyektiv aks etadi.
Ong o ‘z tabiatiga ko‘ra nihoyatda ko‘p qirrali, rang-barang, uning turli-tuman xossalari mavjud
Ong buzilishining qanday turlarini bilasiz?
II –kichik guruh
Somnolensiya (uyqu bosishi)
Obnubitatsiya («nubes» - bulut degani)
Коmа - ongning batam om buzilishi bo‘lib, bem or tashqi dunyodan butunlay uzilib qoladi.
“To’rt pog’onali” metodidan foydalanib o’quv amaliyoti mavzusi bo’yicha umumiy ma’lumotlar beradi, amaliy ko’nikmalarni bajarish texnikasini tushuntiradi, ko’rsatib beradi, o’quvchilarga muolajalarni bajartiradi, xatolarni tuzatadi va baholaydi
“To’rt pag’onali” metod
Ushbu metod qo’yidagi bosqichlardan iborat:
Tushuntirish;
Nima qilish kerakligini ko’rsatib berish;
Ko’rsatilgan tarzda qaytarish;
Mashq qilish.
Ta’lim oluvchi faoliyati:
Tinglash;
Kuzatish;
Takrorlash;
Mashq qilish.
Ta’lim beruvchi faoliyati:
Tushuntirish;
Ko’rsatib berish;
Xatolarni tuzatish;
Bahoalsh.
1.“Tushuntirish” bosqichida pedagog ta’lim oluvchilarga avval oddiy harakat bosqichini tushuntirib beradi.
2. “Nima qilish kerakligini ko’rsatib berish” bosqichida pedagog ta’lim oluvchilarga topshiriqni qanday bajarish kerakligini amalda ko’rsatib beradi.
3.Uchinchi bosqichda ta’lim oluvchilar pedagog ko’rsatgan ish harakatlarini takrorlaydi. Pedagog ta’lim oluvchilar bajarayotgan harakatlar yuzasidan o’z fikrini bildirib, xatolarini tuzatib to’ldirib turadi.
4. “Mashq qilish” bosqichida ta’lim oluvchilarning hatti-harakati pedagog tomonidan nazorat qilib boriladi.Ta’lim oluvchilar ish amallarini mukammal o’zlashtirilgandan so’ng, uni mustaqil bajaradilar.
Taqdimot
Z.Freyd yaratgan psixoanaliz to‘g‘risidagi nazariya inson ruhini bir muz tog‘iga qiyoslaydiki, go‘yo uning ustki, ya’ni oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi ong ostidagi jarayonlardir, ya’ni ongsizlikdir
Psixoanaliz fani o‘z oldiga ongdan yashirinib yotgan chuqur psixologik jarayonlarning sir-asrorini ochishni maqsad qilib qo‘yadi va shu yo’l bilan nevrozni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Ongga ta’rif bering.
2. Ongning boshqa ruhiy jarayonlar bilan bog'liqligi haqida nimalami bilasiz?
3.Psixologiya soʻzining ma’nosi nima? 4 Ongning fiziologik mexanizmlari haqida so 'zlab bering.
5. Ong buzilishining qanday turlarini bilasiz?
6 Bolalarda ong buzilishining qaysi turi ico‘proq uchraydi?
7. Ongsizlik deganda nimani tushunasiz?
8.Ruhiy sogʻlomlik nima?
9. Z.Freydning psixoanaliz ta’limoti haqida so'zlab bering?
10.Psixologiyaning oʻziga xosligi nimada?
11.Ruhiyatga texnika ta’sir qiladimi?
12.Psixologiya necha qismdan iborat?
17.Salomatlik nima?
xulosa.
O’quvchilardan bugungi mavzuga doir savollar bormi-yo’qmi deb so’raladi, savollar bo’lsa eshitilib javob berilib, uyga vazifa e’lon qilinib bugungi dars xulosalanadi.
Uyga vazifa. Mavzuga doir 10tadan test tuzib kelish