kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья:Знаменитые мыслители Востока о семейном воспитании на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

В данной статье речь идет о семейном воспитании как основного фактора социального развития и воспитания совершенного развитого поколения Идеи гуманизма издавна питали отечественную педагогическую культуру, становясь историко-культурной традицией. В развитии этих идей выдающуюся роль сыграли научные труды ученых и мыслителей средневекового Востока.

Источник: https://superinf.ru/view_article.php?id=403 Идеи гуманизма издавна питали отечественную педагогическую культуру, становясь историко-культурной традицией. В развитии этих идей выдающуюся роль сыграли научные труды ученых и мыслителей средневекового Востока.

Источник: https://superinf.ru/view_article.php?id=403
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья:Знаменитые мыслители Востока о семейном воспитании на узбекском языке»

BUYUK SHARQ MUTAFAKKIRLARI OILA TARBIYASI TO’G’RISIDA Знаменитые мыслители Востока о семейном воспитании Ашурова Хафиза Зариповна Средняя школа № 20 города Бухары республики Узбекистан ий колледж легкой промышленности и педагогики, Узбекистан В данной статье речь идет о семейном воспитании как основного фактора социального развития и воспитания совершенного развитого поколения Shaxsni ma'naviy yetuk, axloqan pok, komillikka erishishda sharq mutafakkirlarining ma'naviy merosi bo’lmish durdona asarlari, pandu-nasihatlari, rivoyatu-hikoyatlari, pur-hikmat so’zlari qadriyatlar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, sharq mutafakkirlarining tarbiya jarayonida eng muhim hisoblangan oila tarbiyasi to’g’risidagi fikrlari, hozirgi davrda ham dolzarb masalalardan biri hisoblanmoqda. Yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda sharq mutafakkirlarining ilg’or axloqiy-ta'limiy g’oyalari ayniqsa, oila tarbiyasi haqidagi fikrlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga moliqdir. Demak, o’tmish madaniy merosini o’rganish jamiyat taraqqiyoti, xususan, ¡zbekiston Respublikasi mustaqilligi uchun zarur bo’lgan dolzarb masalalardan biridir. Dono xalqimiz «¡tmishni unutganning kelajagi bo’lmas» degan naqlga amal qilib, bola tarbiyasida bobolar merosidan, ularning pandnomalaridan, xalq og’zaki ijodi materiallaridan keng foydalanish orqali oilada bolalarga milliylikka xos fazilatlarni singdirib, yosh avlodni ajdodlari izidan borishga o’rgatib kelganlar. Oila tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-onalarning vazifasi va burchi haqidagi masalalar pandnomalarda alohida o’rin tutadi. Pandnomalar o’tmishdagi ko’pchilik allomalarimiz tomonidan yaratilgan bo’lib, ularda hayotning, o’zaro munosabatning hamma tomonlari o’z ifodasini topgan. Zero, buyuk mutafakkirlar xalqning uzoq yillar davomida, bolalar tarbiyasi borasida orttirgan tajribasiga suyanib, uning qudratini anglagan holda, o’z asarlarida unga amal qilganlar. Chunonchi: Abu Nasr Forobiyning «Baxtga erishish haqida», Ibn Sinoning «Tadbir al-manozil», «Axloqqa oid risola», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Xibbat ul- xaqoyiq», M.Sa'diyning «Guliston», Voiz Koshofiyning «Axloqi muxsiniy», A.Navoiyning «Maxbub-ul-kulub», Abdurahmon Jomiyning «Silsilatus zahab», «Bahoriston» Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yohud axloq» kabi asarlarida bolalar va yoshlar tarbiyasining mazmunini, usulublarini, ota-onalarning oiladagi vazifalarini, farzandning ular oldidagi burchini, tarbiya mazmunini har tomonlama sharhlab, turli hayotiy rivoyatlar, hikoyatlar asosida uning to’g’riligini, yaxshi tarbiya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi ko’rsatiladi. Sharq mutafakkirlari orasida «Sharq Aristoteli» nomi bilan ma'lum va mashhur bo’lgan Abu Nasr Forobiy o’zining «Baxtga erishish haqida», «Baxtga olib boruvchi yo’lni ko’rsatish» kabi asarlarida, inson kamolotida tarbiyaning ahamiyatini ochib beradi. Farzandga yaxshi tarbiya berish, uning xulqiga yaxshi fazilatlarni singdirish uchun ustozlar tarbiyalashi kerakligini uqtirib, komil insonni voyaga etkazish ustozning, tajribali shaxslarning vazifasi deb qaraydi. Uning bu fikrlari oila tarbiyasiga ham taalluqlidir. Movaraunnahrdagina emas, balki nomi jahonga mashhur buyuk mutafakkir Abu Rayxon Beruniyning asarlarida ham ta'lim-tarbiyaga oid fikrlarni ko’rishimiz mumkin. Uning fikricha yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda bola shaxsiga eng yaxshi fazilatlarni vatanga, burchga sadoqat, qadr-qimmatni anglash, ezgulik, kabilarni shakllantirish ota-onaning, tarbiyachi ustozning zimmasidagi vazifa bo’lib, ular o’zlarining shaxsiy namunalari, bilimdonligi, hayotiy tajribalari bilan buni hal etadilar deydi. Sharqda, «Shayx-ur-rais unvoniga sazovor bo’lgan qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino o’zining ta'lim-tarbiyaga oid bir qator asarlarida oila tarbiyasi haqidagi fikrlarni bildiradi». U o’zining «Axloqqa oid risolasi»da axloqiy xislatlar iffat, qanoat, sahiylik, shijoat, sabr, muloyimlik, sir saqlay bilishlik, do’stlik, vafodorlik, kamtarlik kabi axloqiy tushunchalar mohiyatini ochib, ta'rif beradi va bolada bu fazilatlarni tarbiyalash ota-onaning vazifasi deb ta'kidlaydi. Shuningdek, bola shaxsida aldamchilik, qo’rqoqlik, yalqovlik, ikkiyuzlamachilik, o’g’rilik, munofiqlik kabi salbiy sifatlar ham hosil bo’lishi mumkin, ota-ona bularni yo’qotishi yaxshilik va ezgulikka etaklashdek vazifani bajarishi kerak deb ko’rsatadi. «Inson yaxshi va yomon moyillarning ijodkori bo’ladi. Yaxshilik inson tabiatini go’zallashtirsa, yomonlik mayli uni tubanlashtiradi. Bularning barchasi oilada bolaga ta'sir etib, uning xulqini buzadi» - deydi. Ibn Sinoning tarbiyaga oid qarashlari deyarli barcha asarlarida o’z ifodasini topgan. «Tadbir al - manozil» asarida tarbiyaning asosiy uslublarini sanab ko’rsatib, agar oila bu tarbiya uslublarini to’g’ri tadbiq etib, qo’llay olsa oiladagi bolalar hayotlarida o’z baxtlariga tez erishadilar deydi. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, oiladagi otaning tabiatdan yumshoqko’ngil, shirin so’zli bo’lishi bola tabiatini buzadi. Oilada bosh tarbiyachi otadir deb hisoblaydi. Uning fikricha ota bolalar tarbiyasida qattiq qo’llik va hatto lozim bo’lsa, jazo berishga qodir ta'sir ko’rsatuvchidir. Mazkur asarning «Ayollarning yaxshi fazilatlari» bo’limida esa onalarning donoligi, bosiqligi, halolligi, kamtarligi kabi axloqiy sifatlarini ulug’laydi. Uningcha ayollar hamma erda erkakning munosib hamroxi bo’lishi bilan birga oila mustahkamligi, hamda bolalarni tarbiyalashda uning eng yaqin yordamchisi hamdir. «Tib qonunlari» asarida esa, bola tarbiyasida onaning vazifalariga alohida e'tibor beradi. Jumladan: bola kamolotiga emizuvchi ayolning g’azablanish, qayg’urish, qo’rqish kabi ruhiy kechinmalari zarar keltirishini uqtirib, mumkin qadar sipo, bosiq va chidamli bo’lishi lozimligini maslahat beriladi. Bola axloqining shakllanishida deydi Ibn sino er-xotinning bir-biriga bo’lgan munosabati, bir-birini hurmat qilishlari ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Buning uchun oila a'zolarining har biriga ma'lum vazifalar yuklatilgan bo’lishi kerak. Chunonchi: erkak kishi oilada boshliq rolini bajaruvchi bo’lganligi uchun, u oilaning zarur talablarini bajarishi lozim, nimaki va'da qilgan bo’lsa, o’z va'dasi ustidan chiqishi shart. Ibn Sino bola tarbiyasiga doir o’z fikr va mulohazalarini bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism qo’yishdan boshlashni lozim topadi, hamda bolalarga yaxshi, munosib ism tanlashni ota-onaning dastlabki olijanob vazifalaridan deb hisoblaydi. Agar qadimgi yuunon faylasuflari Platon va Arastular bola tarbiyasini davlat ixtiyoriga qo’yib o’z qarashlari bilan tarbiyani ota-ona gardanidan soqit qilgan bo’lsalar, Ibn Sino buning aksini, ya'ni bola tarbiyasi bilan avvalo oila, ota-ona shug’illanmog’i lozimligini, oilada pok, mehnatsevar qilib tarbiyalash ota-onalarning muqaddas burchlari ekanligi ta'kidlanadi. Shuningdek, Yusuf Xos Xojib tarbiya haqidagi o’z fikrlarini «Qutadg’u bilig» asari orqali bayon qiladi. Bu asarda farzand bilan ota-ona munosabatlari, bolani tarbiyalash va ilmli qilish yo’llari, insonga xos eng yuksak fazilatlar haqidagi fikrlar aks etgan. Yusuf Xos Hojibning fikricha farzandni komil inson qilib tarbiyalash ota-onaning muqaddas burchi va vazifasi bo’lib, buni oilada amalga oshiriladi. «¡g’il qiz tug’ilsa yaxshi bilki, bas, Uyda tarbiya qil, boshqa erdamas. Ustozning yaxshisin tanla, albatta, ¡g’il qiz pok o’sar, yomondan chetda. ¡g’il qizga o’rgat bilim ham odob, Baxtga yor bo’lar u, bo’lmagay xarob, ¡g’ilni tergab tur bo’sh qo’yma zinhor Benaf, bebosh bo’lur, yugurar bekor» Alloma ota-ona farzandni baxt saodatga erishmog’i uchun ularga yaxshi fazilatlarni singdirishi, bilimlar chashmasidan bahramand qilishi, kasb-hunar egasi bo’lib hayotda o’z yo’lini qoqilmay topib ketishini ta'minlashi kerakligini uqtiradi. Kaykovus ham o’zining «Qobusnoma» asarida oilada ota-onaning farzand oldidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-ona oldidagi vazifalarini belgilab beradi. Uning fikricha ota-onaning oiladagi vazifalaridan biri farzandiga yaxshi ism qo’yish, oqil va mehribon doyalarga topshirish, qudratiga loyiq to’y-tomosha qilib, unga hunar va kasb o’rgatish kerak deb oilada bolaga tarbiyani tug’ilgandan boshlab berish lozimligini ta'kidlaydi va farzand balog’atga etgach, o’g’il bo’lsa uylantirib, qiz bo’lsa uzatib o’z burchini ado etish kerakligi, ayniqsa qiz bola tarbiyasiga e'tibor berish, unga g’amho’rlik qilish zarurligini, farzandlarni komil inson qilib tarbiyalash, ularni ilm-ma'rifatli, mehr-shafqatli, axloq-odobli, etuk bir kasb-xunar egasi qilib tarbiyalash o’ta muhim ekanligini uqtiradi. Alisher Navoiy o’zining «Xamsa» va «Maxbub ul - qulub» asarlarida ota-ona va ularning oilada farzand tarbiyasiga munosabati va vazifasi haqida, farzandlarda tarbiyalanishi lozim bo’lgan fazilatlar haqida o’z fikrlarini bayon etadi. Shuningdek jamoat arbobi, ma'rifatchi, pedagog olim Abdulla Avloniy ham o’zining «Turkiy guliston yoxud ahloq» asarida bola shaxsining komil inson sifatida shakllanishida oilaning, ota-onaning roli beqiyos ekanligini va bolaning tarbiyasi ularga bog’liqligini ko’rsatadi. U bola tarbiyasida bola yashab turgan sharoit muhimligini, kishilarning roli katta ekanligini ta'kidlab, tarbiya bolaning axloqiga, xulq-atvoriga kuchli ta'sir qiladi deb, ota-onalarni o’z bolalarini tarbiya qilishga chaqiradi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, buyuk mutafakkirlarimiz tarbiya haqida fikr bildirar ekanlar, oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning zimmasidagi burch deb biladilar. Xulosa qilib aytganda, Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi ilmiy meroslarini o’rganish va uning amaliyotga tadbiq etish, oilalarda bolalar tarbiyasini yaxshilashning muhim omili bo’lib xizmat qiladi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья:Знаменитые мыслители Востока о семейном воспитании на узбекском языке

Автор: Ашурова Хафиза Зариповна

Дата: 29.08.2019

Номер свидетельства: 518647


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства