Научная статья: ЗНАЧЕНИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА В САНИТАРНО-ГИГИЕНИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЕ
Научная статья: ЗНАЧЕНИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА В САНИТАРНО-ГИГИЕНИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЕ
Здоровый образ жизни — это индивидуальная система поведения человека, обеспечивающая ему физическое, душевное и социальное благополучие в реальной окружающей среде (природной, техногенной и социальной) и активное долголетие.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья: ЗНАЧЕНИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА В САНИТАРНО-ГИГИЕНИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЕ»
SANITARIYA-GIGIYENA MUHOFAZA QILISH QONUNLARINING AHAMIYATLILIGI
ЗНАЧЕНИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА В САНИТАРНО-ГИГИЕНИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЕ
Файзуллаева Феруза Убайдуллаевна
БУХАРСКИЙ ТЕХНИКУМ ОБЩЕСТВЕННОГО ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНО, УЗБЕКИСТАН
Здоровый образ жизни — это индивидуальная система поведения человека, обеспечивающая ему физическое, душевное и социальное благополучие в реальной окружающей среде (природной, техногенной и социальной) и активное долголетие.
Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqayotgan yuridik va jismoniy shaxslar aholining sanitariya-gigiyena osoyishtaligini ta`minlashga qaratilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishi shartligi;
Yangi kimyoviy moddalar va biologik vositalarni, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hamda tarkibida shu manbalar mavjud bo`lgan priborlarni, materiallarni, texnologik jarayonlarni, uskunalarni, atir-upa va pardoz maqsulotlarini hamda boshqa xalq iste`moli tovarlarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-epidemik xavfsizligini ta`minlashga doir normativlar bo`yicha asoslantirilgan takliflarni, ushbu normativlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uslublarini, zararli mahsulot va chiqindilarni zararsizlantirish, utilizatsiya qilish usullarini ishlab chiqib, ularni kelishib olish uchun o`zbekiston respublikasi bosh davlat sanitariya vrachiga taqdim etishi kerakligi;
Yuridik va jismoniy shaxslar ob`ektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda ishga tushirish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishili;
yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning, inshootlarning, davolash- profilaktika, ta`lim, madaniyat, sport muassasalari hamda boshqa muassasalar binolarining saqlanishini, shuningdek uskunalardan, transport vositalaridan foydalanilishini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq ta`minlanishi;
yuridik va jismoniy shaxslar kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qo`llash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda ko`mib tashlash paytida aholining sanitariya-gigiyena osoyishtaligini ta`minlash maqsadida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishlari;
yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa qamda pardoz maqsulotlarini O`zbekiston Respublikasiga olib kirishga va ishlab chiqarishga faqat toksikologiya-gigiena jihatidan baholangandan keyingina O`zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yo`l qo`yilishi;
yuridik va jismoniy shaxslar radioaktiv moddalarni hamda boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko`rsatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko`mib tashlash paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishlari;
davlat tashkilotlari va boshqa mulkdorlar tomonidan berilayotgan turar joylar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq bo`lishi;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga javob bermaydigan turar joylarda fuqarolarning yashashiga yo`l qo`yilmasligi;
yashovchilar hovli, uy atrofi hududlarini saqlash va turar joylardan foydalanishning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarini bajarilishi;
oziq-ovqat xom ashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo`yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar qamda yakka tartibdagi tadbirkorlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishi shartliligi;
yangi oziq-ovqat qo`shimchalarini, maxsus qo`shiladigan biologik faol modd
alarni o`zbekiston respublikasiga olib kirishga va ishlab chiqarishga faqat toksikologiya-gigiena jihatidan baholangandan keyingina O`zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yo`l qo`yilishi;
yuridik va jismoniy shaxslar xorijdan olib kirilayotgan texnologiyalarni, materiallarni, xom ashyoni va mahsulotni yetkazib berish, realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etilishi;
xo`jalik va ichimlik suvi bilan ta`minlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslаr yetkazib berilayotgan suvning sifati sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, shuningdek davlat standartlariga muvofiqligini ta`minlanishi;
markazlashtirilgan tartibda xo`jalik va ichimlik suvi yetkazib beriladigan suv quvurlari hamda ularning manbalari uchun maxsus tartibli sanitariya muhofazasi zonalari belgilanib, ular mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanishi;.
yuridik va jismoniy shaxslar xo`jalik va maishiy maqsadlar hamda markazlashtirilmagan tartibda suv bilan ta`minlash uchun foydalaniladigan suv qavzalaridagi suvning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq bo`lishini ta`minlanishi;
ish beruvchilar ishlab chiqarish binolariga va sanitariya-maishiy binolarga, ishlab chiqarish jarayonlariga, texnologik uskunalarga, ish joylarining tashkil etilishiga, xodimlarning mehnat qilish, dam olish tartibiga hamda xodimlarga maishiy xizmat ko`rsatilishiga doir sanitariya qoidalariga rioya etishi shartliligi;