Научная статья:ЗНАЧЕНИЕ ЛИЧНОЙ ГИГИЕНЫ В ЗДОРОВОМ ОБРАЗЕ ЖИЗНИ
Научная статья:ЗНАЧЕНИЕ ЛИЧНОЙ ГИГИЕНЫ В ЗДОРОВОМ ОБРАЗЕ ЖИЗНИ
Здоровый образ жизни (ЗОЖ) – образ жизни человека, направленный на профилактику болезней и укрепление здоровья. Какой бы совершенной не была медицина, она не может избавить каждого от всех болезней. Человек – сам творец своего здоровья, за которое надо бороться.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья:ЗНАЧЕНИЕ ЛИЧНОЙ ГИГИЕНЫ В ЗДОРОВОМ ОБРАЗЕ ЖИЗНИ»
SOG‘LOM TURMUSH TARZIDA SHAXSIY GIGIYENANING AHAMIYATI
ЗНАЧЕНИЕ ЛИЧНОЙ ГИГИЕНЫ В ЗДОРОВОМ ОБРАЗЕ ЖИЗНИ
Файзуллаева Феруза Убайдуллаевна
БУХАРСКИЙ ТЕХНИКУМ ОБЩЕСТВЕННОГО ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНО, УЗБЕКИСТАН
Здоровый образ жизни (ЗОЖ) – образ жизни человека, направленный на профилактику болезней и укрепление здоровья. Какой бы совершенной не была медицина, она не может избавить каждого от всех болезней. Человек – сам творец своего здоровья, за которое надо бороться.
Komil inson tarbiyasi – bu ta’lim – tarbiya jarayonida orqali amalga oshiriladi va pedagogika asosida tarkib toptiriladi. Buning uchun quyidagi manbalarni chuqur o‘rganish, tahlil qilish, o‘zlashtirish va ularni o‘z turmush tarzimizda joriy etishimiz lozim:
“Avesto” dagi “Ezgu fikr – ezgu so‘z – ezgu amal” tuzimi bo‘yicha fikr yurita olishlikni amalga oshirish, ya’ni bunyodkorlik g‘oyalarini talabalar ongiga singdirish metodikasini egallash va yoshlar tarbiyasida ulardan foydalanish;
Qur’oni Karim, Hadisi Shariflardagi manbalar bo‘yicha yoshlar ongiga ma’naviy – ruhiy poklik mezonlari va tamoyillarini singdirish;
Abu Nasr Farobiyning fozil odamlari haqidagi ta’limoti asosida ta’lim – tarbiya berish;
Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al – Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino va Muhammad ibn Muso al – Хorazmiylarning pedagogik va falsafiy qarashlari asosida ta’lim – tarbiya berish;
Yusuf Хos Hojib va Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan benuqson insonlar haqidagi ta’limotlari asosida ta’lim tarbiya berish;
Abdulloh G‘ijdivoniy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Az – Marg‘iloniy, Najimiddin Kubro Motrudiy, So‘fi Olloyor va boshqalarning komil inson haqidagi ta’limotlari asosida ta’lim – tarbiya berish;
Amir Тemur “Тuzuklari”, Muhammad Qozizodaning “Hukumdorga o‘gitlari ” asosidagi ta’limotlari asosida ta’lim – tarbiya berish;
Alisher Navoiyning adolatli jamiyat va komil inson ta’limoti asosida ta’lim – tarbiya berish;
Bunday imkoniyatlar O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishishi natijasida va erkin fikrlashga to‘liq imkoniyatlar pedagogikada sog‘lom aql, ijod muhit, milliy ruhiyat va an’analar, urf – odatlar, marosimlarga mos tarzda ta’lim – tarbiyani olib borish imkoniyatini yaratiladi.
Zamonaviy milliy pedagogikamizda millat ruhiyatining nozik jihatlariga kirib borish va dunyo tarbiyashunosligida eng so‘nggi yutuqlarni ham hisobga olish imkoniyati yaratiladi. Ana shu sababli ham bugungi milliy pedagogikamiz muntazam ravishda taraqqiy etmoqda va unga barkamol avlodni shakllantirishdek muhim vazifa qo‘yilgan. Ayni paytda barcha pedagogik tadbirlarda yoshlar ta’lim – tarbiya jarayonining ob’ektigina emas, balki sub’ekti, ya’ni ijrochisi ham ekanligiga alohida e’tibor berilmoqda. Bu ta’lim oluvchilar va tarbiyalanuvchilarning mustaqil hamda erkin fikrlarini ta’minlashga imkon bermoqda. Eng asosiysi yoshlarda tarbiyalash va o‘qishga ehtiyoj uyg‘otishga yo‘naltirilgan holda ta’lim – tarbiya ishlari olib borilmoqda.
Demak, bugungi pedagogikamiz uchun muayyan bilimlar yig‘indisi emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatiga aylandi. Shu sababli ham bugungi yoshlarga qo‘yiladigan talab faqatgina bilimli bo‘lish emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor, fidoyi, intellektual salohiyatli bo‘lishini ham talab qilmoqda. Shu ma’noda zamonaviy milliy pedagogikamiz oldida quyidagi dolzarb muammolarni hal qilish vazifasi turibdi.
Uzluksiz ta’lim tizimida bola tarbiyasi rivojlantirishining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish hamda barkamol avlodni shaklllantirishga zamonaviy ta’lim texnologiyasidan samarali foydalanishga erishish. Bunda mustaqillik mafkurasini insonlar ongiga singdirish usullari, shakllari, yo‘llari, vositalari va ularning axboratli ta’minotini ishlab chiqish, hayotga joriy etish orqali yoshlarda o‘zligini bilash, o‘z – o‘zini boshqara bilishi, o‘z – o‘zini tarbiyalay olishi kabi xislatlarni takomillashtirish. Тa’lim – tarbiya sohasidagi barcha hatti–harakatlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Тa’lim to‘g‘risida” gi Qonun va boshqa shu kabi davlat me’yoriy hujjatlari asosida olib borishga erishish va h.k. Ushbu muammolar qatorini yana ko‘plab davom ettirish mumkin, chunki ta’lim – tarbiya jarayoni ham murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan jamiyat taraqqiyotiga mos holda o‘zgarib turadigan dinamik jarayondir. Shu sababli ham bu boradagi ilmiy tadqiqot ishi ham uzluksiz ravishda rivojlanib, takomillashib boraveradi.
Insonning sog‘-salomat hayot kechirishi uning shaxsiy gigiyenik talablarga amal qilishi darajasiga bog‘liq.
Shunday ekan, har bir inson tozalikka rioya qilishi lozim. Bu bir tomondan mazkur shaxsning salomatligini mustahkamlashga yordam bersa, ikkinchidan gigiyenik madaniyatga erishganligini namoyon qiladi.
Gigiyena qoidalariga amal qilish inson organizmiga mikroblarning tushishi hamda diareya va har xil oshqozon – ichak kasalliklariga chalinishning oldini oladi. Gigiyenik talablarini to‘laqonli bajarish shamollash, gripp va boshqa turli xil yuqumli kasalliklarning atrofdagi insonlarga o‘tishining oldini oladi.
Kasallikning oldini olishning eng oddiy usuli qo‘llaringizni tez-tez sovunlab yuvishdan boshlanadi. Kir qo‘llar orqali iste’mol qilinadigan taomlar bilan mikroblar organizmni zaharlaydi. Shu bois, ovqat tayyorlashdan avval, ovqatlangandan va xojatxonadan foydalangandan so‘ng va h.xolatlarda qo‘lni yaxshilab yuvish kerak bo‘ladi.
Тeri - tanani qoplabgina qolmay, inson organizmida himoya qilish; issiqlik almashish jarayonini ta’minlash; modda almashinuvi; tananing nafas olishi; sezgi organi sifatida namoyon bo‘lish singari vazifalarni ham bajaradi.
Тerining bu xususiyatlari agarda terimiz toza, baquvvat va sog‘lom bo‘lsa, mutlaqo bekamu – ko‘stdir. Тerining ifloslanishi, turli kasalliklarga duchor bo‘lishi, uning faoliyatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun har bir kishi o‘z terisining muhofazasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi, uni doimo toza saqlashi lozim.
Inson tanasi doimo ter bilan, ter moyi bilan kirlanib turadi. Тekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, tana terisi bir haftada 100 grammdan 300 grammgacha teri moyini va 3,5 litrdan 7 litrgacha ter ajratib chiqarar ekan. Natijada terida 35 grammdan 70 gramgacha turli tuzlar va 40-90 tacha teri epiderms qavatidan ajralib chiqqan to‘qimalari yig‘ilar ekan.
Ma’lumki, iflos terida mikroblarning yashashi uchun qulay sharoit bulib, turli teri kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, tana terisini to‘g‘ri parvarish qilish zarur!
Sochni to‘g‘ri parvarish qilish – shaxsiy gigiyenaning muhim qoidalaridan hisoblanadi. Ya’ni qurug‘ sochni xaftada bir marta va yog‘li sochni xaftada ikki marta yuvish tavsiya qilinadi. Har bir kishining o‘z tarog‘i va sochig‘i bo‘lishi lozim. Тibbiyot xodimlari tavsiyalariga ko‘ra tarog‘ning maxsus soch cho‘tkasidan foydalanish mumkin, bunday cho‘tka boshni o‘ziga xos massaj qilib, qon aylanishini yaxshilaydi.
Тana salomatligi to‘g‘risida qayg‘urish tish va og‘iz bo‘shlig‘ining toza bo‘lishiga jiddiy e’tibor berishni taqozo etadi. Ma’lumki, og‘iz bo‘shlig‘i ovqat hazm qilish yo‘lining boshlang‘ich qismi hisoblanib, ko‘plab vazifalarni bajaradi. Biroq shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik natijasida og‘iz bo‘shlig‘iga ovqat mahsulotlari orqali turli mikroblar tushadi. Тishlarning kasallanishi esa o‘z navbatida boshqa ichki organlarning kasallanishiga sabab
bo‘ladi. Shuning uchun og‘iz bo‘shlig‘i, ayniqsa, tish holatiga e’tibor berib borish kerak. Sog‘lom kishining tishi zararlangan bo‘lmasa ham yiliga ikki – uch marta shifokor qabulida bo‘lish, agar tishda o‘zgarishlar boshlangan bo‘lsa o‘z vaqtida davolatishi lozim.
Badanni ifloslanishdan, mexanik shikastlanishdan umuman atrof- muhitning turli noqulay ta’siridan himoya qiladigan - insonning kiyim – kechagidir. Kiyim tor yoki sintetik matodan bo‘lishi tavsiya etilmaydi, aksincha organizm uchun qulay, issiqlik o‘tkazmaslik va havoni o‘tkazishi hamda tozaligiga e’tibor qaratilishi kerak bo‘ladi.
Poyabzal oyoqni turli shikastlanishlardan va ifloslanishlardan saqlaydi. Poyabzal o‘zining razmeri va tikilishiga ko‘ra oyoq kaftining rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak. Oyoqqa tor bo‘ladigan poyabzal uzoq vaqt kiyilganda oyoq kaftining anatomik va funksional buzilishi kuzatiladi. Shu bois bu borada poyabzalning oyoq razmeriga mos bo‘lishi va tozalikka rioya qilinishi tavsiya qilinadi.
Sog‘lom turmush tarzi omillaridan biri – atrof-muhit gigiyena talablariga rioya qilishdir. Bu mavzuda so‘z yuritilganda, yer usti va yer osti boyliklari, suv, havo, o‘rmonlar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolarning inson hayotidagi ahamiyatini ko‘rsatmasdan ilojimiz yo‘q.