kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья: ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НОВЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ ПРЕДМЕТА КЛЕТОЧНЫХ ОСНОВ ЖИЗНИ

Нажмите, чтобы узнать подробности

Была  тщательно проанализирована научная литература и доказаны преимущества  наиболее удобного и эффективного метода на экспериментальных занятиях.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья: ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НОВЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ ПРЕДМЕТА КЛЕТОЧНЫХ ОСНОВ ЖИЗНИ»

ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НОВЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ ПРЕДМЕТА КЛЕТОЧНЫХ ОСНОВ ЖИЗНИ

HAYOTNING HUJAYRAVIY ASOSLARI MAVZUSINI O’QITISHDA PEDOGOGIK TEXNOLAGIYALARDAN FOYDALANISH

Кулдошева Дилноз Рауповна

Была тщательно проанализирована научная литература и доказаны преимущества наиболее удобного и эффективного метода на экспериментальных занятиях.



Hujayrani o’rganish mikroskop yaratilishi bilan bevosita bog’liq bo’lib, 1665-yilda R.Guk o’zi yaratgan mikroskopda po’kak kesmasini o’rganib, u yupqa devorli mayda katakchalardan iborat ekanligini ko’rdi va bu katakchalarni Sellula –hujayra deb nomlanadi .Bu yangilik mikroskopik tekshuruvlar rivojlanishiga kata turtki bo’ldi .Italiyalik olim M.Malpigi va ingiliz olim N.Gryu o’simliklar hujayraviy tuzilishga ega ekanligini o’rganadilar . Golland olim A.Levenguk esa hayvonlarda infuzoriya va baqa eritrotsitlarni o’rgandi. Dastlabki tadqiqotchilar hujayrani, faqat hujayra devoridan iborat deb tushundilar. Chexolim Ya.Purkine 1830 –yilda birinchi bo’lib hujayra protplazmasini aniqladi, ingliz botanigi R.Broun esa 1831-yilda yadroni topdi. Natijada hujayra 3 ta tarkibiy qism: hujayra devori, protplazma va yadrodan iboratligi tastiqladi. XIX asrning 30-yillariga kelib organizmlarning hujayraviy tuzilishi haqidagi ma’lumotlar ko’plab to’planadi.

Nemis olimlari T.Shvann va M.Shleyden esa bu ma’lumotlarni umumlashtirib, 1839-yili hujayra nazariyasini yaratdilar. Hujayra nazaryasining keyingi rivojlanishi nemis patologi R.Virxov ishlari bilan bog’liq, u har bir hujayraning hujayradan kelib chiqqanligini bayon qildi. R.Virxovning “Har bir hujayra mavjud hujayradan kelib chiqadi” degan tushunchasi tiriklikning uzluksz mavjudligini tan olinishi, hujayraning tuzilishi va bo’linishini yanada chuqur o’rganishni taqozo etdi. 1879 –yilda Boveri va Fleming ona hujayradan metoz yo’li bilan ikkita urg’ochi hujayrasi hosil bo’lishi jarayonida – yadroda ro’y beradigan o’zgarishlarni ko’rsatib berdi. Veysman esa 1887- yilda gametalar –jinsiy hujayralarning ko’payishida meyoz bo’linishi ro’y berishini ko’satdi. 1958-yilda Virxovning ”Sellyulyar patalogiya“ kitobi chiqdi, bunda u patologik jarayonlar hujayrada bo’ladigan o’zgarishlar bilan bog’liqligini ko’rsatdi.

Hujayra markazi – sentrasoma tuban o’simliklar “zanburug” va hujayrasiga xos bo’lgan ikkita markazda va sentrosferadan iborat membranasiz organoid u birinchi marta 1875 –yilda Flemming tomonidan ochilgan. Hujayraviy nafas olish jarayonida mitoxondriyalar ozuqa moddalarini kimyoviy bog’lar energiyasiga aylantiradi. Bu birinchi marta 1894-yilda R.Altman tomonidan tushuntirilgan [3].

Hujayra sitoplazma va yadrodan iborat bo’lib, har bir hujayra plazmatik membrana plazmolemma bilan o’ralgan. Sitoplazmada gialoplazma sitoplazma shirasi organoidlar va kiritmalarga bolinadi. Ko’pchilik eukariot hujayralaring diametri 10-100 mkn bo’ladi.

Hujayraning shakli va kattaligi ko’p jihatdan bajaradigan funksiyasiga bog’liq (masalan: tuxum hujayra o’zida oziq modda to’plash hisobiga o’lchami yirik bo’ladi). Hujayraning o’lchami organizm kattaliga bog’liq emas yaxlit organizm va organning kattaligi undagi hujayralar soniga bog’liq.

Hujayralarning bajaradigan vazifalarni turli tuman bo’linishi bilan birga ularning shakli va o’lchamlari xam turlichadir. Masalan, muskul hujayralari – disksimon qoplovchi, to’qima hujayralari ko’p qirrali va yassi, nerv hujayralari yumaloq yoki oval shaklida bo’lishi mumkun.

Hujayra tiriklikning tuzilishi, funksional rivojlanish birligi. Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan, hayotiy jarayonlar hujayrada amalga oshadi. Shuning uchun ham hujayra hayotning tuzilish, funksional, rivojlanish va irsiy birligidir. Shu bilan birga hujayra o‘ziga xos xususiyatlarga ega ma’lum qonuniyatlar asosida mavjud bo‘lgan biologik sistemadir. Hayotning tuzilish birligi sifatida hujayra biomolekulalardan tashkil topgan tizim sanaladi. Hujayraning tizim sifatidagi xususiyatlari ko‘p jihatdan molekula darajasiga, ya’ni uning komponentlari va shu komponentlarning faoliyatida aks etadi. DNK molekulasi hujayra oqsillari sintezi jarayonlarining boshqarilishini belgilovchi genetik kodni saqlaydi. Hujayraning asosiy membranali tuzilmalari lipid va oqsil molekulalardan tashkil topgan.

Molekulyar darajada DNK reduplikatsiya jarayoni mexanizmlari aks etsa, hayotning hujayra darajasida bu jarayon hujayraning faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi. Hayotning hujayra darajasi kimyoviy birikmalarning komplekslari, plazmatik membrana, organoidlar, yadro kabi tarkibiy qism (komponent)lardan iborat. Hujayraning yaxlit tizim sifatidagi xususiyatlarini bu komponentlarning o‘zaro munosabatlari belgilaydi.

Biologiya evolutsiya jarayonida ilk bor hujayra darajasiga xos xususiyatlar hujayra metabolizmi, genetik axborotning hujayradan hujayraga berilishi kabi xususiyatlar paydo bo‘lgan. Yerda hayot paydo bo‘lishi aynan hujayraning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

Hayotning hujayra darajasida DNK va RNKning biologik funksiyalari, matritsali sintez reaksiyalari, hujayra hayotiy jarayonlarining fermentativ boshqarilishi kabi muhim hodisalar sodir bo‘ladi. Hujayra darajasidan boshlab genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazish orqali avlodlar davomiyligi va hayotning uzluksizligi ta’minlanadi.

Evolutsiya natijasida hujayralarning ixtisoslashuvi tufayli bir-biridan shakli, jarayonlari, funksiyalari bilan farqlanadigan xilma-xil hujayralar kelib chiqqan. Bu esa o‘z navbatida to‘qima va organlarning paydo bo‘lishi va pirovardida mustaqil hayot kechiradigan yaxlit tizim, ya’ni ko‘p hujayrali organizmlarning kelib chiqishiga olib keldi. Shuning uchun ham hujayra tiriklikning eng kichik tuzilish va funksional birligi hisoblanadi.

Tibbiy biologiya fanini o’qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan “Klaster” “Ven diagrammasi” va “Atamalar zanjiri” kabi texnologiyalardan foydalanish zarur. Klasterdan foydalanishda sinf o‟quvchilarini teng sonli guruhlarga bo‟linadi, o‟zlari klaster tuzib himoya qilinadi hamda eng yaxshi klaster tuzgan va yaxshi ta‟riflagan guruh g„olib deb aniqlanadi [3]. Venn diagrammasi fakt tushunchalarni tahlil qilish ,sintezlash ,taqqoslash ishlari olib boriladi. Atamalar zanjiri bu darslikdagi atamalar ro’yxati va ularning ta‟riflari haqidagi texnalogiya.Bu texnalogiyada o’quvchilar guruhlarga bo’linadi O’quvchilar atamalarga ta‟rif berishlari yoki ta’riflar orqali atamalarni topishi kerak bo‟ladi. Bu usul xotirani mustahkamlashda foyda bo‟ladi. Biologiyani o’qitishning eng samarali usullaridan biri axborot texnalogiyalaridan foydalanishdir. Bularning vazifalari: Ta‟limiy vazifasi – bu o’rganilayotgan mavzuni tushunchalar va ularning izohlari jadvallar, diagramma ,asosiy qo’shimcha materiallar yordamida tushunishiga yordam beradi. Ko’rgazmalilik vazifasi –animatsiyalar o’quvchilar tomonidan biologiyaviy jarayonlarni harakat va dinamik tasvirlash imkoni mavjud . Nazorat vazifasi – o’quvchining qay darajada o’zlashtirgani, baholash tizimi haqqoniy bo’lishiga zamin yaratadi. Rivojlantiruvchi vazifasi –vazifalar qiyinlik darajisidagi tartibda qo’yilib o’quvchining bilmaganlarini izlab o’rganishiga o’tilgan mavzularni mustahkamlashga zamin yaratadi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Кулдошева Дилноз Рауповна

Дата: 16.02.2024

Номер свидетельства: 645769


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства