kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья: Сведения о строении костей в трудах Абу Али ибн Сины

Нажмите, чтобы узнать подробности

Абу Али ибн Сина, описывая черепной отдел анатомии человека, четко описал его строение, объяснил их форму и функции. Обучение разделению костей черепа на части лица и головного мозга сохранилось в таком виде и в действующих образовательных программах.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья: Сведения о строении костей в трудах Абу Али ибн Сины»

Сведения о строении костей в трудах Абу Али ибн Сины

Abu Ali ibn Sino asarlarida suyaklarining tuzilishi haqida ma’lumotlar

Жумаева Хилола Халиловна

Абу Али ибн Сина, описывая черепной отдел анатомии человека, четко описал его строение, объяснил их форму и функции. Обучение разделению костей черепа на части лица и головного мозга сохранилось в таком виде и в действующих образовательных программах.

Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asosiy merosi „Tib qonunlari» bo`lib, bu kitob o`sha davrgacha tabobat borasidagi eng mukammal qo`llanma hisoblanadi. Bu ensiklopedik kitobda tibbiyotning barcha sohalari (anatomiya, fiziologiya, kasalliklar sababi, kasallikning belgilari, ularni aniqlash, davolash va h. k.) bo`yicha ilmiy izlanishlar yoritilgan. „Tib qonunlari» taxminan eramizning 101224-yillarida yozilgan deb hisoblanadi. Ibn Sino o`z asarini yozib tamomlaganidan keyin 150 yil o`tgach, Gerard Kremonskiy (1114-1187) uni birinchi marta lotin tiliga tarjima qiladi. Bu tarjima asl nusxadagi mazmun va ifodani o`zida to`la saqlab qola olmagan bo`lsa-da, taxminan 7 asr davomida g`arb mamlakatlarida tibbiy bilimlarning birdan-bir qo`llanmasi sifatida xizmat qildi.

O`zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti tomonidan 1958-1964- yillarda „Tib qonunlari»ning besh tomli kitobi o`zbek va rus tillarida birinchi bor nashr etildi. Ibn Sino tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan ushbu asar o`zbek va rus tillarida 1981-1983- yillarda qayta nashr qilindi.

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, buyuk yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino asarlari qayta tirildi desak mubolag`a bo`lmas. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining „Ibn Sino xalqaro jamg`armasini qo`llab-qo`vvatlash to`g`risida»gi 1999- yil 6- yanvardagi farmoni, hamda Respublika Sog`liqni Saqlash Vazirligining 1999- yil 23- apreldagi buyrug`i, bunga yana bir yorqin misoldir.

Yana bir muhim tadbir - tibbiyot oliy o`quv yurtlarida o`qitilayotgan fanlar bo`yicha o`quv dasturlariga Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fani bo`yicha qilgan ishlariga tegishli ma’lumotlar kiritilib, buyuk vatandoshimizning ta’limotini talabalarga yetkazish va muntazam o`qitishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, bu borada talabalar, shifokorlar va qolaversa butun xalqimizga jahon tanigan va tan olgan buyuk olim, taniqli jamoat arbobi, mehribon ustoz va ajoyib insonning merosini keng targ`ib qilishdir.

Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining kalla suyaklari bo`limi haqida yozar ekan, uning tuzilishini aniq tasvirlab, ularning shakli va vazifalarini keng yoritib bergan. Kalla suyaklarini yuz va miya qismlariga ajratib o`rganish hozirgi o`quv dasturlarida ham shu shaklda saqlanib qolgan. Kalla suyaklarining yuz qismi suyaklari tuzilishini aniq ko`rsatib, ularning shakli va vazifalari keng yoritilgan. Burun suyaklarini alohida ekanligini ta’kidlagan (A.Vezaliy esa burun suyagi yuqori jag` bilan bir va u 6 ta suyakdan iborat deb hisoblagan). Kalla suyaklari haqida Abu Ali ibn Sino yozgan jumlalarni o`qiganda beixtiyor bu narsalar hozirgi tibbiyot oliygohlarida talabalar o`qiyotgan kitoblarga mos kelishini ko`rib odam hayratlanadi.

Quyi jag`ga kelsak, uning suyaklarining surati, foydalari ma’lum. U iyak ostida harakatsiz bo`g`in orqali qo`shiladigan ikki suyakdan iborat. Ikkovining boshqa ikki uchida egilgan balandlik (o`siq) bor. U balandlik chakka suyagidan chiqib, o`shayerda tamom bo`luvchi (o`sha balandlikka) moslangan o`siq bilan qo`shiladi. Pastki jag` suyaklari o`z tutashgan joylarida boylam bilan birikkandirlar.(„Tib qonunlari». 1-j, 48- b.).

Abu Ali ibn Sino kalla suyaklari haqida. Kalla suyaklarining miya qismi suyaklari shakli hamda vazifalari Ibn Sino tomonidan juda tushunarli va sodda qilib yozilgan. Ponasimon suyak tuzilishini aniq tasvirlab, u kallaning asosini tashkil etishini o`sha vaqtlarda yozib qoldirgan. Tepa suyagi miyaga og`ir bo`lmasligi uchun eng yengil deb hisoblagan. Ming yil avvalgi Abu Ali ibn Sinoning qarashlari hozirgi zamon adabiyotlaridagi kalla suyaklari tuzilishi va ularning tasnifiga to`liq mos keladi. “Lomsimon» (til osti) suyakning anatomik ta’rifi juda sodda va tushunarli qilib berilgan. Peshona suyagi tuzilishi haqida yozar ekan, bu suyakning tuzilishi, kalla qutisining oldingi devorini hosil qilishi va anatomik tuzilishi sodda hamda aniq berilgan.

G’alvirsimon suyakning topografiyasi Ibn Sino tomonidan juda aniq ko`rsatilgan. Chakka suyagining anatomik tuzilishi ham aniq berilib, undagi bigizsimon o`simta va tosh qismlari ahamiyati keng yoritilgan. Bu suyakning ichida eshitish a’zosining boshlang`ich qismi joylashuvi aniq va tushunarli qilib yoritilgan.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья: Сведения о строении костей в трудах Абу Али ибн Сины

Автор: Жумаева Хилола Халиловна

Дата: 19.01.2024

Номер свидетельства: 644240


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства