Просмотр содержимого документа
«Научная статья: РАЗВИТИЕ МЕДИКО-БИОЛОГИЧЕСКИХ НАУК»
РАЗВИТИЕ МЕДИКО-БИОЛОГИЧЕСКИХ НАУК
TIBBIY-BIOLOGIK FANLARNING RIVOJLANISHI
Абдуллаев Сардор Бахриддин угли
Биокиме фани укитувчиси
БУХАРСКИЙ ТЕХНИКУМ ОБЩЕСТВЕННОГО
ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНО, УЗБЕКИСТАН
Tibbiyot, tabobat – kishilar sog’ligini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmuidir.
Tibbiyot tibbiy-biologik, klinik, tibbiy-ijtimoiy va gigienik fanlarga bo’linadi. Tibbiy-biologik fanlarga: odam tanasining tuzilishini o’rganadigan anatomiya, gistologiya va tsitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo bo’lishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funktsional o’zgarishlarni o’rganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologik fiziologiya; organizmga dorilar tahsirini o’rganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqalar kiradi. Tibbiyot tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo) va ijtimoiy fanlar hamda texnika bilan chambarchas bog’langan. Tibbiyotning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga ko’tarilishida qadimgi Misr, Bobil tibbiyoti, Gippokrat va Galenning muhim o’rni bor. Gippokrat kasalliklarni aniqlash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning tahsirini o’rganish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining o’ziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shug’ullangan. Galen esa birinchi bo’lib organizmdagi a’zo va tizimlarning tuzilishi hamda faoliyatlarini, asosan, hayvon (maymun)lar organizmida tajriba qilib o’rgangan. Uning anatomiya va fiziologiyaga doir asarlari to 16-asrgacha tibbiyotning asosi bo’lib xizmat qildi.
O’rta Osiyo va umuman SHarqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. SHu davrda yunon, sanskrit va boshqa qadimiy SHarq tillarida yozilgan tibbiyotga doir asarlarning ko’pchiligi, jumladan, Aristotelg’, Dioskorid va Galenning dorishunolikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. SHarqda Abu Hanifa Dinavoriy (815 y. tug’ilgan) «Kitob fi-n-nabot» («O’simliklar haqida kitob»)ni yaratib, unda 482 xil o’simlikning dorilik hususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as-saydana fi-t-tib» («Tibbiyotda dorishunoslik») asari o’sha davr tibbiyotining eng katta yutug’i hisoblanib, O’rta Osiyoda dorishunoslik ilmi – saydanaga asos bo’ldi. Abu Bakr ar-Roziyning tabobat sohasidagi asarlari
umumanjahon tibbiyotining rivojlanishi, boyishida g’oyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot entsiklopediyasi hisoblangan 25 jildli «Al-Jomih al-kabir va qad urifa bl-Hoviy» («Al-Hoviy nomi bilan tanilgan katta to’plam») asari shu davrgacha Garb va SHarq tibbiyot ida qadrli bo’lib keldi; 10 jildli «Tabobat kitobi» hamda «CHechak va qizamiq haqida»gi kitobi ham tibbiyotda mashhur edi.
O’rta asrda Abu Ali ibn Sino tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Uning «al Qonun fi-t-tib» (Tib qonunlari) asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qo’llanma bo’lib keldi. Bu asar tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiena va boshqalarni qamrab olgan. Isitma, o’lat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir ko’zga ko’rinmas jonivorlar qo’zg’atishi to’g’risida fikr yuritgan. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi va a’zolar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz shifokori V. Garvey qon aylanish tizimi haqida asar yaratib, tibbiyotda yangi bo’lim - fiziologiyaga poydevor qo’ydi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, necha asrlar davomida tibbiy-biologik fanlarning rivoji va erishgan yutuqlari, o’z o’rnida tibbiyotning rivoj topishiga, shu bilan birga inson salomatligini yanada mustahkamlashlashga xizmat qilib kelmoqda.