kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья: Психологические взгляды восточных мыслителей о развитии коммуникативных способностей при воспитании детей

Нажмите, чтобы узнать подробности

Профессия педагог — одна из весьма сложных профессий. Веками накопленная педагогическая теория, содержащая положения, идеи o том, как должно совершаться воспитание, зачастую не дает конкретных ответов на вопросы повседневной практики. Поэтому будущему учителю нужно учиться самостоятельно находить решения в различных педагогических ситуациях, формировать профессиональную компетентность

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья: Психологические взгляды восточных мыслителей о развитии коммуникативных способностей при воспитании детей»

Психологические взгляды восточных мыслителей о развитии коммуникативных способностей при воспитании детей

Sharq allomalarining bola tarbiyasiga xos kommunikativ

qobiliyatlar rivojlanishi to‘g‘risidagi psixologik qarashlari.

Каландарова Mухтарама Сафаровна


Sharq mutafakkirlarining merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o`rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada bola tarbiyasi masalalari va ularni hal etish yo`llari ko`rsatib berilgan.

Abu Nasr Farobiyning fikricha bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog’i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo`lmog’i lozim degan xulosaga kelgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari Abu Ali ibn Sino merosida yoritilganini ko`rishimiz mumkin. Beruniy ota-onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o`yinlar uyushtirishlari, ular bilan o`zaro suhbatlar o`tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Beruniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqidagi, shaxsning rivojlanish to`g`risidagi fikrlarining zamirida insonparvarlik g`oyasi yotadi. U har bir ota-ona o`z farzandlariga ana shu g`oyani singdirishi zarur degan xulosaga keladi.

Yusuf Xos Xojib “Qutadg`u bilig” asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. Ota-onalar nazoratda bo`lgan bolaning ma’suliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to`g`ri yo`l farzandlarining kelajakni, kamoloti uchun psixologiyasida muhimdir. Mirzo Ulug`bekning qarashlarida bolaning bilim olishga bo`lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o`rin tutadi. Kaykovus “Qobusnoma” pandnomasida o`z farzanding sening haqingda qanday bo`lishini istasang, sen ham ota-ona haqida shunday bo`lg`il deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mehr-oqibatli bo`lishga da’vat etadi. Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o`rin egallaydi. U o`zining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g`oya ekanligini ta’kidlaydi.

Ma’lumki, Imom al-Buxoriyning hadislarida ota-onaning farzandga munosabati haqida shunday deyiladi: “Tangridan qo’rqinglar va farzandlaringizga bir xil mehrda bo’linglar! (Ularga kiyim va taomlarni barobar taqsimlanglar)”. Yuqorida keltirilgan hadisdagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, oilada ota-ona farzandlariga bo’lgan munosabatda adolatli bo’lishi va ularning ko’ngli o’ksimasligi, shuningdek, ota-onaning iliq munosabatidan qoniqmaslik tuyg’usining paydo bo’lmasligi, aka-uka, opa-singillar orasidagi nizo hamda janjallarning oldini olish maqsadida ularga bir xil munosabatda bo’lish zarurligi bayon etilgan.

Abu Rayhon Muhammad bin Ahmad Al-Beruniyning (973-1051) oilada ota-ona va farzand tarbiyasi xususidagi fikrlari e’tiborga loyiqdir. Faylasuf, olim o’zining “Yodgorliklar”, “Kitob-as-Saydona”, “E’tiqodlar va dinlar haqida” va boshqa asarlarida odob, ahloq, nafosat, mehnat tarbiyasi, oila va oilada, ota’ona va farzand tarbiyasi xususida qimmatli fikrlarni bildirgan. Beruniyning oilada ahloq-odob tarbiyasini amalga oshirish va uning uslublarini takomillashtirish sohasidagi fikrlari juda diqqatga sazovordir.

“Beruniy ota-onalarga qarata bola xulqini mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishdan, qo’rqish vaxafalikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ular xohlagan hamdafoydali narsani topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligi uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarning paydo bo’lishi bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishiga ham olib keladi.

Aksincha, bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ulug’ alloma bola xulq-atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligining kelib chiqishini ilmiy asoslab beradi1”. Abu Rayhon Beruniyning yuqorida bayon etilgan ilmiy asoslarida ota-onalarning bolaga e’tiborli bo’lishlari yoki uning ehtiyojlari qondirilishi zarurligi, bolaga bo’lgan munosabatdagi qattiq talabchanlikning salbiy ta’siri, ota-ona esa bolani qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilishi, bolaning shaxsiga hurmat bilan qarab, uni yaxshi ko’rishi, ko’proq vaqtini bola bilan birga o’tkazishga harakat qilishi, uning qiziqishlari va rejalarini qo’llab-quvvatlashi zarurligi e’tirof etiladi. Aks holda, bolada xavotirlanish, jizzakilik, tushkunlik holatlarining paydo bo’lishiga va bu esa o’z-o’zidan undagi bilish jarayonlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, psixik hamda jismoniy rivojlanishdan orqada qolishga sabab bo’lib, uning shaxsi to’laqonli shakllanishiga salbiy ta’sir etishi ta’kidlanadi. Uning mazkur fikrlari bugungi kunga qadar o’z ahamiyatini ko’rsatmoqda.

Sharqda “Shayx ar-rays” nomi bilan mashhur bo’lgan buyuk olim Abu Ali Ibn

Sinoning “Tib qonunlari” va “Amaliy hikmat” asarlarida oila, ota-ona hamda bola

munosabatlariga oid qarashlari bayon etilgan, allomaning ilmiy qarashlaridagi o’ziga xoslik shundaki, u o’z asarlarida ota-ona bolaning jismoniy salomatligiga alohida e’tibor berishi lozimligini ilmiy asoslab bergan. Ibn Sino bolani havosi o’rta darajada, issiq va sovuq bo’lmagan uyda uxlatishni, bola uxlatiladigan uy soya va qorong’u bo’lmog’i kerakki, bu uyga quyoshning nuri tushmasligi, bola o’rinda yotganda uning boshi tanasining boshqa bo’laklaridan yuqorida turishi, bolaning yotar o’rni bo’yni, qo’l-oyoqlarini va umurtqa ustunini qiyshaytirib qo’yishidan saqlash lozimligini ta’kidlaydi. U ota-ona har bir bolaning jismoniy salomatligiga alohida e’tiborli bo’lishi lozimligini ta’kidlarkan, ota-onaning bolaga bo’lgan munosabatidagi mas’uliyatlilik, javobgarlik hissiga alohida urg’u beradi. Ota-onaning bola shaxsini hurmat qilishi, nihol misol bolani qo’pol so’zlarsiz parvarishlash lozimligi, haddan ziyod hayajonlantirish ruhiy nosog’lomlikka olib kelishi, ota-onaning vazifasi va xarakter xususiyatlari, ayniqsa, onaning munosabatlari qanday ko’rinishga ega bo’lishi zarurligi, oiladagi psixologik muhit ta’siriga e’tiborni qaratadi. Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida yozishicha: “Tarbiyachining diqqati bola xarakterini yaxshilashga, bolaga qattiq g’azab, qo’rquv, munosabatdagi og’ir tabiatlilik begona bo’lishiga, bola nimani xoxlashi va nimaga intilishi ko’rinib turishiga hamda uni oldida unga yoqmaydigan narsani qilmaslikka qaratilishi zarur. Buning yordamida ikki yoqlama foydaga erishiladi: birinchidan – bolada uning ilk bolalik davridan boshlab, kuchli ijobiy xarakter shakllanadi; ikkinchidan, bunday rivojlanish bolaning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi2”.

Sharqda shunday diniy “tasavvufiy asarlar ham mavjudki, ularda bolalarni ma’naviy” axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular ma’naviyatimiz tarixida munosib o’rinni egallaganlar.

Imom al-Buxoriy (810-870) bir o’rinda ota’ona farzandiga zulm qilsa ham farzandlari ularga yaxshilik qilaverishlari kerak, deb ta’kidlasa, boshqa bir o’rinda “Qaysi bir musulmon farzand savob umidi bilan ertalab ota’onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga jannatning ikkita eshigini ochadi. Oila va oilada bola tarbiyasi juda muhim. Farzandlaringizni izzat’ikrom qilish bilan birga ahloq-odobini yaxshilangiz.Bolalaringizni suzishga va o’q otishga o’rgatinglar, qiz farzandlaringiz uyda tikish, bichish ishlari bilan shug’ullangani yaxshi3”.

Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning (824-892) oila va oilada bola tarbiyasi o’rtasidagi “Ota-ona va farzand burchi”, “Ota-onani, oilani va qarindoshlarni hurmatlash” va hokazo kabi nodir hadislari bizgacha etib kelgan. At-Termiziy ham “Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odabini ham yaxshilangizlar, yoki, ota-onalaringizga qanday yaxshi muomalada bo’lsangiz, farzandlaringiz ham sizga shunday muomalada bo’ladi4” kabi hadislari bilan hadis ilmining rivojlanishiga juda katta hissa qo’shgan siymolardan biri hisoblanadi.

Agar ota-ona birdaniga chaqirib qolishsa, avval onaga javob qil, ota-onasi qarg’aganni tangri qarg’aydi. Kimning go’dagi yosh bo’lsa, uni go’daklarcha qiliq qilib erkalatsin. Hech bir ota-ona o’z farzandiga xulqu-odobdan buyukroq meros bera olmaydi, degan fikrlarni ilgari surgan5”.



1 Po'latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymonov J. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi. - T.: TDSHI, 2013. - B. 93.

2 Kozlova S.A., Maktabgacha pedagogika: Kurs kitobi - Moskva: Akademiya, 2006. - 416 p.

3 Al-Buxoriy, Hadis. T., Qomuslar bosh tahririyati –1991.

4 Hadislar-bolalarga ./G ‘oya muallifi: Ozod Sharafiddinov; Mas’ul muharrir:Ubaydulla Uvatov.-T.: Adolat,2004. -64 bet.


5 Inoyatov A. Imom Buxoriy va tafsir ilmi // Hidoyat. – Toshkent, 2020. – № 3. – B. 76-80. (24.00.00; № 2)


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Каландарова Mухтарама Сафаровна

Дата: 29.03.2024

Номер свидетельства: 648276


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Курсы ПК и ППК для учителей!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства