Биофизика — это наука, изучающая физические и физико-химические явления в живых организмах, структуру и свойства биополимеров, влияние различных физических факторов на живые системы.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья:НАУКА БИОФИЗИКА И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ»
BIOFIZIKA FANI VA UNING AHAMIYATI
Po’latov Husniddin Safarmurod o’g’li
Biofizika fani o’qituvchisi
Buxoro Abu Ali ibn Sino nomidagi
jamoat salomatligi texnikumi o’qituvchisi
НАУКА БИОФИЗИКА И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ
Пулатов Хусниддин Сафармурод угли
БУХАРСКИЙТЕХНИКУМОБЩЕСТВЕННОГО
ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНО, УЗБЕКИСТАН
Биофизика — это наука, изучающая физические и физико-химические явления в живых организмах, структуру и свойства биополимеров, влияние различных физических факторов на живые системы.
Bizning tevarak-atrofimiz, barcha narsalar, bizning o‘zimiz ham materiyaning bir bolagimiz, Keng ma’noda oladigan bo‘lsak materiya bu moddiy borliqdir. Boshqa tabiiy fanlar kabi «Biofizika» fanining ham maqsadi tirik tabiat va tirik organizmni o‘rganishdan iborat. Materiya doimo harakatdadir. Bu harakat oddiy ko‘chishdan tortib, tafakkurga qadar koinotda sodir bo‘ladigan hamma o'zgarishlar va jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Biologik harakat materiya harakatining oliy shaklidir, lekin oddiy harakatni qilmasdan turib oliy harakat mexanizmini bilib bo’lmaydi. O‘simlik va hayvonot olamida turli xil fizik va kimyoviy jarayonlar sodir bo’ladi. Ammo hayot harakatning oliy shakli sifatida unga har tomonlama yondashishni talab qiladi. Tabiat qonunlariga asoslangan holda, biologiya, fizika va kimyoning tutashish joyida yangi fan - «Biofizika» fani yuzaga keldi.
Biofizika - biologik tizimlardagi fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni va tirik organizmga turli omillarning ta’sirini obrganadi.Biofizikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin.Biofizika - fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni, biologik tizimlar ultrastrikturasini tashkil qilishning hamma sohalarini submolekulyar va molekulalardan to to'qima va to‘liq organizmgacha o‘rganadigan fandir.
Tirik organizmda sodir bo‘ladigan turli jarayonlarning murakkabligiga va o‘zaro bog‘liqligiga qaramasdan, ular ichidagi fizik jarayonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, qon aylanishi bu jarayon suyuqlikning oqimi (gidrodinamika), tomirlar bo‘ylab elastik to‘lqinlarning tarqalishi (akustika), yurakning ishi va quvvati (mexanika), biopotensiallar generatsiyasi (elektr), nafas olishda gaz harakati (aerodinamika), issiqlik uzatish (termodinamika), InigManish (fazoviy o‘tishlar) va hokazo bo‘limlarda o'rganiladi. Tirik organizmda fizik mikrojarayonlardan tashqari molekular jarayonlar ham sodir bo'ladi va ular biologik tizimlarning holatini belgilaydi. Shunday mikrojarayon larning fizikasini tushunish organizm holati, ba’zi bir kasalliklarning tabiatini anglash, dorilarning ta’sirini va shu kabilarni to ‘g‘ri baholash uchun zarurdir.
Kasalliklarga tashxis qo‘yish biologik tizimlarni tadqiq qilishning fizik usullari, tamoyillari va g‘oyalaridan foydalanishga asoslangan. Ko’pgina zamonaviy tibbiy asboblar tuzilishiga ko‘ra, fizik asboblardir, ulardan qon bosimini o‘lchash, organizm ichkarisidagi tovushlarni eshitish, ichki organlarning kasal yoki sog’igi haqida axborot olish, issiqlikdan kengayishga asoslangan termometrlar esa tibbiyotda keng tarqalgan tahlil qilish asboblaridir. Hozirgi davrda texnika va elektronikaning rivojlanishi tirik organizmda hosil bo‘ladigan kuchsiz biopotensiallarni yozib olishga imkon bermoqda. Masalan, EKG yurak biopotensiallarini yozib olishdir. Tola optikasiga asoslangan endoskoplar esa organizm ichki qismlarini ko'rishga imkon bermoqda. Spektral tahlil qilishdan
esa kriminalistika, gigiyena, farmakologiya va biologiyada foydalaniladi. Rentgen nuri yordamida tashxis qo‘yishda nishonlangan atom usullari ham keng qo‘llanilmoqda. Tibbiyot va veterinariyada turli davolash usullari ichida davolashning fizik omillari ham alohida o‘rin egallaydi. Masalan, suyak singanda gipslash, davolash maqsadida sovitish (krioterapiya), isitish yoki elektr yordamida isitish usullari, ultrabinafsha, infraqizil, rentgen, gam m a nurlar davolashda keng qo'llanilmoqda. Tibbiyot va veterinariyada ishlatilayotgan m ateriallar fizik xossalarini o‘rganish ham muhimdir, chunki bunday materiallar mavjud sharoitda ishlatilishini baholash uchun ular tayyorlangan materiallar fizik xossalarini o‘rganish kerak. Masalan, protezlar
tayyorlash uchun qo‘llanilayotgan materialning mexanik mustahkamligini, elastikligini, issiqlik o‘tkazish qobiliyatini, elektr o‘tkazuvchanlikni va boshqa xossalarni bilish muhimdir.Tirik organizm atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirlashgan holdagina yashashi mumkin. U muhitning harorat, namlik, havo bosimi va boshqa fizik xarakteristikalarining o‘zgarishlaridan keskin ta’sirlanadi. Tashqi muhit yordamida davolash ham mumkin. Masalan, klimatoterapiya va baroterapiya.