kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему: Воспитание гармонично развитого поколения в духе национальных ценностей

Нажмите, чтобы узнать подробности

В нынешний век глобализации все более актуальное значение приобретает вопрос надежного ограждения сознания молодежи от негативного воздействия «массовой культуры», различных идеологических и информационных нападок. Это, в свою очередь, возлагает большую ответственностью на пропагандистов духовности, представителей интеллигенции, учителей, представителей всех сфер, деятельность которых связана с воспитанием и образованием молодого поколения.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему: Воспитание гармонично развитого поколения в духе национальных ценностей»

Barkamol avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

Воспитание гармонично развитого поколения в духе национальных ценностей

Ашуров Эркин Гафурович

Бухарский медицинский колледж, Узбекистан

В нынешний век глобализации все более актуальное значение приобретает вопрос надежного ограждения сознания молодежи от негативного воздействия «массовой культуры», различных идеологических и информационных нападок. Это, в свою очередь, возлагает большую ответственностью на пропагандистов духовности, представителей интеллигенции, учителей, представителей всех сфер, деятельность которых связана с воспитанием и образованием молодого поколения.

Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash bo‘yicha jiddiy tadbirlarning amalga oshirilayotganligi ma’naviyatimizning tiklanishida juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, an’analar xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va ajdodlardan avlodlarga muqaddas meros sifatida o‘tib kelayotgan bebaho ma’naviy boylik hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchi bo‘lib qolyapti. An’analar barhayot bo‘lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari — yoshlar egallashi lozim. Ana’anaviy xalq bayramlarining tiklanishi o‘zbek madaniyati tarixida o‘ta muhim voqea bo‘lib qolmoqda. Chunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan madaniyatning yirik va muhim shakli hisoblanadi. Shu yo‘l bilan azaliy bayramlarning tiklanishi bilan xalq madaniyatining eng qimmatli tomonlarini jonlantirishga zamin yaratildi. Xalq an’analarining tiklanishi borasida so‘z borganda, yoshlar kamolotida muhim o‘rin tutadigan xalq o‘yinlariga alohida to‘xtalish lozim. Ajdodlarimizning eng qadimiy an’anaviy, ko‘pgina madaniyat shakllari — raqs, teatr va sportga xos marosimlar shu o‘yinlar zaminidan kelib chiqqan va tarixiy jarayonda avlod — ajdodlarimizning sog‘lomlashtiruvchi vositasi bo‘lib kelgan.

“Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu-saodati ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda… Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir

Shu jaryonda har bir shaxsda milliy ma’naviyatni, milliy ong, milliy shuur, milliy tuyg‘uni barkamollikka ko‘tarish omillari faollik jarayoniga ko‘chadi. Bu ulug‘vor maqsadlarni amalga oshirish uchun jamiyatimiz o‘zining real imkoniyatlariga ega. Avvalo, ozod va mustaqil Vatanda xalqni farovonlikka yetaklovchi va ma’lum ma’noda munosib turmushni kafolatlovchi shart- sharoitlar yaratildi. Davlatimizda fidoyi, ishchan, tashkilotchilik salohiyati baland malakali kuchlar ulg‘aydi. Ular siymosi, faoliyatida milliy ma’naviyatning barqaror mag‘zi, yaratuvchan kuchi mavjud. Milliy ma’naviyati barqaror shakllangan bunday kishilar o‘z xalqi, millati, vatani manfaatini har qanday sharoitda himoya qiladi, o‘z faoliyatida xalqimizning milliy ma’naviyatini namoyish eta oladigan, millatning salohiyatini, Vatan qadri, sha’ni, shuhratini ellararo, davlatlararo ko‘rsata biladigan insonlardir O‘quvchi-talabalarga milliy qadriyatlarni ta’limdan tashqari ishlar orqali singdirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim:

— yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish, hayot mazmunini tushunib olishiga ko‘maklashish, o‘z- o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish;

— o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;

— har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;

— insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga qarshi kurasha olish), muomala odobi kabi tarbiya vositalarini keng qo‘llash;

— odamlar bilan o‘zaro munosabat – muloqotni o‘rganish, o‘z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;

— turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish; — sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish;

— yoshlarimizni erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish.

Xulosa qilib aytganda, milliy ma’naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.


















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Ашуров Эркин Гафурович

Дата: 19.05.2020

Номер свидетельства: 550508

Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства