Научная статья на тему : ОРГАНИЗАЦИЯ АВАРИЙНО-СПАСАТЕЛЬНЫХ РАБОТ В ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ СИТУАЦИЯХ
Научная статья на тему : ОРГАНИЗАЦИЯ АВАРИЙНО-СПАСАТЕЛЬНЫХ РАБОТ В ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ СИТУАЦИЯХ
Аварийно-спасательные работы — это действия по спасению людей, материальных и культурных ценностей, защите природной среды в зоне чрезвычайных ситуаций, локализации чрезвычайных ситуаций и подавлению или доведению до минимально возможного уровня воздействия характерных для них опасных факторов.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему : ОРГАНИЗАЦИЯ АВАРИЙНО-СПАСАТЕЛЬНЫХ РАБОТ В ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ СИТУАЦИЯХ»
ОРГАНИЗАЦИЯ АВАРИЙНО-СПАСАТЕЛЬНЫХ РАБОТ В ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ СИТУАЦИЯХ
Зиедуллаев Б.М.
Бозоров С.Е.
Управление чрезвычайными ситуациямиПреподаватели Учебного центра безопасности жизнедеятельности
FAVQULODDA VAZIYATLAR SHAROITIDA AVARIYA-QUTQARUV ISHLARINI TASHKIL ETISH
Ziyodullayev B.M.
Bozorov S.E.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi,
Hayot faoliyati xavfsizligini o’qitish markazi o’qituvchilari
Favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki, har qanday favqulodda vaziyatlar sharoitida turli ko’rinishdagi va kattalikdagi xavfli holatlar kuzatildi va ular alohida harakat qilishni talab etadi.
Favqulodda vaziyatlar sharoitida hayotiy faoliyat xavfsizligini ta‘minlash bo’yicha vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun ularning yuzaga kelish sabablarini, shuningdek inson va uning turmush tarziga ta‘sirini bilish zarur.
Ma‘lumki, favqulodda vaziyatlar tabiiy, texnogen va ekologik turlarga bo’linadi. Belgilangan vaziyatga mos keladigan avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etishda ularning xususiyatlarini e‘tiborga olish zarur.
Har bir favqulodda vaziyat qutqarishning jismoniy mohiyatiga ega, faqat unga xos yuzaga kelish, harakatga keltiruvchi kuchi, rivojlanish xarakteriga, inson va uning turmush muhitiga ta‘sir sabablari va xususiyatlarini e‘tiborga olish zarur. Shundan kelib chiqqan holda barcha favqulodda vaziyatlarda avariya - qutqaruv ishlarini ularning tabiati va xossalariga oid turli xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning belgilariga qarab amalga oshirish tavsiya etiladi. Xususan, favqulodda vaziyatlar ularning kelib chiqish sabablariga qarab, rivojlanish sur‘ati, oqibatlarining nechog’lik bo’lishini inobatga olgan holda tarqalish ko’lamiga ko’ra, toifa tizimlari tuzilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, ma‘lumki, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish sabablariga ko’ra to‘rt sinfga ajratiladi, ya‘ni, tabiiy ofatlar, texnogen falokatlar, antropogen (ekologik) fojialar va ijtimoiy-siyosiy mojarolar.
Aniqlangan statistik ma‘lumotlar tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, har bir tabiiy favqulodda vaziyat uchun inson salomatligiga zararli ta‘sir ko’rsatuvchi o’ziga xos omillar bilan harakterlidir. Insonlar hammadan ko’p suv bosishlaridan (40 foiz), kuchli shamol va dovullardan (20 foiz), zilzila va qurg’oqchilikdan (15 foiz) jabr ko’radilar. Umumiy zararning 10 foizidan ko’pi qolgan turlariga to’g’ri keladi.
Texnogen fojia oqibatlari, harakteri, avariya turi, ko‘lamlari va avariya chiqqan korxona xususiyatlari, transport turi va avariya sodir bo’lgan holatga bog’liq. Shunday ekan, tegishli ishlarni amalga oshirishda shu bilan bog’liq omillarni albatta e‘tiborga olish talab etiladi.
Antropogen, ya‘ni, ekologik ofatlar – insonning xo‘jalik faoliyati ortida yuzaga keladigan aptropogen omillar ta‘siri ostida chaqirilgan va insonlar, hayvonot, o’simlik dunyosi, butun atrof – muhitga zararli ta‘sir yetkazuvchi biosferaning sifatli o’zgarishi. Atrof –muhitni inqirozga uchrashi urbanizatsiya rivojlanishi, insoniyat xo‘jalik faoliyati ko’lamlarini keskin kengayishi, tabiatga o’ylamasdan ehtimolchilik munosabatida bo’lish oqibatida kelib chiqadi.
Yuqorida qayd etilgan vaziyatlardan tashqari, bugungi kunda juda dolzarb vaziyatga aylangan ijtimoiy siyosiy mojarolar, mintaqaviy va global harbiy vaziyatlar, millatlararo ziddiyatlar sodir bo’lmoqda.
Shu bilan birga, oxirgi yillarda xavfli, zaharli va zararli moddalarning inson faoliyatiga ta‘siri, ayniqsa, radioaktivlarning keskinlashuvi, tavakkal omillar ta‘sirini kengayib borayotganligi, radioaktiv chiqindilar bilan zararlanish, taksik moddalar ta‘siri kabi holatlarni sodir bo’layotganligi bu borada olib borilayotgan ishlarni yanada yuksak darajaga ko’tarish lozimligini ko’rsatmoqda.
Favqulodda vaziyatlardan aholini qutqarish, uning samaradorligini oshirish, turli vaziyatlar sodir bo’lganda avariya-qutqaruv ishlarini sifatli tashkil etish bir qator dolzarb vazifalarni yechishni taqoza etadi:
- mamlakatning butun hududida mudafaa tadbirlarini belgilangan reja asosida yuqori saviyada tashkil etish;
- aholi va moddiy boyliklarni xavfsiz joylarga belgilangan muddatlarda evakuatsiya qilish;
- belgilangan chora tadbirlarni o’tkazish harakteri, hajmi va muddatini aniqlashda differensial yondoshuv;
Zamonaviy sharoitda favqulodda vaziyatlarda hayotiy faoliyat xavfsizligiga himoyalashning 3 ta asosiy usuliga rioya qilish tadbirlar mazmunini amalga oshirish yo’li bilan erishiladi :
- aholini xavfli va zararli omillarning noqulay ta‘sir tavakkali mavjud joylardan va hududlardan evakuatsiya qilish;
- aholi tomonidan individual himoya vositalari, tibbiy profilaktika vositalaridan foydalanish;
- jamoa himoya vositalaridan unumli foydalanish;
Favqulodda sharoitlarda aholi hayotiy xavfsizligini ta‘minlash uchun yuqorida qayd etilgan fikrlar bilan bir qatorda aholini harakatlarga o’qitish, zamonaviy xabar berish usullaridan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarining zararli, taksik va bakterial moddalar bilan zaharlanishini oldini olish; dozimetrik va laboratoriya nazorati usullaridan unumli foydalanish; sanitariya - gigiyena usullarini qo‘llash lozim.
Bu ishlarni samarali amalga oshirish talofatlar va iqtisodiy zararlarni kamaytishda asosiy vositalar hisoblanadi. Aniqlangan iqtisodiy zararlarning miqdori esa ko’p jihatdan ishlarning tashkil etilishi bilan bog’liq.