Научная статья на тему : ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Научная статья на тему : ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Инновационныеметоды – это новые, современные методы в работе педагога, которые являются эффективным средством развития познавательной, коммуникативной, личностной деятельности обучающихся.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Инновационныеметоды – это новые, современные методы в работе педагога, которые являются эффективным средством развития познавательной, коммуникативной, личностной деятельности обучающихся.
Demokratik islohotlar yo‘liga qadam qo‘ygan mutaqil O‘zbekiston Respublikasiga o‘qimishli, har tomonlama yetuk barkamol fuqarolar kerak. Aynan, “Shaxs” tushunchasi milliy ta’limning shakl va tamoyilida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, darsga zamonaviy talablar asosida yondashishni talb etadi.
Shaxsni tarbiyalash – “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o‘ta ma’sulyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o‘quvchilarni o‘qitishga yangicha yondashish, o‘qituvchilarni o‘z kasbiga va o‘zgalarga, yani ta’lim oluvchilarga talabchanlik bilan munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonining eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktabga davr talablari asosida yondashish, darga esa yangicha usullarining loyhasini tadbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.
Yangi pedagogik texnologiyaning avzalligi zamon sinovidan o‘tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o‘z isbotini topmoqda.
Amerikalik pedagoglar tomonidan taqdim etilgan adabiyotlarda «Notanish matnni “Insert” usuli yordamida o‘qish metodini ona tili va adabiyot darslarida qo‘llanilsa, samarali bo‘lishi nazarda tutiladi. Chunki har bir darsda o‘quvchilar yangi ma’lumotlar, manbalar va yangi shaxslar hayoti bilan tanishishlari kerak bo‘ladi.
O‘quvchi matnni oxirigacha o‘qib chiqib, hozir o‘qiganlaridan hech narsani mutlaqo eslab qolmasligi ko‘p o‘quvchilar uchun oddiy hol hisoblanadi. “Insert” usuli orqali o‘qish esa tushunib o‘qish, o‘qish jarayonida faol bilim olish imkonini beradi. Insert (belgi qo‘yib o‘qish) –o‘qish va yozishni samarali amalga oshirishda, o‘quvchilarda darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda, ayniqsa, qulay usul. Konspekt yozishning interfaol usuli. Unda belgilar quyidagicha bo‘lishi kerak: “V”—bilaman. “– “ – o‘ylaganimga zid, notanish. “+”–yangilik. “?” – tushunmadim, ya’ni qo‘shimcha ma’lumot kerak. “!” - hayratlandim.
Belgilangan matnni o‘qish jarayonida o‘quvchi o‘z bilimi va tushunchalariga 5 turdagi belgilarni qo‘yib borishi zarur. Muhokama qilish uchun quyidagi savollardan foydlanish mumkin:
1. Qanday bilimlar tasdiqlandi?
2. Qanday yangi axborot uchratdingiz?
3. Sizda qanday savollar tug‘ildi?
4. O‘qigan matndan nimani tushunmadingiz?
5. O‘qigan matndagi voqea, fakt yoki jarayonga o‘z munosabatingizni bildiring?
6. Bu ishga matnning katta kichikligiga qarab vaqt ajratish zarurmi?
Zamonaviy ta’lim tizimida didaktika jadal rivojlanib bormoqda. Ijtimoiy hayotning talablari o‘qitish faoliyatida amaliy dars ishlanmalarni tatbiq etuvchi yangicha yondashuvlarni, ta’lim texnologiyalarini taqozo qilmoqda. O‘quvchilarga yangi bilimlarni berish texnikasining asosiy maqsadi ham nazariyada, ham amaliyotda ularning bilim olish harakatlarini faollashtirishga qaratilganligidadir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi zamonaviy o‘qituvchilarning diqqat markazida o‘quvchilar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda bilim orttirishning muloqot yuritish shakliga qaratilganligida. Bunda ta’lim berish jarayonida qanday jihatlar e’tiborga olinishi lozim:
- ta’lim olish uchun ochiqlik, o‘quvchi-o‘quvchi hamkorligi hamda muloqot orqali munosabatlarning faollashuvi;
- o‘quvchilarda o‘z faoliyatini tahlil qilish va shaxsiy mas’uliyatini shakllantirish;
- turli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish va o‘z hayotida duch kelishi lozim bo‘lgan holatlarga amaliy tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirib borish;
- o‘z-o‘ziga ishonch, ma’lum voqelik haqida munosabat bildira olish, shuningdek xatoliklarga yo‘l qo‘ygan taqdida vaziyatni to‘g‘ri baholay olish kabilar.
Yuqorida keltirilgan jihatlar interfaol dars o‘tish metodikasida to‘liq amalga oshirilishi barchaga ayon.
Fikrimizni asoslash uchun 7-sinf adabiyot darsligiga kiritilgan Xayriddin Salohning “Yulduzlar afsonasi” asari va she’rlari (59-60-darslar)ni interfaol o‘qitish metodlaridan foydalanib o‘qitishni quyidagicha tavsiya qilamiz:
1. O‘quvchilarga she’riy matn beriladi va o‘qib tanishib chiqishlari uchun vaqt belgilanadi.
2. O‘quvchilar matnni o‘qishlari bilan birgalikda o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan “Insert”metodi talablari orqali faoliyat olib boradilar. Ya’ni bunda quyidagi belgilardan foydalanish tushuntiriladi. “V”-tanish ma’lumot, “+”- yangi ma’lumot; “-“ siz allaqachon bilganlaringiz, bilaman deb o‘ylaganlaringizga qarama-qarshi; “?” -Savol belgisi bu tushunarsiz, yoki siz ushbu masala bo‘yicha to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lmoqchisiz.
3. O‘quvchilar o‘z partadoshlari bilan yakka tartibda ishlab chiqqan she’riy matnni muhokama qilishlariga taxminan uch daqiqa vaqt ajratiladi.
4. Shundan so‘ng kichik guruhlar tashkil qilinishi va 10 qatordan she’riy misralar 4 ta guruhga berilishi tavsiya qilinadi va har bir guruh o‘zlari ishlab chiqqan “insert belgilari” orqali matnni tahlil qiladilar. Tahlil qilish jarayoni o‘quvchilarning bilganlaridan boshlanib, bilmagan, tushunmagan, anglashga qiynalgan fikrlarigacha yoki savollar tug‘ilgan jumlalarigacha qamrab olinishi zarur. Bunda ayrim so‘zlarning, atamalarning izohlari ham berilishi maqsadga muvofiq.
“Insert” metodidan foydalanish yo‘llari quyidagicha:
- Yangi material bilan tanishish, yangi ma’lumot olib nazariy jihatdan takomillashtirish;
- Yangi axborot bilan ishlash uni qayta ko‘rib chiqish; o Matnni tahlil qilish, mushohada yuritish.
“Galereya” metodi va uni amalga oshirish bosqichlari.
“Galereya” usuli kichik guruhlarda birdaniga bir nechta masalani muhokama qilish imkonini beradi. Bunda
guruhning har bir a’zosi barcha taklif etilgan masalalar muhokamasida ishtirok etishi va o‘z ulushini qo‘shishi mumkin.
1-qadam. Masalani qo‘yish. O‘qituvchi har bir guruhga ma’lum muammo yoki masalani beradi.
2-qadam. Har bir guruh o‘z masalasi ustida ishlash. Masalalar ustida ishlash kichik guruhlarda amalga
oshiriladi (odatda 5-10 daqiqa).
3-qadam. Kichik guruhlar qo‘shni guruhlar masalasi yechimini oxirigacha yyetkazibishga o‘tadi. Har bir
kichik guruh o‘z g‘oyalarini yozgan katta varaqni olmasdan doira bo‘ylab siljiydi.( Variant sifatida guruh siljishi o‘rniga doira bo‘ylab ishlangan g‘oyalar yozilgan katta varaqni uzatish mumkin. Bunda charxpalak metodining elementlaridan foydalaniladi)
4-qadam. Qo‘shni masalasi yechimini oxirigacha yyetkazibish.
- Har bir kichik guruh katta varaqqa yozilgan qo‘shni guruh g‘oyalarini o‘rganadi;
- Savol belgisi bilan rozi bo‘lmaganlarni belgilaydi;
- Qo‘shni masalasi yechimi bo‘yicha o‘z g‘oyalarini yozadi.
5 daqiqadan keyin guruhlar doira bo‘ylab keyingi kichik guruhga o‘tib, yana joylari bilan almashadi. Siljishlar soni kichik guruhlar (qo‘yilgan masalalar) soniga teng.
5-qadam. O‘z masalasiga qaytish. Masaladan masalaga doira bo‘yicha o‘tishlar har bir kichik guruh o‘zining dastlabki masalasiga qaytish bilan tugallanadi. Guruhlar katta varaqlarida yig‘ilgan g‘oyalarni o‘rganadilar.
6-qadam. Taqdimot va ish natijalari muhokamasi. Har bir guruhdan bir a’zo navbati bilan o‘zlarining qog‘oz varaqlarida yig‘ilgan natijalar/g‘oyalarni tushuntirish va sharhlar bilan taqdim etadi. Boshqa guruhlar ular taqdimot qilayotgan guruh varag‘iga yozgan g‘oyalarni tushuntiradilar va sharhlaydilar. Zarur hollarda g‘oyalar umumiy guruhda muhokama qilinishi mumkin. Shuningdek, har bir guruhdan bir ishtirokchi Git vazifasida ishtirok etishi va boshqa guruh vakillariga o‘z muammosining asosiy g‘oyasini tushuntirishi nazarda tutiladi.
Amaliy ish: Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishda “Galeriya” metodidan foydalanish mashqi.
1. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi.
2. Guruhlar o‘zlari uchun “Farhod va Shirin” dostoni sujetidan birini tanlaydi va shu yuzasidan ish olib boradi.