Научная статья на тему : ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ НА УРОКАХ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА И ЕГО ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ
Научная статья на тему : ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ НА УРОКАХ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА И ЕГО ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ
В статье описываются методы использования мультимедийных программ при изучении узбекского языка. Перечислены варианты компьютерных заданий для овладения устной и письменной речью.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему : ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ НА УРОКАХ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА И ЕГО ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ»
ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ НА УРОКАХ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА И ЕГО ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ
ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL TA’LIM VA UNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Хасанова Нодира Ахадовна
Бухарский колледж олимпийских резервов
Преподаватель родного языка и литературы
Annotatsiya: Maqolada ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo’llash va uning samaradorligi haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so’zlar: Metod, interfaol, o’yin, usul, besh daqiqa, so’zlar xazinasi.
Ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, uning mazmunini takomillashishiga oid qabul qilingan hukumat qarorlari, ta’limni hayot bilan bog‘lashni, o‘qitish samaradorligini oshirishni, har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashni nazarda tutadi. O‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash malakasi haqida gap ketganda, nafaqat ularda fikrlash qabiliyatini tarkib toptirish, balki kuzatuvchanlik, tasavvur qilish, bilim olish yo‘llarini egallash va ilm o‘rganishga qiziqtirish kabi jihatlar nazarda tutiladi.
Hozirgi kun ta’limining asosiy maqsadlaridan biri sifatida dars jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish orqali ularga bilim olish yo‘llarini o‘rgatish va o‘qitishdir. Interfaol metodlar shunday metodlarki, u o‘quvchi yoshlarning o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usul.
Interfaol usullardagi darslar o‘quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar echimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Interfaol ta’lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi .
Zamonaviy ta’limni tashkil etishda muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Bunday samaraga erishish uchun dars jarayonlarini interfaol metodlar orqali tashkil etish davr talabidir .
Zamonaviy ona tili fanidan ta’lim berish jarayonida turli interfaol o‘yinlardan foydalanish orqali o‘quvchilarni fanga qiziqishlarini orttirish talab etiladi. Ona tilimizning mohiyatini yaxshi anglab etgan o‘quvchi o‘zga xorij tillarini o‘zlashtirishi oson kechadi. Shu jihatlarni hisobga olib, fanni o‘yin mashg‘ulotlari texnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Ta’limiy o‘yinlardan, avvalo, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol- javoblardan
darsning ma’lum qismida foydalanish lozim. SHu tarzda testlar, boshqotirma, tez aytish kabi o‘yinlar muntazam o‘tkazib turilish lozim, bu albatta o‘quvchilarda ma’lum bir ko‘nikmalarni to‘planib borishiga asos bo‘ladi. Buning uchun o‘quvchilar ma’lum bir tayyorgarlik o‘tashlari, mustaqil o‘qishlari, ommaviy axborot vositalarini kuzatib borishlari taqozo etiladi. SHunga ko‘ra, o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan ko‘nikma va malakalar: tasvirlay olish, tushuntira bilish va oldindan ko‘ra olish hamda miyaning chap yarim sharini ham rivojlantirib, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi.
Ma’lumki, didaktik o‘yinlar mazmunan axloqiy, aqliy rivojlantiruvchi, ta’lim-tarbiyaviy sifatlarga ega bo‘lgan bilimlarni beradi. Bunday usullarni 5 sinf o‘quvchilari uchun ona tili darsi misolida ko‘rib chiqamiz.
Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi 4 chorakda o‘rganiladi. Shu bo‘limning «Ma’nodosh so‘zlar» mavzusini o‘rgatishda bolaning yoshi va psixologiyasini hisobga olib, quyidagi ta’lim metodlarini tavsiya etamiz.
“Besh daqiqa” o‘yini
Bu o‘yin usulida besh daqiqa mobaynida o‘quvchilar bir bo‘g‘inli so‘zlar
(masalan, bosh, qosh, tosh, non, ko‘z, so‘z va h.k)ni yozishlari kerak bo‘ladi. Albatta, o‘quvchining yozgan so‘zlarida aks etgan so‘zlarning miqdori va to‘g‘ri yozilganligi va topqirligi baholanadi. Mazkur o‘yin o‘quvchilarda tezkorlik, topqirlik va zukkolik, faollik xususiyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Umumta’lim maktablarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish orqali bugungi kun talabi darajasiga javoban dars o‘tishni taqozo etar ekan, shu talabdan kelib chiqib, “So‘zlar xazinasi” o‘yini asosida ma’nodosh so‘zlar o‘rganish bo‘yicha tavsiyamizni taklif etamiz:
“So‘zlar xazinasi” o‘yini
Bu o‘qitish usulida berilgan so‘zlarga ma’nodoshlarini topib,
joylashtirish talab etiladi. O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajarishi mumkin:
1. Yuz – bet, oraz, aft, bashara, turq;
2. Dunyo – yurt, o‘lka, ochun, dahr;
3. Ahil – totuv, inoq;
4. Hurmat – izzat, ehtirom;
5. Shirin – mazzali, totli, xushta’m, lazzatli;
6. Chiroyli – go‘zal, maftunkor.
“Asirga olish usuli”
Ushbu usul shartiga ko‘ra, o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi.
1 guruh so‘z aytadi. Raqib guruh esa uning ma’nodoshlarini topishi kerak
bo‘ladi. Qaysi o‘quvchi xato javob bersa, birinchi guruhning asiri bo‘ladi, aniqrog‘i guruh a’zosiga aylanadi. G‘olib 10 daqiqadan so‘ng, ularning “asirlari” soniga qarab aniqlanadi.
Demak, yuqoridagi usullar o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish hamda o‘tilgan mavzuni puxta o‘zlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, interfaol ta’lim o‘z-o‘zidan ta’lim sifatini kafolatlaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Golish L.V. Faol o‘qitish usullari: mazmun tanlash, amalga oshirish. Ekspress qo‘llanma. - Toshkent: 2016 - 38 b.
2. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Nihol, 2017.– 279 b.