kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья:ЛЕЧЕНИЕ ОСТРОГО БРОНХИТА У ДЕТЕЙ

Нажмите, чтобы узнать подробности

Лечение бронхита — сложный процесс, который занимает много времени. В любом случае необходима консультация квалифицированного врача, так как разные формы заболевания требуют применения специфических методов лечения. Варианты лечения различаются: этиотропное — устранение возбудителя (вируса или бактерии), симптоматическое лечение — облегчение симптомов, угрожающих жизни ребенка, и стационарное лечение обструктивного бронхита и бронхиолита.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья:ЛЕЧЕНИЕ ОСТРОГО БРОНХИТА У ДЕТЕЙ»

BOLALARDA OʻTKIR BRONXIT KASALLIKLARI



ЛЕЧЕНИЕ ОСТРОГО БРОНХИТА У ДЕТЕЙ

Рузиева Ирода Гиясовна


БУХАРСКИЙ ТЕХНИКУМ ОБЩЕСТВЕННОГО ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНО, УЗБЕКИСТАН



Bronxitni davolash – uzoq muddat davom etuvchi qiyin jarayondir. Har qanday holatda ham malakali shifokor tavsiyalari kerak boʻladi, chunki kasallikning turli koʻrinishlarida oʻziga xos davo muolajalaridan foydalanishga toʻgʻri keladi. Davo muolajalari ham oʻz navbatida har xil boʻladi: etiotrop – kasallik keltirib chiqaruvchi omilni yoʻqotish (virus yoki bakteriya), simptomatik davo – bola hayotiga xavf soluvchi belgilarni bartaraf etish, obstruktiv bronxit va bronxiolit holatida shifoxonada davolanish taviya etiladi. Virus sababli kelib chiqqan bronxit odatda – etiotrop davolanmaydi. Ammo, gripp virusi qoʻzgʻatgan bronxit arbidol, relenza yok tamiflyu kabi preparatlardan foydalansa boʻladi. OʻRVI infeksiyasi rinovirus, adenovirus, paragripp virusi) chaqirgan bronxit etiotrop davosi mavjud emas, shu sababli kasallik koʻpincha simptomatik davolanadi. Baʼzi hollarda shifokor tomonidan – immun tizimi ishini kuchaytiruvchi vositalar buyurilishi mumkin. Ammo, bu kabi preparatlar qatʼiy ravishda shifokor tomonidan buyuriladi, chunki bu vositalarning nojoʻya taʼsirlari ham bor.

Bakterial bronxitda odatda antibiotiklar qoʻllaniladi. Antibiotik turi kasallikni keltirib chiqargan qoʻzgʻatuvchi turiga qarab tanlanadi. Antibiotiklarni oʻz boshimchalik bilan mustaqil ravishda qoʻllash mumkin emas, bronxitga sabab virus yoki allergik bronxitda antibiotiklarning hech qanday samarasi boʻlmaydi, aksincha organizmga salbiy taʼsir etishi mumkin. Bronxitni davolashda koʻpincha penitsillin va tetratsiklin guruhi antibiotiklari, makrolidlar, sefalosporinlar (amoksisillin, amoksiklav, eritromitsin) qoʻllanilishi mumkin. Kasallikning yengil koʻrinishlarida antibiotiklarning tabletka shakllari buyuriladi. Ogʻir koʻrinishdagi bronxit, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda kuzatilganda antibiotiklar parenteral yuboriladi.

Antibiotiklarning samarasi bolaning umumiy ahvoli yaxshilanishi, belgilarning kamayishi va tana harorati tushishi bilan namoyon boʻladi. Aksincha holatlarda antibiotik turi oʻzgartiriladi. Oʻtkir bronxitda antibiotik terapiya muddati 1 hafta va surunkali koʻrinishda 2 haftani tashkil etadi.

Allergik bronxitning etiologik davosi – bronxitga sabab boʻlayotgan allergenni organizmga taʼsirini cheklashdan iborat, masalan chang, hayvon yungi, oʻsimliklar, hasharotlar zahri, kimyoviy moddalar va boshqalar.

Bronxitning simptomatik davosi

Bolalarda oʻtkir bronxit davosida avvalo shilliq qavatlar yalligʻlanishi va yoʻtalni bartaraf etishi kerak. Shuni ham unutmaslik zarur – yoʻtal organizmning himoya mexanizmi hisoblanadi, yoʻtal orqali organizm yot jismlardan xalos boʻlishga harakat qiladi (virus, bakteriya, allergen yoki toksik modda boʻlishidan qatʼiy nazar). Shu sababli shilliq qavatlarda koʻplab shilliq ishlab chiqariladi va bu balgʻam koʻrinishida organizmdan chiqarilib yuboriladi. Yagona muammo shu balgʻamning juda yopishqoqligi va koʻchishi qiyinligida, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar oʻpkasi va bronxlari kuchsiz boʻlganligi sababli yoʻtal bilan balgʻamni ajrata olmaydilar.

Balgʻam koʻchishini osonlashtirish uchun mukolitiklar va balgʻam koʻchiruvchi preparatlardan foydalaniladi. Mukolitik vositalar (ASS, Ambrogeksal, Bromgeksin) balgʻamni yumshatadi va koʻchishini osonlashtiradi. Balgʻam koʻchiruvchi preparatlar (Askoril, Gerbion, Gedeliks, Prospan, Doktor Mom) yoʻtal vaqtida balgʻamning nafas yoʻllaridan koʻchishini osonlashtiradi. Bu kabi preparatlarning koʻpchiligi dorivor oʻsimliklar asosida tayyorlanadi.

Bundan tashqari, yoʻtalga qarshi baʼzi preparatlar bosh miyadagi yoʻtal markazini bloklab qoʻyish xususiyatiga ega. Bu kabi preparatlar uzoq muddat davom etuvchi quruq yoʻtal kuzatilganda buyuriladi. Quruq yoʻtal kasallikning boshlangʻich belgisi. Ammo, nam yoʻtal vaqtida balgʻam ajralishi kuzatiladigan vaqtda yoʻtal toʻxtatuvchi preparatlar qabul qilish mumkin emas. Chunki bu kabi vositalar yoʻtal markazini bloklab qoʻyadi va balgʻam ajralib chiqishiga imkon bermaydi.

Bronxlar boʻshligʻini kengaytiruvchi preparatlar (berodual, eufillin) bronx shoxlari spazmida qoʻllaniladi. Ular aerozol koʻrinishida ingalyatsiya qilish uchun yoki tabletka koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Yalligʻlanishga qarshi vosita sifatida ichimlik sodasi va tuzli ingalyatsiyalarni keltirish mumkin.

Haroratni tushiruvchi, ogʻriqsizlantiruvchi va nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar (parasetamol, ibuprofen va ularning analoglari) bolalarga faqatgina tana harorati 38-38,5 oC dan oshgan vaqtda berish tavsiya etiladi. 38 oC dan past holatlarda bolalarga bu kabi vositalar berish shart emas, organizm oʻzi mustaqil ravishda infeksiya bilan kurashayotgan boʻladi. Aspirin va analgin kabi preparatlarni bolalarda qoʻllash mumkin emas.

Kuchli yalligʻlanish holatlarida shifokor gormonal yalligʻlanishga qarshi vositalarni ham buyurishi mumkin. Bronxitning allergik koʻrinishida antigistamin preparatlarda foydalaniladi, ular shilliq qavatlar shishini kamaytiradi.

Nomedikamentoz davo

Bolalarda bronxitni faqatgina dori preparatlari yordamida davolash mumkin deb oʻylasangiz adashasiz. Kasallikni butunlay asoratlarsiz davolash uchun bir qator chora tadbirlarga rioya etish zarur.

Birinchi navbatda suyuqlik ichishni koʻpaytirish kerak – odatdagi hajmdan 2 marotaba koʻproq suyuqlik ichish tavsiya etiladi, chunki tana harorati koʻtarilganda organizm suvsizlanadi. Bundan tashqari, suyuqliklar organizmdan toksinlar chiqib ketishini taʼminlaydi.

Bolalarda obstruktiv bronxitda hansirash yuzaga chiqqan vaqtda oʻpkalar orqali suyuqlik ajralib chiqishi ortadi, bunday holatda ham regidratatsiya chora tadbirlaridan foydalanish kerak.

Suyuqlik iliq boʻlishi lozim, issiq yoki qaynoq emas. Kisel, mors, sharbatlar, choy, iliq sut va naʼmatak damlamasi foydali hisoblanadi.

Bolalarda bronxit kuzatilayotgan boʻlsa – ular yotoq tartibiga rioya etishlari zarur, ammo qatʼiy tartibda emas. Chunki bir holatda uzoq muddat boʻlish oʻpkada balgʻam turib qolishi va dimlanishiga sabab boʻladi. Bolakaylar vaqti-vaqti bilan harakatda boʻlishlari tavsiya etiladi. Agar bolakay koʻkrak yoshida boʻlsa, uning holatini oʻzgartirib turish kifoya. Bemor umumiy ahvoli yaxshilansa toza havoda biroz sayr qilish ham ancha foydali.

Yana bir muhim jihat, bola joylashgan xona harorati – juda past yoki juda yuqori boʻlmasligi kerak. Optimal diapozon – +18 oC va +22 oC hisoblanadi. Juda yuqori harorati havoni quritib yuboradi va namlik kamayadi, bu esa bronxlarda yalligʻlanish jarayonini kuchaytiradi. Xonaning optimal namligi 50-70 % hisoblanadi, shu sababli xonani tez-tez shamollatib turish maqsadga muvofiq boʻladi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья:ЛЕЧЕНИЕ ОСТРОГО БРОНХИТА У ДЕТЕЙ

Автор: Рузиева Ирода Гиясовна

Дата: 31.05.2024

Номер свидетельства: 651901


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства