Научная статья: ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НЕСТАНДАРТНЫХ ТЕСТОВ И ЗАДАНИЙ НА УРОКАХ АНАТОМИИ
Научная статья: ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НЕСТАНДАРТНЫХ ТЕСТОВ И ЗАДАНИЙ НА УРОКАХ АНАТОМИИ
Преподаватель, анализируя действия студента, акцентирует внимание на его корректных действиях, отмечая какие именно из них оказались наиболее успешными, но при этом обязательно показывает, на каком этапе и что именно может быть улучшено.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья: ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НЕСТАНДАРТНЫХ ТЕСТОВ И ЗАДАНИЙ НА УРОКАХ АНАТОМИИ»
ANATOMIYA DARSLARIDA NOSTANDART TEST VA TOPSHIRIQLARDAN FOYDALANISHNING AMALIY AHAMIYATI
JumayevaHilolaXalilovna
ПРАКТИЧЕСКАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НЕСТАНДАРТНЫХ ТЕСТОВ И ЗАДАНИЙ НА УРОКАХ АНАТОМИИ
Respublikamizda uzluksiz ta’limni joriy etish jarayonida ta’lim mazmuni yangilanib bormoqda, o‘quv dasturlari va o‘quv fanlari bo‘yicha DTS hamda malaka talablari modernizatsiyalanmoqda. Ushbu jarayon ta’lim–tarbiya jarayonining boshqa tarkibiy qismlari: o‘qitish metodlari, vositalari va shakllarini innovatsiya kiritish orqali modernizatsiyalashni talab etmoqda.
Bo‘lajak bitiruvchilarilarni yetuk mutaxassis bo‘lishi, ta’lim–tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga kо‘tarish, yosh avlodni yuqori malakali kadrlar bo‘lib tayyorlash uchun nafaqat sifatli darslik va о‘quv qо‘llanmalarni yozish, balki samarali о‘quv–uslubiy majmuaga asoslangan о‘qitish uslubini yaratish ham muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim–tarbiya jarayonida teskari aloqani amalga oshirish uchun, ya’ni olingan natijalarni tahlil etish uchun talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari va kompetensiyalarini nazorat qilish hamda o‘z–o‘zini nazorat qilish jarayoni yo‘lga qo‘yilishi lozim. Shuni qayd qilish lozimki, o‘quv kurslari bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun tayyorlangan test topshiriqlari shu kurs darsligidan olingan bo‘lib, ularning qiyinlik darajasi reproduktiv, ya’ni o‘quv materiali qayta ishlanmasdan, aqliy operatsiyalar bajarilmasdan, xotirada saqlangan ma’lumotlar asosida javob qaytariladigan test topshiriqlari sanaladi. Mazkur test topshiriqlari talabalarning o‘zlashtirgan bilimlarini yuzaki aniqlash imkonini beradi, bu holatda ta’lim samaradorligini aniqlash ancha mushkul.
Talabalar tomonidan ta’lim mazmunining barcha tarkibiy qismlarini o‘zlashtirish darajasini standart test topshiriqlari bilan bir qatorda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish mumkin.
Nostandart test topshiriqlarini tuzishda quyidagi talablar qo‘yiladi: test topshirig‘i mazmunining to‘g‘riligi; savolning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri tanlanishi, test topshirig‘i shaklini to‘g‘riligi; test topshirig‘ining savol va javob ining qisqaligi; test topshirig‘i elementlarining to‘g‘ri joylashganligi; test topshirig‘ining to‘g‘ri javoblarini bir xil baholanishi; talabalarga test topshirig‘ining bajarish bo‘yicha bir xil ko‘rsatma berilishi; ko‘rsatmalarning test topshirig‘i va mazmuniga mosligi. Biz quyida Odam anatomiyasi fanidan “Qo‘l va oyoq suyaklarining tuzilishi” mavzusi bo`yicha talabalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash va ularni baholash yuzasidan nostandart test topshiriqlaridan ba’zi namunalarini tavsiya etamiz:
3-test topshirig‘i . Quyida berilgan fikrlarning qaysilari to‘g‘ri? Javoblar jadvaliga “ha” yoki “yo‘q” so‘zlarini yozing.
A. Kurak suyagi yassi, uch qirrali bo‘lib, II-VII qovurg‘alar sohasida joylashadi. B. Chanoq suyagi faqat himoya vazifasini bajaradigan g‘ovak suyakdir.
V. Katta boldir suyagi - tibia deb ataladi.
G. Oyoq panjasi ikki guruh suyaklardan tashkil topadi.
D. Proksimal barmoqlar - phalanx proximalis deb ataladi.
J. Kichik boldir suyagi - fibula (grekcha - peronea) yassi shaklda.
Z.Qo‘l kaftidagi suyaklar-metacarpus naysimon suyaklar guruhiga kiradi.
Nostandart testlardаn fоydаlаnish quyidаgi ta’limiy аfzаlliklаrni beradi: -o‘qituvchining mаvzuni kengroq yoritib berish uchun yеtаrlichа imkoniyatlаr
-tаlаbаlаrning ushbu fаngа qiziqishlаrini muntаzаm rаvishdа оrtib bоrаdi;
-agar test nazorati axborot texnologiyalarida tashkil etilsa, kоmpyutеrlаr yordаmidа o‘rgаnilаdigаn bilimlаrning yuqоri dаrаjаdаgi ko‘rgаzmаliligi tа’minlаnаdi
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi rivojlanish davrida fan va ta’lim ham rivojlanib bormoqda. Shunday ekan ta’limni ham zamonaviy talab darajasiga olib chiqish zarur bo‘lmoqda. Mazkur ishlarni amalga oshirish barobarida talabalar bilimini nazorat qilishning ham yangi usullaridan foydalanishni taqozo qilmoqda. Dars mashg‘ulotida o‘quv maqsadlarini aniqlashda, talabalarning o‘quv maqsadlariga erishish darajasini nazorat qilish va baholashda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish, nazoratning haqqoniyligi, keng qamrovliligini ta’minlaydi.