kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья: ЭФФЕКТИВНЫЕ ФОРМЫ, МЕТОДЫ И СРЕДСТВА ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ШКОЛ, СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ НА ВОСПИТАНИЕ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ

Нажмите, чтобы узнать подробности

Современные тенденции социального развития ставят перед школой новые задачи, поскольку не только знание иностранных языков, компьютеризация, а особый – более свободный, более интеллектуальный и креативный образ мышления – будет являться залогом социального успеха каждого, а значит, залогом процветания нации.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья: ЭФФЕКТИВНЫЕ ФОРМЫ, МЕТОДЫ И СРЕДСТВА ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ШКОЛ, СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ НА ВОСПИТАНИЕ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ»

IQTIDORLI BOLALARNI O‘QITISHGA IXTISOSLASHGAN MAKTABLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING SAMARALI SHAKL, METOD VA VOSITALARI

ЭФФЕКТИВНЫЕ ФОРМЫ, МЕТОДЫ И СРЕДСТВА ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ШКОЛ, СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ НА ВОСПИТАНИЕ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ

Современные тенденции социального развития ставят перед школой новые задачи, поскольку не только знание иностранных языков, компьютеризация, а особый – более свободный, более интеллектуальный и креативный образ мышления – будет являться залогом социального успеха каждого, а значит, залогом процветания нации.

Djalalova Munavvar Baxtiyarovna

Darhaqiqat, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarga bag‘ishlangan 4.5-bandiga muvofiq bizning mamlakatimizda “... birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlan- tirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi”.

Darhaqiqat, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarga bag‘ishlangan 4.5-bandiga muvofiq bizning mamlakatimizda “... birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi”.

Bilimli, iqtidorli bola nafaqat o‘zining, balki xalq, millatning ham kelajagini belgilaydi. Iqtidorli yoshlar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablarida ham iqtidorli o‘quvchilarni izlash, aniqlash tartibi hamda ular bilan maqsadli ishlashning shakl va uslublari belgilab berilgan.

Sрu o‘rinda «Iqtidorli yoshlar kimlar?” degan savol paydo bo‘ladi. «Iqtidor» arabcha “qodir bo‘lmoq”, “qila olmoq», shaxsning ijodiy xususiyati va aqliy faoliyatini anglatadigan tushuncha, shuningdek, iqtidorli yoshlar maqsadga intilish, qat’iyatlilik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagining kuchliligi bilan ajralib turadilar. Iqtidorli o‘quvchilarni izlash, aniqlash va tarbiyalashning asosiy maqsadi respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual salohiyati bor yoshlarni tayyorlash, yordam berish, iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish hamda ulardagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar shaxsining rivojlanishi, ularning qiziqishlari, iqtidorlarini ro‘yobga chiqishi, mustaqil bilim olishlariga va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoit yaratish lozim. Sрuning uchun ham davlat iste’dodli yoshlarni alohida qo‘llab-quvvatlaydi. Ta’lim muassasalarining iqtidorli o‘quvchilari maxsus psixologik va pedagogik test o‘tkazish orqali aniqlanadi. Bunday o‘quvchilarni maqsadli hayotga yo‘llashda ta’lim muassaslarining vazifalari quyidagilardan iboratdir:

- iqtidorli o‘quvchilarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishi va qobi- liyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;

- malakali o‘qituvchilarni iqtidorli o‘quvchilar bilan individual (yakka tartibda) ishlashga safarbar qilish;

- ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy jamiyat ishlariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb etish;

- iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda maktabda iqtidorli o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar banki va ularni doimiy tashxislash monitoringini shakllantirish;

- ular bilan ishlashning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini aniqlash;

- oliy ta’lim muassasalari, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat yuri- tayotgan etuk mutaxassislar bilan hamkorlik qilish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari iqtidorli o‘quvchilarini aniqlash o‘qishning dastlabki kunlaridan va kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish jarayonida amalga oshiriladi.

Umumiy ta’lim maktablarida iqtidorli o‘quvchilarni maqsadli tayyorlash mazmuni quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:

– maqsadli dastur bo‘yicha yakka tartibda (individual) o‘qitish;

– chuqurlashtirilgan dastur bo‘yicha o‘qitish (fundamental fanlar, umumkasbiy fanlar);

– oliy ta’lim muassasalari, o‘rta max- sus kasb-hunar ta’limi va litsey talablariga asoslangan holda maktabda iqtidorli o‘quvchilarning kasbiy, o‘quv-ijodiy va tarbiyaviy tayyorgarligining qo‘shimcha yo‘nalishi va ta’lim xizmatlarini joriy etish.

Iqtidorli o‘quvchini maqsadli tayyorlash dasturlarida ular egallashi zarur bo‘lgan quyidagi omillar nazarda tutiladi:

– fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirish;

– kompyuter bilimdonligi hamda dasturlashtirishni chuqur bilish;

– chet tillaridan savodxonlik;

– ilmiy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida mustaqil fikrlash, yangi fikr-mulohazalarni bildira olish ko‘nikma va malakalarini egallash;

– soha bo‘yicha yangiliklarni tezkorlik bilan egallash;

– davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri tushunadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan, vatanparvar, barkamol inson sifatida o‘zini namoyon etish.

Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda ustoz-shogird an’anasiga qat’iy rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonga ilmiy rahbar sifatida o‘quvchilarni maqsadli tayyorlash dasturi bo‘yicha etarli bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar jalb etiladi. Bunday qobiliyatli o‘quvchilarga ilmiy rahbar etib ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega bo‘lgan o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bo‘yicha reytingi yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar tanlanadi.

Iqtidorli o‘quvchilarning ilmiy rahbarlari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

– iqtidorli o‘quvchilarni maqsadli tayyorlash dasturini yaratish va uni amalga oshirishga rahbarlik qilish;

– iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha etakchi xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalarni bilish va ularni o‘z faoliyatida qo‘llash;

– yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish;

– kompyuter texnologiyasi va video, audio-texnikalar, elektron darsliklarni keng qo‘llash;

– maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli o‘quvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli bolalar bilan ishlashni tashkil etish- ning o‘ziga xos tizimi mavjud bo‘lib, unda muassasada mavjud barcha sub’ektlar ishtirok etadi. Jumladan, maktab direktori va uning o‘rinbosarlari, uslubiy birlashmalar, sinf murrabbiysi, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari, ota-onalar hamda barcha o‘qituvchi-murabbiylar shular jumlasidandir. Mazkur sub’ektlarning iqtidorli bolalar bilan ishlashda o‘z vazifalari bo‘lib, ular yagona maqsadni amalga oshiradilar.

Ta’lim muassasalarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘limi yoki maktab «Kichik akademiyasi» tashkil etilishi mumkin, uning rahbarligiga salohiyatli direktor o‘rinbosari mas’ul etib tayinlanadi.

Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni sifatli tashkil etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktabi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

- iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma;

- iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning yillik rejasi va jadvali;

- yillik hisobotlar;

- iqtidorli o‘quvchilarga oid maktab direktori buyruqlari;

- uslubiy birlashmalar bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar ro‘yxati;

- o‘qituvchilarning iqtidorli o‘quvchilarga bergan tavsiyalari va unga ilova qilgan huj- jatlar va fotosuratlar, o‘quvchilarning yaratayotgan ishlari va maketlari;

- konferensiyalar, fan olimpiadalari, «Bilimlar bellashuvi», tanlov, musobaqalar o‘tkazilishiga oid hujjatlar.



















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Джалалова Мунаввар Бахтияровна

Дата: 21.05.2024

Номер свидетельства: 651092


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства