kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья : Достижение эффективности кейс-технологий в начальных классах

Нажмите, чтобы узнать подробности

Внедрение кейс-технологии показало высокую эффективность при работе с СОВРЕМЕННЫМИ учениками, повысило их заинтересованность в изучении, повышению успеваемости в начальной школе, развитию аналитических способностей.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Достижение эффективности кейс-технологий в начальных классах»

Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga erishish.

Достижение эффективности кейс-технологий в начальных классах

Симирова Насиба Ахатовна

52-средняя школа Бухарского района Бухарской области, Узбекистан

Внедрение кейс-технологии показало высокую эффективность при работе с СОВРЕМЕННЫМИ учениками, повысило их заинтересованность в изучении, повышению успеваемости в начальной школе, развитию аналитических способностей.


O’qish darslarida "Kеys" tеxnologiyasidan foydalanish yo’llari.

Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o'z zimmasiga olmog'i talab etiladi. Bugungi kundaturli tipdagi ta'lim muassasalarida amalgam oshirilayotgan ta'limning o'rni va darajasini aniqlashga yo'naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta'lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta'lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta'lim natijalarining jamiyat hayotiga ko'rsatadigan ta'sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo'la oladi. Demak, shundagina o'quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o'quv-metodik majmualar tajriba- sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta'lim jara­yonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta'lim natijasining sifat ko'rsatkichlari, ta'lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta'lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta'limning taraqqiyotiga to'sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo'naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalari­ning samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O'tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog'liq tarzda o'quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo'llanmalar, didaktik ishlanmalar yaratilishi va tajriba-sinov

jarayoniga taqdini etilishi zarur. Agar o'quv dasturi tajribadan o'tkazilayotgan bo'lsa. kuzatilayotgan ta'lim jarayonini, ya'ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko'rgazmali qurollar, o'quv qo'llanmalari bilan ta'minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e'tibor o'qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo'llaganligiga emas, balki o'quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o'quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi. tajriba-sinov jara­yoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko'lamli tajriba-sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshirilishi kerak.

Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida pedagogik prognostika o'zining aniq belgilab olingan maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiq etayotgan muammolarning mantiqiy asoslari, rivojlanish qonuniyatlari, o'zining tayanch metodologiyasiga ega bo'lgan pedagogika fanining muhim tarmog'i sifatida namoyon bo'ladi. Peda­gogik prognostika ilmning ustuvor sohasi sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta'lim tizimini yangidan- yangi pedagogik nazariyalar negizida vujudga kelgan ta'lim modellari va texnologiyalari bilan qurollantirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo'naltirilgandir.

Pedagogik prognostika o'quvchi shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ta'lim texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan muayyan ta'lim texnologiyalari doirasida o'quvchi-talabalarga turli darajadagi tushunchalarni hamda mujassamlashgan bilimlarni taqdim etish yo'llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o'quvchi hamda o'qituvchining jonli faoliyat ko'rsatishini ta'niinlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog'i lozim.

Ta'lim jarayoniga tatbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari xoh ta'lim mazmuni, xoh o'quv dasturi yoki darslik, xoh o'qituvchi faoliyati orqali o'tishidan qat'iy nazar, o'quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda peda­gogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o'quvchi-talabaning boshqa o'quvchi-talabalar, dars materiallari hamda o'qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta'minlaydi. Pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o'quvchi yoki talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muay­yan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo'lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat'iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o'tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir.

Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo'lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi.

Bu o'rinda ta'lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta'lim mazmuni insonparvarlikka yo'naltirilgan gumanistik g'oya va me'yorlarni o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi lozim.

Pedagogik niunosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo'lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlik. o'quvchi-talabalar shaxsini hurmat qilish. e'zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An'anaviy ta'limda o'qituvchi (pedagog) ta'lim mazmunining subyekti, o'quvchi-talabalar pedagogik jarayonning obyekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o'quvchi-talaba o'z o'quv faoliyatining subyekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta'lim jarayonining ikkita subyekti hamkorlikda o'quv-tarbiya vazifalarini hal etadi.

Ushbu pedagogik texnologiyada ta'lim tizimi markazida barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g'oyasi muhim o'rin tutadi. Bu g'oya qay darajada amal­ga oshirilganligi ta'lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining sifatiga berilgan baho asosida aniqlanadi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda o'quv- tarbiyaviy jarayonning asosiy natijasini aniqlovchi muhim omil shaxsga bo'lgan inunosabat hisoblanadi.

Insonning boshqa mavjudotlardan farqi — o'z oldiga ma'lum bir maqsad qo'yib. so'ng unga tomon harakat qilishidadir. Kishining maqsadi sari qiladigan harakati, ya'ni faoliyati jarayonida muayyan tabiiy va sun'iy to'siqlarni engib o'tadi. Bu to'siqlarni bartaraf etish uchun u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi. Maqsadga yetishda muayyan to'siqni engib o'tish uchun qo'llanadigan tadbir va choralar majmui usul deb ataladi.

Inson maqsadga etishda bir necha, ba'zan esa o'nlab-yuzlab to'siqlarni yengishiga to'g'ri keladi. Bu to'siqlarni yengish uchun tegishli usullar ma'lum bir tizimda qo'llanadi. Maqsadga yetishda qo'llanadigan usullar tizimini uslub deb ataladi.

Usullarni ma'lum bir uslubda qo'llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad ko'rsatkichlariga bo'ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi.

Ta'lim uslubi — o'qituvchi (pedagog) bilan o'quvchi-talabalar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o'zaro aloqalarni tiziniga soluvchi pedagogik tadbirdir. O'qitish uslublari o'quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo'lmaydi.

Uslublar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so'z orqali ifodalash, ko'rgazmali va amaliyga bo'linadi. Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchi-talabalarning ta'lim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish — illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo'llaniladi.

Ta'limning og'zaki uslublariga: hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar kiradi. Bu uslublarni qo'llashda o'qituvchi (pedagog) so'z vositasida o'quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, o'quvchi- talabalar esa tinglash, eslab qolish orqali uni faol qabul qiladi.

Hikoya uslubida o'quvchi-talabalarga beriladigan ta'lim mazmunini og'zaki bayon qilish ko'zda tutiladi. Bu uslubni qo'llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faollashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jumlasidandir. Hikoya samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o'ylab to’zish, mavzuning izchil yoritilishini ta'minlash, ko'rgazmalarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish.

Ma'ruza — bilimni so'z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og'zaki bayon qilishni ko'zda tutib, o'z hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi.

Ma'ruza davomida beriladigan bilimni og'zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o'quvchi-talabalarning diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlarini faollashtirish, isbotlash, ta'rif berish, bir tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi.

Suhbat uslubi atroflicha o'ylangan savollar yordamida o'qituvchi (pedagog) bilan o'quvchi-talabalar orasidagi suhbatni ko'zda tutib, u o'quvchi-talabalarning fikrlash tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o'zlashtirishga olib keladi.

Suhbat uslubini qo'llashda savollarni qo'yish (asosiy, qo'shimcha, yo'llovchi va boshqalar), o'quvchi-talabalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi.

Ta'limning ko'rgazmali uslubini shartli ravishda ikki katta guruhga bo'lish mumkin: ko'rgazmali va namoyish qilish uslublari.

Ko'rgazmali uslubi o'quvchi-talabalarga namoyish etiladigan qo'llanmalar, jumladan, xarita, plakat, doskadagi chizma va rasmlar, suratlar va boshqalarni ko'rsatishni ko'zda tutadi. Namoyish qilish uslubi, odatda, qurilma. asboblar. tajribalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog'liq.

Ta'limning ko'rgazmali uslublarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular so'z bilan ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg'unlashib ketadi. So'z va ko'rgazmalilikning chambarchas bog'liqligi shundaki, obyektiv borliqdagi qonuniyatlar amaliyotda birgalikda qo'llanishni taqozo etadi. Demak, so'z va ko'rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Ta'lim vazifasining o'ziga xos xususiyati, mavzuning mazmuni, mavjud ko'rgazmali vositalaming xarakteri, o'quvchi-talabalar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, aniq bir holatda ular oqilona uyg'unlashtiriladi.

Amaliy uslublar tarbiya faoliyatining xilma-xil turlari keng doirasini qamrab oladi. Amalda quyidagi usullar qo'llaniladi: vazifa (maqsad)ni qo'yish, uni bajarish uslubini rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash, maqsadga to'liq erishish uchun ta'lim jarayoniga tuza­tish kiritish.

Amaliy mashqlaming aniq turlaridan biri mashqni sharhlash hisoblanadi. Uni bajarishda o'quvchi-talaba bo'lajak xatti-harakatini faol mushohada qiladi, o'ziga o'zi eshittirib gapiradi hamda bo'lajak voqeani sharhlaydi. Harakatni sharhlash o'quvchi-talabaga o'zining tipikxatosini anglashga va harakatiga tuzatishlar kiritishiga ko'maklashadi.

Amaliy tarbiya uslublarining ikkinchi guruhini laboratoriya tajribalari tashkil qiladi. Keyingi yillarda maktab, o'rta maxsus, kasb- hunar ta'limi muassasalari va oliy o'quv yurtlarida frontal labora­toriya ishlari mustahkam o'rin oldi.

Amaliy uslublar tarbiyani so'z orqali ifodalash va uni ko'rgazmali uslublar bilan mustahkamlash jarayoni bilan chambarchas bog'liqlikda qo'llaniladi, bunda mashq, tarbiya, mehnat operatsiyasini bajarishdan oldin o'qituvchi (pedagog) tushuntirish bcradi, ko'rsatadi. Og'zaki tushuntirish va ko'rgazmali namoyish, odatda, mashqni bajarish jarayonining o'zi bilan bir vaqtda olib boriladi.

Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta'lim jarayonida qo'llanadi. Bu uslublardan foydalanishda o'qituvchi (pedagog) avvalo, muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo'yadi, masalalami, topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to'g'riligini tasdiqlaydi. O'quvchi-talabalar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muam­moli vaziyatni hal qilish yo'llari to'g'risidagi takliflarini aytadi va oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bu uslub o'quvchi-talabalarning bilimga qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi.

O'quv materialini muammoli uslub yordamida o'tish muam­moli to’zilgan ma'ruza uslubi orqali bilim bayoni davomida mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, faktlarni tahlil qilish, o'quvchi- talaba fikrini o'z ortidan ergashtirish, uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishni ko'zda tutadi.

Muammoli-qidiruv uslublari ko'proq ijodiy bilim faoliyati ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida qo'llanadi. Ular o'quvchi- talabalarning bilimni chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi. Bu uslublar ta'lim jarayonida tushuncha, qonun va nazariya kabilarni shakllantirish ko'zda tutilganda, faktik axborotni ma'lum qilish, mehnat faoliyatining laboratoriya tajriba o'quv ko’nikmalarini hosil qilishda, o'quv materialining mazmuni prinsipial jihatdan yangi bo'lmasdan, ilgari o'rganilganining mantiqiy davomi bo'lsa, uning asosida o'quvchi-talabalar yangi bilimni qidirish uchun mustaqil qadam tashlasa, mazmun hodisadagi sabab-oqibat va boshqalarga olib kelsa, samarali qo'llanadi. Muammoli- qidiruv uslublari ko'proq o'qituvchi (pedagog)lar o'quvchi-talabalarni muammoli vaziyatni yechish faoliyatiga tayyorlagan hollarda qo’llanadi. Shuning uchun bu uslub o'zini ilmiy-tadqiqot ishlariga bag’ishlangan talaba yoshlarga asqotadi.

Pedagog odatda, o'z oldiga talabalar materialning mazmunini tushunib o'zlashtirib olishsin. Ma'lum bilimlarni egallab amaliyotda qo'llashga o'rgansin degan maqsadni qo'yadi. Lekin o'zlashtirish, tushunish, qo’llash nimani anglatadi? Pedagog o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishganligini qanday biladi?

Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo'lgandagina pedagog o'zining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan metodlari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. O'qitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi.

Pedagog jamiyatdan buyurtmani umumiy ko'rinishda oladi. Hattoki, o'quv dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir nechta tushuntirishlar bilan cheklangan. Bu yerda maqsadlarni aniqlashtirishning o'ziga xos pillapoyasini to’zish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan — ta'lim tizimi vazifalariga ulardan—ma'lum o'quv yurti, o'quv predmeti, uning mavzuli bo'limlari va alohida o'quv maqsadlariga o'tish mumkin.

M.V.Klarin ta'limoti bo'yicha pedagoglar tomonidan maqsad­larni belgilashning an'anaviy usullari quyidagilar:

  • O'quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash.

  • Maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalash.

  • Talabaning intellektual, emotsional shaxsiy rivojlanishi ichki jarayonlari va qonununiyatlari orqali o'quv maqsadni qo'yish.

  • O'quv maqsadlarini talabalar faoliyati orqali qo'yish.

Shu munosabat bilan o'qitishning maqsadlarini ta'lim mazmu­ni, pedagog yoki talabaning faoliyati orqali belgilash ta'limda kutilayotgan natijalar haqida aniq tasavvurga ega bo'lishga imkon bermaydi. Bu natijalar haqida talabalar faoliyatining faqat tashqi namo­yon bo'lishidan xulosa chiqarish mumkin. Pedagog o'qitish natijasini aniqlashtira borib, uning kuzatish mumkin bo'lgan tashqi belgilarini ya'ni so'zlashish. harakatlanish jarayonini to'la tasvirlashga intiladi. Ba'zida, tasvirlash jarayoni tashqi belgilarini sanab chiqishga olib keladi va ushbu jarayon orqali natijani sezilarli darajada soddalashtirish mumkin.

Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsad­larni qo'yish uslubi o'zining ashyoviy xususiyatiga ega. Bu shundan iboratki, o'qitish maqsadlari talabalar harakatida ifodalanadigan va aniq ko'rinadigan va o'lchanadigan natijalar orqali belgilanadi.

Demak, an'anaviy o'quv jarayonida asosiy omil bu pedagogning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o'ringa ta'lim jarayonidagi talabalarning faoliyati qo'yiladi.

Ilg'or ijodkor pedagoglar, an'anaviy ta'lim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, talabaning aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlanishlari natijasida o'ziga xos ta'lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Mana shu izlanishlar zamirida pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi. Qo'llanadigan pedagogik texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo'nalish berish ta'limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaxlitligi ta'minlangan holdagina kutilgan zarur natijani berishi mumkin. Ta'limga testlar, diagnoz va diagnostik tahlilning olib kirilishi, bilimlarni ko'p balli baholash tizimida aniqlashga o'tish, bo'lim mazmunini yaxlit holda o'zlashtirishni modellashtirish, ti­zimga solingan nazorat turlarida, talabalarning ishlashi va an'anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz shu paytgacha o'rganib qolgan an'anaviy ta'lim o'rniga vujudga kelgan pedagogik texnologiyalar bo'lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta'limga o'tishni taqozo qiladi.

Ta'limni amalga oshirish jarayoniga pedagogik texnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi:

  • ta'lim jarayonida ishtirok ctuvchi talaba shaxsi ustuvorligini ta'minlash;

  • ta'lim maqsadining natijaga erishuvini amalga oshirish;

  • ta'lim jarayoni boshqariluvchi jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda lining maqsadli boshqariluviga erishish;

  • ta'lim mazmunini ta'minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir tizimga keltirish.

Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiyalaming asosiy tamoyillari quyidagilardir:

  • muntazam tahlil qilib borish;

  • loyihalashtiruvchi vositalarning eng zarurini taniash;

  • metod va usullarning maqsadga muvofiqligini aniqlay bilish;

  • olinishi zarur bo'lgan natijasini oldindan taxmin qilish, ya'ni maqsadlarning amalga oshishiga erishish;

  • ta'lim jarayonining yaxlitligini ta'minlash.

Pedagogik texnologiya ta'lim jarayoniga bir qator yangi elementlarni olib kirishni taqozo qiladi. Bular quyidagilar:

  1. Diagnoz.

  2. O'quv birliklarini (mezonlarini) belgilash.

  3. Diagnostiktahlil.

  4. Tuzatish kiritish (korreksiya).

  5. Qayta to'latish (ketma-ketlikni yo'qotish).

  6. Kutilishi lozim bo'lgan natijani olish.

  7. Reyting.

Yuqorida keltirilgan tamoyillar va elementlarga asoslangan holda pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy qilish, xorijiy hamda hamdo'stlik davlatlaridagi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, o'zimizning pedagogik texnologiya tizimini vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni umumlashtirish va amalda qo'llash uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi:

      1. Ta'lim jarayonining ishtirokchilari pedagog va talaba o'rtasida o'quv mehnati rejasini ishlab chiqish, ya'ni pedagog bo'lim yoki bobni o'rganish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada talaba faoliyati o'z aksini topmog'i lozim.

      2. Fanning ichki bog'lanishi yoki fanlararo bog'lanish imkoniyat- laridan maqsadli foydalanish. Ma'lumki, har bir o'rganiladigan kichik yoki yirik o'quv birliklari oldin o'rganilganlariga tayanadi. Demak, talabani yangi bo'lim, bobni o'rganishga olib kirishda un- dagi mavjud bilimlarga tayanish, agar mavjud bilimlar yangi bob­ni, bo'limni o'rganishga yetarli bo'lmasa, oraliq tayyorgarlik olib borish va shundan keyingina talabani bilimlarni o'rganishning nav- batdagi bosqichiga olib kirish lozim. Bunday ishlash pedagogik texnologiyaning asosiy elementlaridan biri diagnoz (tashxis) hisoblanib, talabalarning yangi yangi bilimlarni o'zlashtirishga qan- chalik darajada tayyor ekanliklarini aniqlashdan iborat.

      3. O'quv birliklari mezonlarini belgilash. O'quv birliklari talaba tomonidan o'rganilishi lozim bo'lgan tushuncha, ta'rif, qoida, qonunlar, hodisa va voqealardan iborat bo'lib, ular orasidagi manti­qiy bog'lanishning ta'minlanishini shu bob yoki bo'limning o'zlash- tirilishiga olib keladi. Pedagog bob, bo'lim uchun ajratilgan soatlarda talabalar o'rganishi kerak bo'lgan o'quv birliklarini aniqlaydi, u uchun ajratilgan vaqtni ham bclgilaydi. O'quv birliklari o'zlashtirilishi zarur bo'lgan mezonlar hisoblanib, talabalar bilimini baholashning chegaraviy qiymati bilan o'lchanadi, ya'ni talaba ushbu ko'rsatilgan mezonlarni bilsagina baholanadi. Pedagog shu paytda guruhga nisbatan o'rtacha baho bilan ishlamaydi, balki aniq o'lchovlarga asoslangan holda ish olib boradi. O'quv rejasini to’zishda pedagog talabalar bilishi lozim bo'lgan o'quv birliklarini bo'lim, bob va semestrlar bo'yicha aniqlaydi hamda talabalarga topshiriq sifatida bo'limni o'rganishdan oldin vazifa qilib beradi. Berilgan topshiriqlar o'zlashtirish reytingini aniqlashda nazorat topshirig'iga o'tkaziladi.

      4. Diagnostik tahlil. Bilim, ko'nikma va malakadagi kamchilikni aniqlash, ularni to'ldirish va navbatdagi o'zlashtirish bosqichiga ko'tarilish maqsadida quyidagi diagnostika tadbirlari amalga oshiriladi:

  • o'quvchi-talabalar o'zlashtirish darajasini diagnostikalashtirish;

  • bo'limlardagi yetishmovchiliklarning oldini olish;

  • aniqlangan yetishmovchiliklami to'ldirish maqsadida maxsus topshiriqlar ishlab chiqish;

  • maxsus topshiriqlar bilan ishlash soatlarini belgilash;

  • yakuniy diagnostik tahlil qilish.

Diagnostika ta'lim texnologiyasining navbatdagi bosqichi bo'lib, uning asosiy elementlaridan hisoblanadi. O'zlashtirishdagi kamchiliklar sababini aniqlash, har bir talabaning bilim darajasini aniqlash, rejaning borishida tuzatishlar kiritish yo'li bilan ta'lim jarayonining kafolatlanganligi ta'minlanadi. Diagnostik tahlil nazorat turlaridan test so'rovida amalga oshiriladi.

      1. Qayta to'ldirish (nuqsonlarni yo'qotish). Qayta tuzatish kiritishdan maqsad, olingan bilimlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Kamchiliklarni bartaraf etish to'ldirish asosida amalga oshiriladi. Qayta to'ldirish asosan amaliy-tatbiqiy mashg'ulotlarda .imalga oshiriladi. Shu maqsadda pedagog talabalar o'zlashtirish darajasidagi to'ldirishni amalga oshirmog'i lozim. Bunda pedagog tanlayotgan o'quv vazifasining darajasini talabalarda mavjud bo'lgan real hilnnlarga moslashtirish zarur.

6. Kutilishi lozim bo'lgan natijalarni olish. Bu element pedagogik texnologiyaning markaziy g'oyasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoni natijasida kafolatli bo'lishini talab qilar ekan, pedagog oldiga janiyonning borishini ko'zda tutilgan maqsadda amalga oshirish va aniq natijani mo'ljallab rejalashtirishni maqsad qilib qo'yadi. Jarayon borishi davomida shu jarayon tahlil qilib boriladi. tuzatishlar kiritiladi, qayta to'ldirishlar amalga oshiriladi va oldindan kutilishi rejalashtirilgan natija olinishiga erishiladi. Demak. pedagogik texnologiya deb ilgari surilgan g'oyaning maqsadi ana shundadir.

Jahon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti ta'sirini boshidan kechirib. psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, bugungi kunda faol yangilanish jarayonlari bosqichiga o'tdi va inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy rnahsul bermoqda.

Pedagogik texnologiya uslublari dastlab ta'lim berishning namu- naviy vaziyatdagi o'zlashtirish talab etiladigan mahsuldor, va'ni reproduktiv darajasi uchun ishlab chiqilgandi. Reproduktiv ta'lim har qanday ta'limning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. u insoniyat jamg'argan tajribani aniq o'quv fani doirasida o'zlashtirish bilan bog'liq. Ta'lim oluvchilarda bilim va ko'nikmalaming ma'lum «poydevori» hosil qilingandan keyingina, ta'limning natijali, ya'ni produktiv va ijodiy yondashish uslublariga o'tish mumkin.



foydalanish.

Keys: Atrof muhitni huquqiy muhofaza qilish

Mavzu: Atrof muhitni huquqiy muhofaza qilish.

Berilgan keysning maqsadi: O'quvchilarga atrof tabiiy muhitni buzlishi natijasida insonlar hayotida jiddiy havf solinishi haqida tushintirish. Dunyoqarashini kengaytirishga va mustaqil fikrlashga o'rgatish.

Yoshlar hayotini izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar: ekologiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilishi, uning salbiy oqibatlari, ekologik jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik borligini ko'rsatib berish hamda tahlil qilish, ularning oldini olish bo'yicha chora - tadbirlarni ishlab chiqish.

Mavzuda ko'rsatilgan muammolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni topish va ularni o'zaro bog'lagan holda echimlarni aniqlash.

Kutilayotgan natijalar:

  1. ekologik salbiy oqibatlarni tushunib yetadi;

  2. ekologik huquqbuzarlik va jinoyatchilik tushunchalarini o'zaro farqlaydi;

  3. o'rganilayotgan mavzu bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladi;

  4. o'rganilishi nazarda tutilayotgan tushunchalar haqida malakaga ega bo' ladi;

  5. muammoli vazifalami echishda nazariy bilimlarini qo'llaydi;

  6. muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topadi.

Keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishi lozim:

O'quvchi bilishi kerak:

  • ekologiya deb nimaga aytilishi;

  • atrof-muhitning ifloslanish jarayonlarini bilishlari;

  • axloqsizlik, ekologik huquqbuzarlik xislatlarining paydo bo'lish omillari va uning kelib chiqish sabablari;

  • ekologik burchlarnining buzilishi;

  • atrof - muhitni muhofaza qilishga oid qonunlar mazmuni;


O'quvchi amalga oshirishi kerak:

  • -mavzuni mustaqil o'rganadi;

  • muammoning mohiyatini aniqlashtiradi;

  • g'oyalarni ilgari suradi;

  • ma'lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko'rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o'rganadi;

  • o'z nuqtai nazariga ega bo'lib, mantiqiy xulosa chiqaradi;

  • o'quv ma'lumotlar bilan mustaqil ishlaydi;

  • ma'lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

Keysda ishlatilgan ma'lumotlar manbai:

    1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

    2. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.

    3. Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun.

    4. Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi. 1948 yil 10 dekabr.

    5. Bola huquqlari konventsiyasi. 1989 yil 20 noyabr.

Keysning tipologik xususiyatlariga ko'ra harakteristikasi:

Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo'lib, vaziyat davriy ketma - ketlikda yaqin o'tmishdan bugungi kun tartibida bayon etilgan. Keysning asosiy ob'ekti shaxsga va tabiatga yo'naltirilgandir. Bu keys ma'lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. U o'rta hajmdagi keys texnologiyasi hisoblanadi, darsga mo'ljallangan o'quv mavzu bo'yicha bilim va ko'nikmalar hosil qilishga qaratilgan.

Didaktik maqsadlarga ko'ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilishga qaratilgan.


.




KEYS

"ATROF MUHITNI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH "

Hozirgi kunda yer shari jumladan Respublikada ekologik holatning yomonlashuvi, yer yuzida tuproq nurashi, o'rmonlardan mahrum bo'lish baliqlarni haddan ko'p tashqarii ovlanish, tuzli va kislotali yomg'irlar parnik effekti, ozon qatlamining yemirilishi, atmosferani ifloslanishi, energiya va suv zahiralarining o'sishi dolzarb muammo bo'lib qoldi.

Tabiat boyliklaridan, ayniqsa atrof-tabiiy muhitdan foydalanish va ularni muhofaza qilish insoniyat tomonidan kechiktirib bo'lmaydigan kun tartibidagi asosiy, dolzarb vazifalardan biridir. Zero, bu yo'lda qo'yiladigan bir qadam bashariyatning kelajakdagi taqdirini belgilab beradi. Muhtaram prezidentimiz I.A. Karimov ekologik muammo yuzasidan quyidagicha flkr bildirganlar "Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik havfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo'l qovushtirib o'tirish o'z o'zini o'limga mahkum etish bilan barobardir "

Darhaqiqat, insonlarning yagona yashash makoni bo'lgan Yer sharining ekologik xavfsizligini ta'minlash biron bir davlat, tashkilot yoki uyushmalarining sa'yharakatlarida boshlanadigan, lekin butun dunyo hamjamiyatining birgalikdagi izchil hamjamiyatining siyosatni olib borishga iqtisodiy va huquqiy mexanizmini ishlab chiqishiga, ijtimoiy madaniy muhitning yarata olishga bog'liq bo'lgan masalalar toifasiga kiradigan dolzarb muammodir.

Aynan ana shu muammolarni oldini olish yo'llarini ishlab chiqish "Keys stadi"ga asoslangan o'qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o'rganilgan o'quv mavzusi bo'yicha bilimlarni mustahkamlash, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko'nikmalarini egallashga, ijodiy va o'rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o'z- o'zini nazorat qilishga yordam beradi.

Quyidagi keys - ma'naviy barkamol va komil insonning aqliy, axloqiy, ekologik madaniyat, kishilarning chuqur va zamonaviy bilim, keng dunyoqarashi, mustaqil fikrlash salohiyatiga ega bo'lishi, uning yuksak ma'naviy kamolot sohibi bo'lishining asosiy shakli hayotimizni ekologik jixatdan izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar va ularning oldini olish yo'llarini ishlab chiqishga imkon yaratadi. Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo'yicha ekologik huquqiy mezonlari haqida bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish zarur.

Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon

yaratadi:

  1. o'zlashtirilgan mavzu bo'yicha bilimlarni mustahkamlash;

  2. muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko'nikmalarni qayta topshirish;

  3. mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;

  4. mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko'nikmalarini egallash;

  5. o'quv axborotlarini o'zlashtirish darajasini tekshirib ko'rish.


Atrof muhitni asrab avaylash (Muammoli vaziyat)

Bugungi kunda tabiat boyliklaridan, ayniqsa atrof-tabiiy muhitdan foydalanish va ularni muhofaza qilish insoniyat tomonidan kechiktirib bo'lmaydigan kun tartibidagi asosiy, dolzarb vazifalardan biridir. Zero, bu yo'lda qo'yiladigan bir qadam bashariyatning kelajakdagi taqdirini belgilab beradi.

Insonlarning yagona yashash makoni bo'lgan Yer shartining ekologik xavfsizligini ta'minlash biron bir davlat, tashkilot yoki uyushmalarining sa'yharakatlarida boshlanadigan, lekin butun dunyo hamjamiyatining birgalikdagi izchil hamjamiyatining siyosatni olib borishga iqtisodiy va huquqiy mexanizmini ishlab chiqishiga, ijtimoiy madaniy muhitning yarata olishga bog'liq bo'lgan masalalar toifasiga kiradigan dolzarb muammodir.

Hozirgi paytda insoniyat hayotiga katta xavf tug'dirayotgan xalqaro ekologik muammolar ularning salbiy oqibatlari hammaga ma'lumdir. Har bir inson tabiatda foydalanish jarayonida ehtiyotkor holda foydalanishi zarur.Atmosfera havosining buzilishi, parnik effektining hosil bo'lishi, bularning hammasi insonni tabiatdan tajriba labaratoriyasi sifatida foydalanishi natijasida vujudga kelmoqda.

"Menga nima" deb qarash, loqaydlik, bepisandlik, o'zini, o'z manfaatini hammadan ustun qo'yish, xudbinlik natijasida ekologik madaniyatning buzlish holatlari uchrab turadi.

Masalan, ikki nafar o'smir mahallamizda iflos narsalarni ahlatga chiqarmasa, yoki xazonlarni yoqsa biz esa unga tanbeh bermasak shunga o'xsash yoshlar O'zbekistonda ko'payib boraveradi. Agar biz ularni tozalikka chaqirsak, ekologik madaniyatni tushuntirsak, tanbeh bersak tabiatni atrof muhitni asragan bo'lamiz. "Menga nima?"- deb beparvolik qilsak yoki shu ikki kishi bilan butun tabiat atmosfera buzlib ketadimi?- deb o'ylasak xato qilamiz. Ekologik tarbiyada ota- onaning roli beqiyosdir. Ular o'z farzandlariga tabiatning inson hayotidagi birlamchi vosita ekanligi haqida, bobokalonlarimizning tabiatni asrab-avyalash haqidagi o'gitlarini aytib o'tishsa va bu barcha oilalarda amalga oshirilsa ijobiy yutqularga erishamiz va sog'lom ekologik muhitni bundan keyingi avlodga ham yetkazamiz. Lekin oilada bunday mihit shakllanmagan bo'lsa bu dastlab qaysi shaharda istiqomat qilayotgan bo'lsa o'sha yerda atmosfera, suv, hayvonot dunyosi yerga zarar yetadi.Bu jarayon globallashib butun mamlakat miqiyosida, kerak bo'lsa butun jahonga xavf solish ehtimoli ham mavjud. Qanday qilib atrof tabiiy muhitni sog'lom tarzda ushlab turish mumkin?

  1. Ota-ona

  2. Ta'lim muassasasi

  3. Mahalla

  4. Davlat organlari

  5. N.N.T. va O.AV

Kunlardan bir kun uch nafar o'smir o'g'il bolalar ta'til davrida bir bog'ga kirishib xazonlarni bir joyga to'plab yondirib yuborishdi va bog'dagi xazonga qo'shilib daraxtlar ham yonib ketishdi.Hodisadan habar topgan uchastka noziri va ekologiya tashkiloti vakillari voqea joyiga kelishib hodisani o'rganishdi




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья : Достижение эффективности кейс-технологий в начальных классах

Автор: Симирова Насиба Ахатовна

Дата: 24.10.2019

Номер свидетельства: 524085


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства