Научная статья: DEMOKRATIK IJTIMOIY DAVLAT BARPO ETISH – BOSH MAQSAD
Научная статья: DEMOKRATIK IJTIMOIY DAVLAT BARPO ETISH – BOSH MAQSAD
Oʻzbekistonda “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini yangi “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga oʻzgartirib, konstitutsiyaviy qonunchilik va konstitutsiyaviy amaliyotda mustahkamlash, eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qoʻyish maqsad qilindi.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья: DEMOKRATIK IJTIMOIY DAVLAT BARPO ETISH – BOSH MAQSAD»
DEMOKRATIK IJTIMOIY DAVLAT BARPO ETISH – BOSH MAQSAD
Вафаева Дилафруз Ортиковна
БУХАРСКИЙ ТЕХНИКУМ ОБЩЕСТВЕННОГО
ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНО, УЗБЕКИСТАН
Oʻzbekistonda “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini yangi “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga oʻzgartirib, konstitutsiyaviy qonunchilik va konstitutsiyaviy amaliyotda mustahkamlash, eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qoʻyish maqsad qilindi.
Prezident Sh.Mirziyoyev 2021-yil 7-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bagʻishlangan nutqida “Hozirgi kunda Oʻzbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish sari dadil bormoqda. Shu sababli “Yangi Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat”, degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashning vaqti-soati yetdi” deb taʼkidlagandi.
Qayd etish lozimki, ijtimoiy davlat – sifatli taʼlim, malakali tibbiy yordam, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, muhtojlarni uy-joy bilan taʼminlash, bandligini taʼminlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan davlat modelidir.
Ahamiyatlisi, mamlakatda oxirgi besh-olti yilda ijtimoiy davlatning asosiy talablari amalda qoʻllanildi, jumladan:
Birinchidan, 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasi va 2022-2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida, aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish masalalari ustuvor vazifalar etib beligilandi.
Ikkinchidan, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etildi, “Monomarkaz”lar faoliyati yoʻlga qoʻyildi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tashkil etildi, ishlayotgan pensionerga yuz foiz pensiya toʻlashga oʻtildi, 2022-yilni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deya nomlanildi, Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi va mamlakatda kambagʻallik muammosi tan olindi, har bir aholi punktlarida (mahallalarda) kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʻrinlarini yaratish, aholi daromadini oshirish uchun masʼul boʻlgan hokim yordamchilari lavozimi joriy etildi. Eng muhimi, aholiga gʻamxoʻrlik koʻrsatish boʻyicha yangi tizim yoʻlga qoʻyildi.
Uchinchidan, ijtimoiy davlatga mos boʻlgan taʼlim va tibbiyot sohalariga alohida eʼtibor qaratildi. “Taʼlim uchun investitsiya – buyuk kelajakka sarmoya” shiori ostida uzluksiz taʼlim tizimini muntazam takomillashtirib borish, sifatli taʼlim-tarbiya berish, malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirildi, buning natijasida maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 27,7 foizdan 67 foizga, maktablardagi malakali oliy maʼlumotli oʻqituvchilar ulushi 81,8 foizdan 87,8 foizga, 11 yillik majburiy maktab taʼlimi qayta tiklandi, maktab oʻqituvchilarining ish yuklamasi maqbullashtirildi va majburiy mehnatga barham berildi, yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga yetkazildi.
Sogʻliqni saqlash sohasida byudjetdan ajratilgan mablagʻlar 7,3 trln. soʻmdan 24,7 trln. soʻmga, shifokorlarning oʻrtacha oylik maoshi 1131,2 ming soʻmdan 3282,7 ming soʻmga, hamshiralar maoshi 692,1 ming soʻmdan 2008,6 ming soʻmga, dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun byudjetdan ajratilgan mablagʻlar 0,4 trln.soʻmdan 1,8 trln.soʻmga, tibbiyot sohasidagi OTMlar soni 7 tadan 9 taga, xususiy tibbiyot tashkilotlari soni 4 000 tadan 7 049 taga yetkazildi. Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda ijtimoiy davlat barpo etishning asosi yaratildi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada Oʻzbekiston ijtimoiy davlat deb eʼlon qilinmoqda. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga ortmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyilini konstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlanmoqda, bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik, nogironligi bor shaxslar va keksa avlod vakillari huquqlarining ishonchli muhofazasini taʼminlash, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilanishi, fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqliligi kabi qoʻshimchalar konstitutsiya loyihasiga kiritilmoqda.
Natijada inson va fuqarolarning Konstitutsion normalar orqali kafolatgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqi va erkinligi, oʻz navbatida, mos ravishda davlatning tegishli majburiyati bilan mustahkamlanmoqda.
Bu esa, oʻz navbatida, soʻnggi yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan natijalar va Taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun mustahkam konstitutsion himoyani taʼminlash, huquq va erkinliklardan kelajak avlodlarimiz emin-erkin foydalanishi uchun ular Konstitutsiyada muhrlanmoqda.