Научная статья :Что Абу Али Ибн Сина сказал о верблюжьем молоке?
Научная статья :Что Абу Али Ибн Сина сказал о верблюжьем молоке?
Молоко сочетается из трех веществ: водянистого, творожистого маслянистого. Маслянистость преобладает в коровьем молоке, а верблюжье молоко || содержит меньше маслянистых и творожистых частей и очень жидко. Молоко ослицы тоже нежирное и жидкое, а молоко козы уравновешенное; овечье молоко густое и жирное, но коровье молоко гуще и жирнее, а кобылье молоко подобно молоку верблюдицы — оно жидкое и водянистое.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья :Что Абу Али Ибн Сина сказал о верблюжьем молоке?»
Что Абу Али Ибн Сина сказал о верблюжьем молоке?
Тогбоев Комил Туймуродович
Бухарский медицинский колледж, Узбекистан
Tuya suti haqida Abu Ali ibn Sino nimalar degan?
Tabobat ilmi sultoni Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida tuya sutining shifobaxshligi hususida yozib qoldirgan. Tuya suti juda mazali va to‘yimli mahsulotdir. Sharq mamlakatlarida bu ne’mat azaldan sevib iste’mol qilinadi.
Tuya suti tarkibida V1, V2vitaminlari, temir, fosfor, oltingugurt, kalsiy moddalari mo‘l. Ayniqsa, S va D vitaminlari tuya sutida sigir sutiga nisbatan uch barobar ko‘p. Sut shakari – kazein va laktoza moddalari esa aksincha tuya sutida kam miqdorda bo‘ladi.
Agar bemorning immuniteti (organizmning kasalliklarga qarshi chidamliligi) past bo‘lsa har kuni 0,5 litrdan yangi sog‘ilgan tuya sutini och qoringa ichib yursin. Keyin 4 soat o‘tgach ovqatlansa bir oy yoki 40 kun o‘tgach o‘zida ijobiy o‘zgarishlarni his etadi.
Tuya sutini iste’mol qilgan davrda bemor achchiq, sho‘r, dudlangan va turli konserva muhsulotlari, shuningdek, spirtli ichimliklarni ichish, sigaret chekishdan tiyilishi kerak. Chunki, parhez tutish tuya sutining shifobaxsh ta’sirini oshiradi.
Dastlab bu sutni iste’mol qilganda bemorning ichini surishi mumkin. Yana qusish ehtimoli ham bor. Bu holatda ham bemor sut ichishni to‘xtatmasligi kerak. Organizm bu vaqtda tanadagi ortiqcha xilt (shlak)lar, toksin (zahar)lardan tozalanayotgan bo‘ladi. Shunda ham ich ketishi to‘xtamasa tuya sutidan tayyorlangan qatiq ichishi lozim.
Tuya suti tabiiy, toza asal bilan ichilsa, gijjalarni yo‘qotib, me’da-ichak tizimidagi yaralarni tuzatadi. Yangi sog‘ilgan tuya suti gastrit (me’da shilliq qavati yallig‘lanishi)ga davo hisoblanadi.
Shuningdek, sil kasalligi va pnevmoniya (zotiljam)da ham tabiblar tuya sutini ichishni tavsiya etishadi. Shakar bilan aralashtirib ichilgan tuya suti teri rangini tiniq va chiroyli qiladi, ajinlarni tekislaydi.
Tuya sutidan quyidagi kabi mahsulotlar tayyorlash mumkin:
Qimiz;
Laban (ta’mi qatiqni eslatadi);
Labne (zaytun moyiga botirib olinadigan va souslar va salatlar uchun xizmat qilgan pishloqli to’pchalar);
Sariyog’;
Eritilgan sariyog’;
Sutli kokteyllar;
Muzqaymoq;
Pishloq.
Bundan tashqari, tuya suti achitqi sut mahsulotlari olish uchun boshqa hayvonlarning suti bilan aralashtirilishi mumkin, masalan qatiq, ayron (chalop), suzma, qurut tayyorlashda.
Foydali xususiyatlari
Tuya sutining foydasi uning tarkibidagi noyob moddalar mavjudligida yotadi. Ushbu mahsulot tarkibida temir mikroelementi mavjud, u qon tarkibini yaxshilaydi va hujayralardagi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Bundan tashqari, o’zida qizil qon tanachalari hosil bo’lish jarayonini faollashtiradigan aminokislotalar saqlaydi, shuning uchun tuya suti kamqonlikdan aziyat chekadiganlarga ayniqsa tavsiya etiladi.
Fosfor va kaltsiyning ta’siri tufayli suyaklarda regeneratsiya faollashadi va ularning mustahkamligi ortadi. Ko’p miqdorda askorbin kislotasi mavjudligi immunitetni mustahkamlash va organizmning himoya funktsiyalarini yaxshilashga ko’maklashadi.
D vitamini mavjudligini hisobga olganda bu mahsulot bolalarda osteoporoz va raxit xavfini kamaytiradi. B guruh vitaminlari esa asab tizimining faoliyatini normallashtiradi va stress, uyqusizlik va charchoqdan qutilishga yordam beradi.
Ko’p miqdorda natriy mavjudligi tufayli tuya suti chanqoqni tezda qondiradi, bu cho’lda safar qilish davrida ayniqsa muhimdir. Qolgan mikroelementlar qatorida hujayra fermentlarining bir qismi bo’lgan kobalt, yuak-tomir tizimi faoliyatini yaxashiladigan kaliy ham mavjud.