kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

“Mustaqqil so`z turkumlari”

Нажмите, чтобы узнать подробности

“Mustaqqil so`z turkumlari”

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«“Mustaqqil so`z turkumlari”»









O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYATI

KOSONSOY TUMANI


Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi DJo`rayeva Zarnigorning 5 – sinfda ona tili fanidan

Mustaqqil so`z turkumlari” mavzusida

o ’tgan bir soatlik ochiq









Namangan-2020


Ushbu dars ishlanma umum ta’lim maktablarida ona tili darslarini o`tish uchun mo`ljallangan bo`lib, unda yangi pedagogik texnologiya elementlaridan keng foydalanilgan. Bu dars ishlanmasidan quyida berilgan mavzu bo`yicha darslarni tashkil etishda kam tajribali o`qituvchilar foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.




Tuzuvchi: Z.DJurayeva – Kosonsoy tumanidagi 15-sonli umumiy o`rtata’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi



Taqrizchilar : J. Rasulov - Kosonsoy tuman xalq ta’limi bo`limi ona tili va adabiyot fani uslubchisi



Z.Mamajanova -Kosonsoy tumanidagi 28-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi









Ushbu dars ishlanma Namangan viloyati xalq ta`limi boshqarmasi metodika kengashi _____________-yil___-_________________________kuni bo`lib o`tgan

yig`ilishida ____________qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.





DJurayeva Zarnigor G`afurjonovna


DJurayeva Zarnigor G`afurjonovna -2011-yil TVDPI ning o`zbek tili va adabiyoti bo`limini tamomlagan. Ikkinchi toifali o`zbek tili va adabiyot fani o`qituvchisi.

DJurayeva Zarnigor G`afurjonovna -2011 - yildan buyon Kosonsoy tumanidagi 15-sоnli umumiy o`rta ta’lim maktabida o`quvchilarga ona tili va adabiyot fanlaridan dars berib kelmoqda. Dars mashg`ulotlarini yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etadi. Darslarda “Blits-so`rovlar”, “Zanjir”, “Kim zukko va chaqqon”, “Venn diagrammasi”, “Keys-stadi”, “Aqliy hujum” kabi interfaol metodlardan, AKT va ko`rgazmali hamda tarqatmali qurollardan unumli foydalanadi.

DJurayeva Zarnigor G`afurjonovna ta’lim bergan o’quvchilari o’tkazilgan fan olimpiadalarda, tuman va viloyat bosqichlarida doimo yuqori o’rinlarni egallab kelmoqda. 2019 – yilning oktabr oyida o`tkazilgan o’zbek tiliga davlat maqomi berilganligini 30 yilligi munosabati bilan «O’zbek tilim-iftixorim» insholar tanlovining respublika bosqichida 3- o`rinni egalladi.

DJurayeva Zarnigor G`afurjonovna-ish tajribasi tumanda va viloyatda ommalshtirilgan.



5 - SINF

Mavzu: Mustaqqil so`z turkumlari.

Maqsad:

Ta`limiy: O’quvchilarga mustaqqil so`z turkumlari xaqida nazariy ma’lumot berish va yordamchi so`zlarning bir biridan farqini ajrata olish.

Tarbiyaviy: o`quvchilarda o`z ona tili imkoniyatlarini qadrlash va ardoqlash tuyg`ularini uyg`otish, ma’naviy meroslarimizga nisbatan hurmat hissini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish, dunyo tillari tizimi haqidagi tushunchalarini takomillashtirish.

Darsning jihozi: Mavzuga oid didaktik rasmlar, jadval, AKT asosida tayyorlangan slaydlar, tarqatmalar.

Darsning turi: Aqliy hujum, klaster, “Kim zukko va chaqqon”, guruhlarda ishlash

Darsning jihozi: 5-sinf ona tili darsligi, kompyuter, mavzuga ko`rgazmalar.

Fanlararo aloqa: tarix, geografiya, huquq , matematika .

Dars shiori: “Bilim ol, bilma tinim, Odam bo’l olib ilm”.

Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.

Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o’quvchilar baholanadi

O`quv jarayoniga oid kompetensiyalar:

Tayanch kompetensiya elementlari:

axborot bilan ishlash kompententsiyasi, o`zini-o`zi rivojlantirish kompetentsiyasi, Milliy va umummadaniy kompetensiya.

Fanga oid kompetensiya elementlari:

Nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, so`zlash, o`qish,yozish):

-o`qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;

-gapda so`zlarni o`zaro bog`lanishi va ma’lum bir vazifani bajarishini bilib oladi.

Lingvistik kompetensiya elementlari:

-talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo`g`in ko`chirish qoidasiga rioya qila oladi;

-mavzuga oid so`zlarni og`zaki va yozma nutqda qo`llay oladi;

-o`zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo`llay oladi.

Kutilayotgan natija:

Yangi texnalogiya bo`yicha usullarni qo`llash, mavzu bo`yicha maqsadni tushuntirish, o`quvchilarda qiziqish uyg`otish, o`quvchilarning ma`rifiy va ma`naviy bilimini shakillantirish.

Kutilayotgan natija:

O`qituvchida: Yangi texnalogiya bo`yicha usullarni qo`llash, mavzu bo`yicha maqsadni tushuntirish, o`quvchilarda qiziqish uyg`otish, o`quvchilarning ma`rifiy va ma`naviy bilimini shakillantirish.

O`quvchilar: Mazuninig ilmiy jihatlarini o`zlashtiradilar, mavzuga ta`luqli ma`lumotlarni qiziqish bilan va malakalarini qiziqish bilan qabul qiladilar. Bilim va malakalarini hayotda qo`llay oladilar.

-o`qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;

-gapda so`zlarni o`zaro bog`lanishi va ma’lum bir vazifani bajarishini bilib oladi.

DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI

ISHNING NOMI

BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI

VAQT

1-bosqich:

Tashkiliy qism

Doska, bo’r va ko’rgazmalarni tashkil qilib, yo’qlama qilinadi.

3 min

2-bosqich:

Refleksiya. Extiyojlarni aniqlash.

O’tilgan darsni “Savol-javob” o’yini bilan takrorlanadi.

10 min

3-bosqich:

Yangi mavzu bayoni

O’quvchilarga “Mustaqil so`z turkumlari” haqidagi bilimlar hayotiy misollar yordamida beriladi.

10 min

4-bosqich: Mustahkamlash

O’quvchilar mashqlarni mustaqil bajaradilar, natijalar ko’rilib, o’quvchilar rag’batlantiriladi.

18 min

5-bosqich:

Baholash.

Dars yakuni.

Darsda aktiv ishtirok etgan o’quvchilarga ball qo’yiladi.

2 min

6-bosqich:

Uyga vazifa

O’quvchilarga uyga vazifa berish..

2 min


Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism

a) darsga tayyorgarlik.

b) o’quvchilar bilan salomlashish.

v
) navbatchi ma’lumotini tinglash.






1-sentabr Mustaqillik kuni

1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni

21-mart Navro’z bayrami

8-dekabr Konstitutsiya kuni

8-mart Xotin-qizlar bayrami

31-dekabr Yangi yil bayrami

O`tilgan mavzuni takrorlash:


Yangi mavzu:

M
ustaqil so`z turkumi 6 ta.ma`lum bir so`roqqa javob bo`ladi

Shaxs, narsa-buyum, joy nomlarini bildirib, kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘luvchi mustaqil so‘zga ot deyiladi.Otlar son, egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi.Gapda otlar bosh va ikkinchi darajali bo‘lak, shuningdek,undalma vazifasida keladi. Otlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanadi. Ko‘plik otlarga -larqo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Masalan: bola –birlik sonda, bolalar – ko‘plik sonda.

Sifat Qanday?, qanaqa?so‘roqlariga javob bo‘lib, narsa-buyumning belgisini bildirgan so‘zlarga sifat deyiladi. Belgi deganda, rang-tus, maza-ta’m, shakl-hajm, xil-xususiyat kabilar tushuniladi. Sifat gapda aniqlovchi, hol yoki kesim bo‘lib keladi.

Qizil gul

Shirin qovun

Paxtali nimcha

Sersuvolma

Daladagi hosil

O’zbekcha odat

Ajoyib manzara

Baland bino

Toshsiz gurunch

Erta tong

Bahorgi sovuq

Kechki ish






Dars mavzuga oid 1-topshiriqni bajarish bilan boshlanadi. O’quvchilarga topshiriq yuzasidan quyidagi savollar beriladi.

1 Quyidagi so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi va qanday ma’noni anglatadi?

bola, shirin, daftar, qalam, oq, o’qi, chiroyli, bormoq,Ahmad, men, gul, olmoq,siz.

2 Anglatgan ma’nolariga ko’ra so’zlarni qanday so’zlarga ajratish mumkin?

O’quvchilar savollar asosida topshiriq matnidagi so’zlarni so’rog’iga, anglatgan ma’nosiga ko’ra quyidagicha tasnif qiladilar;

  1. Shaxsni bildiruvchi so’zlar: bola, Ahmad, men, siz.

  2. Narsa buyumni bildiruvchi so’zlar: daftar, qalam, gul.

  3. Belgini bildiruvchi so’zlar: oq, chiroyli ,shirin.

  4. Harakatni bildiruvchi so’zlar: o’qi,bormoq, olmoq.

1-topshiriqni bajarishda hosil bo’lgan ko’nikma asosida 2-topshiriq bajariladi. O’quvchilar o’qituvchi yordamida berilgan so’zlarni jadvalga quyidagicha joylashtiradilar.

Kim?

Nima?

Qanday?

Necha? Qancha

Qaysi?

Nima qildi?


Salim

oltin

moviy

o’n

o’sha

ishladi

tog’a

gilos

yashil

ming

bu

yozdi







Buni “Kim zukko va chaqqon?” o’yini asosida bajartiriladi.

So’ng quyidagi savollar asosida suhbat o’tkaziladi.

1.So’zlar qanday xususiyatlariga ko’ra bir-biridan farqlanadi?

2.Qanday xususiyatlariga ko’ra umumiylik kasb etadi?

3. So’zlarni tasniflashda, guruhlashga ajratishda qanday xususiyatlarga asoslaniladi?


O’quvchilarning javoblari umumlashtirilib, so’z turkumlari haqida quyidagilarni bayon etiladi.


So’z turkumlari ma’no va vazifasiga ko’ra quyidagi guruhlarga

Mustahkamlash

So’ng o’qituvchi “Siz qanday so’z turkumlarini bilasiz?” savoli asosida suhbatni davom ettiradi va 78-mashq shartiga ko’ra o’quvchilar so’zlarga mos so’roq beradilar, ma’nosini aniqlaydilar, turkumlarga ajratadilar. Bu mashq o’quvchilar tomonidan yozuv taxtasida bajariladi.

N a m u n a: U akalari bilan ariq qazib,suvsiz cho’lga suv chiqaribdi.

Otlar:akalari, cho’lga, suv

Fe’l: qazib, chiqaribdi kabi

Shu o’rinda o’quvchilarga “Bilib oling” rukni ostidagi mustaqil sozlar haqida ma’lumot beriladi.









Kim tez va to’g’ri bajaradi?” musobaqasi tarzida bajariladi. O’yinda mashq topshirig’iga ko’ra so’zlarga so’roq berib,ularni guruhlash lozimligi tushuntirilib, yozuv axtasiga quyidagi jadval chiziladi.

Kim? Nima?

Qanday? Qanaqa?

Necha? Qancha? Nechanchi?

Nima qildi? Nima qilmoqchi?

tabiat

harakatchan

minglarcha


suhbatlashmoq


O’quvchilar mashqda berilgan hikmatli so’zlarni daftarlariga yozadilar va yuqorida keltirilgan oyin tarzida so’z turkumlariga ajratiladi.

Namuna: Olimlarning xizmati mangu qoladi.

O ’quvchilar olgan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida “Zanjir” oyinini o’tkaziladi.















VIII. O’quvchilar bilimini baholash:

O`quvchilar har bir bajargan mashqlari va bergan javoblariga ko`ra



Rag`bat”, “Barakalla”, “O`rta”


rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan taqdirlanadilar.

“Rag`bat” kartochka ko`p to`plagan o`quvchilarga “EXELLANT” (ofarin), “Yaxshi” kartochkasini ko`p to`plagan o`quvchilarga “GOOD” (barakalla), “O`RTA” kartochkasini ko`p to`plagan o`quvchilarga “VERY BAD ” (harakat qiling) iboralari aytilib rag`batlantiriladi.

Bu bilan o`quvchialrni o`z-o`zlarini rag`batlantirishga o`rgatiladi.

Darsni yakunlash va uyga vazifa berish:

581-mashq. Uyga topshiriq. «Maktab bog‘ida» mavzusida hikoya tuzing. Fe’llarni uchala zamonda, turli shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llang. bog‘, ko‘chat, daraxt, chelak, ohak, cho‘tka, belkurak, mevali, manzarali, bahor, ekmoq, suv quymoq, yumshatmoq, chiroy ochmoq, hosil olmoq.

Tayanch so‘zlar:

Mustaqil so`z turkumi, ot, sifat, son, fel, olmosh, ravish

Lug`at:

Mustaqil so‘zlar–atash ma’nosiga ega bo‘lgan, so‘roqqa javob bo‘ladigan,

sintaktik vazifa bajaradigan so‘zlar.

Ravish- asosan, fe’lga bog‘lanadi va gapda ko‘proq hol vazifasida keladi.

Olmoshlar-qaysi so‘z o‘rnida qo‘llansa, o‘sha so‘zning so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

Fe’llar-zamon, shaxs-son, bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi qo‘shimchalarga ega bo‘ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar :

  1. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”. Ma’naviyat” – 2008-yil.

  2. Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo`chqorov. 5- sinf Ona tili ” darsligi. G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent -2014-yil.

3.K. Usmanova, A.Hayitov. Ona tili va adabiyot fanlarini o’qitishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

4. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: «O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.

5.Namangan VPKQTMOI. ” Pedagogik texnologiyalardan foydalanish” Namangan-2013-yil.




































































































































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 5 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
“Mustaqqil so`z turkumlari”

Автор: DJurayeva Zarnigor G`afurjonovna

Дата: 22.05.2020

Номер свидетельства: 550913


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства