Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей
Fe’lning vazifa shakllari-
Fe`llar gapda boshqa so`zlar bilan bog`lanib, ega, kesim, aniqlovchi, to`ldiruvchi va hol vazifasida kelishi mumkin. Shu boisdan fe`l maxsus shakllarga ega. Turli gap bo`laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe`l shakllari fe`lning vazifa shakllari hisoblanadi va ular to`rt guruhga bo`linadi.
1.Sof fe’l shakli-
fe’lning hech qanday qo`shimchalarsiz ifodalangan shakli.
Masalan: Ra’no kitobni
berilib o`qidi.
2.Harakat nomi – fe’lning otga xoslashgan shakli.
Harakat nomi fe`l asoslariga –sh,
-ish, -v, -uv, -moq qo`shimchalarini qo`shish orqali yasaladi.
Masalan: yoz-yozish, o`qi-o`qish,
qil-qilmoq.
3.Sifatdosh – fe’lning sifatga
xoslangan shakli.
Sifatdoshlarni fe’l o`zagiga –gan(-kan,-qan), -(a)yotgan, -(a)r, -ydigan (-adigan) qo`shimchalarini qo`shish orqali yasaladi.
Masalan: o`qi-o`qigan, ek-ekkan, oq-oqqan, kul-kuladigan.
Sifatdoshlar fe’l shakli bo`lganligi sababli bo`lishli bo`lishsizlik, zamon va nisbat ma’nolarini ifodalay oladi.
-gan (-kan,-qan) qo`shimchasi shaxs va narsalarning otgan zamonga xosligini bildiradi.
-(a)yotgan qoshimchasi hozirgi zamon sifatdoshini yasaydi.
-ydigan,-adigan, -(a)r qoshimchalarini fe`lga qo`shish orqali kelasi zamon sifatdoshlari yasaladi.
Sifatdoshning bo`lishsiz shakli qo`shimchasi sifatdosh yasovchi qo`shimchalar oldidan –ma qo`shimchasini qo`shish orqali hosil qilinadi.
Masalan : yugurgan-yugurmagan,
oqayotgan-oqmayotgan.
-ar qo`shimchasi yordamida yasaladigan sifatdoshlarning bo`lishsizlik shakli –mas qo`shimchasi orqali yasaladi,
Masalan : ketar-ketmas, borar-bormas
4.Ravishdosh- fe’lning ravishga xoslangan shakli.
Ravishdosh ravish kabi fe’lga bog`lanib, uning belgisini bildiradi.
Masalan: tez keldi – ravish
yugurgancha keldi-ravishdosh
Ravishdoshlarni hosil qiluvchi
qo`shimchalar:
-gach(-kach, -qach),
-guncha(-kuncha,-quncha),
-gancha(-kancha,-qancha),
-gani(-kani, -qani).
* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт