kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Fe'lning ma'noviy guruhlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Fe'lning ma'noviy guruhlar haqida o‘quvchilarga ma'lumot berish.Turli merodlar foydalanib o‘quvchilar bilimi oshirish.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Fe'lning ma'noviy guruhlari»

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI KATTAQO’RG’ON SHAHAR

XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI

11-IXTISOSLASHGAN MAKTABNING

ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI MATYUNUSOVA BARNOXONNING

ONA TILI FANIDAN “Fe’lning ma’noviy guruhlari” mavzusidagi

Ochiq dars

Ishlanmasi

2019-2020-o’quv yili





Sana:13.02.2020

Sinf: 6-“A”

Fan: on tili

Darsning texnologik xaritasi

Darsning mavzusi

F Fe’lning ma’noviy guruhlari


Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad: o’quvchilarga fe’lning ma’noviy guruhlari haqida tushuncha berish.

  2. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni Vatanga muhabbat,milliy g’urur ruhida tarbiyalash;

  3. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni yozma savodxonligini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish;

  4. shakllantiriladigan kompetensiya;

  1. tayanch kompetensiya- o’z-o’zini ma’naviy intelektini rivojlantirib boorish;

  2. fanga oid kompetensiya- ijodiy fikrlashga o’rgatish, ularni og’zaki savodxonligini oshirish.

O’quv jarayoni

Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism (3 daqiqa)

  2. Uy vazifasining nazorati (2 daqiqa)

  3. O’tilgan mazvuni takrorlash (6 daqiqa)

  4. Yangi mazvu bayoni (15 daqiqa)

  5. Mustahkamlash (5 daqiqa)

  6. Darslik bilan ishlash (10 daqiqa)

  7. O’quvchilar bilimini baholash (2 daqiqa)

  8. Yakuniy fikrni aytib, uyga vazifa berish (2 daqiqa)


O’quv jarayonini tashkil qilish texnologiyasi

Metod: kichik guruhlarda ishlash

Usul: “Aqliy hujum”,“Kim tez va to’g’ri topadi”, “So’zlar janjiri” ,”Xatosini toping”,

Shakl: og’zaki va yozma bayon Vosita: ona tili darslik, jadval, rangli rasmlar, tarqatma materiallar,slaydlar.

Nazorat: savol-javob Baholash: besh balli tizim asosida


O’quv jarayonidan kutiladigan natija

O’qituvchi: o’quvchilarga fe’l so’z turkumi hamda fe’lning ma’noviy guruhlari bo’yicha tushuncha berish, mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishga erishadi. O’quvchi faolligini oshiradi.

O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir darsda barcha o’quvchi baholanadi. O’quvchilar tomonidan darsni mustaqil o’rganish va uni xotirada saqlash boshqalarga etkazish, savol berish va savollarga javob berishga o’rgatadi, o’quvchilarni og’zaki va yozma nutqini rivojlantiradi.

O’quvchi: Mavzu haqidagi yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o’rganadilar, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi

Kelgusi rejalar

O’qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirishi va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratini oshirish.

O’quvchi: Mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi. O’rganilgan mavzu asosida qo’shimcha materiallar izlaydi, ularni o’rganadi. Do’stona muhtda hamkorlikda ishlash ko’nikmasi shakllanadi

Tashkiliy qism:

  1. o’quvchilar bilan salomlashish;

  2. navbatchi o’quvchi bilan suhbat;

  3. ma’naviy daqiqa o’tkazish;

  4. kun sanasi bilan bog’liq ma’lumotlar so’rash;

  5. sinfni guruhga ajratish;

Dars shiori: Inson qancha kitob o’qigani sari,qalbi shuncha yuksalib boraveradi.

2-guruh

Bilimdonlar

Zukkolar

1-guruh









O’quvchilardan o’tilgan mavzularni so’rash.

1-shart. “Aqliy hujum”uslubi orqali o’tilgan mavzu so’raladi.

1-guruh

1.Fe’l so’z turkumi deb nimaga aytiladi?

2.Fe’l nisbatlarini sanab bering.

3. Fe’l so’z turkumining tuzilishiga ko’ra turlarini ayting.

4. Sodda fe’llar ishtirok etgan gap tuzing.

2-guruh

  1. Qo’shma fe’l deb nimaga aytiladi?

  2. Juft fe’llar qanday yoziladi?

  3. Fe’l yasovchi qo’shimchalar qaysilar?

  4. Ravishdan yasalgan fe’llarga misollar ayting.

Guruhlarni bergan javoblariga qarab rag’bat hamda jarima beriladi.

Fe’llar qanday harakat- holat ifodalashiga ko’ra nutqiy faoliyat, aqliy faoliyat, jismoniy faoliyat, holat fe’llari kabi ma’no guruhlariga bo’linadi





Yangi mavzu bayoni







Nutqiy faoliyat fe’llari

Aqliy faoliyat fe’llari

Jismoniy faoliyat fe’llari

Holat fe’llari

So’zlamoq

Fahmlamoq

Yugurmoq

uxlamoq

2-shart. Ushu so’zlar asosida guruhlar gaplar tuzadi.

Kim tez va ma’noliy gap tuza oladi.

Bajarib bo’lgan guruh rag’bat kartochkasini oladi.

3- shart. “So’zlar zanjiri” uslubi orqali fe’llarning ma’noviy guruh turlariga so’zlar aytadi.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Jadvalga so’zlarni to’g’ri joylang.

Gapirdi, uxladi, ijod qildi, o’ynadi, nazar tashladi, so’zladi, qizardi, g’ururlandi, uyaldi, o’ylandi,o’ksindi.

Nutqiy faoliyat fe’llari

Aqliy faoliyat fe’llari

Jismoniy faoliyat fe’llari

Holat fe’llari

















Topshiriq. Berilgan gaplardan fe’lning ma’noviy guruhlari ajrating va turini ayting.

  1. Bolalar sport maydonida kaptok o’ynamaqda. 2. Ustozimiz bizdan O’zbekiston haqida she’rlar so’radi.3. Men maktab kutubxonasidan qiziqarli kitob oldim va o’qidim. 4. Biz qiziqarli suhbat o’tkazdik.

4- shart. “Xatosini toping” So’zlardan fe’lning ma’noviy guruhlarga tegishli emasini ajrating.

Yozmoq, o’qimoq, kitob, chaqirmoq, qimirlamoq, ikki, xo’rsinmoq, tushuntirmoq, kutmoq, ovqatlanmoq, tekislamoq,bola, duduqlanmoq, biz, ko’tarmoq, tez-tez, burilmoq, jilmaymoq,boqmoq, daftar, isitmalamoq, termoq, ekmoq.

Javoblarni tekshiramiz .

Darsni yakunlash.

Guruhlarni rag’bat hamda jarimalariga qarab g’olib guruhni aniqlaydi.Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirib, uyga vazifa beraman.

Uyga vazifa:Mustaqil gaplar tuzish kelish.










Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Fe'lning ma'noviy guruhlari

Автор: Matyunusova Barno Kazimovna

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545594


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства