kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Дарс ишланма " Сусанбил " эртаги

Нажмите, чтобы узнать подробности

Дарс ишланма " Сусанбил" эртаги. Она тили ва адабиёт фани укитувчиси.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Дарс ишланма " Сусанбил " эртаги»

Mavzu: “Susambil” ertagi.

Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga “Susambil” ertagi bo’yicha bilim berish;

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning nutq madaniyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish;

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Ona Vatanga sadoqat, do’stga vafodorlik ruhida tarbiyalash.

Dars turi: Yangi bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: Noan’anaviy.

Dars jihozi: Buklamalar, tarqatmalar, axborot kommunikatsiya tehnologiyalari.


DARSNING BORISHI

Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi bildirgisini olish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorlash. O’quvchilar Vatanni, do’stlikni madh etuvchi she’rlardan ingliz tilida aytib beradilar.


O’tgan mavzuni takrorlash.

O’quvchilardan o’tgan mavzuni so’rashda musobaqa usulidan foydalaniladi. O’quvcvhilar ikki guruhga raqamlar tanlash orqali bo’linadi. Bunda raqamlar tanlanib ularni ingliz tilida aytadilar, toq raqamni tanlaganlar birinchi guruhni, juft raqamni tanlaganlar ikkinchi guruhni tashkil etishadi. Bu ikki guruh

  1. Tezkor savol-javob;

  2. O’yla, izla, top!;

  3. Ifodali o’qish.

Shartlari bo’yicha musobaqalashadilar. Shart oxirida baholar jamlanib, g’olib guruh aniqlanadi.


Yangi mavzuni tushuntirish.

Yangi mavzu e’lon qilinadi. Yozuv taxtasiga yozib qo’yiladi. AKT orqali dars rejasi yozilgan slayd ko’rsatiladi. Dars davomida mavzuga oid slaydlar namoyish etib boriladi. Yangi mavzuni o’tishda noan’anaviy dars uslublaridan foydalaniladi. Ertak muhitini aks ettiruvchi sahna tayyorlangan bo’ladi. Kichik sahna ko’rinishi namoyish etiladi.

Bu ertak o’zbek xalq ertaklari orasida o’zining tili, tasvir jozibasi, mavzusining muhimligi bilan ajralib turadigan asar. Avvalo, ertakda xalqimizning adolat va farovonlik hukm suradigan zamonlar haqidagi orzulari aks etgan. Ertakda Susambil adolat qaror topgan va hamma baxtli yashaydigan afsonaviy yurt timsoli sifatida tasvirlanadi. E’tibor bersangiz, eshakvoy yo’lda yo’ldosh bo’layotgan har bir jonivorning ‘‘Susambil qanday joy?’’- degan savoliga ‘‘Susambil-o’tning bo’lig’i, suvning tinig’i unda azob-uqubat yo’q, maza qilib yurasan’’, -deb javob beradi.

Ikkinchidan, jonivorlarning ko’zlagan maqsadlariga erishishlarida ularning sabr-toqatli bo’lganliklari, mashaqqatlarga chidashgani muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Mashaqqatlarga bardosh bergan jonivorlar jannatmakon go’sha – Susambilga yetib keladilar, shu joyda rohat-farog’atda umr kechiradilar.

Uchinchidan, jonivorlarning o’zaro ahilliklari, birdamligi ularni tashqi dushman-bo’rilar galasi hujumlaridan qutqaradi. Bo’rilar podshohi Susambilni tashlab, yetti tog’ning narigi tomoniga qochib ketadi.

“Susambil” ertagi asosida ishlangan multfilmdan parcha qo’yib beriladi.


Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda “O’yla, izla, top!” o’yinidan foydalaniladi.


Baholash.

Darsda qatnashgan o’quvchilar baholanadi. Qoyilgan baholar izohlab beriladi.


Uyga vazifa: Mavzuni o’rganish, daftarga ishlanma yozish.

































Mavzu: Xudoyberdi To`xtaboyevning “Sariq devni minib”

asarini o`rganish.


Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Xudoyberdi To`xtaboyev va uning “Sariq devni minib” asari haqida tushuncha berish. Asarni o`qish va mazmunini o`rganish yuzasidan tavsiyalar berish;

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish, o`qish tezligi va nutq madaniyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish, badiiy adabiyotga qiziqish uyg`otish;

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: “Sariq devni minib” asari bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: Interfaol, sahna ko`rinishi, “Aqliy hujum”, “Klaster”.

Dars jihozi: Buklamalar, tarqatmalar, “Sariq devni minib” asari, axborot kommunikatsiya tehnologiyalari.


DARSNING BORISHI


I. Tashkiliy qism.

  1. O’quvchilar bilan salomlashish;

  2. navbatchi bildirgisini olish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini ta`minlash;

  3. Siyosiy va ma`naviy daqiqa o`tkazish.


II. O’tgan mavzuni takrorlash.

O`tgan mavzu Xudoyberdi To`xtaboyevning hayoti va ijodi.

O’quvchilardan o’tgan mavzuni so’rashda savol javob usulidan foydalaniladi.

  1. Xudoyberdi To`xtaboyev haqida ma`lumot bering.

  2. Xudoyberdi To`xtaboyevning qanday asarlarini bilasiz?

  3. Xudoyberdi To`xtaboyevning qanday unvonlar bilan taqdirlanganini bilasizmi?

Doskaga Xudoyberdi To`xtaboyevning hayoti va ijodiga doir muhim sanalarni yozdiriladi. Har bir sana o`quvchilar tomonidan izohlanadi.


III. Yangi mavzuni tushuntirish.

Xudoyberdi To`xtaboyevning “Sariq devni minib” asarini o`rganish.

O`quvchilar sahnaga chiqariladi.

  1. o`quvchi Xudoyberdi To`xtaboyevning “Sariq devni minib” asari haqida ma`lumot beradi.

  2. o`quvchi Asar haqida kichik sahna ko`rinishi tayyorlaganini aytib, qatnashchilarni tanishtiradi.


Sahna ko`rinishi: Hoshimjon va buvisi.

-Buvi, buvijon, o`sha qalpoqning rangi qanaqa?

-Oq jundan to`qilgan.

-Uni qayerdan topsa bo`larkin?

-O`sha qahramon qarib-chirib o`layotganda qalpoqni shu atrofdagi hovlilardan biriga yashirib kengan, bolam.

-Topsa bo`larmikan?

-Nega topib bo`lmas ekan. Izlasang, albatta topasan, o`g`lim.


2-sahna ko`rinishi. (Hoshimjon mudrab)

...Yo`q, men uxlamasligim kerak. Baribir topaman. (Molxona oxuridagi bir to`p latta-puttani titkilaydi.) Voy, mana bu buvim aytgan qalpoqcha emasmi, oq mayin jundan, chekkasiga ipakdan chiroyli hoshiya tikilgan!

Salom, qalpoqcham.

-Salom, Hoshimjon.

-Men seni axtarib yuruvdim!

-Men seni kutib yotubdim...

(Hoshimjon qalpoqchani boshiga kiyib, uni sinab ko`rmoqchiligini aytib sahnadan chiqib ketadi.)

O`quvchilar darslikdan Xudoyberdi To`xtaboyevning “Sariq devni minib” asaridan berilgan “Baxtim kulib boqqan edi” bobini o`qiydilar. So`ngra “Hasharotni kaltaklashga buyurdim” deb nomlanuvchi 4-bobni mazmunini so`zlab beradilar.


3-sahna ko`rinishi: Dala... g`o`zalar... dehqonlar...

-O`rtoq, agronom, nima qilsak eka, g`o`zalarni shira bosib ketubdiku...?

-Shira deysizlarmi?

-Ha, shira, mana, ko`ring.

-Hozir, hozir... (Hoshimjon dala chetidagi tut novdalaridan sindirib kelib ko`rsatadi...) Mana, bunday qilib savalaysizlar, g`o`zadagi shiralar tushib ketadi. (Hamma g`o`zalarni savalashni boshlaydi.)


4-sahna ko`rinishi:

Aziz o`quvchilar, sehrli qalpoqchani yordamida ko`p sarguzashtlarni boshdan kechirdim, shoir ham bo`ldim, agronom ham bo`ldim, lekin ilmsizlikdan doimo sharmanda bo`ldim, ilmsizlik menga pand berdi, bilimsiz hech narsa qilib bo`lmasligini tushunib yetdim...

(O`qituvchi o`quvchilar bilan asarni tahlil qiladi.)


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun darslikdagi savol va topshiriqlar bilan ishlanadi. (Bunda tarqatmali materiallardan foydalaniladi)

  1. Hoshimjonning hatti-harakatlaridagi ijobiy sifatlar nimada? Sabiy jihatlarchi?

  2. Hoshimjon “oyim aytyapti” deb ikkita nonni qarzga oladi, bu harakati yolg`onchilikmi, shumlikmi?

  3. Hoshimjon qalpoqni dastlab qayerda va qanday sinaydi?

  4. Soraxon folbin va Mirobiddinxo`jani qanday fosh bo`lganini gapirib bering.

  5. Hoshimjon va Hayitboyning gap-so`zlaridan ularning xulqi-tarbiyasida qanday farq ko`rdingiz?

K


maqtanchoq

Hoshimjonga xos jihatlar

sodda va qiziquvchan


mehribon


lofchi


laster-tarmoqlar usuli.


ilmsiz


mehnatkash

Shum yoki quvnoq


xayolparast


O`quvchilarni fikri o`qituvchi tomonidan umumlashtirilib, mavzuga yakun yasaladi.

“Sariq devni minib”-o`zbek adabiyotida bolalar uchun yaratilgan sarguzasht asarlarning eng yaxshi namunalaridandir. Bu asarda 6-sinf o`quvchisi Hoshimjonning ajoyib sarguzashtlari, uning sehrli qalpoqcha yordamida erishgan “qahramonliklari” qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Hoshimjon ustozlarning “ilmsiz bo`lsang, zootexnik tugul, molboqar ham bo`la olmaysan” degan gapiga o`jarlik bilan “bo`laman, bo`laman” deb maktabdan, jonajon qishlog`idan ketadi. Dastlab ishlari yurishgandek bo`ladi. U sehrli qalpoqcha yordamida ishyoqmas, dangasa, lo`ttiboz kimsalarni jazolaydi. U jinday quv, ayyor, bir qadar lofchi bo`lsa-da, aslida sofdil va ko`ngli toza bola. U doimo yaxshilikka, ezgulikka intiladi. Tezroq katta bo`lgusi keladi, sehrli qalpoqcha yordamida turli kasblarni egallashga harakat qiladi, egallaydi ham, biroq bilimsizligi, tajribasizligi tufayli pand yeydi. Maqsadlariga erishish uchun bilim kerakligini anglab yetadi.


V. Baholash.

Darsda qatnashgan o’quvchilar baholanadi. Qo`yilgan baholar izohlab beriladi. Eng faol ishtirokchilar rag`batlantiriladi. Sinf jurnali va kundalik daftarlariga qayd etiladi.


VI. Uyga vazifa: “Sariq devni minib” asarini o`qib, “Bilimsizlik pand berdi” mavzusida insho yozishga tayyorgarlik ko`rish.


Mavzu: Olmosh so`z turkumi va uning tasnifi.


Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: olmosh so`z turkumi, uning mustaqil ma`noli so`zlar o`rnida qo`llanilishi haqida bilim berish;

  2. Tarbiyaviy maqsad: o`zaro hurmat va do`stlik munosabatlarini singdirish;

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning musraqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o`z fikrlarini erkin bayon qila olish malakalarini hosil qilish, chiroyli va xatosiz yozishlariga erishish.

Asosiy tushuncha va atamalar: ismlar, so`z birikmasi va gap o`rnida qo`llanuvchi so`zlar, olmoshning ma`nosiga ko`ra turlari.

Dars turi: O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi.

Dars uslubi: Noan’anaviy, aralash.

Dars jihozi: Plakatlar, tarqatmalar, olmosh so`z turkumi haqidagi jadval, axborot kommunikatsiya tehnologiyalari.


Darsning rejasi:

  1. Olmosh haqida ma`lumot.

  2. Olmoshlarning ma`nosi.

  3. Olmoshga doir mashqlar bajarish.

  4. Guruhlar musobaqasi.


DARSNING BORISHI

Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi bildirgisini olish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorlash. O’quvchilar o`rtasida siyosiy va ma`naviy daqiqa o`tkazish.


O’tgan mavzuni takrorlash.

O’quvchilarni ikki guruhga bo`lib topshiriqlar beriladi.

  1. guruh “so`z turkumlari haqida” nomli matn, hikoya yoki she`r yarating.

  2. guruh test tuzing. So`z turkumlari haqidagi ma`lumotlar qamrab olinadi.

  1. guruh tuzgan matn

So`z turkumlari deb nomlangan saltanat bo`lar ekan. Uning podshosi ot vazirlari son va sifatlarni chaqirib: “El yurt oldida saltanatni shunday boshqaraylikki, bizning adolatli harakatimiz hammaga o`rnak bo`lsin”, debdi.

  1. guruh tuzgan test materiali

    1. Gapdagi atoqli ot so`z turkumini toping.

      1. Nargiza topshiriqni bajardi.

      2. Musaffo osmon.

      3. Tortinchoq bola.

      4. To`rtko`z it vovulladi.

    2. Rang-tusni bildirgan sifatlarni aniqlang.

      1. Go`zal qiz. b) A`lochi o`quvchi. c) Qizg`ish ko`ylak. d) Musaffo osmon.

Javoblar tahlil qilinib, umumlashtiriladi va guruh a`zolari rag`batlantiriladi.


Yangi mavzuni tushuntirish.

O`qituvchi o`zi tuzgan so`zlari orqali olmoshlarga misollar aytadi: men, bu, kun, madh etayin, istiqlol, o`zbek, elin.

Ot, sifat, son va boshqa so`zlar o`rnida qo’llanib, ularga ishora qiluvchi so`zlar olmosh hisoblanadi. Yangi mavzuga doir olmosh va uning turlari haqidagi jadvallar o`quvchilarga tarqatiladi.

  1. o`quvchi: Sondan ulug`,

Otdan yosh.

Uning nomidir-

Olmosh.

Men, se, u, biz, siz, ular-

Kishilik olmosh bular.

2-o`quvchi: Bir olmoosh bor o`ziga,

O`zi juda yoqadi.

Ko`zoynakdek har doim

“O`z” so`zini taqadi.

“O`zimda-yu”, “o`zimni”

“O`zim” deydi, o`z so`zlik,

Juda maqtanchoq olmosh,

Uning nomidir-O`zlik.

3-o`quvchi: Kimdir, nimalarnidir,

Allakim juda yomon,

Noaniqlik kiritar

Fitnachi olmosh-Gumon.

4-o`quvchi: Qiyos qilinsa agar,

Odamlarga olmoshlar.

Bir olmoshni eslatar,

Doim chayqalgan boshi

Hech kim, hech narsa deydi,

Chimirilgan qoshlari

Bo`lishsizlik deydilar.

5-o`quvchi: Bu turkum olmoshlarni

Qo`lni qilib bigizdek.

Erta-yu kech, yoz-u qish,

Ana, mana, o`sha deb

Aytgan olmosh-Ko`rsatish.

6-o`quvchi: Yana bitta olmosh bor,

Har narsani belgilar.

Hamma, barcha o`qisin,

Der u aytgan belgilar.

Demak, ushbu olmoshning

Nomi ekan-Belgilash.

7-o`quvchi: Olmosh buncha ko`p deya,

Dangasaning ko`ngli g`ash.

Ey, dangasa ko`nglingni,

Endi cho`ktirma, biroq,

Kim?, nima? deb so`ragan,

So`nggi olmoshdir-So`roq.

“Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asaridan misollar yordamida tushuntiriladi.

    1. Arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan, ilm, fanning ko`plab boshqa sohalarida ham shuhrat qozongan Mahmu Zamaxshariy bobomiz bor. U o`zining jismoniy nogironligiga qaramay, dunyoning ko`plab mamlakatlariga mashaqqatli safarlar qilgan.

    2. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy o`quv yurtlarida asosiy tibbiyot darsligi sifatida o`qitib kelinmoqda. Bu dunyo miqyosida “Meditsina”, “Sog`lom turmush” degan tushunchalarga fundamental asos bo`lganini ahglatadi.

    3. Tariximizning qaysi davrini olmaylik, o`sha paytda ham ilm-u ma`rifat, yuksak ma`naviyat borligiga guvoh bo`lamiz.

  1. slayd orqali ta`rif va tavsiflar ko`rsatiladi.

Olmoshlar gapda so`zlarni o`rinsiz (kelishdan) takrorlashdan qutqaradi, fikrni ixcham, qisqa qilib ifodalashga yordam beradi. Olmosh o`zining shaxsiy sintaktik belgisi yo`q. Olmoshlar yordamida boshqa so`z turkumlari hosil bo`ladi. Olmoshning aniq atash ma`nosi yo`q.

O`zlik, sensirama, menbop, o`zicha-bularning asosi olmosh.

O


so`roq


kishilik


o`zlik


OLMOSH


ko`rsatish


belgilash

lmoshning yettita ma`naviy guruhi mavjud.


gumon


bo`lishsizlik


Yangi mavzuni mustahkamlash.

Topshiriq:

Olmosh so`z turkumiga oid so`zlarni yozish. Darslikdagi mashqlar bajariladi.

“Fikrlar testi” o`tkaziladi.

  1. Olmosh mustaqil so`z turkumiga kiradi. (ha)

  2. Olmosh turlanadi. ( ha)

  3. Olmosh ot, sifat, son so`z turkumlaridan yasaladi. ( ha)

  4. Olmosh atash ma`nosiga ega ( ha)

  5. Ishora qilish olmosh uchun xos. ( ha)

  6. Olmosh ismlar guruhiga kiradi. ( ha)

Yangi mavzuni mustahkamlashda “O’yla, izla, top!” o’yinidan foydalaniladi.


Baholash.

Darsda qatnashgan o’quvchilar baholanadi va “Eng falo o`quvchi”, “Eng bilimdon o`quvchi” nominatsiyalarini olgan o`quvchilar aniqlanib, rag`batlantiriladi.


Uyga vazifa: 45-mashqni bajarish.














Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 5 класс

Скачать
Дарс ишланма " Сусанбил " эртаги

Автор: Усмонова Умида Облоназаровна

Дата: 29.04.2020

Номер свидетельства: 548405


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства