Tayanch kompitensiya: Axborot bilan ishlash,kommunikativ kompitensiya.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism -2 daq.
2.O‘tilgan mavzuni so‘rash-5 daq
3.Yangi mavzu bayoni – 10 daq
4.Grammatik mavzuni mustahkamlash-5 daq
5.Mustahkamlash-20 daq
6.Baholash va uyga vazifa berish - 3daq
Darsning borishi: Tashkiliy qism.O‘tilgan mavzuni so‘rash:Adabiyotimiz siymolari mavzusini mustahkamlash.Bunda “Kubik”texnologiyasidan foydalaniladi.Bunda o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan kubiklar o‘quvchilarga taqdim etiladi.O‘quvchilar kubikni yuqoriga ozgina uloqtirishadi.Kubik qaysi tomoni bilan tushsa,o‘sha tomonda berilgan topshiriq bajariladi.(Kubik tomonlariga adabiyotimiz namoyandalari haqida ma’lumotlar beriladi)O‘quvchi ma’lumotni o‘qib, shu haqida gapirib beradi.
Yangi mavzu:
O‘qituvchi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston sanoati haqidagi slayd namoyish etiladi.Suhbat quriladi.(Aqliy hujum)
Grammatik mavzu tushuntiriladi: Bilib oling!
Fe’lning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe’l –kesim sanaladi. Fe’l kesimlar quydagi ko‘rinishlarga ega:
a)sof fe’l –kesimlar: Men maktabga boraman;
b) ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi;
d) sifatdosh bilan ifodalangan kesim: Botir xatni kecha yuborgan.
Shu asosda Grammatik mavzu mustahkamlanadi.
1-mashq.Berilgan gaplardan fe’l –kesimni topish, qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini aniqlash.
1.O‘qituvchining savoliga o‘quvchi o‘ylab, to‘g‘ri javob berdi. 2.Biz erta bilan ota-onamizga salom berib, so‘ng nonushtaga o‘tiramiz. 3. 9-A sinf o‘quvchilari jamoat ishlarini yaxshi bajarishadi. 4.Bugun bizning maktabimizga juda ko’p mehmonlar kelishgan. 5.Bobom o‘zi yaratgan bog‘lari bilan faxrlanadi. 8.Bu maskan Umidning shodligini ham, muhabbatini ham ko‘rgan.
1-topshiriq
-O‘zbekiston sanoatining asosiy tarmoqlari nimalardan iborat?
- Respublikamizda qanday tabiiy boyliklar bor?
- Sanoatning boshqa tarmoqlarida nimalar ishlab chiqariladi?
- O‘zbekistondagi oltin konlari qayerda joylashgan?
2-topshiriq Matn o‘qittirilib, matn yuzasidan topshiriqlar bajariladi.
O‘zbekiston sanoati
Respublika sanoati, eng avvalo, milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari – paxtachilik, ipakchilik, mevachilik, qorako‘lchilik talab-ehtiyojlari zamirida vujudga keldi va rivoj topdi.
O‘zbekiston sanoati mamlakatimizda mavjud bo‘lgan tabiiy va iqtisodiy boyliklardan oqilona foydalanish asosida rivojlanmoqda. Respublikamizning yer bag‘ridan topilgan va ishga tushirilgan tabiiy gaz, neft, oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, ko‘mir va boshqa boyliklar katta ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyo xalqlarining yurtimizga, xalqimiz tarixi, madaniyati va an’analariga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda.
Topshiriqlar:
1.Ajratib ko‘rsatilgan so‘z va so‘z birikmalari asosida gaplar tuzish.
2.Matn mazmunini so‘zlash.
5.Mustahkamlash. Bu mashqni “Baxtli tasodif” metodi orqali bajariladi.O‘quvchi raqam tanlaydi.Raqam ortida qaysi gap yashiringan bo‘lsa, o‘sha gapni doskada bajaradi.Baxtli raqam tushib qolsa, o‘quvchi to‘g‘ri “5” ballga ega bo‘ladi. Qavs ichida berilgan fe’llardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chirish.
2-mashq.
1. O‘zbekiston Respublikasining Andijon viloyatida O‘rta Osiyo yagona avtomobil zavodi (qurildi, ish boshlandi).2. Bu zavoddan turli rusumdagi avtomobillar (ishlab chiqarilmoqda, ishlatilmoqda). 3.Bu avtomobillardan O‘zbekiston aholisi keng (qo‘llamoqda, foydalanmoqda).4. Aholining turmush tarzi yaxshilanganidan dalolat (etiladi, beradi).
3-mashq.Nuqtalar o‘rniga mos fe’l-kesimlarni qo‘yib, gaplarni ko‘chirish.
1.Shahrimizda yirik korxonalar ishga tushirila boshladi.2.Sanoat xalq xo‘jaligi uchun zarur mahsulotlarni yetishtirib bera boshladi.3.Paxta chigitidan sifatli moy olishga imkon beradigan texnologiya yaratildi.4.Ohangaron va Angrenda toshko‘mir konlari ochildi.5.O‘rta asrlardan boshlab Buxoroda zardo‘zlik matolari sotiladigan bo‘lgan.
6.Baholash.
Uyga vazifa. O‘zbekistonda qadimdan nimalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lumotlar to‘plang.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.