kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Yoshlarni mutafakkirlarimiz me’rosi orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Нажмите, чтобы узнать подробности

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni barkamol, ijodiy va intellektual salohiyatga ega, har tomonlama rivojlangan shaxs,huquqiy savodxon, ma’nan va jismonan sog’lom,ziyoli, madaniyatli qadrlar qilib tarbiyalash,davlat siyisatida ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Yoshlarni mutafakkirlarimiz me’rosi orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash»

YOSHLARNI MUTAFAKKIRLARIMIZ ME’ROSI ORQALI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH.

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi

Ona tili va adabiyot fani

o’qituvchisi: N.J.Raxmatova

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni barkamol, ijodiy va intellektual salohiyatga ega, har tomonlama rivojlangan shaxs,huquqiy savodxon, ma’nan va jismonan sog’lom,ziyoli, madaniyatli qadrlar qilib tarbiyalash,davlat siyisatida ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi.

Bugungi kunning eng dolbzarb masalalaridan biri yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir. Bu vazifa eng avvalo,pedagog va tarbiyachilar zimmasiga katta mas’uliyatini sezib yashashga,ajdodlarimizning bebaho merosi,milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga o’rgatib boorish vazifasini o’qituvchilar sidqidildan bajarib kelmoqda. Mustaqillikning ilk yo’llaridan ta’lim-tabiya tizimini yanada chuqurlashtirish,uni milliy tarix,an’analar,urf-odatlar,milliy mafkura bilan boyitishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Ma’lumki tarbiya ma’lum bir shaxs yoki halqning jamiyatga komil inson bo’lib shakllanishi uchun zarur bo’lgan milliy mafkura,milliy g’urur milliy ong kabilarni o’stiruvchi jarayondir. Shu o’rinda mamlakatimizning prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini eslash maqsadga muvofiq:”Shuni unutmasligimiz kerakki,kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”.

Bugungi kunda milliy tarbiyani o’quvchilar ongida shakllantirishning asosiy maqsadi ularga o’zligini anglashda mentalitetimizdan kelib chiqqan holda amalga oshirish,o’quvchilarning o’sib ulg’ayib voyaga yetishida xulqi,fe’l -atvori , ilmli va madaniyatli bo’lishiga , ya’ni barkamol avlod sifatida tarbiya topishida har bir o’qituvchi murabbiyning ijodiy ongli faoliyati shaxsiy o’rnak ko’rsata olishi muhim omil ekanligini his etishdir.

Mutafakkir va allomalar aytib o’tgan pand-nasihatlar “tariyaning qaymog’i” , desak mubolag’a bo’lmaydi. Bobolalonimiz Alisher Navoiyning “Oz-oz o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur” , “Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ragan o’ziga zolim “ kabi o’gitlari bizlarga ibrat , namuna maktabidir .

Milliy urf-odatlarimiz va an’analarimiz azal -azaldan o’zbek xalqiga xos bo’lgan xarakterni shakllantirib boradi : “Kattalar oldida vazmin bo’lish “, “Kichiklarning birinchi salom berishi “ , “Kamtarlik “ , “Xushxulqlik “ , “Bemor kishilar holidan xabar olish “ ,”Diniy bag’rikenglik “ , “O’zga millat vakillariga hurmat bilan qarash “ , “Mehnatsevarlik “ , “Mehmondo’stlik “ kabi fazilatlar qadimdan o’zbek xalqining an’ana va urf-odatlarida o’z aksini topgan.

Vatanimizning kelajagi bo’lgan yoshlar milliy qadriyatimizga hurmat ruhida tarbiya topsalar , xalqimiz kelajagi ham porloq bo’ladi bu esa bugungi kun tarbiyachisi-yu , o’qituvchi, ustoz-u murabbiylari oldiga bir qancha vazifalarni qo’ymoqda.

Bugungi zamon pedagogikasi shuni talab etmoqdaki , bola jamiyatda erkin shaxs sifatida kamol topishi uchun uni ilmiy va dunyoviy bilimlar bilan qurollantiribgina qolmay , boy va ma’naviy merosimizga bo’lgan ehtiyojini to’la shakllantirishimiz kerak.

Bundan ko’rinib turibdiki, yurtimizda ta’lim va tarbiya berish jarayoni ancha ilgari takomillashgan va bu bugungi zamonaviy pedagogika uchun tarixiy asos bo’la oladi.






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Yoshlarni mutafakkirlarimiz me’rosi orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Автор: N.J.Raxmatova

Дата: 29.11.2023

Номер свидетельства: 640908


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства