kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Yoshlar huquqlarini qo'llab quvvatlash davr talabi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Mamlakatimizda yoshlar masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratib kelinadi. Ayniqsa, ular bilan doimiy muloqot qilish, yigit-qizlarning intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlar muntazam amalga oshiriladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Yoshlar huquqlarini qo'llab quvvatlash davr talabi»

Yoshlar huquqlarini qo'llab quvvatlash davr talabi



Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qutuvchilari

G.G’aybullayeva

M.Ismatov



Mamlakatimizda yoshlar masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratib kelinadi. Ayniqsa, ular bilan doimiy muloqot qilish, yigit-qizlarning intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlar muntazam amalga oshiriladi.

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid islohotlar, amaliy ishlar alohida e’tirof etildi.

- Yurtimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash borasida Prezidentimizning ko‘plab farmon va qarorlari qabul qilinib, ular doirasida yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda, — dedi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odil Tojiyev. — Alohida ta’kidlash joizki, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan yaxlit tizim yaratildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda 30 iyun — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rag‘batlantirib borish maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi. Shuningdek, kelajagimiz egalari bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi – “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” hayotga tatbiq etilyapti. Mazkur tizim asosida olib borilgan amaliy ishlar natijasida “Yoshlar daftari”ga kirgan minglab yigit-qizlarning muammolari hal etilmoqda, kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo‘lgan talabalarning kontrakt puli to‘lab berilmoqda, ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlanmoqda. Bundan tashqari, parlament palatalari huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etilib, faol va tashabbuskor yigit-qizlar unga a’zo qilib saylandi.







Yig‘ilishda yangilangan Bosh qomusimizda ham Oila, bolalar va yoshlar uchun alohida bob ajratilgani alohida qayd etildi. Yangi Konstitutsiyamizda davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllanitirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilandi. Bundan tashqari, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida o‘z aksini topdi.

Mamlakat huquqiy tizimida yoshlarning oʻz oʻrniga ega boʻlishi va ular tomonidan olib chiqlayotgan tashabbuslarning amalda qoʻllab-quvvatlanishi, davlat islohotlarining imidji va sifatiga yangi ruh olib kirilishiga asos boʻladi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining yarim yillik faoliyati va xalqaro maydondagi sohaga oid mavjud vaziyatlarning tahliliga toʻxtalib oʻtamiz.

Oʻzbekiston Respublikasida Yoshlar parlamentlari Oliy Majlisning har ikki palatalari huzurida ham tashkil etilishi ortidan bugun yoshlar jamoasi qonun ijodkorligi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Yoshlarga xos boʻlgan tajribasizlik, ayrim holatlarda ustozlarning bilim va koʻnikmalariga ehtiyoj sezish kabi holatlar Yoshlar parlamenti aʼzolarining jamoatchilik faoliyatini olib borishida toʻsiq emas, aksincha katta hayot maktabi sifatida xizmat qilmoqda.

Soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar va tahliliy-tanqidiy yondashuvlar natijasida muammolar mavjudligini va ularni tan olgan holda zamonaviy yechimlar topish davr talabiga aylandi. Ayniqsa aholi, xususan, yoshlar orasida ishsizlik masalasini hal etishga doir muammoga yechim topishda zamonaviy yondashuvlar talab etilmoqda. Shu maqsadda, yoshlarning bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan joriy yilda 500 ming nafar yoshni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish vazifasi qoʻyildi. “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida oʻgʻil-qizlarni tadbirkorlarga biriktirib, ularda biznes koʻnikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratib, oʻz faoliyatini boshlashga koʻmaklashish zarurligiga eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekistonda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar soni 18 milliondan ziyod. Bu – aholining qariyb 55 foizi degani. Bugungi kunda 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz ekani qayd etilgan.

2020-yilning 25-dekabr sanasida Prezident yoshlar bilan qilgan ochiq muloqotida koʻp masalalar aynan yoshlar fikrlari bilan mamlakat rahbariga yetkazilganligini demokratik islohotlarning koʻrinishlaridan biri deb, baholash mumkin. 2021-yilning 3-fevral sanasida “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 6155-sonli PF qabul qilindi. Dastlab 276 banddan iborat loyiha 18-yanvardan boshlab xalq muhokamasiga qoʻyilishi ortidan yakunda 274 bandga tushirilib, optimal koʻrinishga olib kelindi.

Bugunga qadar Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari tomonidan 10 ga yaqin mahalliy qonun hujjatlari loyihasiga, 1 ta xalqaro Konvensiya va 1 ta Davlat dasturi loyihalariga takliflar yuborildi. 10 dan ortiq mavzularda davra suhbatlari, forum, konferensiyalar oʻtkazildi. Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimizga kelayotgan murojaatlar soni mingdan oshdi. Qiziq tomoni, yoshlar tomonidan yuborilayotgan har qanday takliflar Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan oʻrganilib, muhokamalarga qoʻyilmoqda.

Xulosa sifatida aytsak, bugun yoshlar siyosati zamonaviy makonda yangi koʻrinishga kirib bormoqda. Quvonarlisi, bugungi yangi Oʻzbekiston nafaqat oʻz yoshlarini, balki jahon yoshlarining huquqlarini ham faol targʻibotchisi, tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda. Bunga javoban Yoshlar parlamenti aʼzolari ham yoshlarga oid siyosatning olib borilishida yangicha takliflari va jamoatchilik nazoratlari bilan ishtirok etishlari tizimning sifat jihatidan yuqorilashiga sabab boʻlishi, shubhasiz.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Yoshlar huquqlarini qo'llab quvvatlash davr talabi

Автор: G.G'aybullayeva M.Ismatov

Дата: 20.01.2024

Номер свидетельства: 644289


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства