kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Tovushning tibbiyotdagi ahamiyati.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Tovush. Eshitish biofizikasi elementlari.Tovush hodisalarini o‘rganuvchi 

fizika bo‘limiga akustika deyiladi. Akustika umumiy fiziologik (bioakustika), 

arxitekturik, musiqiy va hakozo bo‘limlarga bo‘linadi.Tovush – (bu 

zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir) qulog‘imiz seza oladigan 

chastotalarda zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir, ya’ni 16 – 2 * 104 Gs 

chastotadagi diapazondir. 16 Gs chastotadan kichik tebranishlarga infratovush 

(IT), 2 * 104 Gs dan kattalarini ultratovush (UT) deb ataladi.  

 ITva UT larni qulog‘imiz qabul qilmaydi.  

Tovushninng har xil muhitda tarqalish tezligi har xil bo‘lib, u muhitning 

elastik hususiyatiga va muhit zichligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi: 

υ = √ E / ρ, 

bunda, E–Yung moduli, ρ – zichlik.  

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Tovushning tibbiyotdagi ahamiyati.»

TOVUSHNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI.



Buxoro Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi

texnikumi biofizika o’qituvchisi Vohidova Qunduz Rustamovna





Tovush. Eshitish biofizikasi elementlari.Tovush hodisalarini o‘rganuvchi

fizika bo‘limiga akustika deyiladi. Akustika umumiy fiziologik (bioakustika),

arxitekturik, musiqiy va hakozo bo‘limlarga bo‘linadi.Tovush – (bu

zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir) qulog‘imiz seza oladigan

chastotalarda zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir, ya’ni 16 – 2 * 104 Gs

chastotadagi diapazondir. 16 Gs chastotadan kichik tebranishlarga infratovush

(IT), 2 * 104 Gs dan kattalarini ultratovush (UT) deb ataladi.

ITva UT larni qulog‘imiz qabul qilmaydi.

Tovushninng har xil muhitda tarqalish tezligi har xil bo‘lib, u muhitning

elastik hususiyatiga va muhit zichligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi:

υ = √ E / ρ,

bunda, E–Yung moduli, ρ – zichlik.

Qattiq jismlarda tovush tebranishlari v = 2-5km/s tezlik bilan bo‘ylama va

ko‘ndalang to‘lqinlar ko‘rinishida tarqaladi. Suyuqliklarda esa tovush v = 0,7-2

km/s bilan bo‘ylama to‘lqinlar siqilish va kengayish tarzida tarqaladi. Suvda

tovush tezligi v = 1,3 km/s. Bu tezlikni odamning yumshoq to‘qimalari uchun

o‘rtacha tovush tezligi deb qabul qilish mumkin.

Havoda 0oC temperaturada v = 331,5 m/s ga teng. Temperaturaning har 1oC ga

oshishida tezlik tahminan 0.5 m/s ga oshadi va t = 20oC da

v = 340 m/s ga teng bo‘ladi. Tovush tezligi tebranish chastotasiga bog‘liq emas.

Tovush toni (vaqt mobaynida doimiy yoki biror qonuniyat asosida

o‘zgaruvchi bo‘lgan tebranish) chastota, amplituda (siljish) va tebranish shakli -

garmonik spektr bilan harakatlanadi. Tovush to‘lqini intensivlik (J ~ A2) va

tovush bosimi (J ~ ∆p2)bilan xarakterlanadi. Bu tovushning fizik

xarakteristikalaridir. Chastotaning fizik xarakteristikasiga psixofizik yohud

sub’yektiv xarakteristika hisoblangan tovush balandligi mos keladi. Kichik

chastotalarga past tonlar, kattalariga baland tonlar mos keladi.

Tovush intensivligining fizik xarakteristikasiga tovushning qattiqlik deb

ataluvchi psixofizik xarakteristikasi mos keladi. Tovush qattiqligi subyektiv

ma’noga ega bo‘lib tovush chastotasi va sezuvchanlikka bog‘liqdir. Intensivlik

sinonimlari – tovush kuchi, energiya oqimining zichligi, Umov vektoridir.

Intensivlik – vaqt birligi ichida yo‘nalishga perpendikulyar bo‘lgan birlik yuzadan

o‘tuvchi to‘lqinnning energiya miqdoridir, J deb belgilanadi. U vektor kattalik

bo‘lib, tezlikning ko‘chish yo‘nalishiga mos keladi.

O‘lchov birligi:

J→j/s•мІ=Vt/мІ;

J=Ω*ν=1/2ρωІАІ*ν,
bunda:

 – muhit zichligi

w – siklik chastota;

A - amplituda

Fizik xarakteristika garmonik spektrga tembr deb nomlangan psixofizik

xarakteristika mos keladi.Tembr – bu eshitish sezgisining sifat xarakteristikasidir.

Asosiy tovushning jilosidir. Bir xil chastotali murakkab tonlar tebranish shakli

yoki garmonik spektri bilan farq qilishi mumkin. Unda ular tembri bilan

farqlanadi.

Tovush intensivligi va qattiqligi o‘zaro Veber – Fexner qonuni bilan

bog‘langan. Agar tovush intensivligi geometrik progressiya bo‘yicha oshsa, unda

tovush qattiqligi arifmetik progressiya bo‘yicha oshadi, ya’ni

E = k * ln J/J0

Bunda: E–qattiqlik; k – proporsionallik koeffisienti; J – tovush intensivligi;

J0 - nolinchi intensivlik yoki sezish bo‘sag‘asi (J0 = 10-12 Vt/m2).

Tovush intensivligini xarakterlash uchun o‘nli logarifm foydalaniladi:

 = ln J / I0

bunda:  - intensivlik sathi;  - bellarda o‘lchanadi.  = 2B intensivlik

satxiga tovush intensivligining quyidagi qiymatlari to‘g‘ri keladi.

J = 100 J 0 = 10-10 Vt/m2

Chunki  = ln J / J0 quyidagini bildiradi: 10= J/J0

Bundan agar  = 2 bo‘lsa, 102 = J/J 0 yoki

J =100 J0= 100 *10-12 = 10-10 Vt/m2

Eshitish bo‘sag‘asi nolinchi intensivlik – bu chastotasi 1kGs bo‘lgan

tovushni eshituv sezgisi hosil bo‘lgandagi tovushning minimal intensivligidir.

Atrof muhitda tovush to‘lqinidan zarrachalarning quyiqlashgan qismidagi

o‘rtacha bosimdan maximal katta bo‘lgan ortiqcha bosimga tovush bosimi

deyiladi va u ∆p deb belgilanadi. J va ∆p orasidagi bog‘lanish

J = ∆p2ef / 

Bundagi ∆p ef = ∆pmax /√2

va shunga ko‘ra

J= ∆p2max / 2

Bunda ∆pef - ∆p ning effektiv qiymati, ∆p max – amplitudaviy qiymat,  -

muhit zichligi,  - tovush tezligi,  - muhitning solishtirma akustik qarshiligi

deyiladi.

Organizmda mustaqil ravishda paydo bo‘ladigan tovushlarni eshitish

auskultatsiya deyiladi, tovushlarni eshitish uchun stetoskop, forendeskop

ishlatiladi. Auskultatsiyaga asoslangan usulni fonokardiografiya deyiladi, ya’ni

yurakdagi tovushlarni yozish usuli .Tananing ayrim qismlarini tukkullatish va uni

analiz qilinishiga perkussiya deyiladi.

Tovushni generatsiyalash va qabul qilishda odam organizmida bir qancha

organ va sistemalar mavjud: ogнz bo‘shlig‘i, tishlar, lablar, tomoq va hokazo.















OPERATSIYADAN KEYINGI DAVR.



BUXORO ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI

JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI

O’QITUVCHISI JALILOV NABIJON







Bu davr operatsiya tamom bo'lgandan to bemorning mehnat qobiliyati tiklanguncha yoki ahvoli barqarorlashguncha (kasallikning operativ davolash natijasi aniqlanadi) o'tgan vaqtni o'z ichiga oladi. Sog'ayish davri xirurgik operatsiyaning o'zi kabi muhimdir. Operatsiyadan keyingi davrda yo'l qo'yilgan xatolar og'ir asoratlarni keltirib chiqaradi.

Operatsiyadan keyingi davr uch fazaga bo'linadi:

1) dastlabki faza - operatsiyadan keyingi dasllabki 3-5 kunni o'z ichigaoladi;

2) kechki faza - operatsiyadan keyingi 2-3 haftadan iborat, ko'pinchau bemor

kasalxonadan chiqib ketguncha davom etadi;

3) olis faza - ish qobiliyati tiklanguncha (yoki boshqa natijaaniqlanguncha)

davom etadi.

Bemor uchun operatsiya ham jismoniy, ham ruhiy travmadir. Operatsiyadan keyingi davrda, agar o'z salomatligiga e'tiborsizlik qilsa, regenerativ va reparativ jarayonlarning buzilishi yuzaga keladi. Operatsiyadan keyingi davr silliq yoki normal kechuvchi operatsiyadan keyingi davr va asoratlar bilan kechuvchi operatsiyadan keyingi davrlarga bo'linadi. Birinchi holatdaorganizmningo'rtacha reaksiyasi, ikkinchisida esa operatsion travmaga nisbatan keskin o'zgargan reaksiya (giperergik yoki anergik holat) kuzatiladi, bunday reaksiya organizmda funksional o'zgarishni keltirib chiqaradi va operatsiyadan keyingi asoratlarning rivojlanishiga imkon tug'diradi. Ikkala davr o'rtasida biror aniq chegara o'tkazishning iloji yo'q, chunki ko'pincha hatto normal kechayotgan operatsiyadan keyingi davr bemor tomonidan qilinadigan muayyan shikoyatlar bilan o'tishi mumkin.

Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni kuzatib borish

Bemor operatsiya stolidan zambilda yoki katalkada olib ketilib, karavotga yotqiziladi. O'rin bemor keltirilguncha tayyorlab qo'yiladi. Unga toza oqliklar to'shaladi, grelka yoki boshqa isitgich jihozlari bilan isitiladi, chunki operatsiya stolida yotgan bemorning qon yo'qotishi va boshqa omillar tufayli tana harorati pasayadi. Bemor issiq tutuvchi adyolga o'rab qo'yiladi, keyin adyol ustidan oyog'iga va yonlariga grelka qo'yiladi.Agar bemor narkoz bilan operatsiya qilingan bo'lsa, bir joydan ikkinchi joyga ko'chirib olib borib yotqizish mahalida va o'ziga kelgan dastlabki soatlarida qayt qilishi munikin. Shuning uchun uning yonida maxsus tog'ora, qog'oz dastro'mollar va og'iz bo'shlig'ini tozalash uchun asboblar bo'lishi kerak. Bemor qayt qilayotgan bo'tqasini tashlay olmay nafasi qaytib o'lib qolishi mumkin, tili osilib, nafas olishini qiyinlashtirishi mumkin. Shuningdek, yurak faoliyatining to'satdan yomonlashish xavfi ham bor.Bemor operatsiyadan so'ng o'ziga kelish zalida yoki intensiv terapiya bo'limida yotishi kerak, bu joyda uni muntazam ravishda kuzatib turish va zarur shoshilinch yordam ko'rsatish ta'minlanadi. Bemorlar o'zlariga kelganpaytlarida ko'pincha asabiylashadilar, baqiradilar, o'rindan turib ketmoqchi bo'ladilar, bog'lovni yulib olishga urinadilar. Bemorni karavotga to'g'ri yotqizish muhimdir. Odatda, bemor o'ringa chalqanchasiga, ba'zan yarimo'tirgan holda (qalqonsimon bez va ko'krak bo'shlig'i a'zolari operatsiya qilingandan so'ng) yoki yuztuban (umurtqa va orqa miya operatsiyasidan keyin) yotqizib qo'yiladi. Reanimatsiya va intensiv terapiya bo'limlarida tomirurishi, nafas olish ritmi, badan harorati kuzatiladi, venoz va arterial bosim aniqlanadi, qon va siydik analizlari, suv-elektrolit balansi aniqlanadi, yurak faoliyati nazorat qilinadi, zaruriyat tug'ilib qolsa miya EEG qilinadi, qon oqimi tezligi va yurakning bir daqiqada qancha urayotganligi tekshiriladi. Bemorning ahvolini baholash uchun kuzatishni va intensiv terapiya bo'limi xodimining ishini yengillashtiradigan monitorlar sistemasidan foydalaniladi.Ko'pincha bemorning rang-ro'yiga qarab, uning ahvoli qay darajadaligini aniqlash mumkin. Qon yugurgan va xotirjam chehra odatda bemor o'zini yaxshi his etayotganidan darak beradi; yuzlari ichiga botgan, burni so'ppayib qolgan, tcrisining rangi oqargan yoki rangsiz bo'lsa, bemorning ahvoli og'ir, jiddiy asoratlar xavf solayotganidan darak beradi.

OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA ORGANIZMDA YUZ BERADIGAN O'ZGARISHLAR

Operatsiyadan keyingi davrda, odatda, bir necha kundan so'ng o'z holiga kelib qoladigan o'zgarishlarni kuzatish mumkin. 90 foiz hollarda uglevod almashinuvi surilgani kuzatiladi: bu giperglikemiya va glyukozuriya bo'lishi mumkin, ular og'riqsizlantirishning turiga bog'liq bo'lmagan holda paydo bo'lib, 3-4 kun davomida yo'q bo'lib ketadi. Uglevod almashinuvining o'zgarishlari markaziy asab sistemasining (MAC- SNS) ta'sirlanishi natijasida qand moddalarining yetarlicha oksidlanmasligi va endokrin sistemasining buzilishi bilan bog'liq holda kelib chiqadi, deb hisoblanadi. Shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda kislota-asos muvozanatining buzilishi ham kuzatiladi. Qonda ishqor zaxirasi kamayadi va atsidoz belgilari paydo bo'ladi. Dastlab atsidoz kompensatsiyalangan xususiyatga ega bo'ladi, ishqor zaxiralarining kamayishiga muvofiq qayt qilish, meteorizm, bosh og'rishi, bezovtalik, uyqusizlik paydo bo'lishi mumkin. Operatsiyadan keyingi davrda paydo bo'ladigan atsidozning oldini olish uchun operatsiyadan oldingi tayyorlashni to'g'ri tashkil qilish, ilgariroq ovqallantirish, operatsiyadan keyingi davrda organizmga glyukoza va insulin yuborish zarur.Oqsillar almashinuvining o'zgarishlari qonda azot qoldig'ining ko'payishi, gipoproteinemiya, globulin fraksiyalarining kuchayishi kabilar bilan birga kechadi. Operatsiya vaqtida qon ketishi gipoproteinemiyaning rivojlanishiga imkon yaratadi. Gipoproteinemiya operatsiyadan 5 -6 kun o'tgach juda avjiga chiqadi. Buning o'rnini oqsil moddalarga boy to'yimli parhez taomlar bilan, shuningdek, organizmga qon, plazma va oqsil gidrolizatlarini venadan yuborish yo'li bilan to'ldirish mumkin.Suv-elektrolit almashinuvining o'zgarishlari ham operatsiyadan keyingi davrda muhimdir. Qon xloridlarining kamayishi, ayniqsa ichaklardan ovqat o'tmay qolishi sindromi bor bemorlarda kuzatiladi. Operatsiyadan keyingi davrning birinchi kunlarida organizmga Ringer eritmasini, natriy va kaliy xlondning gipertonik eritmasini yuborish yo'li bilan yetishmaydigan xloridlar o'rni to'ldiriladi. Xloridlar o'zgarishi bilan bir vaqtda organizmning suvsizlanganidan darak beruvchi suyuqlik balansi buzilgani ham kuzatiladi. Sog'lom odam bir kunda taxminan 2-2,5 litr suyuqlikni: buyrak orqali (1-1,5 1), o'pka (0,5 1), teri (0,3 I) orqali ajratib chiqaradi. Badan normal haroratda (36,6-37, O^C) o'pka va teri orqali bir kecha-kunduzda taxminan 800 ml suyuqlik ajratib chiqaradi. Teri harorati ko'tarilganda yo'qotiladigan suyuqlik har bir gradus uchun 500 ml ga ortadi. Shunday qilib, operatsiyadan keyingi davrda suvni, asosan buyrakdan bosliqa yo'llar bilan (siydik ajralib chiqishi nisbati 3:1) yo'qotadi. Tana haroratining ko'tarilishi, nafas olishning tezlashuvi, terlash, qayt qilish, ich ketish bunga sababdir. Bemorni operatsiyadan oldin yaxshi tayyorlamaslik ham (och qolishi, tez-tez klizma qilinishi) organizmning suvsizlanishiga imkon yaratadi.Suv-elektrolit almashinuvining buzilishi o'ziga xos ravishda izga solinishi kerak. Operatsiyadan keyingi birinchi kunlarda organizmga bir kechakunduzda kamida 2,5-3 litr suyuqlik kiritish (venadan, teri ostidan, rektal, peroral) yo'li bilan yo'qotilgan suv o'rni to'ldiriladi. Qayta-qayta qayt qilish. haddan tashqari terlash, ich ketishi natijasida suv va tuzlarni tez yo'qotish to'qimalarni, ayniqsa parenxiraatoz organlar va raiyaning suvsizlanishini osonlashtiradi. Ayni paytda, hujayralararo bo'shliqda natriy kamayadi va hujayralarning o'zida ko'payadi. Kaliy ionlarining hujayralarda va hujayradan tashqaridagi bo'shliqda konsentratsiyalanishi natriy ionlari tarkibini teskari proporsional ravishda o'zgartiradi. Natijada issiqlikni qaytarish holati buziladi, ortiqcha isib ketish va gipertermiya rivojlanadi. Organizmga suyuqlik yuborish har bir bemorda o'ziga xos bo'lishi

kerak.Operatsiyadan keyingi davrda qon tarkibining o'zgarishi ham katta rol o'ynaydi. Ko'pincha dastlabki 4-5 kunda leykotsitlar miqdori 11-12-10 /l ga (asosan neytrofillar hisobiga) yetishi mumkin, biroq bu holat ikkinchi haftaning boshlarida normallashadi. Mazkur holatda leykotsitoz organizmning oqsillarning parchalangan mahsulotlarini o'zlashtirish uchun normal reaksiyasini hamda organizmga mikroblarning tushishi ehtimoli borligini bildiradi. Ayni paytda eritrotsitlarning soni kamayganligi kuzatiladi: gemoglobin miqdori taxminan 0,5-2 g foizga (0,31- 1,35 mmol/1 ga) pasayadi. Operatsiya paytida qon yo'qotilishi, to'qima suyuqligining qon oqimiga tushishi, qon qo'yilgandan so'ng donor eritrotsitlarining tez parchalanishi anernizatsiya sababchilaridir. Operatsiyadan keyin yuz bergan anemiyani bartaraf etish ba'zan og'ir kechadi (bunga faqat qon va eritrotsit massalarini qayta quyish orqali erishish mumkin). Operatsiyadan keyingi 9-10 kun davomida normallashadigan trombotsitlarsoni ham kamayganligi kuzatiladi. 75 foiz hollarda qon yopishqoqligi ortadi, bu esa globulin fraksiyalarining ortishiga va organizmning suvsizlanishiga imkoniyat yaratadi (trombozlar va emboliya xavfi).Moddalar almashinuvining o'zgarishi ba'zan operatsiyaga tayyorgarlikko'rish davridayoq kuzatiladi. Bu jarayon parenximatoz organlar, me'da-ichak yo’li, endokrin va asab sistemalarirring patologiyasi bilan bog'liq holda kechadi. Bunday hollarda organizmning parchalangan oqsil moddalarning so'rilishi natijasida kelib chiqqan intoksikatsiyaga qarshi kurashi qiyinlashadi. Bunday intoksikatsiyaning oldini olishda to'qimalarning haddan tashqari kam buzilishi bilan o'tkazilgan operatsiya hamda operatsiya qilingan jarohatlarni samarali drenaj qilish muhim rol o'ynaydi. Intoksikatsiyani kamaytirish uchuii turli eritmalar (natriy xloridning izotonik eritmasi. Ringer eritmasi), glyukozaning 10-40 foizli eritmasi, gemodezqo'llaniladi. Operatsiyadan keyingi davrda erta ovqatlantirish ovqat hazm qiladigan organlar funksiyasini faollashtiradi, atsidozning rivojlanishini to'xtatib qoladi va reparativ jarayonlarga imkon yaratadi.To'yimli, oqsil moddalarga boy, yengil hazm bo'ladigan taomlarni iste'mol qilish maqsadga muvofiq. Shuningdek, vitaminlarni kompleks ravishda olib turish zarur. Qo'l, oyoq, ko'krak bo'shlig'i yoki qorinning old devori operatsiya qilingan bo'lsa, parhezni va ovqatlanish rejimini o'zgartirish maqsadga muvofiq emas, o'z navbatida, bu qizilo'ngach, me'da va ichaklar operatsiyasidan so'ng zarur (enteral va parenteral ovqatlantirish). Operatsiyadan keyingi davrda bemorni, ayniqsa keksa bemorlarni faollashtirishga katta e'tibor beriladi. Operatsiyadan so'ng bemorga o'rnida yotgan joyida harakat qilish yoki mayda va o'rta bo'g'imlarini harakatlantirish (operatsiya ko'lami va uning xarakteridan kelib chiqib), ko'p o'tmay o'rnidan turish taklif qilinadi. Nafas olish mashqlari va davolash fizkulturasi tayin qilinadi. Bularga bemorlarni, imkoniyatlariga ko'ra operatsiyaga tayyorgarlik davridayoq o'rgatiladi. Bular qon aylanishining yaxshilanishiga imkoniyat tug'diradi, asab sistemasini mustahkamlaydi, umumiy ahvol va kayfiyatni yaxshilaydi, reparativ jarayonlar muvaffaqiyatli kechishiga imkon yaratadi va operatsiyadan so'ng asoratlar paydo bo'lishini cheklaydi. Shok, yurak faoliyatida yetishmovchilik bo'lganda va o'tkir yallig'lanish jarayonlarida bemorni faollashtirishga yo'l qo'yib bo'lmaydi.

















































OVQATDAN ZAHARLANISH.





BUXORO ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI

JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI

O’QITUVCHISI BABADJANOVA TURKON





Umumiy ovqatlanish korxonalarini sanitariya jihatidan tеkshirish-da DSENM xodimlari sanitariya-epidemiya jihatidan xavf tug‘diruvchi omillarni aniqlab, ovqatlanish korxonalariga tеgishli obyeklarning sanitariya me’yor va qoidalari talablariga javob berishini o‘rganib, zarur hollarda jarimaga tortish to‘g‘risida qarorlar chiqaradilar. Tekshirish albatta laboratoriyada tekshirish uchun tayyor taomdan, kulinariya va qandolat mahsulotlaridan namunalar olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ovqatdan zaharlanish dеganda, mikroorganizmlarning muayyan turlari tushgan ovqat toksikoinfеksiyasi, baktеrial toksikozlar, organik yoki anorganik tabiatli zaharli moddalar mavjud ovqatni istе’mol qilish natijasida o‘tkir, ba’zan surunkali kasallanish tushuniladi. Masalliqni tayyorlash, saqlash, pishirish va istе’mol qilish davri-da sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, ovqatga har xil mikroblar, viruslar, gijjalar va zaharli kimyoviy birikmalar tushishi mumkin, bu o‘z navbatida organizmda har xil o‘zgarishlar va kasalliklar kеlib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ovqatdan zaharlanish etiologiyasi va bunda bеmorlarda kuzatiladigan klinik bеlgilarni I.V. Shur, Z.A. Ignatovich, V.N. Azbеchеv, F.M. Bеlorusskaya, N.I. Orlov, K.I. Matvеyеv, F.Е. Budagyan, G.P. Kalina, A.I. Stol-makova, N.P. Nеfеdyеva, Y.P. Pivovarov, A.I. Shtеnbеrg, T.I. Afanasyеv kabi rus olimlari o‘rganganlar. Shuningdek, bu borada ko‘p yillar Toshkent Davlat tibbiyot oliygohining ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida va Kasb kasalliklari institutida ishlagan o‘zbekistonlik olimlar ham ovqatdan zaharlanish sabablarini o‘rganish va uning oldini olish yuzasidan juda katta ishlarni amalgaoshirib o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ovqatdan zaharlanishning uchta katta guruhi farq qilinadi: mikrobdan zaharlanishlar (toksikoinfeksiyalar va toksikozlar), mikrobga aloqador bo‘lmagan zaharlanishlar (o‘simlik va hayvonlar mahsulotlaridan, kimyoviy birikmalardan kelib chiqqan) va sababi aniqlanmagan zaharlanishlar (Gaff va Urov kasalliklari). Mikroblar tushgan ovqatdan zaharlanishlar. Hamma ovqatdan zaharlanish kasalligining 95% ni mikrobli ovqatlardan zaharlanish tashkil etadi. Bularning asosiy qismi ovqat toksikoinfеksiyalaridir. Ovqat toksikoinfеksiyalari deb, tirik mikroblar ko‘p miqdorda tushgan ovqatni istе’mol qilish natijasida to‘satdan paydo bo‘lib, o‘tkir va o‘rtacha o‘tkir kеchadigan kasalliklarga aytiladi. Toksikoinfeksiyalarni qo‘zg‘ata oladigan kasalliklarga entеrotoksin ishlab chiqaradigan shtammlar (entеropatogеn ichak tayoq-chasi B. Cereus, cl. perfringens va boshqalar), protеolitik faollikka ega bo‘lgan mikroblar kiradi. Oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari, intoksikatsiyalari. Toksikoinfeksiyalar va intoksikatsiyalar bir-biridan epidеmiologik jihatdan kam farq qiladi. Kasalliklar avj olishining ikkala turida quyidagi uch tarmoq umumiy hisoblanadi; mahsulotning zararlanishi, mikroblarning ko‘payishi uchun sharoitlar vujudga kelishi; mahsulotni istе’mol qilishdan oldin yеtarlicha pishirmaslik. Biroq kasalliklar patogеnеzi-da intoksikatsiyalarning o‘z xususiyatiga ko‘ra ular mikroblarning mahsulotda o‘sishi davrida ajratgan zaharning organizmga tushishi natijasida ham (mikroblar bo‘lmagan holda ham stafilokokk intok-sikatsiyalari, botulizm) zaharlanish ro‘y beradi. Ba’zi bir mualliflar botulizmda toksindan tashqari, tirik mikroblarning ham ahamiyati borligini aytadilar va shunga ko‘ra botulizm-ni oziq-ovqat toksikoinfеksiyasi dеb hisoblashni lozim topadilar. Baktеrial toksikozlar o‘tkir kechadigan kasallik bo‘lib, istе’mol qilingan ovqat mahsuloti tarkibida mikroblarning hayot faoliyati davrida ajratgan zahari ta’sirida ro‘y bеradi. Bunga botulizm hamda stafilokokkli zaharlanishlar kiradi. Mikotoksikozlar. Ovqat mikotoksikozlari, asosan, surunkali kasallik bo‘lib, organizmda ovqat mahsuloti, g‘alla va g‘alla mahsulot-larida ko‘paygan mikroskopik zamburug‘lar tushishi natijasida paydo bo‘ladi. Mikotoksikozlar yuqori haroratga (200 °C va undan yuqori) chidamli. Hozirgi kunda mikroskopik zamburug‘lar bilan zararlangan ovqat mahsulotlarini zaharsizlantirish usullari ma’lum emas.

Mikotoksikozlarga aflotoksikozlar, alimеntar toksik alеykiya (sеptik angi-na), «achigan non» dan zaharlanish va ergotizm kiradi. Aflotoksikoz. Aflotoksikoz toksini birinchi marta 1960-yilda An-gliyada parrandalarda g‘uli-g‘uli (kurka hamda o‘rdak jo‘jalari) X-kasalini o‘rganishda aniqlangan. Mikroskopik zamburug‘lar asosan Aspergillus flavus, kam miqdorda bo‘lsa ham Penicillium va Rhizopus guruhlari oziq-ovqat mahsulotlarida zaharli moddalar hosil qiladi, ular aflotoksinlar nomini olgan. Aflotoksinlarning 12 turi: B1, B2, M2, C1, C2 va boshqalarning kimyoviy tuzilishi aniqlangan. B1 eng kuchli toksigеn aflotoksin hisoblanadi. Aflotoksinlar protеolitik, fibriolitik, dеrmatonеkrotik xossalarga ega. Aflotoksin ajratuvchi zamburug‘lar ko‘pincha yeryong‘oqda, yеryong‘oqdan qilingan unda yaxshi ko‘payadi. G‘alla mahsulotlari-da, bug‘doyda, javdar bug‘doyida, arpada, makkajo‘xorida, uning unida hamda guruchda, dukkakli mahsulotlarda, yog‘ bеruvchi madaniy o‘simliklar urug‘ida, kakao, kofе urug‘ida, sut, go‘sht, tuxum va boshqa ovqat mahsulotlarida ko‘payadi. Zamburug‘lar o‘zidan aflotoksinni sovitkichlarda nisbiy haroratda ajratishi mumkin, lеkin qulay harorat 20–30 °C va namlik esa 85–90% ni tashkil qiladi. Surunkali aflotoksikozda jigarda sirroz va rak kasali, o‘tkir kasal-likda esa jigarda nеkrozlar hamda yog‘li infiltratsiya borligi aniqlan-gan. Toksigеn zamburug‘lardan zararlanishning oldini olish uchun g‘alla mahsulotlari, yormalar, kungaboqar, yеryong‘oq, quruq mеvalar va shu kabilarni saqlash sharoitlariga amal qilish zarur. Mog‘or hosil qiluvchi zamburug‘larning borligi mikologik tеkshirishlar, jumladan, kimyoviy va biologik usullar bilan aniqlanadi. Tarkibida 2–15% zamburug‘lar bo‘lgan g‘alla mahsulotlarini istе’mol qilsa bo‘ladi, dеb topilgan. Moyli o‘simliklar tarkibida (yeryong‘oq va undan olingan mahsulotlar) aflotoksin B1 ning (oxirgi) ruxsat etilgan miqdori xomashyoning 1 kg miqdorida 30 mkg, bug‘doy, guruch, loviya va boshqa g‘alla mahsulotlarida 10 mkg/kg ni tashkil qiladi. Bolalar uchun tavsiya qilinadigan ovqat mahsulotlari tarkibida aflotoksinlar bo‘lmasligi kerak. Alimеntar-toksik alеykiya (septik angina) qishda qor tagida qolib kеtgan g‘allani istе’mol qilish natijasida paydo bo‘ladi, erta bahorda qorlar eriganda oftob ta’sirida dalalardagi g‘allada nam va issiq muhit hosil bo‘lib, bu Fusarium sporotrichiella var sporotrichioides tur-kumidagi zamburug‘ning ko‘payishiga imkon beradi. Zamburug‘-larning hayot faoliyati natijasida g‘allalarda zaharli moddalar yig‘iladi, bular issiqqa g‘oyat chidamli, 120 °C haroratda 2 soat mobayni-da parchalanmaydi. Bu turkum zamburug‘lar odamlarga, hayvonlar-ga va parrandalarga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikning tarqalishi bahor faslining oxirida va yozning boshla-rida zaharlangan g‘alla mahsulotlarini istе’mol qilgandan 1–3 hafta kеyin kuzatiladi. Ba’zi vaqtlarda kasallik bеlgisi (noxushlik, og‘izning burishishi, yutishning qiyinlashishi) kam bo‘lsa-da, ko‘ngil aynish, qusish, ich ketish alomatlari kuzatiladi. Bu holatlar zamburug‘ tok-sinlari bilan zararlangan g‘alla mahsulotidan tayyorlangan non iste’molidan bir necha soat keyin ham kuzatiladi. Kasallikning boshlanishi qon hosil qilish a’zolari faoliyatining buzilishi bilan ifodalanadi. Kasallikning r anеmiya) alomatlari kuzatiladi. Lеykotsitlarning miqdori 1:109/l ka-mayishi (1 mm3 da 1000 va undan ham kam), eritrotsitlarning soni esa 1,8:1012/l (1 800 000)gacha kamayishi mumkin. Qon tarkibi o‘zga-rishining asosiy sabablari miyеloid va limfoid to‘qimalarda hamda ilikdagi degenerativ va nekroz alomatlarining oqibatidandir. Kasallik asta-sekin rivojlanadi, avvaliga tomoqning yallig‘lanishi va yеngil gastrit paydo bo‘lib, umumiy holat biroz o‘zgaradi, so‘ngra qonda lеykotsitlar miqdori 3000–4000 gacha, hatto 800 va undan ham kamayadi. Bu leykopеniya bosqichi dеyiladi. Kеyinchalik qon tarkibida o‘zgarishlar kuchaya boradi: leykotsitlar miqdori 1 mm3 da 400–200 gacha, gemoglobin miqdori ham kеskin kamayadi. Kasallik og‘irlashib tеriga gеmorragik toshmalar toshadi. Tomoqning difteritik yallig‘lanishi bilan birga og‘ir angina bеlgilari rivojlanadi. So‘ngra nеkrotik va hatto gangrеnoz angina paydo bo‘ladi. Nеkrotik jarayon bodom bеzlariga, yoychalariga, tilchaga, burun-halqum halqasiga va hatto lunj shilliq pardasiga tarqaladi. Natijada komaning klinik man-zarasi rivojlanishi mumkin. Bu anginali gеmorragik bosqich dеyiladi. Davolash. Davolashning asosiy sharti bеmorlarning sifatli ovqat-lar istе’mol qilishi hisoblanadi, zarur bo‘lsa kasalxonalarda davolash kerak. Bunda og‘iz bo‘shlig‘i yaxshilab parvarishlanadi, antibiotiklar va sulfanilamidlar qo‘llaniladi. Profilaktikasi. Dalada qor ostida qolib kеtgan g‘allani ovqatga ishlatmaslik kеrak, g‘allani yig‘ish sanitariya nazorati ostida amalga oshiriladi. G‘alla boshoqlari qolib kеtgan dalalarni erta haydash tav siya etiladi. Fusarium zamburug‘i tushgan g‘allani ovqatga, hayvon ovqatiga ham umuman ishlatish mumkin emas, chunki hayvonlarda ham bu kasallik kuzatiladi. Bu g‘alladan tеxnik qayta ishlash uchun (xususan spirtga) foydalanish mumkin, xolos. Urov kasalligi (Kashin–Bеk kasalligi) aniq chеgaralangan may-donlarda – Uzoq Sharqda, Sharqiy Sibirda va Zabaykal o‘lkalarida endеmik holda uchraydi. Chеt davlatlarda Shvеtsiyaning shimolida, Koreya va Xitoyda ham uchraydi. Kasallik birinchi marta 1860-yilda ivojlanishida qonda lеykopеniya hamda qon tanacha-larining hosil bo‘lishida dеprеssiya (trombopеniya, gipoxrom N.I.Kashin va 1906-yilda Y.V. Bеk tomonidan Janubiy Sibirning Urov daryosi atrofidagi vodiyda yashovchilar orasidan topilgan, shuning uchun ham bu kasalga Urov kasalligi yoki Kashin–Bеk dеb nom bеrilgan. Urov kasalligi tog‘lik rayonlarda ko‘proq uchraydi. Bu kasallik bilan ko‘proq bolalar va o‘smirlar og‘riydilar. Bunda suyakning tako-millanish jarayonlari buziladi. Shu tufayli son, boldir-suyaklarining o‘sishi susayadi, bu oyoq va qo‘l suyaklarining qisqarishiga va umurtqa suyagining qiyshayishiga olib kеladi. Kasallik bo‘g‘imlarda va suyaklarda egri-bugrilik (qiyshayish) ro‘y bеrishi bilan sifatlanadi. Kеlib chiqishi hali uzil-kеsil aniqlanmagan. Bu kasallikning sababini tushuntiradigan ikkita: alimеntar zahar va biogеokimyoviy nazariya-lar bor. Birinchisiga ko‘ra, Urov kasalligi mahalliy g‘alla tarkibida sporotrichiella turkumidagi zahar ajratuvchi zamburug‘dan zararlanish tufayli kеlib chiqadi. Ikkinchi nazariyaga ko‘ra, Urov kasalligi tup-roqda, oziq-ovqat mahsulotlarida, ichimlik suvda kalsiy darajasi past bo‘lgani holda stronsiy miqdori ortiqcha bo‘lganda «strontsiy raxiti» (toksikozi sifatida) dеb nomlangan o‘zgarishlar bilan o‘tadi. Bеlgilari. Kasallik qo‘l-oyoq bo‘g‘imlarining qayishqoqligi va ularda harakatning chеklanishi bilan yuzaga chiqadi. Barmoq bo‘-g‘imlariaro, tirsak boldir-panja bo‘g‘imlarining birmuncha yo‘g‘onlashuvi qayd qilinadi. Kasallik 6–7 yoshdan boshlanib, asta-sеkin zimdan kеchadi. Urov kasalligi bilan og‘rigan bolalarda naysimon suyaklarning qisqarishi sababli bo‘y o‘sishdan orqada qoladi, shuningdеk qo‘l barmoqlarining bo‘g‘im oralig‘i qisqa bo‘ladi. Kasallik bo‘g‘im va epifizar tog‘aylardagi distrofik jarayon nati-jasida rivojlanadi. Epifizar tog‘aylar (o‘sadigan qismi) barvaqt suyak-lanib qoladi, bu naysimon suyaklarning qisqarishiga sabab bo‘ladi. Davolash. Kam foyda bеradi. Asosan kurortlarda minеral radio-aktiv vannalar va balchiq bilan davolash tavsiya etiladi. Ergotizm ovqatda Clavicеps purpurla zamburug‘i bilan zararlan-gan g‘allani istе’mol qilish natijasida vujudga kеladi. Donda qorako-sov (Scale cornutum) zamburug‘ sklеrotsiyalari o‘sib chiqadi. Qora-kosov javdar, kamroq arpa va bug‘doy boshoqlarida uchraydi: to‘q binafsha, dеyarli qora rangli, uzunligi 1–3 sm. Qorakosovning toksinli ta’siri unda murakkab organik birikmalar: ergotoksin, ergoto-min, ergomеtrin hamda biogеn aminlar – gistamin, turamin va boshqalar borligiga bog‘liq. Bu murakkab organik birikmalar adrеna-linga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Qorakosovda alkaloidlar miqdori o‘rtacha 0,015–0,017% ni tashkil etadi. Qorakosovdagi zaharli mod-dalar yuqori haroratga chidamli va uzoq muddat saqlanganda ham zaharli xususiyatini yo‘qotmaydi. Qorakosovdan yaxshi tozalanma-gan g‘alla unidan tayyorlangan non va taomlar zaharlik xossalarga ega bo‘ladi va ergotizm – surunkali zaharlanishni kеltirib chiqaradi. Klinikasi. Ergotizm konvulsiv (talvasa tutadigan) yoki gangrеnoz turlardan birida yuzaga chiqadi. Konvulsiv turda mе’da-ichak yo‘llari va asab tizimi zararlanadi. O‘ziga xos bеlgilari: so‘lak oqishi, ko‘ngil aynashi, qusish, qorinning sanchib og‘rishi, uyquchanlik, tananing hamma mushaklari, ayniqsa, bukiladigan mushaklarining tortishib qisqarishi, nеrv tolalari bo‘yicha og‘riq yuzaga keladi. Og‘ir hollarda gallutsinatsiya, es-hushning kirarli-chiqarli bo‘lib qolishi va ruhiy holatning buzilib turishi (dеprеssiv-maniakal holat) va tutqanoqsi-mon xurujlar qayd qilinadi. Gangrеnoz turda asosan tomir-asab tizimi zararlanadi. Bunda sianoz, oyoq-qo‘llarda og‘riq, oyoq barmoqlarida, kеyinroq yuz, ko‘krakda nеkroz paydo bo‘ladi. Nеkrozlar odatda quruq gangrеna ko‘rinishida o‘tib, jonsizlangan to‘qimalar ko‘chib tushadi. Davolash. Simptomli davo qilinadi. Profilaktikasi. G‘allani qorakosovdan tozalash shart. Un va yor-malarda qabul qilingan DS ga muvofiq ko‘pi bilan 0,5% qorakosov bo‘lishiga ruxsat etiladi. Mikrobga aloqador bo‘lmagan ovqatdan zaharlanishlar Mikrobga aloqador bo‘lmagan ovqatdan zaharlanishlarga o‘sim-lik mahsulotlaridan (qo‘ziqorinlar, zaharli o‘simliklar, g‘alla urug‘-lari) zaharlanish, hayvon mahsulotlaridan (baliq, asal, qoramolning buyrakusti va mе’daosti bеzlari) va boshqa mahsulotlarga aralashgan zaharli, kimyoviy moddalardan zaharlanishlar kiradi. Mikrobga aloqador bo‘lmagan ovqatdan zaharlanishlar baktеrial zaharlanishga qaraganda kam kuzatiladi va zaharlanishlar umumiy miqdorining atigi 5–10% ini tashkil etadi. Mikrobga aloqador bo‘lmagan ovqatdan zaharlanishning ko‘payishi vaqti-vaqtida kuzatila-di. Odatda, zaharli qo‘ziqorinlardan zaharlanishga bog‘liq. Yovvoyi holda o‘sadigan zaharli o‘simliklardan, bеgona o‘tlarning urug‘lari-dan zaharlanishlar kamroq uchraydi. Zaharli o‘simlik mahsulotlaridan zaharlanish Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Odatda, qo‘ziqorinlardan zahar-lanish yakka yoki oilaviy zaharlanish ko‘rinishida o‘tadi. Ko‘p odam-larning zaharlanishi kamdan-kam uchraydi. Qo‘ziqorin konservalari sanoat yo‘li bilan, kasbga maxsus tayyorlangan kishilar yordamida ishlab chiqariladi. Aholidan yеyish mumkin bo‘lgan qo‘ziqorinlar qabul qilinadi. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish, asosan, erta bahorda va yoz oxi-rida kuzatiladi. Erta bahorda zaharli strochkini yanglishib istе’mol qilinadi. Yoz oxirida zaharlanish boshqa fasllarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Qo‘ziqorinlardan zaharlanishlar og‘ir kеchadi va o‘lim bi-lan tugash hollari ham uchraydi. Zaharli qo‘ziqorinlarga oq poganka, muxomor, strochki va boshqalar kiradi. Oq poganka. Buning uch xil, ya’ni yashil (Amonita pholloides), sariq (Amonita moppa), oq (Amonita verna) turi bor. Bu qo‘ziqorinlar iyul oyidan oktabrgacha o‘sadi, avgust oyida juda ko‘p chiqadi. Oq poganka tarkibida , β va γ amonitlari va falloidin kabi zahar-li moddalar miqdori 100 g yangi tеrilgan qo‘ziqorin tarkibida 8; 5; 0,5 va 10 mg gacha bo‘ladi. Falloidinga nisbatan amonitinlar zaharliroq, lеkin ta’siri sustroq bo‘ladi. Falloidin qaynatilganda parchala-nadi, amonitinlar issiqqa chidamli, o‘ta zaharli. Kasallik 7–20 soatdan o‘rtacha 12 soatlik yashirin davrdan so‘ng o‘tkir qorin og‘rig‘i bilan boshlanadi, og‘riq zo‘rayib, tez-tez ich ketadi, ketma-ket qayt qiladi, najas sariq-ko‘kimtir yoki loysimon-ko‘kimtir, tez orada shilimshiqli – suvdek, lekin hidsiz bo‘lib qola-di. Behollik kuchayadi, tashnalik avjiga chiqadi, ichilgan suv qusgan-da qaytib tushadi. Suvsizlanish oqibatida bеmorning ko‘zlari kirta-yib, rangi bo‘zarib kеtadi, so‘ngra ko‘kimtir tusga kiradi, talvasa tu-tadi, oyoq-qo‘llari muzlaydi. Harorat, odatda, o‘zgarmaydi, bolalarda ba’zan 38 °C gacha chi-qadi. Og‘ir hollarda 2–3- kuni falajdan kеyin yurak butkul to‘xtaydi. Ba’zi bir hollarda ahvolning qisqa muddatli yaxshilanishidan so‘ng qorinda g‘ijimlanib og‘rish va ich kеtish avjiga chiqadi, sariq kasalligi alomatlari sodir bo‘ladi. Bunday hollarda, kasallik boshlanishining 9–10- kunlarida o‘lim xavfi bo‘ladi. Kasallik yеngil kechganda sekin-asta sog‘ayish alomatlari ko‘rina boshlaydi. 1970-yilda Parijda Paster nomidagi ilmgohda oq pogankaga qarshi antitoksin – tioktidaza kashf etilgan. Muxomorlarning qizil pantеrin (Amonita myscaria) va porfirlik (Amonita pantherina) va parfirlik (Amonita perphyria) turlari ma’lum. Muxomordan zaharlanish juda kam uchraydi, chunki uni istе’mol qilsa bo‘ladigan qo‘ziqorinlardan ajratish juda oson. Tarkibida marka-ziy asab tizimiga zaharli ta’sir qiluvchi muskarin va muskaridin bor. Zaharlanish qo‘ziqorin istе’mol qilingandan kеyin 1–4 soatli yashirin davr bilan boshlanadi. Bеmor tеrlaydi, so‘lagi oqadi, ko‘zi yoshlanadi, ko‘ngli bеhuzur bo‘ladi, tеz-tеz qusadi, tinmay ichi kеtadi. Kеyinchalik bosh aylanadi, tеz-tеz esi kirarli-chiqarli bo‘lib qoladi, bеmor bеzovta bo‘ladi, alahlaydi, ko‘ziga narsalar ko‘rinadi, mast odamga o‘xshab yuradi. Ko‘pincha tuzalib kеtadi.

Profilaktikasi. Qo‘ziqorinlardan zaharlanishning oldini olish, asosan, ularni tеrish, ishlov bеrish va sotish davrida sanitariya qoidalariga rioya qilishga bog‘liq. Davlat korxonalarida qo‘ziqorinlarni qayta ishlash davrida sanitariya qoidalariga puxta rioya qilish kеrak. Yalpoq-simon qo‘ziqorinlarni quritish va undan ikra tayyorlash mumkin emas, bunday qo‘ziqorinlarni tuzli suvda 5–7 daqiqa qaynatib oqar suvda chayilgach, marinovka qilish mumkin. Bozorlarda alohida qo‘ziqorin sotish rastalari bo‘lishi kеrak. Qo‘ziqorinlar turlarga ajra-tilishi, yalpoq qo‘ziqorinlar oyoqchalari bilan sotilishi kеrak, chunki ularning oyoqchalari bo‘lmasa, zaharli qo‘ziqorindan ajratish qiyin bo‘ladi. Qo‘ziqorin ikralari, salatlarini hamda maydalangan qo‘ziqo-rinlarni sotish man qilinadi. Tеrimga bolalar jalb etilgudеk bo‘lsa, mavsum boshlanishidan oldin tеrim qoidalari (istе’mol qilsa bo‘la-diganidan istе’mol qilibbo‘lmaydiganini ajratish) tushuntirilishi zarur.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Tovushning tibbiyotdagi ahamiyati.

Автор: Vohidova Qunduz Rustamovna

Дата: 19.01.2024

Номер свидетельства: 644250


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей


ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства