kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy manbalar

Нажмите, чтобы узнать подробности

      Bo‘lajak  tadbirkor  o‘zining  dastlabki sarmoyasini hisoblab chiqishi lozim. Chunki o‘zining sarmoyasi manbalarini bilmay  turib  o‘z  ishini  boshlay  olmaydi.  Dastlabki  sarmoyaning  bir  necha manbalari mavjud:

• Xususiy sarmoya;

• Qarzga olingan mablag‘-kredit yoki lizing;

• Hamkorlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar;

• Grantlar.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy manbalar»

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy manbalar

Buxoro shahar kasb hunar maktabi o’qituvchisi

Aslanova Dilnoza


Bo‘lajak tadbirkor o‘zining dastlabki sarmoyasini hisoblab chiqishi lozim. Chunki o‘zining sarmoyasi manbalarini bilmay turib o‘z ishini boshlay olmaydi. Dastlabki sarmoyaning bir necha manbalari mavjud:

• Xususiy sarmoya;

• Qarzga olingan mablag‘-kredit yoki lizing;

• Hamkorlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar;

• Grantlar.

Xususiy sarmoya

Tadbirkor mustaqil kiritmoqchi bo‘lgan, biznesni boshlash uchun kerakli bo‘lgan pul mablag‘lari-xususiy sarmoya deyiladi.Xususiy sarmoya tavakkalchilik ishi bo‘lib, o‘z mablag‘ingiz bilan tavakkal qilasiz va muvaffaqiyatsizlik ro‘y bersa ularni yo‘qotasiz. Biroq ikkinchi tomondan, siz o‘z mablag‘laringizni biznesga kiritmoqchi ekansiz, bu siz biznesingiz kontseptsiyasiga ishonasiz degani. Bundan tashqari ayrim kreditorlar, biznes egasining o‘zi bir qism mablag‘ kiritishi kerakligini talab qiladilar. Bu korxonaning mutloq muvaffaqiyatini bildiradi.Shuningdek, ayrim biznes shakllari, uning egalari tomonidan mablag‘larning bir qismini kiritishni talab etadi. Masalan, MChJnituzishda, mablag‘larning bir qismini o‘zingiz kiritishingiz shart.

Qarzga olingan mablag‘lar

Kreditlar

Agar siz dastlabki sarmoyani kreditga olmoqchi bo‘lsangiz, bu sizga olingan kreditning o‘zini va belgilangan foiz stavkasini to‘lashingiz kerakligini bildiradi. Kreditni to‘lash bo‘laklab yoki birdaniga amalga oshirilishi mumkin.

Moliyaviy mablag‘larni kreditga olish o‘z mablag‘ini ishlatishga qaraganda biroz og‘irlik qiladi, chunki kredit hisobidan foizlar to‘lashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, kreditning bir qismini ham belgilangan muddatlarda qaytarish kerak bo‘ladi. Bu yangi korxona uchun murakkablik tug‘diradi, shuning uchun o‘z ishini tashkil qilishda, imkoni boricha, kamroq qarz olish kerak.

• Tijorat banklari;

• Kredit uyushmalari;

• Byudjetdan tashqari fondlar.

Asosiylari – Aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash fondi hamda Dehqon va fermerlik xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash fondi.O’zbekistonda kichik biznesni moliyalash dastlabki sarmoyani shakllantirish uchun mikrokredit va kreditlar vositasida amalga oshirilishi mumkin.Kichik biznesni kreditlash katta xavf tug‘dirganligi sababli, banklar kreditlarni yuqori hisobiga beradilar va ushbu moliyalash manbaini noqulay qilib qo‘ymoqda.Byudjetdan tashqari fondlar, tijorat banklarida ochiladigan, kredit yo‘nalishlari bo‘ylab mablag‘ ajratadilar. Mos ravishda, byudjetdan tashqari fondning kredit yo‘nalishi – byudjetdan tashqari fond tijorat bankiga ajratadigan va bank o‘z navbatida kichik biznes sub’ektlarini faqat maqsadli asosida kreditlaydigan mablag‘lar.Kredit uyushmalari – o‘z a’zolariga kredit – moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot. Kreditlashning bunday shakldagi amaliyoti so‘nggi yillarda “Kredit uyushmalari to‘g‘risida»gi qonunga mos ravishda rivojlantirilmoqda. Bunday kreditlash qarz summasi qaytarish muddati va mablag‘larni ajratish shakli bo‘yicha bank kreditlashiga nisbatan qulay va samarali. Kredit ubshmasidan kredit olish uchun tadbirkor bu uyushmaga a’zo bo‘lishi, qarz oluvchi sifatida va qarzni to‘lash bo‘yicha yaxshi obro‘ga ega bo‘lishi kerak.Tijorat banklari orqali kredit olish tadbirkorlik faoliyatida tez uchrab turadi. Ko‘plab banklarda kredit bo‘limlar mavjud va ular kichik biznes ishining o‘ziga xos sharoitlari bilan yaxshi tanish. Ular juda qattiq talablarni qo‘yadilar, shuning uchun banklardan kredit olish qiyin. Bu talablarning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:Biznes kontseptsiyasi texnik-iqtisodiy asosnomada aks etishi kerak va unga bank ishonishi kerak. Ba’zan bank o‘zlarining texnik – iqtisodiy asosnoma shaklini to‘ldirishni talab etadi. Foiz stavkasi va kreditning o‘zi foydadan qoplanadi, uning hisobi va asoslanishi texnik – iqtisodiy asosnomada aniq keltirilgan bo‘lishi kerak va kreditorlarni sizga kredit berishga ishontirib, ko‘ndirishi kerak.Bank kreditni ta’minlashni talab etadi va bu bilan o‘zini xavfdan holi qiladi. Kreditni ta’minlash quyidagilar yordamida amalga oshiriladi:

- banklarning kafolati;

- mulkni garovga qo‘yish;

- kreditni qaytarilmaslik xavfidan sug‘urtalashning sug‘urta polisi;

- uchta shaxs kafolati.

Qarz berishga buyurtmalarni ko‘rib chiqishda hisobga olinadigan mulohazalar: ufuzi. Agar fuqarolarning jalb qiladigan o‘z mablag‘i yetarli bo‘lmasa, tadbirkor boshqa manbalardan qarz olishi mumkin. Qarz beruvchilar, odatda, o‘zlari biladigan va ishonadigan kishilarga o‘z korxonalarini tuzishga pul qarz berishadi. Qarz beruvchilar yehtiyotkordirlar va tavakkal qilish juda katta bo‘lsa, pul berishmaydi. Ular kelajagi yo‘q biznesga pul sarflab, ularni yo‘qotishni istashmaydi. Shu sababli ko‘pchilik qarz beruvchilar biznes-rejani puxta ko‘rib chiqishadi. Biznes-rejada korxonani tuzish va boshqarish tartibi, qancha pul talab qilinishi va korxona foyda keltira boshlagach, ular qanday ishlatilishi haqidagi ma’lumotlar aks etishi kerak. Pul qarz olish zarurati tug‘ilganda ko‘p kishilar bankka borish haqida o‘ylashadi. Ammo kichik korxonaning bankdan pul olishi oson kechmaydi. Banklar pulni yo‘qotish tavakkali juda oz bo‘lgandagina pul qarz berishadi. Odatda, ular uzoq vaqt mobaynida biladigan mijozlarigagina pul qarz berishadi.Turli kredit muassasalari qarz so‘rovchi kishi amal qilishi kerak bo‘lgan turli qoidalar (amaliyotlar)ni belgilashadi. Albatta, kredit muassasalari potensial qarz oluvchilarga yordam berishni istashadi, ammo ular ayni vaqtda, berilgan mablag‘ qarz beruvchi bilan kelishilgan muddatlarda va shartlarda qaytarilishiga ishonishlari kerak. Qarz berishga buyurtmalarni ko‘rib chiqishda ye’tiborga olinadigan omillarni bilish zarur.

Kredit - qarzga pul olishning yeng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari vakolatli banklar, ya’ni fondlar bilan kerakli bitimlarga yega bo‘lgan banklar orqali ajratiladi. Shuningdek, istalgan holda tadbirkor kredit yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat yetadi va o‘zining kredit dasturini tayyorlash hamda amalga oshirish bo‘yicha barcha o‘zaro aloqalarni u yoki bu bank tizimi bilan amalga oshiradi.Ajratilish muddatiga ko‘ra, kreditlar qisqa muddatli yoki uzoq muddatliga bo‘linadi.Ma’lumki, tijorat banklari kreditlash jarayonini kreditlash tamoyillari, ya’ni, maqsadlilik, kreditni qaytarish layoqatini hisobga olish, muddatlilik, ta’minlanganlik va kafolatlanganlik tamoyillari asosida amalga oshiradi. Qarzning maqsadli ishlatilishi: buyurtmachi qarzni noqonuniy biznesga yoki hukumat ma’qullamaydigan biznesga, yoxud tadbirkor o‘z korxonasini ochmoqchi bo‘lgan joydagi jamoa xushlamaydigan biznesga investitsiya qilmasligiga ishonish juda muhim. Talab qilinadigan qobiliyatlarning mavjudligi: ariza beruvchining biznes sohasidagi avvalgi faoliyati tarixi loyihani malakali va samaraliamalga oshira olish bo‘yicha tadbirkor layoqatining indikatori bo‘ladi. Shaxsiy sifatlarni bilish qarz beruvchiga qarz oluvchi tomonidan qarzni maqsadli ishlata olinadimi yoki yo‘qligi haqida tushuncha hosil qilishga yordam beradi. Qarzni qaytarish muddati: bu ham qarz beruvchi, ham qarz oluvchi nuqtayi nazaridan juda muhim talab. Qarz beruvchi qarz oluvchining u yoki bu muddatda pulni qaytarish haqidagi taklifi nechog‘liq realligini bilishi kerak. Qarz beruvchi uni statistik va moliyaviy prognozlar tuzish yo‘li bilan aniqlashi mumkin, shular asosida arizachiga qarzni qoplashning real muddatlari, shuningdek, boshqa holatlar — qarzning asosiy miqdorini qoplash uchun oylik badal kattaligi tavsiya qilinishi mumkin. Ta’minot: aniq qarz beruvchi uchun ta’minotning yoki garovning qaysi turi maqbul? Agar barcha qolgan shartlar bajarilsa ham, mabodo, bank tomonidan belgilangan pulni qaytarishni ta’minlash muddatlari va shartlari bajarila olinmaydigan holatda qarz beruvchi qarz bermasligi mumkin. Bu, ayniqsa, tijorat krediti olishga kimdir birinchi marta murojaat qilgan holatlarda adolatlidir. Kafolatlar: ayrim qarz beruvchilar ham ko‘chmas mulk shaklida, ham moddiy aktivlar ko‘rinishida, ham do‘stlarning kafolatlari tarzida ta’minotni taqdim etishni talab qilishadi.Siz kreditni boshqa manbalardan ham topishingiz mumkin, masalan, do‘stlaringiz yoki oila a’zolaringizdan.

LizingBiznesingiz uchun jihozni lizing shartlariga ko‘ra olishingiz mumkin. Siz uchun jihoz sotib olib, uni ijaraga beruvchi lizing kompaniyalari mavjud. Bu holda lizing kompaniyasi lizing beruvchi, siz lizing oluvchi, jihoz – lizing ob’ekti. Bu holda sizga jihoz lizingining dastlabki davriga aylanma sarmoya va lizing to‘lovlarini to‘lash uchun faqat dastlabki sarmoya kerak bo‘ladi.Agar siz lizing asosida jihoz olmoqchi bo‘lsangiz, jihoz bahosini o‘zingizning dastlabki sarmoyangiz hisobidan chiqarib yuborishingiz hamda texnik – iqtisodiy asosnomangizga o‘zgartirishlar kiritishingiz zarur.To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarDastlabki sarmoya sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni qo‘llashingiz mumkin. Bu mablag‘ni sizning hamkorlaringiz (jismoniy yoki xukukiy shaxslar) biznesingizga pay to‘lovi sifatida kiritadi. Bu holda siz o‘z foydangizni hamkorlaringiz bilan bo‘lishasiz. Shuningdek, hamkorlar biznesni boshqarishda ham qatnashish huquqiga ega.GrantlarAyrim mamlakatlarda boshlovchi tadbirkorlarga grantlar beriladi. Bu pul mablag‘lari xususiy shaxslarga konkret bir ishni bajarishi uchun beg‘araz beriladi. Shunday tashkilotlar borki, ular ham kreditlash va ham grantlash dasturi bo‘yicha ish olib boradilar.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy manbalar

Автор: Aslanova Dilnoza

Дата: 23.02.2024

Номер свидетельства: 646243


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства