kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Статья:Zamonaviy elektromobillar to’g’risida ma’lumot

Нажмите, чтобы узнать подробности

Elektromobil — akkumulyatorlar batareyasi oʻrnatilgan bir yoki bir necha elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan avtomobil. 20-asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va AQShda elektromobildan taksi, pochta furgoni, kommunal xoʻjalik mashinalari, yengil avtomobillar sifatida foydalanilgan. Fransiyalik Camille Jenatzy elektromobil tezligini 100 km/soatga yetkazgan. Biroq, tezlikning cheklanganligi va energiya sigʻimining pastligi (20 W/soat kg gacha), akkumulyatorlar batareyasining massasi kattaligi elektromobilning rivojlanishiga toʻsqinlik qiddi. 1960-yillardan boshlab ichki yonuv dvigatel avtomobillardan chiqadigan gaz havoni zaharlashi va shovqinni kuchaytirishi tufayli elektromobildan shahar transportida foydalanishga ehtiyoj ortdi. Elektromobildagi akkumulyatorlar batareyasining bir galgi zaryadi (energiya zaxirasi) 100 km gacha yoʻl yurishga yetadi. Elektromobillarning akkumulyatorlari maxsus zaryadlash stansiyalarida zaryadlanadi. Oʻzgaruvchan tok dvigatelidan foydalanilganda uni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi oʻzgartirgich boʻladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Статья:Zamonaviy elektromobillar to’g’risida ma’lumot»

Mavzu: Zamonaviy elektromobillar to’g’risida ma’lumot

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi Jo’rayev Jahongir

Kalit so’zlar : elektromobil, o’zgaruvchan tok, yurish qismi, kuzovi yengillashtirilgan,

Elektromobil — akkumulyatorlar batareyasi oʻrnatilgan bir yoki bir necha elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan avtomobil. 20-asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va AQShda elektromobildan taksi, pochta furgoni, kommunal xoʻjalik mashinalari, yengil avtomobillar sifatida foydalanilgan. Fransiyalik Camille Jenatzy elektromobil tezligini 100 km/soatga yetkazgan. Biroq, tezlikning cheklanganligi va energiya sigʻimining pastligi (20 W/soat kg gacha), akkumulyatorlar batareyasining massasi kattaligi elektromobilning rivojlanishiga toʻsqinlik qiddi. 1960-yillardan boshlab ichki yonuv dvigatel avtomobillardan chiqadigan gaz havoni zaharlashi va shovqinni kuchaytirishi tufayli elektromobildan shahar transportida foydalanishga ehtiyoj ortdi. Elektromobildagi akkumulyatorlar batareyasining bir galgi zaryadi (energiya zaxirasi) 100 km gacha yoʻl yurishga yetadi. Elektromobillarning akkumulyatorlari maxsus zaryadlash stansiyalarida zaryadlanadi. Oʻzgaruvchan tok dvigatelidan foydalanilganda uni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi oʻzgartirgich boʻladi.

Elektromobillar shaharda foydalanishga moʻljallangan; yurish qismi, kuzovi yengillashtirilgan, alohida transmissiyali va akkumulyatorlar batareyalari almashtirish qulay qilib ishlanadi. Akkumulyatorlar batareyalari kuzov ostiga joylashtiriladi, tok dvigatelga tiristorli boshqarish bloklari orqali keladi. Dvigatel yetakchi koʻprikli bloklarga (oldiga yoki orqasiga) yoki kardanli harakat bloklariga, yoxud gʻildiraklarga oʻrnatiladi. Elektromobildan foydalanish shaharlarda shovqinni va havoning buzilishini kamaytiradi, suyuq yonilgʻini tejashga imkon beradi. Elektr energiya suyuq yoki gazsimon yoqilgʻidan bevosita avtomobilning oʻzida hosil qilinadigan elektromobillar ham bor. Elektromobil, asosan, AQSh, Angliya, Rossiyada ishlab chiqariladi. AQSH va Germaniyada bir galgi zaryadi 200 km gacha yoʻl yurishga yetadigan elektromobillarning eksperimental nusxasi yaratilgan (2005). Oʻzbekistonda elektromobilga doir ishlar Toshkent avtomobil yoʻllar institutida olib boriladi.

Xitoyning yirik elektromobilm ishlab chiqaruvchisi BYD Auto Industry va «O‘zavtosanoat» kompaniyasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda UzAuto matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, hamkorlik doirasida tomonlar O‘zbekistonda yangi energiya manbalaridan (NEV — gibridlar, elektromobillar va elektrobuslar) foydalangan holda avtomobillar va avtobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib oldi. Loyiha shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini yaratish, jumladan, akkumulyatorlar va elektromobil motorlarini ta’mirlashni ham o‘z ichiga oladi.

BYD yangi energiya vositalarining to‘liq assortimentini ishlab chiqaradi, shuningdek, akkumulyatorlar, yarim o‘tkazgichlar, elektr motorlar va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarning o‘ziga xos dizayni va ishlab chiqarish usuliga ega.

«Bugun biz Xitoyning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD bilan shartnoma imzolayapmiz. Bu elektromobillar kelajagi sari birinchi qadamdir», — deb yozdi «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov LinkedIn’dagi sahifasida.

Shavkat Mirziyoyev 14 fevral kungi yig‘ilishda O‘zbekistonda 3 oy muddatda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, davlat rahbari strategiyaga elektromobillar uchun butlovchi qismlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturini kiritish, shuningdek, ularga qo‘yiladigan texnik talablar va zamonaviy standartlarni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.

2020 yil oxirida hukumat «O‘zavtosanoat» kompaniyasini faqatgina elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirgandi. «O‘zavtosanoat» Strategik bo‘lim boshlig‘i Rustam Qodirov 2021 yilning mart oyida O‘zbekistonda 2025 yillarga kelib elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi.

Ammo 2022 yildayoq Central Asia Motors kompaniyasi Farg‘ona mexanika zavodi hududida elektromobillarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashi mumkin. Loyiha 50 million dollarga baholangan (5 mln dollar tadbirkorning o‘z mablag‘lari, yana 5 mln dollar bank krediti, qolgan 40 mln dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya), zavod yiliga 10 ming dona elektromobil yig‘a oladi.

Fevral oyi boshida Energetika vazirligi davlat elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish dasturini tayyorlayotganini ma’lum qilgandi. Spot`ning yozishicha, bungacha elektromobillar infratuzilmasi bilan faqat xususiy kompaniyalar shug‘ullangan.

Iqtisodiy taaqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekistonda elektromobillar va elektrotexnika ishlab chiqarishning prognoz qilinadigan o‘sishini hisobga olgan holda, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi va «O‘zavtosanoat» AJ bilan birgalikda Mis klasteri (OKMK) asosida elektromobillar uchun elektr yonilg‘i quyish shoxobchalari ishlab chiqarishni ko‘rib chiqishni taklif qilgandi.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Статья:Zamonaviy elektromobillar to’g’risida ma’lumot

Автор: Жураев Жахонгир

Дата: 28.11.2024

Номер свидетельства: 660447


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства