kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Статья: Zamon talablariga javob beradigan hozirgi davr qandolatpazi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Qandolatchilik va non mahsulotlari insonlarning oziqlanishida katta ahamiyatga  ega.  Ushbu  mahsulotlarning tashqi  ko‘rinishi  chiroyli, ta’mi mazali, xushbo‘y va inson organizmi tomonidan yaxshi  o‘zlashtiriladi. Xamirdan tayyorlangan  mahsulotlar  tarkibida  uglevodlar (kraxmal,qand),  yog‘lar,  oqsillar,  mineral  moddalar va  В, PP, A  guruh  vitaminlari  mavjudligi  tufayli  ular  yuqori  kaloriyali mahsulotlar hisoblanadi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Статья: Zamon talablariga javob beradigan hozirgi davr qandolatpazi»

Zamon talablariga javob beradigan hozirgi davr qandolatpazi





Buxoro shahar kasb-hunar maktabi katta o‘qituvchisi:

G‘aybullayeva Gulbahor Tog‘ayevna



Annotatsiya: Qandolatchilik va non mahsulotlari insonlarning oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli, ta’mi mazali, xushbo‘y va inson organizmi tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Xamirdan tayyorlangan mahsulotlar tarkibida uglevodlar (kraxmal,qand), yog‘lar, oqsillar, mineral moddalar va В, PP, A guruh vitaminlari mavjudligi tufayli ular yuqori kaloriyali mahsulotlar hisoblanadi.

Kalit so`zlar: Uglevodlar (kraxmal,qand), yog‘lar, oqsillar, mineral moddalar, В, PP, A guruh vitaminlari, xom-ashyo, sanitariya-gigiyena, ko‘pchitgich.



Qandolatchilik va non mahsulotlari insonlarning oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli, ta’mi mazali, xushbo‘y va inson organizmi tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.

Xamirdan tayyorlangan mahsulotlar tarkibida uglevodlar (kraxmal,qand), yog‘lar, oqsillar, mineral moddalar va В, PP, A guruh vitaminlari mavjudligi tufayli ular yuqori kaloriyali mahsulotlar hisoblanadi.

Ovqatlanish korxonalarining qandolatchilik sexlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar davlat standartlari, tarmoq standartlari, texnik shartlar talablariga mos kelishi lozim. Ishlab chiqarish sexida ko‘p narsa asosan qandolatpazga bog'liq. Tayyorlanadigan mahsulotlarning sifati bevosita uning mahoratiga bog‘liq. Bunga ilmiy jihatdan asoslangan texnologik jarayonni to‘g‘ri o‘tkazish bilangina emas, balki xom-ashyoning tabiiy xususiyatlaridan foydalana bilish orqali ham erishiladi, shuningdek, qandolatpazning didi va badiiy ijodkorligiga ham ko‘p narsa bog'liq. Mehnat bozorining vujudga kelishi ta’lim jarayoni oldiga yangi vazifalami qo‘ya boshladi. Bitiruvchilar uchun davlat buyurtmasi juda qisqarib ketdi, o‘rta va kichik korxonalaming hamda yakka tartibdagi buyurtmachilaming talablari oshmoqda.

Hozirgi davr talablariga mos kelish uchun mutaxassis nafaqat o‘z ishini bajarish, balki buyurtmachi bilan ishlashni, o‘z ishini rejalashtirish, ya’ni texnologik va iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishni hamda o‘z mehnatini o‘zi nazorat qilish bilan shug‘ullanishni bilishi lozim.



Hozirgi davr qandolatpazi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

1. Boshlang‘ich yoki o ‘rta kasbiy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.

2. Turli xamirlardan tayyorlanadigan qandolat va bulka mahsulotlari retseptlarini hamda texnologiyasini bilishi kerak.

3. Xom-ashyoning o‘ziga xos xususiyatlarini, xushbo‘y hid va ta’m beradigan moddalarning, ko‘pchitgich va bo‘yoqlarning turlarini bilishi kerak.

4. Undan tayyorlanadigan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda sanitariya-gigiyena shart-sharoitlariga, ularni saqlash muddatlariga, tashish va realizatsiya qilish qoidalariga rioya qilish.

5. Undan tayyorlangan qandolat mahsulotlari sifatini baholash usullarini, sifatsizlik alomatlari va kamchiliklarni bartaraf etish usullarini bilishi.

6. Undan tayyorlanadigan qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan iste’mol qo‘shimchalari va bo‘yoqlarning tibbiy-biologik talablar va sanitariya me’yorlari bilan belgilanuvchi konsentratsiyasiga rioya etishi.

7. Undan tayyorlanadigan qandolat mahsulotlarining murakkab turlarini mahorat bilan bezash usullarini, har xil shaklli buyurtma tortlarni tayyorlash yollarini bilishi.

8. Un va xamiming boshqa tarkibiy qismlarini amalda qo‘llash va hisoblash usullarini bilishi va bajara olishi.

9. Undan qandolat va bulka mahsulotlari tayyorlashda retseptlar majmuasi, korxona standartlaridan foydalana olish.

10. Undan qandolat va bulka mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladigan texnologik uskunalar ishlatish qoidalari va prinsiplarini bilishi.

11. Yong'in va elektr xavfsizligi chora-tadbirlarini bilishi va ularga rioya etishi.

12. Hamkasblar bilan muloqotda odob-axloq va muomala madaniyatiga rioya qilish.

13. Ish o‘rnida mehnatni oqilona tashkil etish hamda ishni aniq rejalashtirishni bilish.

14. Bajariladigan ish uchun mas’uliyatni his etish kerak.





FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



1.N.G.Buteykis, A.A.Jukova “Undan qandolat mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi” Toshkent - «Fan» - 2003

2. Б.Баранов. “Технология производства продукции общественного питания”. —М.: «Экономика», 1981.

3. N.Kovalayev, I.Grishin. “Ovqat tayyorlash texnologiyasi”.— Т.: « O‘qituvchi», 1969.

4. К.Махмудов. “Узбекские блюда”. —Т.: «Узбекистан», 1976

5. Сборник рецептур блюд и кулинарных изделий. —М.: «Экономика», 1983.

6. N.Anfimova, T.Zaxarova, L. Tatarskaya. “Pazandachilik”. — Т.: «O‘qituvchi», 1993.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Статья: Zamon talablariga javob beradigan hozirgi davr qandolatpazi

Автор: G‘aybullayeva Gulbahor Tog‘ayevna

Дата: 31.05.2023

Номер свидетельства: 632833


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства