kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Статья: ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION VA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Нажмите, чтобы узнать подробности

ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION VA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Raxmatova Nafosat  Jumayevna

Buxoro  shahar  kasb-hunar  maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Annotatsiya:  mazkur  maqolada  ona  tili  darslarida  o’quvchilar  bilan  ishlashda

interfaol  hamda  innovatsion  metodlarning  ahamiyati  haqida  ma’lumotlar  bayon etilgan.

 

Buyuk  islohotlar  amalga  oshirilayotgan  sharoitda  ijodiy  fikrlovchi  yoshlarga bo`lgan  talab  davr  taqozosidir.  Chunki  shaxsiy  dunyoqarashga  ega  bo`lgan insonlargina  jamiyat  taraqqiyotini  ta'minlovchi  muvaffaqiyatlarga  erishishga  qodir bo`ladilar.  Rеspublikada  olib  borilayotgan  davlat  siyosatining  bosh  omillaridan  biri ham  ijodiy  fikrlovchi, kеng  dunyoqarashga  ega, iqtidorli  shaxslarni  kamol  toptirish va  tarbiyalashdir.  Bularni  amalga  oshirishda  o`qituvchining  darslar  va  sinfdan  tashqari mashg`ulotlar jarayonida interfaol metodlardan unumli foydalana olishi ham muhim o`rin tutadi. Interfaol metodlardan amalda foydalanishda quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim:

-  o`quvchi o`zi o`rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o`rgata

olmaydi;

-  o`qituvchi  o`quvchilarga  bilimlarni  «kashf  qilishga»  yordam  beradigan

jarayonni tashkil qiladi ya`ni yapon xalq maqoli misolida olsak, o`qituvchi baliq tutib bermaydi, balki unga baliq tutishni o`rgatadi;

- bilim borliqdan ko`chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi kabilar.

 Shuningdek o’qitishning  zamonaviy  metodlarini  qo’llash  o’qitish  jarayonida  yuqori samaradorlikka  erishishga  olib  keladi.  Bu  metodlarni  har  bir  darsning  didaktik vazifasidan  kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan  boyitish  ta’lim  oluvchilarning  o’zlashtirish  darajasi  o’sishiga  olib  keladi.

Ta'lim  jarayonida  innovatsion  texnologiyalar,  pedagogik  va  axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e'tibor kundan -kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta’limda o’quvchini faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar  ularni  egallayotgan  bilimlarini  o’zlari  izlab  topishlariga,  mustaqil o’rganib,  tahlil  qilishlariga,  hatto  xulosalarni  ham  o’zlari  keltirib  chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga  sharoit  yaratadi  va  shu  bilan  bir  qatorda  boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik  funktsiyasini  bajaradi.  Ta'lim  jarayonida  o’quvchi  asosiy  figuraga aylanadi.  Pedagogik  texnologiya  va  pedagog  mahoratiga  oid  bilim,  tajriba  va interaktiv  metodlar  o’quvchilarni  bilimli,  yetuk  malakaga  ega  bo’lishlarini ta’minlaydi.

Yangi pedagogik texnologiyalarga bag’ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator  oqitish  usullari  haqida  soz  yuritilmoqda.  Bu  usullar  innovatsion  metodlar  sifatida  taqdim  etilmoqda.  Shulardan  ona  tili  darslarida  bo’sh  o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan  ishlashda  foydalanish mumkin  bolgan ayrim metodlar xususida so'z yuritamiz.

1.  Modulli  talim  texnologiyasi.  Bu  o'quvchilarda  darslik,  ilmiy-ommabop  va

qo'shimcha  adabiyotlar  bilan  mustaqil  ishlash  ko'nikmalari,  ijodiy  va  mustaqil

fikrlashni rivojlantirish maqsadida o'tkaziladi. Modulli ta'lim texnologiyasining o'ziga  xos jihati o'rganilayotgan mavzu bo'yicha o'quvchilarning mustaqil va ijodi y ishlariga imkon beradigan modulli dastur tuzishdir.

2.  Hamkorlikda  oqitish  texnologiyasi,  uning  asosiy  g’oyasi  o'quv

topshiriqlarini  va  faqat  birgalikda  bajarish  emas,  balki  o'quvchilarni  hamkorlikda  o'qishga  orgatadi,  ular  o'rtasida  hamkorlik,  o'zaro  yordam  va  fikr  almashinishi vujudga keltirish.

3.  Muammoli  ta'lim  texnologiyasi.  Muammoli  vaziyat  yaratish,  savollar

qo'yish,  masalalar  va  topshiriqlarni  taklif  qilish,  muammoli  vaziyatni  yechishga qaratilgan muhokamani uyushtirish va xulosalar to'g’riligini tasdiqlashdir.

4.  Interfaol  metod  texnologiyasi.  O'quvchilarning  ijodkorligiga  tayanish,

darsda  erkin  bahs-munozara  sharoitini  tug’dirish.  Buning  uchun  sinf  kichik

guruhlarga bo'linadi va dars davomida shu guruhlar bilan ishlanadi.

5.  Didaktik  oyinlar  texnologiyasi.  Dars  jarayonida  turli  didaktik  o'yinlarni

qo'llash va ular orqali darsda jonlanish, faol harakat va qiziqish uyg’otish.

6.  Sinov darslari. Yangi pedagogik texnologiya asosida dars o'tish shakllari va

usullarini  o'zgartirib,  ularni  xilma-xil  qilib,  oqituvchi  oquvchini  oquv  jarayonining faol qatnashchisiga aylantiradi.

O’qituvchi  va  o'quvchining  hamkorlikdagi  faoliyati  bu  darsni  interfaol  darsga

aylantiradi. O'qitishning yangi interfaol shakllari  –  ta'lim-tarbiya masalalarini unumli  yechishga,  o'quvchilarning  bilish  faoliyatini  kuchaytirishga  qaratilgan  o'quv mashg’ulotlarini  takomillashtirish  yo'llaridan  biri.  Xorijiy  davlatlar 

sinovdan o'tgan bu metod ya'ni interfaol metodga ko'ra darslar bir necha bosqichga

bo'linadi: Ular chaqiriq, aqliy hujum, anglash, fikrlash kabi bosqichlardir.

1.  Chaqiriq  bosqichi.  Bu  bosqichda  o’quvchilarni  faollashtirish,  mavzuning

mazmun –  mohiyatiga kirib borish, uni his etish, anglab yetish jarayoniga tayyorlash kabi  maqsadlar  ko’zda  tutiladi.  Bunda  o’qituvchi  tomonidan  berilgan  savollarga javob berish jarayonidao’quvchilar o’zaro fikr almashadi.

2.  Aqliy  hujum  bosqichi.  Bu  usul  darsning  boshlanishida  yoki  istalgan  joyida

qo’llanishi mumkin bo’lib, u muamoni o’z g’oyalari, fikrlarini aytish yo’li bilan hal qilishdan  iborat.  Masalan,  o’qituvchi  sinf  taxtasiga  til  so’zini  yozadi  va o’quvchilardan  “Ushbu  so’z  sizlarda  qanday  tassavvur  hosil  qildi  yoki  shu  so’zni yana qaday talqin qilsa bo’ladi?”  –  deb so’raydi. O’qituvchi o’quvchilar tomonidan bildirilgan  fikrlarni  sinif  taxtasiga  quyidagi  tartibda  yozib  borishi  mumkin:

O’qituvchilarning fikrlari noto’g’ri deb topilmasligi lozim aksincha, o’qituvchi iloji boricha o’quvchilarga yordam berishi noto’g’ri fikr aytib qo’yishdan cho’chimaslikka da’vat  qilishi,  oxirida  esa  bildirilgan  fikrlarning  har  birini  o’qituvchi  tahlil  qilib berishi kerak.

3. Anglash bosqichi. Bu bosqichda aqliy hujum bosqichidagi mavzuga oid bahsmunozara  natijasida  yuzaga  kelgan  xulosaviy  fikrlar  eshitilib,  o'qituvchi  tomonidan yangi fikrlar bilan to'ldiriladi. Savol-javoblar orqali mavzu mustahkamlanadi.

Ta'limda innovatsion metodlarni qo'llashdan asosiy maqsad  –  o'qituvchining o'z pedagogik  xazinasini  qayta  ko'rib  chiqishiga  yordamlashish,  yanada  yuqori  sifatli metodik  yo'nalishga  intilishini  hosil  qilish,  kelgusi  o`ylar,  izlanishlar,  tajribalarga undashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  7-fevraldagi

“O`zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo`yicha  Harakatlar  strategiyasi to`g`risida”gi 4947-son Farmoni.

2.  O`zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  2017-yil 6-apreldagi

“Umumiy  o`rta  va  o`rta  maxsus, kasb-hunar  ta’limining  davlat  ta’lim  standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi № 187-sonli Qarori.

3.  U.  Masharipova  va  b.q.  Ona  tili  4-sinf  o`qituvchilari  uchun  ilg`or

pedagogik  va  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarini  amaliyotga  joriy  etish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Статья: ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION VA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH»

ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION VA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Raxmatova Nafosat Jumayevna

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Annotatsiya: mazkur maqolada ona tili darslarida o’quvchilar bilan ishlashda

interfaol hamda innovatsion metodlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar bayon etilgan.



Buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda ijodiy fikrlovchi yoshlarga bo`lgan talab davr taqozosidir. Chunki shaxsiy dunyoqarashga ega bo`lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi muvaffaqiyatlarga erishishga qodir bo`ladilar. Rеspublikada olib borilayotgan davlat siyosatining bosh omillaridan biri ham ijodiy fikrlovchi, kеng dunyoqarashga ega, iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. Bularni amalga oshirishda o`qituvchining darslar va sinfdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida interfaol metodlardan unumli foydalana olishi ham muhim o`rin tutadi. Interfaol metodlardan amalda foydalanishda quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim:

- o`quvchi o`zi o`rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o`rgata

olmaydi;

- o`qituvchi o`quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan

jarayonni tashkil qiladi ya`ni yapon xalq maqoli misolida olsak, o`qituvchi baliq tutib bermaydi, balki unga baliq tutishni o`rgatadi;

- bilim borliqdan ko`chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi kabilar.











Shuningdek o’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.

Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e'tibor kundan -kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta’limda o’quvchini faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari izlab topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.

Yangi pedagogik texnologiyalarga bag’ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator oqitish usullari haqida soz yuritilmoqda. Bu usullar innovatsion metodlar sifatida taqdim etilmoqda. Shulardan ona tili darslarida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashda foydalanish mumkin bolgan ayrim metodlar xususida so'z yuritamiz.

1. Modulli talim texnologiyasi. Bu o'quvchilarda darslik, ilmiy-ommabop va

qo'shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikmalari, ijodiy va mustaqil

fikrlashni rivojlantirish maqsadida o'tkaziladi. Modulli ta'lim texnologiyasining o'ziga xos jihati o'rganilayotgan mavzu bo'yicha o'quvchilarning mustaqil va ijodi y ishlariga imkon beradigan modulli dastur tuzishdir.

2. Hamkorlikda oqitish texnologiyasi, uning asosiy g’oyasi o'quv

topshiriqlarini va faqat birgalikda bajarish emas, balki o'quvchilarni hamkorlikda o'qishga orgatadi, ular o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam va fikr almashinishi vujudga keltirish.

3. Muammoli ta'lim texnologiyasi. Muammoli vaziyat yaratish, savollar

qo'yish, masalalar va topshiriqlarni taklif qilish, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtirish va xulosalar to'g’riligini tasdiqlashdir.

4. Interfaol metod texnologiyasi. O'quvchilarning ijodkorligiga tayanish,

darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug’dirish. Buning uchun sinf kichik

guruhlarga bo'linadi va dars davomida shu guruhlar bilan ishlanadi.

5. Didaktik oyinlar texnologiyasi. Dars jarayonida turli didaktik o'yinlarni

qo'llash va ular orqali darsda jonlanish, faol harakat va qiziqish uyg’otish.

6. Sinov darslari. Yangi pedagogik texnologiya asosida dars o'tish shakllari va

usullarini o'zgartirib, ularni xilma-xil qilib, oqituvchi oquvchini oquv jarayonining faol qatnashchisiga aylantiradi.

O’qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyati bu darsni interfaol darsga

aylantiradi. O'qitishning yangi interfaol shakllari – ta'lim-tarbiya masalalarini unumli yechishga, o'quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o'quv mashg’ulotlarini takomillashtirish yo'llaridan biri. Xorijiy davlatlar

sinovdan o'tgan bu metod ya'ni interfaol metodga ko'ra darslar bir necha bosqichga

bo'linadi: Ular chaqiriq, aqliy hujum, anglash, fikrlash kabi bosqichlardir.

1. Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda o’quvchilarni faollashtirish, mavzuning

mazmun – mohiyatiga kirib borish, uni his etish, anglab yetish jarayoniga tayyorlash kabi maqsadlar ko’zda tutiladi. Bunda o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berish jarayonidao’quvchilar o’zaro fikr almashadi.

2. Aqliy hujum bosqichi. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida

qo’llanishi mumkin bo’lib, u muamoni o’z g’oyalari, fikrlarini aytish yo’li bilan hal qilishdan iborat. Masalan, o’qituvchi sinf taxtasiga til so’zini yozadi va

o’quvchilardan “Ushbu so’z sizlarda qanday tassavvur hosil qildi yoki shu so’zni yana qaday talqin qilsa bo’ladi?” – deb so’raydi. O’qituvchi o’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni sinif taxtasiga quyidagi tartibda yozib borishi mumkin:

O’qituvchilarning fikrlari noto’g’ri deb topilmasligi lozim aksincha, o’qituvchi iloji boricha o’quvchilarga yordam berishi noto’g’ri fikr aytib qo’yishdan cho’chimaslikka da’vat qilishi, oxirida esa bildirilgan fikrlarning har birini o’qituvchi tahlil qilib berishi kerak.

3. Anglash bosqichi. Bu bosqichda aqliy hujum bosqichidagi mavzuga oid bahsmunozara natijasida yuzaga kelgan xulosaviy fikrlar eshitilib, o'qituvchi tomonidan yangi fikrlar bilan to'ldiriladi. Savol-javoblar orqali mavzu mustahkamlanadi.

Ta'limda innovatsion metodlarni qo'llashdan asosiy maqsad – o'qituvchining o'z

pedagogik xazinasini qayta ko'rib chiqishiga yordamlashish, yanada yuqori sifatli metodik yo'nalishga intilishini hosil qilish, kelgusi o`ylar, izlanishlar, tajribalarga undashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi

“O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi 4947-son Farmoni.

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi

“Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi № 187-sonli Qarori.

3. U. Masharipova va b.q. Ona tili 4-sinf o`qituvchilari uchun ilg`or

pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Статья: ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION VA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Автор: Raxmatova Nafosat Jumayevna

Дата: 16.01.2022

Номер свидетельства: 597951


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства