kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Статья:Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi va uning afzalliklari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni bola shaxsiga yo‘naltirishga asoslanganligi. Ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Статья:Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi va uning afzalliklari»



Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi va uning afzalliklari

Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi

Qodirova Zulfiya Murodovna

Kalit so’zlar; o‘qitish texnologiyasi, hamkorlikda o’qitish, guruhlarda o’qitish,

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni bola shaxsiga yo‘naltirishga asoslanganligi. Ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori – R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori – SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab chiqilgan.

Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi.

Mazkur g’oyalar bir-birini to’ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi. Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta`kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi etarli emas. O’quvchilar tom ma`nodagi hamkorlik, har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas`uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga intiladi.

Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash masalalar yechish va boshqalar.

Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllari: tarbiyachi - bola, tarbiyachi- kichik guruh, tarbiyachi - katta guruh, kichik guruh - kichik guruh, kichik guruh – bola va boshqalar.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:

Guruhlarda o’qitish (R.Slavin) da o’quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Guruh a`zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e`tiborni qaratadi.

Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.

Hamkorlikda o‘qishning asosiy g‘oyasi – bir nimalarni birga bajarishgina emas, balki birgalikda o‘qishdir. Guruh bo‘lib ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi:

  • Bilim olish bo‘yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo‘yish;

  • Maqsadlariga muvofiq bo‘lgan guruhlarga bo‘lish;

  • Didaktik materialni tarqatish;

  • Guruhdagi ishni rejalashtirish;

  • Topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish;

  • Guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e'tirozlar, qo‘shimchalar, aniqlashtirishlar);

  • Guruh ishining natijalari to‘g‘risida xabar berish;

  • Guruhlar ishlari va qo‘yilgan vazifaga erishish to‘g‘risida umumiy xulosa chiqarish.

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining afzalligi shundaki pedagogik faoliyat samaradorligi oshadi, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qaror topadi, talabalar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishi ta’minlanadi, talabalarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi, talabalarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi

Foydalanilganadabiyotlar:

1. Novikov A.M. Ta’lim metodikasi.M.: EGVES, 2006.-492 b.

2. Maxmutov M. I. Ta’limning kasbiy yo’nalishi printsipi / Zamonaviy pedagogic nazariyava amaliyotda ta’lim tamoillari // Universitetlararo ilmiy ishlar to’plami.- Chelyabinsk, 1985.—S .52-56

3. Kasb-hunar ta’limi ensiklopediyasi: 3 jildda/ ED. S. Ya. Ba—tisheva.-M., 1999-yil.

4. G’oziyev E. Mamedov K. Kasb psixologiyasi.-T.: O’zMU ,2003. 156-b.

6. http s://Uzbekistan.ureport.in/story/364/




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Статья:Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi va uning afzalliklari

Автор: Qodirova Zulfiya Murodovna

Дата: 24.01.2024

Номер свидетельства: 644626


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства