kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Пример разработки программы по гарболологии и экотоксикологии

Нажмите, чтобы узнать подробности

mazkur namunaviy dastur universitetning bakalavr darajasi uchun mo'ljallangan

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Пример разработки программы по гарболологии и экотоксикологии»

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


TASDIQLAYMAN”

______________ ______O. X. Xamidov (OTM rektori)

2021 yil “___”___________

Ro’yxatga olindi: №___________

2021 yil ____ ____________



GARBOLOGIYA VA EKOTOKSIKOLOGIYA

O’QUV DASTURI


Bilim sohasi: 700000-Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari

Ta’lim sohasi: 720 000-Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari

Ta’lim yo‘nalishi: 60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)










Buxoro-2021

Fan/modul kodi

GET 1606

O’quv yili

2023-2024

Semestr

6


ECTS - Kreditlar


6

Fan/modul turi Majburiy

Ta’lim tili

O’zbek


Haftadagi dars soatlari

6

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari

(soat)

Mustaqil ta’lim

(soat)

Jami yuklama

(soat)

Garbologiya va ekotoksikologiya

90

90

180

2

Fanning mazmuni

Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish muammolari bilan uzviy bog’liqdir. O’zbekistonda BMT ning Barqaror rivojlanish dasturi hamkorligida chiqindilarni boshqarish bo’yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatlar chiqindilar bo’yicha muammolarni hal qilishda amalga oshiriladigan ishlarning strategik yo’nalishi va muvofiqlashtiruvchi asos bo’lib, xizmat qiladi. Mazkur holatdan kelib chiqib, ekolog bakalavr yo’nalishi talabalarida chiqindilarni to’plash, zararsizlantirish, utillash va qayta ishlash masalalari haqida bilim, ko’nikma va tasavvurlarni hosil qilishda Garbologiya va ekotoksikologiya fani tadbiq etilmoqda.

Fanning maqsad va vazifalari

Fan maqsadi-talabalarga Garbologiya va ekotoksikologiyaga oid bilim, ko’nikma va malakalarni berish. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur o’quv faniga quyidagi vazifalar yuklanadi:

-Garbologiya va ekotoksikologiya fanining ilmiy-nazariy asoslariga oid bilimlarni berish;

-Xalq xo’jaligida chiqindi muammolarini aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni tavsiya etish malakalarini berish;

-Atrof-muhitni muhofaza qilishda chiqindilarni to’plash, qayta ishlash, utillash va zararsizlantirishga doir ko’nikmalarni hosil qilish;

Fan bo’yicha talabalarning bilim, malaka va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar

Garbologiya va ekotoksikologiya fanini o’zlashtirishda bakalavr:

-Texnogen landshaftlarni optimizatsiyalash, sanoat korxonalari

chiqindilarining ruxsat etilgan me’yoriy ko’rsatgichlari;

chiqindishunoslikda qo’llaniladigan asosiy qoidalar; garbologiyada texnologik jarayonlar; buyumlar, materiallar, detallar va boshqalarning uzoq muddatga foydalanish imkoni yo’qligidan kelib chiqadigan toksikologik chiqindilar; katta shaharlarda chiqindilarni hosil bo’lishi va joylashtirish; GAT texnologiyalari orqali chiqindilarni joylashtirish va ularni zararsizlantirishni bilish;

-Garbologiya-chiqindilar haqidagi ta’limotni, ekologiyaning mustaqil yo’nalishi ekanligini, chiqindishunoslikning maqsadi, vazifalari, ob’yekti va predmetini, chiqindilarning tasniflanishini va ekotoksikologiyasi, chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalar-zamon talabi ekanligini, garbologiyaning hozirgi holati va kelajak istiqbollarini ko’nikmalarini hosil qilish;

-Sanoat chiqindilari va ularni qayta ishlash, yirik shaharlarda chiqindilarni hosil bo’lishi, ularni to’plash va olib chiqib ketish malakasiga ega bo’lishi kerak;

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

Garbologiya va ekotoksikologiya fani umumkasbiy fanlar toifasiga kirib, 6-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirishda talaba o’quv rejadagi ayrim gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy hamda umumkasbiy-biologiya nazariyalari, geosfera va biosfera haqidagi ta’limot, umumiy ekologiyaning ilmiy-nazariy asoslari, jumladan, amaliy ekologiya, tuproq va agroekologiyasi, shahar va sanoat ekologiyasi kabi fanlardan yetarlicha bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishi lozim.

Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

Xalqaro tashkilotlar tomonidan keyingi vaqtda keng qo’llanilayotgan Barqaror rivojlanish konsepsiyasida ekologik muammolarni eng muhim jihati bo’lib chiqindilar hisoblanmoqda. Ularni global miqiyosida hal qilish zarurligini uqtirmoqdalar. Shuning uchun bu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, u talabalarning kelgusida kasbiy amaliy faoliyatining ajralmas qismidir.

Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalar Garbologiya va ekotoksikologiya fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning Aqliy hujum, Klaster, Bumerang, Munozara, Loyiha tuzish, Modellashtirish, Jarayonga yo’naltirish, Tadqiqot, Taqdimot o’tkazish kabi interfaol usullardan foydalanish hamda zamonaviy informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish talab etiladi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv, o’quv-metodik, metodik qo’llanmalar, o’quv-metodik majmualar, elektron adabiyotlar, internet manbalaridan foydalaniladi. Mavzularni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar orqali yoritishda masalaga kompleks va tizimli yondashuvdan foydalaniladi. Ma’ruzalarni o’tishda ko’rgazmali o’quv qurollaridan, mul’timedia hamda masofaviy ta’lim yo’nalishidan foydalanib tashkil etiladi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslariga mos ravishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar tanlanadi.

Asosiy nazariy qism

(ma’ruza mashg’ulotlari)

Fanga kirish

1-mavzu: Kirish.

Garbologiya va ekotoksikologiya to’g’risida tushuncha, fanning predmeti, ob’yekti va o’rganish uslublari, maqsadi hamda vazifalari. Tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan bog’liqligi hamda rivojlanish tarixi.

2-mavzu: Atrof-muhitning ifloslanishi va uning tirik organizmlarga ta’siri.

Tevarak-atrofni ifloslanish yo’llari, ifloslovchi chiqindi xillari tarkibi, ekologiyasi. Fizik-mexanik, biologik va kimyoviy ifloslanish.

3-mavzu: Chiqindilarning tasniflanishi.

Chiqindilarning agregat holatiga ko’ra turlari. Ishlab chiqarish chiqindilari. Iste’mol chiqindilari va ularni utelizatsiyasi. Garbologiyada texnologik jarayonlar.

4-mavzu: Maishiy chiqindilar va sanoat iste’moli chiqindilari.

Maishiy chiqindilar va sanoat iste’moli chiqindilari turlari haqida tushuncha. Material, xom-ashyo, tayyor mahsulot va ularning qoldiqlari, polufabrikatlar.

5-mavzu: O’ta xavfli ekotoksikantlar.

Ekotoksikantlar haqida umumiy tushuncha. Turlari, tabiatda uchrashi, o’simlik va hayvon organizmlarida to’planishi hamda oqibatlari.

6-mavzu: Chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalar-zamon talabi.

Chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalar to’g’risida tushuncha. Buyumlar, materiallar, detallar va boshqalarning uzoq muddatga foydalanish imkoni yo’qligidan kelib chiqadigan chiqindilar.

7-mavzu: Yirik shaharlarda chiqindilarni hosil bo’lishi, ularni to’plash va olib chiqib ketish masalalari.

Megapolislarda chiqindilarni hosil bo’lishi va joylashtirish. Garbologiyaning hozirgi holati va kelajak istiqbollari.

8-mavzu: Havoning ifloslanishi muammosi tarixi

Havo to’g’risida umumiy ma’lumot. Havoning ifloslanishi muammosi va yechimlari.

9-mavzu: Oqova suvlar va ularni tozalash usullari.

Oqova suvlar to’g’risida tushuncha, qo’llaniladigan metodlar va muhofaza choralari.

10-mavzu: Tuproq xususiyatlari va uning ifloslanishi.

Tuproq ifloslanishi to’g’risida tushuncha, aniqlash metodlari va muhofaza choralari.

11-mavzu: Ifloslovchilar monitoring.

Monitoring tushunchalari, masalalari va sinflanishi. Ifloslovchilar monitoring.

12-mavzu: Atrof-muhitni chiqindilar bilan ifloslanishi.

Ishlab chiqarish va is’temol qilish chiqindilari-ishlab chiqarish va is’temol qilish jarayonida hosil bo’lgan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, boshqa mahsulot qoldiqlari va o’zning is’temol qilish sifatini yo’qotgan mahsulotlar.

13-mavzu: Sanoat korxonalari rivojlangan shaharlarning ifloslanishi va ekologik holatga salbiy ta’siri.

Shaharlarning vujudga kelishi. Sanoati rivojlangan shaharlar, ifloslovchi manbalar va ekologik muammolar.

14-mavzu: Inson yashash muhitini muhofaza qilishning mezonlari.

Borliqni muhofaza qilishga oid me’yoriy hujjatlar. Ekologik ta’lim-tarbiya mohiyati.

15-mavzu: Garbologiya va ekotoksikologiyaning buguni va kelajagi.

Chiqindi ikkilamchi resurs. Chiqindishunoslik yo’nalishidagi izlanishlar, yutuqlar, innovatsiyalar.

Amaliy mashg’ulotlarni tashkiliy etish bo’yicha uslubiy ko’rsatma.

Amaliy mashg’ulotlarda talabalar Garbologiya va ekotoksikologiya fanidan olgan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish hamda mustaqil fikirlash, voqeylikni ekologik tahlil qila olish malakalarini oladilar. Amaliy mashg’ulotlarning mazmun-mohiyati, shakli va muddatlari real mahalliy sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqib tanlanishi mumkin. Mahaliy sharoit va imkoniyat amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish ob’yektlarining mavjudligi, turi va shakliga qarab belgilanadi, hamda quyidagi mavzular tavfsiya qilinadi:

  1. Garbologiya (Chiqindishunoslik) to’g’risida tushuncha.

  2. O’zbekistonda Garbologiya (Chiqindishunoslik) ning rivojlanish tarixi.

  3. Garbologiya (Chiqindishunoslik) ning tabiiy-ijtimoiy fanlar bilan bog’liqligi.

  4. Atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanishi.

  5. Biosfera va inson faoliyati.

  6. Biosferadagi radioaktivlik.

  7. Ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish.

  8. Muhitning kimyoviy zaharlanishi.

  9. Biologik ifloslanish.

  10. Borliqning abiotik ifloslanishi.

  11. Atmosferaning ifloslanishi va uning oqibatlari.

  12. Suvning ifloslanishi va uning muhofazasi.

  13. Tabiatga fizik va kimyoviy ta’sirlar.

  14. Antropogen omillar va ularning oqibatlari.

  15. Ikkilamchi resurslar, ulardan foydalanish holati, kam chiqindili texnologiyalar.

Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish shakli va mazmuni.

Laboratoriya mashg’ulotlar nazariy egallagan bilimlarini mustahkamlash funksiyasini bajaradi. Borliq holatini tahlil qilish, tasavvurli tushinish, unga nisbatan ijobiy yondashish imkonini beradi. Laboratoriya mashg‘ulotlarida bakalavlar ijodiy faoliyat bilan shug'ullanib fan sohasidagi yangiliklar bilan laboratoriya mashg'ulotlarini mazmunini boyitadilar. Laboratoriya mashg’ulotlari uchun tavsiya etilgan tahminiy mavzular:

  1. Laboratoriyalarda ishlash tartib-qoidalari va ehtiyot choralari.

  2. Laboratoriyada ishlatiladigan jihozlar bilan tanishish.

  3. Ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari.

  4. Biosfera va uni ifloslantiruvchi manbalar.

  5. Qishloq xo’jaligini kimyolashtirirish va biosfera.

  6. Atrof-muhit va pestisedlar ayrim turlarining ahamiyati va ishlatilishi.

  7. O`simliklarni himoya qilish va atrof-muhit.

  8. Turli o`g`itlardan foydalanish va uning atrof muhitga ta`siri.

  9. Shovqin. Shovqinning asosiy manbalari va odam organizmiga ta`siri.

  10. Tashqi muhit omillari.

  11. Landshaft tushunchasi va turlari. Inson va tabiiy landshaftlar.

  12. Mavjud yashash muhitlarini tabiiy holatini o’zgarishini o’rganish.

  13. Asosiy abiotik faktorlar yorug`lik, quyosh energiyasining organizm uchun ahamiyati va turli spektorlarning ta`siri.

  14. Harorat. Namlik.

  15. O’simliklarning issiqlikka chidamliligini aniqlash.

Mustaqil ta’limni tashkil etish shakli va mazmuni.

Talabalar mustaqil ta’limda mazkur fandan olgan nazariy va amaliy bilimlarini axborot-resurs tizimlaridan foydalanib, joriy nazoratni kundalik daftarda aks ettirish va og’zaki, oraliq va yakuniy nazorat savollariga yozma ravishda javob berish, mahalliy sharoitdan kelib chiqqan tarzda mustaqil ta’lim mavzularini tanlash va ularni referat, taqdimot yoki mustaqil ish ko’rinishida topshirish. Mustaqil ta’lim mavzulari ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarini to’ldirishi nazarda tutilsin.

Quyidagi mavzular tavsiya qilinadi:

  1. Avtotransport va atmosfera havosi.

  2. Texnologik tadbirlar.

  3. Suvlarni maxsus tozalash.

  4. Chiqindi suvlarni tozalash. Biologik suv havzalari.

  5. Tuproqning fil’trlash xususiyati.

  6. Axlatlarni yig’ish normalari va klassifikatsiyasi

  7. Qattiq chiqindilarni tozalash.

  8. Sanoat chiqindilarini qayta ishlash.

  9. Pestitsidlarning tashqi muhit bilan aloqadorligi.

  10. Inson, jamiyat va tabiat.

  11. Havoni changdan tozalash.

  12. Ichki suv resurslarining ifloslanishi.

  13. Shovqindan saqlanish masalalari.

  14. Temir yo’l transportining ifloslantirishi.

  15. Chiqindi pasporti, yutuq va kamchiliklar.

3

Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

-Garbologiya va ekotoksikologiya sohasidagi nazariy masalalar qo’llash usullari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

- Garbologiya va ekotoksikologiya sohasidagi nazariy masalalar qo’llash usullari asosiy qonunlari va ularni qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

- Garbologiya va ekotoksikologiya sohasidagi nazariy masalalar qo’llash usullari ekologik qonunlar asosida tavsiflashni malakalariga ega bo’lishi kerak;

4

Ta’lim texnologiyalari va metodlari

-ma’ruzalar;

-interfaol keys-stadilar;

-amaliy mashg’ulot (mantiqiy fikirlash, tezkor savol-javoblar);

-guruhlarda ishlash;

-taqdimotlarni qilish;

-individual loyihalar;

-jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

5

Kreditlarni olish uchun talablar:

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini tog’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish.

6

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Asosiy adabiyotlar:

        1. Eремеев Е. А. Гарбология.-Бийск, 2020.-С.156.

        2. Turobjonov S., Tursunoy T., Pulatoy X. Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi.-T., 2010.-B.256.

        3. Қудратов О. Саноат экологияси.-Т., 2003.-Б.260.

        4. Yormatova D. Sanoat ekologiyasi.-T.,2007.-B.256.

        5. Gazinazarova S., Aхmedov I., Muхamedgaliyev B., Хojiyev A. Ekologik хavfsizlik.-T., 2010.-B.151.

Qoshimcha adabiyotlar:

        1. Ergashev А., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish.- T., 2005.-B.434.

        2. Эргашев А., Эргашев T. Агроэкология.-Т., 2006.-Б.534.

        3. Эргашев А. Умумий экология.- Т.: “Ўзбекистон”, 2003.-Б.464.

        4. Doniyorov B. N. O’rta Zarafshon hududida qishlovchi qushlar va ularning biologiyasi (Navoiy viloyati misolida).-Globe, 2022.-B.113.

        5. Турсунов Х.Т., Раҳимова Т.У. Экология .-Т.: “Chinor ENK”, 2006.146.

Internet saytlari:

        1. www.ziyonet.uz

        2. www.ziyouz.com

        3. www.uznature.uz

        4. www.есо.uz

        5. www.oak.uz

        6. www.zoomet.ru

        7. www.qomusiybilim.uz

        8. www.vak.ru

7

Fan dasturi Buxoro davlat universiteti ilmiy kengashining 2021 yil ____ ___________dagi “___”-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan.

8

Fan/modul uchun ma’sul

B.N. Doniyorov

BuxDU, Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o’qituvchisi

9

Taqrizchilar:

Yo. Q. Hayitov

BuxDU, Ekologiya va geografiya kafedrasi professori, g.f.d.,

O. I. Jabborova

Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy-biologiya kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dots.





















1



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Пример разработки программы по гарболологии и экотоксикологии

Автор: Данияров Боймурод Нормуротович

Дата: 04.01.2024

Номер свидетельства: 643575


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства