1.Ona va bola salomatligini himoya qilish g’oyasi va shu sohadagi tarixiy o’z-garishlar. 2.Ona va bola salomatligini himoya qilishga qaratilgan Davlat dasturlari va amalga oshiriladigan ishlar.
3.Onalikning turli davrlarida salomatligini saqlashga qaratilgan vazifalarni o’qitish.
.
Mavzu bayoni
Ona va bola sog’lig’ini saqlash - bu butun umr davomida (tug’ilgan vaqtdan boshlab qarilikgacha bo’lgan davr) jismoniy, psixik va ijtimoiy sog’lom hayot kechirish uchun dastlabki asosiy mezonidir. Kelajak avlodning tug’ilishi va tarbiyasi uchun asos bo’ladi.
Jamoada ona va bola sog’lig’ini saqlash faoliyatning maksadlari quyidagilardan iborat:
2. O`z malakamni oshirish maqsadida axborot resurs markazidan keng foydalanib, yangi chiqqan adabiyotlarni, Prezident farmon va qarorlarini o`qib dars jarayonida qo`lladim.
3.Texnikumda o`tkazilgan ilmiy pedagogik kengash va seminarlarda , kafedra yig`ilishlarda, siyosiy o`qishlarda muntazam qatnashib keldim.
5.Dars berilgan guruh o`quvchilariga barcha mavzular va amaliy ko`nikmalar Dastur va DTSlari asosida o`tildi va o`rgatildi.
6.O`quv jarayonida darslar anatomiya, ichki kasalliklar,, yuqumli kasalliklar, xirurgiya,lotin tili va ingliz tili fanlariga bog`lab o`tildi.
7.Dars berib kelgan guruhlarda o`rtacha sifat ko`rsatkich I yarim yillikda 86%, absolyut ko`rsatkich 100%ni tashkil etadi. II yarim yillikda 84%, absolyut ko`rsatkich 100%ni tashkil etadi.
8.”Mohir hamshira“ to`garagiga 3-6 guruhlar bilan ish olib bordim.
9.Har 40kunda yotoqxonada darsdan tashqari ma`naviy va ma`rifiy tadbirlar o`tkazdim va yotoqxonada navbatchilik qildim.
10.Oliy ta`lim muassasasi BTIning IKP kafedrasi bilan hamkorlik ishlarini olib bordim.
11.Dekabr va fevral oylarida Xalqaro va Respublika miqyosida maqolalar chop etdim.
12.Mavzular bo`yicha yo`riqli texnologik xaritalar tayyorladim.(nazariy darslar uchun)
13. Nazariy va amaliy fanlar uchun ishchi o`quv dasturlar yaratdim.( Bioetika fani uchun)
16.Aprel oyida 2-10 guruh bilan “ Dietologiya “fanidan ochiq dars o’tkazdim.
17.Fanga oid yakuniy nazorat uchun variantlar ishlab chiqdim.
O`qituvchi : Barakayeva SH SH
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Правилный питаний»
Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli.
Mavzu nomi: Huqna turlari, ko’rsatma va moneliklar.
O’quv soati: 80 daqiqa
Ta’lim oluvchilar soni: 30 ta
O’quv mashg’uloti shakli va turi:
Nazariy - yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’uloti.
O’quv mashg’uloti rejasi:
1. Huqna o’tkazish maqsadi, turlari,
2. Huqna o’tkazishda ko’rsatma va monеliklar
3.Huqna va gaz chiqaruvchi naychani qo’llash.
O’quv mashg’ulotining maqsadi:Huqna turlari, ko’rsatma va moneliklar, huqna va kateterizasiya o’tkazish, huqna va gaz chiqaruvchi naychni qo’llash to’g’risida bilimlarni shakllantirish.
O’qitish natijasi
1. Huqna o’tkazish maqsadi, turlari haqida bilimga ega bo’ladi.
2. Huqna o’tkazishda ko’rsatma va monеliklar to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi.
3. Huqna va gaz chiqaruvchi naychani qo’llash haqida tushunchaga ega bo’ladi.
1. Huqna turlari, ko’rsatma va moneliklar haqida tushuncha berish.
2. Huqna o’tkazishda ko’rsatma va monеliklar to’g’risida gapirib berish.
3. Huqna va gaz chiqaruvchi naychani qo’llash haqida tushuntirib berish.
O’quv faoliyatining natijalari:
1. Huqna turlari, ko’rsatma va moneliklar haqida tushuncha beradilar.
2. Huqna o’tkazishda ko’rsatma va monеliklar to’g’risida gapirib berishadi.
3. Huqna va gaz chiqaruvchi naychani qo’llash haqida tushuntirib beradilar.
Doska, bo’r, multimediya dars ishlanmasi, kompyuter, videoproyektor, ko’rgazmali plakat, format, baholash varaqasi jadvali, flamasterlar, ta’lim modeli, tarqatma materiallar.
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
Ommaviy, jamoaviy, guruhli ish.
O’qitish sharoiti
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona.
Qayta aloqaning usul va vositalari
Savol-javob, jadval to’ldirish.
« Huqna turlari, ko’rsatma va moneliklar » mavzusi bo’yicha o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari va vaqti
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchilar
1-o’quv mashg’ulotiga kirish
(5daq.)
Tashkiliy qism:
1.Salomlashadi, o’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi, sinfning tozaligiga, o’quvchilarning tashqi ko’rinishiga e’tibor beradi.
Mashg’ulotga tayyorlanadilar
2-bosqich
Asosiy
(70 daq.)
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi. Talabalarni kichik guruhlarga bo’ladi, ishlash qoidasi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. (1-ilova)
O’tilgan mavzu “Klaster” metodini qo’llab o’quvchilarga topshiriq beradi va bajarish uchun yo’riqnoma beradi, berilgan topshiriqni tekshiradi va baholaydi. (2-ilova)
O’tilgan mazuni “Muammoli vaziyat” metodini qo’llab umumlashtiradi. O’quvchilarga vaziyatli masala beradi va bajarish uchun yo’riqnoma beradi, berilgan topshiriqni tekshiradi va baholaydi. (3-ilova)
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsadi va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi.
3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarni baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi. (4-ilova).
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5. Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazib ularning bilimlarini faollashtiradi. (5-ilova).
Yangi o’quv material bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Slaydlarni Pover Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarini bayon qiladi. (6-ilova)
Yangi o’quv materialini mustahkamlash:
8.Mustahkamlash uchun “Domino” metodi qo’llaniladi. (7-ilova)
Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi. Topshiriqni bajarish bo’yicha yo’riqnoma beradi, baholash mezoni bilan tanishtiradi. (8-ilova)
10.Har ikkala guruh ishtirokchilariga savol va javob yozilgan stikerlar tarqatiladi hamda topshiriqni bajarishga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchilari vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o’tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi.
11.Topshiriqni to’g’ri bajargan guruhni ma’lum qiladi. Yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aytib, tuzatadi va qisqacha xulosalar qiladi.
12.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzining har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylarga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Diqqat qiladilar va tinglaydilar.
Kichik guruhlarga bo’lina-dilar. Kichik guruhlardagi talabalar ishlash qoidasi bilan tanishadilar va berilgan topshiriqni o’z jamoalari bilan muhokamalashib bajarishadi va taqdimot qilishadi.
Berilgan topshiriqnini guruh bilan muhokama qilishib, vaziyatli masalaning yechi-mini taqdim qilishadi.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Tinglaydilar.
Guruh ishtirokchilari savollarga javob beradilar.
Mavzuni tinglaydilar, asosiy joylarini yozib oladilar.
Tinglaydilar va xulosa chiqaradilar.
Diqqat bilan tinglaydilar, topshiriqni bajarish bo’yicha tushunmagan savollarini berishadi.
Kichik guruhlarga bo’lina-dilar.
“Start” deb yozilgan stiker ishtirokchisi birinchi bo’lib o’yinni boshlab beradi va stikerda yozilgan savolni o’qiydi va doskaga yopishtiradi. Javobi yozilgan stiker ishtirokchisi turib javobni o’qiydi va savol yozilgan stiker orqasidan yopishtiradi.
Diqqat bilan tinglaydilar. Xulosa chiqaradilar.
Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
3-bosqich.
Yakuniy
(5 daq.)
Mashg’ulot yakuni:
Faol ishtirok etgan talabalarning javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi. (9-ilova)
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
1-ilova
Баҳолаш кўрсаткичлари ва мезонлари
Кўрсаткичлар
Баҳолар
5
4
3
2
«Klaster» metodi
Kalit so’ziga tegishli bo’lgan so’zlar to’liq yozib chiqilgan va ulardan foydalanib kalit so'ziga bog’lab mavzu to’liq yoritildi
Kalit so’ziga tegishli bo’lgan so’zlar to’liq yozib chiqilgan ammo ulardan foydalanib kalit so'ziga bog’lab mavzu to’liq yoritilmadi
Kalit so’ziga tegishli bo’lgan so’zlar to’liq yozilmadi, shu sababli ulardan foydalanib kalit so'ziga bog’lab mavzu to’liq yoritilmadi
Kalit so’ziga tegishli bo’lgan so’zlar juda kam yozildi shu sababli mavzu yoritilmadi
Klasterni tuzish bo’yicha yo’riqnoma
1.Qog’oz varag’i markazida kalit so’z yoki 1-2 so;zdan iborat mavzu nomini aylana ichiga yozing.
2.Kalit so’z bilan birlashadigan yon tomonga kichkina hajmdagi aylana ichiga mavzu bilan aloqador so’z yoki so’z birikmasini yozing. Ularni chiziq bilan „bosh“ so’zga bog’lang.
3.Ushbu “yo’ldoshch”alarda “kichik yo’ldoshlar” ham bo’lishi mumkin, ular ichiga yana so’z yoki iboralar yozib ajratilgan vaqt tugagunga qadar yoki g’oyalar tugamagunga qadar davom ettiriladi.
2-ilova
Topshiriqni bajarish yo’riqnomasi :
1.O’quvchilarni 2ta kichik guruhga bo’lish.
2.Berilgan vazifani “Klaster” vositasini qo’llab bajarishlarini tushuntirish: har bir kichik guruh stoli ustida format beriladi va flomasterlar. Format markazida aylana ichida kalit so’z yoki mavzuga doir gap yoziladi.
3.Guruh ishtirokchilari berilgan vazifaga ta’luqli so’zlarni yozishadi, bunda fikrlar cheklanmagan, ammo vaqt cheklangan.
4.Vazifani bajarish uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.
5.Shu guruhdan tanlangan ishtirokchi doskaga chiqib formatni magnitlar yordamida doskaga mahkamlab, yozilgan so’zlarni chiziqlar bilan birlashtirib mavzuga doir gap tuzadi va berilgan vazifani tushuntirib beradi.
Eslatma: Topshiriqni bajarish muhokamasi uchun 5 daqiqa.
“Muammoli vaziyat” metodi – ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini toppish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metoddir. “Muammoli vaziyat” metodi qo’llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini tipishni o’rganadilar.
“
Muammoli vaziyat” metodini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma
1.O’quvchilarni 2ta kichik guruhga bo’lish.
2.Guruh o’quvchilariga vaziyatli masala solingan konvertni tanlash huquqini berish.
3.Vaziyatli masalani guruh ichida muhokama qilish va muammoli vaziyatning yechimini topish.
4. Vaziyatli masalani yechimini guruh ishtirokchisi tomonidan taqdimot qilish.
Eslatma: Topshiriqni bajarish 5 daqiqa. Taqdimot uchun 5 daqiqa
Muammoli masala N1
Qabulxona bo’limiga tez yordam mashinasida qusayotgan bemor olib kelindi. Bemorni qarindoshlaridan so’rab surishtirganda sifatsiz ovqat yegani ayon bo’ldi. Bemorning tana harorati ko’tarilgan, holsiz, ko’ngli aynib, qusayapti, ichi suyuq kelyapti. Obyektiv tekshirganda teri va shilliq qavatlar oqargan, terisi issiq va quruq, teri turgori pasaygan, paypaslaganda qorin sohasida og’riq, auskultatsiyada ichaklar peristaltikasi kuchaygan.
Savol: Bemorda qusishning qaysi turi kuzatilayapti. Bemorga qanday yordam ko’rsatiladi?
Muammoli masala N2
Kasalxonaga Davlatov B degan bemor yotqizildi. Yoshi 60da. Shikoyatlari: kuchli bosh og’rig’i, ayniqsa ensa sohasida, bosh aylanishi, quloq shang’illashi, ko’ngil aynishi, qusish, to’sh sohasida og’riq, umumiy holsizlik. Qusgandan so’ng bemorning ahvoli yaxshilanmadi. Bemorni tekshirganda tomir urishi tezlashgan, A/B 170/90 mm.simob ustunida.
Savol: Bemorda qusishning qaysi turi kuzatilayapti. Bemorga qanday yordam ko’rsatiladi?
Baholashko’rsatkichlarivamezonlari
Ko’rsatkichlar
Baholar
5
4
3
2
“Muammoli vaziyat” metodi
Vaziyatli masalaga to’g’ri, aniq va lo’nda javob beradi.
Vaziyatli masalaga javob berishda ba’zi xatoliklarga yol qo’yadi.
Vaziyatli masalaga to’liq jabvob bermaydi.
Vaziyatli masalaga to’g’ri javob bermaydi.
Mavzu nomi:Huqna turlari, ko’rsatma va moneliklar.
Reja:
1. Huqna o’tkazish maqsadi, turlari,
2. Huqna o’tkazishda ko’rsatma va monеliklar
3.Huqna va gaz chiqaruvchi naychani qo’llash.
4-ilova
Baholashko’rsatkichlarivamezonlari
Ko’rsatkichlar
Baholar
5
4
3
2
Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarning ma’lumotga ega bo’lish darajasi
Mavzu haqida tushunchaga ega, berilgan savollarga to’liq javob berishadi
Mavzu haqida tushunchaga ega, berilgan savollarga to’liq javob berishmyadi
Mavzu haqida qisman tushunchaga ega, berilgan savollarga javob berishga harakat qilishadi
Mavzu haqida umuman tushunchaga ega emas, savollarga javob berishmaydi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazilib ularning bilimlari faollashtiriladi
5-ilova
I – kichik guruh berilgan savollar
II – kichik guruh berilgan savollar
1 – reja bo’yicha berilgan savollar:
Huqna deb nimaga aytiladi?
Qanday huqna turlarini bilasiz?
Huqna turlariga qaysilar kiradi?
Tozalovchi huqna qo’yish mumkin bo’lmagan holatlar?
Dorili huqna qilishdan oldin nimalarga etibor qilish kerak?
Tozalovchi huqna qachon qilinadi?
Moyli huqna qachon qilinadi?
Dorili huqna qachon qilinadi?
Dorili huqnadan oldin qaysi huqna qilinadi?
Dorili huqna nima uchun kam qo’llaniladi?
3 – reja bo’yicha berilgan savollar:
Gaz chiqaruvchi naycha nima uchun ishlatiladi?
Gaz chiqaruvchi naychadan foydalanishning afzalliklarini ayting?
Gaz chiqaruvchi naychaning uzunligi qancha bo’ladi.
Gaz chiqaruvchi naychadan foydalanishning kamchiliklarini ayting?
Yangi mavzu nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq tayyorlangan prezintatsiya slaydlari Pover Point tartibida namoyish qilinib mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlar bayon qilinadi.
6-ilova
Yangi o’quv materialini mustahkamlash:
7-ilova
“Domino” metodini qo’llashbo’yicha yo’riqnoma
1.Doskaga magnitlar yordamida vatman qog’ozi yopishtirildi va har ikkala kichik guruh talabalariga savol va javoblar yozilgan stikerlar tarqatiladi.
2.Guruhga ishtirokchilarga o’yin sharti tushuntiriladi, bunda qaysi guruh ishtirokchisida “Start” deb yozilgan stiker tushgan bo’lsa shu ishtirokchi stikerida yozilgan savolni o’qiydi.
3.Raqib guruh ishtirokchilari diqqat bilan savolni tinglashlari kerak bo’ladi, chunki berilgan savolning javobi ularning biridagi stikerida yozilgan bo’ladi. Ana shu ishtirokchi zudlik bilan turib shu savolga tegishli javobni o’qiydi va stikerni vatmanga yopishtiradi.
4.To’g’ri javob bergan ishtirokchi stikerida yozilgan javobni o’qiydi va o’yin shu tariqa davom etadi.
5. Qaysi guruh ishtirokchilari xatosiz to’g’ri javoblarni aniqlab stikerlarni vatmanga domino ko’rinishida yopishtirsalar, shu guruh g’olib hisoblanadi.
6. Bu metodni qo’llashda vaqt ajratilmaydi.
Baholashko’rsatkichlarivamezonlari
Ko’rsatkichlar
Baholar
5
4
3
2
“Domino” metodi
O’qilgan savollarga javoblar to’g’ri aniqlanadi va “Domino”da uzilish bo’maydi
Guruhdagi 1-3 ta talaba savollarga mos javoblarni bera olmaydilar va “Domino”da uzilish sodir bo’ladi
Guruhdagi 4-6 ta talaba savollarga mos javoblarni bera olmaydilar va “Domino”da uzilish sodir bo’ladi
Guruhdagi 7-9 ta talaba savollarga mos javoblarni bera olmaydilar va “Domino”da uzilish sodir bo’ladi
“Domino” metodini qo’llab berilgan savollar:
1
Huqna deb nimaga aytiladi?
2
Huqna turlari?
3
Tozalovchi huqna qo’yish ko’rsatmalar?
4
Tozalovchi huqna qo’yish uchun moneliklar?
5
Sifonli huqna qo’yish ko’rsatmalar?
6
Tozalovchi huqna qo’yish uchun kerakli asosiy jihozning nomi?
7
Moyli huqna qachon qilinadi?
8
Dorili huqna qachon qilinadi?
9
Moyli va dorili huqnada yuboriladigan suyuqlikning harorati qanday bo’lishi kerak
10
Sifonli huqna uchun qancha suv kerak?
11
Gaz chiqaruvchi naycha nima uchun qo’llaniladi?
12
Gaz chiqaruvchi naycha qo’llanilishining afzalliklari?
13
Gaz chiqaruvchi naycha qo’llanilishining kamchiliklari?
14
Gaz chiqaruvchi naychaning uzunligi qancha bo’ladi.
Yangi o’quv materialini mustahkamlash uchun “Xotira mashqi” metodi qo’llaniladi.
2.Guruh ishtirokchilari 5 daqiqa vaqt ichida o’tilgan mavzu bo’yicha tayanch iboralarni eslab yozishlari kerak bo’ladi.
3.Topshiriq bajarilgach har bir kichik guruhdan ishtirokchi chiqib yozilgan tayanch iboralarni va ularning ma’nosini o’qib eshittiradi
4.Eng ko’p tayanch iboralarni yozgan va to’g’ri sharxlagan guruh o’yin g’olibi hisoblanagi.
N
Tayanch iborali so’zlar
Tayanch iborali so’zlarning ma’nosi
1
Melena
Axlat aralash qon kelishi
2
Dispepsiya
ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi
3
Huqna
Yo’g’on ichakning pastki bo’lagiga turli suyuqliklarni va diagnostika maqsadida kiritish
4
Anoreksiya
Ishtahaning yo’qligi
5
Qusish
Murakkab reflektor akt bo’lib, qusish markazining qo’zg’alishi natijasida me’dadagi ovqatning qizilo’ngach, xalqum, og’iz orqali beixtiyor otilib chiqishiga aytiladi
N
Tayanch iborali so’zlar
Tayanch iborali so’zlarning ma’nosi
1
Diareya
Ichning suyuq kelishi
2
Qabziyat
Ich qotishi
3
Metiorizm
Qorinning dam bo’lishi
4
Defekatsiya
Axlat ajralishi
5
Aspiratsiya
Qusuq massalarining nafas yo’liga tushishi
Guruhlar nomi:
Shartlar bo’yicha olgan ballar
1-shart:
«Klaster» metodi
2- shart:
«Muammoli vaziyat» metodi
3- shart:
«Savol-javob» metodi
4- shart:
«Domino» metodi
5-shart
«Xotira mashqi»
Jami:
1-kichik guruh
2-kichik guruh
Mavzuni umumlashtiradi, umumiy xulosalar qiladi, yakun yasaydi, kichik guruhlar olgan ballarni umumlashtirib, g’olib guruhni e’lon qiladi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholaydi. Mavzu yuzasidan o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan mustaqil ishni e’lon qilinadi. O’quvchilarga uy vazifasi beriladi mavzularni o’qib takrorlash, mavzu yuzasidan test savollarini tuzib kelish.
Asosiy adabiyotlar: Q.S. Inomov “Hamshiralik ishi asoslari” 216-220 betlar.
Toshkent – 2007 y.
K. U. Zakirova “Hamshiralik ishi nazariy asoslari” 302-306 betlar. Toshkent – 2014 yil.
Qo’shimcha adabiyotlar: M.A. Fozilbekova “Hamshiralik ishi nazariy asoslari”
T. Yu. Umarova “Hamshiralik ishi” Toshkent – 2003 yil.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: F. G’. Nazirov tahriri ostida “Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish” Toshkent – 2003 yil.